"Qishloq xo’jaligi texnika va texnologiyalari" kafedrasi
Qishloq xo‘jaligi texnika va
texnologiyalari kafedrasining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari,
xodimlari va talabalari qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash darajasini
oshirish, energiya va resurslarni tejash imkonini beradigan iqtisodiy va
ekologik samarali texnika va
texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Bu yo‘lda
bizning kafedramiz qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, qishloq xo‘jaligi
muhandisligi va aniq qishloq xo‘jaligi tizimlari yo‘nalishida yetarli nazariy
va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlaydi, ilmiy tadqiqotlar
va xo‘jalik shartnomalarni amalga oshiradi. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari
rivojlangan mamalakatlarning ilg‘or universitetlarida bilim va tajribalarini
oshirishgan hamda shu sohadagi yetuk olimlar bilan hamkorlik aloqalarini
o‘rnatgan. Shuningdek, yurtimizning tegishli sohaga oid tashkilotlari bilan
hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib talabalarimizning yuqori darajada stajirovka
o‘tashlari uchun sharoit yaratilgan.
Kafedramiz “Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalashtirish”, “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi” yo’nalishlari
bo’yicha bakalavr darajasini, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”,
“Aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura
va “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va
melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo’yicha doktoranturaga
o’qishga taklif qiladi.
Bugungi kunda qishloq
xo‘jaligining dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik,
baliqchilik kabi bir qancha ustuvor sohalarida yuqori samarali texnika va
texnologiyalarni qo‘llash istiqbolli vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Bizning
kafedramiz mana shu sohalardagi muammolarni hal etishga smart texnologiyalar,
3-D loyihalash, Coupled computational fluid dynamics – discrete element method
(CFD-DEM), statistik tahlillar, mashinali o‘qish, sun’iy intellekt va qishloq
xo‘jaligi texnikalarining ish jarayonini nazoratlash va boshqarish uslublari
yordamida ilmiy tadqiqotlar yuritadi va yechimlar taklif qiladi.
Kafedramiz
professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining sohaga oid
bilimlarini rivojlantirish va hamkorlik qilishlari uchun muntazam ravishda
xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etamiz.
Hamkorlik o‘rnatish uchun biz
bilan bog‘laning va birgalikda ishlashni muhokama qiling.
Ixtisosligi
05.07.01 -Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash
Kafedra 1929 yili O‘rta Osiyo
davlat universiteti bazasida ochilgan. Keyin O‘rta Osiyo
paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti tarkibiga ko‘chirilgan va unga
professor YA.Moiseevich rahbarlik qilgan. Toshkent qishloq xo‘jaligi va
irrigatsiya injenerlari instituti tuzilgandan so‘ng, rafedraga uzoq yillar
davomida akademik M.V.Sablikov rahbarlik qildi. M.V.Sablikov vertikal
shpindelli paxta terish apparati nazariyasini asoschisi hisoblanadi.
1957 yil M.V.Sablikov Moskvadagi
qishloq xo‘jaligi akademiyasiga ishga chaqirilgan. Uning o‘rniga O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi V.I.Lazunovni kafedra mudiri qilib tayinlashgan.
V.I.Lazunov vertikal shpindelli paxta terish apparati kinematik parametrlarini
asoslashga katta hissa qo‘shgan olimdir. V.I.Lazunov vafotidan so‘ng, 1972-1983
yillari kafedraga professor S.P.Po‘latov raxbarlik lavozimiga tayinlangan.
S.P.Po‘latov qishloq xo‘jaligi ekinlariga kimyoviy modda eritmalarini
purkaydigan OVX-14 mashinasini yaratgan mualliflar qatorida Beruniy nomidagi
Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Professor S.P.Po‘latov Respublika Oliy
ta’lim vaziri bo‘lib ishlagan vaqtda ham kafedra rahbari bo‘lgan. S.P.Po‘latov
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari
instituti va Toshkent avtomobil yo‘llari institutlarida uzoq vaqt rektor bo‘lib
ishlagan.
1983-1988 yil kafedra mudiri
bo‘lib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator, professor M.S.G‘aniev
tayinlanadi. Professor M.S.G‘aniev g‘o‘zapoya yig‘ishtirishni mexanizatsiyalash
vositalarini yaratishga rahbarlik qilgan.
1987 yil kafedra mudiri etib
dotsent T.Abdillayev tayinlangan. 1989 yili kafedra mudiri etib akademik
R.D.Matchonov tayinlangan. Professor R.D.Matchonov paxta terish mashinalarini
takomillashtirishga katta hissa qo‘shgan olim. 2000-2004 yillarda dotsent
B.Y.Yusupov kafedraga rahbarlik qilgan. 2005-2017 yillarda t.f.n., dotsent
D.Alijanov, t.f.d., professor B.Shaymardanov, t.f.n., dotsent A.Rajabov va
t.f.d., professor B.Xudayarovlar kafedra mudiri bo‘lib ishlashgan.
2018 yildan kafedraga t.f.d., professor
K.Astanaqulov rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra o‘qituvchilaridan
N.P.Polekutin, K.I. Isayev, D.M. Musayev pluglarni takomillashtirish bo‘yicha,
M.B.Bogatiryov, G.A. Timofeyev, B.U. Utepov seyalkalar bo‘yicha, B.M. Koltunov,
Sh. Dadajonov, A.N. Shirmanov paxta terish mashinalari bo‘yicha, A.Sirojiddinov
chorvachilik mashinalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borishgan. Bugungi kunda
M.Shoumarova, T. Abdillayev, A. Duskulovlar paxta terish mashinalari bo‘yicha,
B.Xudayarov kombinatsiyalashgan agregatlar bo‘yicha, D.Alijanov, Ya.Jumatov
ozuqa maydalagichlar bo‘yicha, A.Borotov granulalangan ozuqa tayyorlashda
qo‘llaniladigan qurilmalar bo‘yicha, K.Astanaqulov, N.Ashurov o‘rim-yig‘im va
don tozalash mashinalari, aniq koordinatali qishloq xo‘jaligi texnikalari,
agrodronlar va agrorobotlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Kafedra o‘qituvchilaridan
professor M. Shoumarova, dotsent T. Abdillayev “Qishloq xo‘jaligi mashinalari”
fani bo‘yicha, professor B.Xudayarov “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi asoslari”
fani bo‘yicha, dotsent Ya.Jumatov “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlashni mexanizatsiyalash” fani bo‘yicha, professor B.Shaymardanov
“Innovasion texnika va texnologiyalar” fani bo‘yicha, dotsent A.Duskulov
“Bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalari” fani bo‘yicha, dotsentlar N.Sattorov va A.Borotovlar
“Chorvachilik asoslari” fani bo‘yicha, professor K.Astanaqulov “Aniq qishloq
xo‘jaligi tizimlari” fani va boshqa fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv
adabiyotlarini yaratishgan. Professor M. Shoumarova va dotsent T. Abdillayevlar
tomonidan yozilgan “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fani bo‘yicha darsligi “Eng
yaxshi darslik” Respublika tanlovlarida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni
egallagan.
Laboratoriyalarimiz
1.Qishloq xo’jaligi mashinalari
laboratoriyasi.
Qishloq xo‘jaligi mashinalari
laboratoriyasida qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalash darajasini oshirish,
energiya va resurslarni tejash imkonini beradigan iqtisodiy va ekologik
samarali texnika va texnologiyalar
ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Laboratoriyada
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha
bakalavrlar, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”, “Aniq koordinatali
qishloq xo‘jaligi” mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar va “Qishloq xo‘jaligi
va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini
mexanizatsiyalash” ixtisosligi bo’yicha doktorantlar o‘z ilmiy ishlarini
bajarishadi.
Shuningdek laboratoriyada
“Qishloq xo‘jaligi mashinalari”, “Qishloq xo‘jaligi muhandisligi asoslari”,
“Innovatsion texnika va texnologiyalar”, “Bog‘dorchilik va sabzavotchilik
mashinalari”, “Aniq qishloq xo‘jaligi tizimlari” va “Qishloq xo‘jaligi
mashinalari nazariyasi va hisobi” fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlari
bajariladi.
Buning uchun laboratoriyada
tuproq kanali va unga o‘rnatilgan harakatlanuvchi platforma hamda unga
agregatlanadigan tuproqqa ishlov berish mashinalari, ekish mashinalari va
ularning laboratoriya stendlari, kultivator, o‘g‘it sepkich, dori purkagich,
g‘alla kombayni va uning yanchish apparati stendi, paxta terish mashinasi hamda
uning vertikal va gorizontal shpindelli terim apparatlarining stendlari,
shuningdek don tozalash mashinasi va uning laboratoriya stendlari mavjud.
Qishloq xo‘jaligi texnikalari paviloni va undagi texnika vositalari
Qishloq xo‘jaligi mashinalari laboratoriyasi
“Smart agriculture” tizimida paxta yetishtirish va hosilni terib olish bo’yicha tadqiqotlar
2. Chorvachilikni
mexanizatsiyalash laboratoriyasi
Chorvachilikni
mexanizatsiyalash laboratoriyasida chorvachilik tarmog‘ida mexanizatsiyalash darajasini
oshirish, energiya va resurslarni tejash imkonini beradigan iqtisodiy va
ekologik samarali texnika va
texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
Laboratoriyada “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo’nalishi
bo’yicha bakalavrlar, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”,
mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar va “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya
mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”
ixtisosligi bo’yicha doktorantlar o‘z ilmiy ishlarini bajarishadi.
Shuningdek
laboratoriyada “Chorvachilikni mexanizatsiyalash”, “Chorvachilik texnika va
texnologiyalari”, “Parrandachilikni mexanizatsiyalash”, “Ozuqalarni tayyorlash
va saqlashni mexanizatsiyalash”, “Chorvachilik asoslari” va “Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlariga dastlabki ishlov berishni mexanizatsiyalash” fanlaridan
laboratoriya mashg‘ulotlari bajariladi.
Buning uchun
laboratoriyada ozuqalarni maydalash qurilmalari va ularning stendlari,
granulalangan ozuqa tayyorlash liniyasi, sut sog‘ish va sutga dastlabki ishlov
berish qurilmalari va ularning laboratoriya stendlari mavjud.
Chorvachilikni mexanizatsiyalash laboratoriyasi
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalar:
Kafedrada qishloq xo‘jaligi uchun yuqori samarali texnika va texnologiyalar ishlab chiqish maqsadida bugungi kunda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1. Qishloq xo‘jaligi uchun innovasion
texnologiyalar va texnika vositalarini ishlab chiqish
Mazkur yo‘nalishdagi tadqiqotlar 2024 yilda
boshlangan bo‘lib, unda biogumus ishlab chiqarishda chuvalchanglarga ozuqa
tarqatish qurilmasi, cho‘l o‘simliklari urug‘larini ekish usuli va texnika
vositalari, piyoz va boshqa shu kabi sabzavot ekinlariga o‘g‘itlarni
o‘zgaruvchan me’yorda sepish qurilmasi, dukkakli ekinlar donini tozalaydigan
rotasion separator, g‘o‘zapoyani maydalash qurilmasi, undirilgan ertaki
kartoshka tuganaklarini plenka ostiga ekishning innovasion agrotexnologiyasi va
texnik vositasi ishlab chiqiladi.
Biogumus ishlab chiqarishda chuvalchanglarga
ozuqa tarqatish qurilmasi, cho‘l o‘simliklari urug‘larini ekish usuli va
texnika vositalari, piyoz va boshqa shu kabi sabzavot ekinlariga o‘g‘itlarni
o‘zgaruvchan me’yorda sepish qurilmasi, dukkakli ekinlar donini tozalaydigan
rotasion separator, g‘o‘zapoyani maydalash qurilmasi, undirilgan ertaki
kartoshka tuganaklarini plenka ostiga ekishning innovasion agrotexnologiyasi va
texnik vositasi ishlab chiqiladi va tadqiq etiladi. Ekinlarni yetishtirish uchun
ekologik toza o‘g‘it olish, cho‘l hududlarida o‘simlik qoplamini yaxshilash,
o‘g‘itlarni 20% gacha kamaytirish, ish unumi va sifatini 1,2-1,5 martaga
oshirish imkoniyati yaratiladi.
2. Chorvachilik va baliqchilik uchun ishlab
chiqilgan kichik qurilmalarni tijoratlashtirish
Ushbu ilmiy tadqiqot ishlarida chorvachilik va
baliqchilik xo‘jaliklari uchun ishlab chiqilgan kichik o‘lchamli don va ozuqa
maydalagich hamda granulalash
qurilmalarini sanoat nusxalarini tayyorlash va tijoratlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Chorvachilik va baliqchilik xo‘jaliklari uchun ishlab chiqilgan kichik o‘lchamli don va ozuqa maydalagich hamda granulalash qurilmalarini sanoat nusxalarini tayyorlash va tijoratlashtirish uchun texnik-iqtisodiy asosnoma, loyiha-takliflar, konstruktorlik chizmalari, texnik topshiriq va boshqa loyiha-me’yoriy xujjatlari ishlab chiqiladi, hamkor va buyurtmachi tashkilotlar aniqlanib, sinov nusxalari tayyorlanadi va sinovdan o‘tkaziladi. Kichik chorvachilik va baliqchilik xo‘jaliklarini moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.
Xalqaro maqolalar
1. Y. Rakhimov, B. Khudayarov, U. Kuziev, R. Khudayqulov, B.
Sarimsakov, and O. Mirzayev, “Cotton stalk griding scopus-based biblometric
analysis,” E3S Web Conf., vol. 563, p. 03059, 2024, DOI: 10.1051/e3sconf/202456303059.,
2. Y. Rakhimov, B. Tulaganov, A. Bozorboev, R. Khudayqulov,
B. Maxmurov, and F. Kurbonov, “Results of experimental studies to justify the
parameters of the working engines of the machine separator,” BIO Web Conf.,
vol. 105, p. 01012, 2024,
DOI:
10.1051/bioconf/202410501012.
3.Y. S. Rakhimov, A. T. Musurmonov, Sh. K. Olimov, and “Experimental study of the dynamics of the hydrotracking system of the rotary share of a garden cultivator,” E3S Web Conf., vol. 486, p. 07002, 2024, DOI: 10.1051/e3sconf/202448607002.
4. A. N. Borotov, “Parameters and operation process of supplier rollers of the feed chopper device,” IOP Conf. Ser. Earth Environ. Sci., vol. 868, no. 1, p. 012035, Oct. 2021, doi: 10.1088/1755-1315/868/1/012035.
5. A.
N. Borotov, “Research the parameters of cutter bar of the rotor of a green
stalk forage chopper,” IOP Conf. Ser. Earth Environ. Sci., vol. 1076,
no. 1, p. 012027, Aug. 2022,doi: 10.1088/1755-1315/1076/1/012027.
6. D.
Alijanov and Y. K. Jumatov, “Evaluation of the influence of inhomogeneous
inclusions on the stems bend of agricultural plants,” E3S Web Conf.,
vol. 486, p. 04001, 2024, doi: 10.1051/e3sconf/202448604001.
7.D. Alijanov,
S. Turaev, A. Atakhanov, and V. Sakhrov, “Operating features of a small
capacity grain grinder with a hex rotor for agricultural farms,” BIO Web
Conf., vol. 105, p. 01018, 2024, doi:
10.1051/bioconf/202410501018.
8. D.
Alijanov, S. Abdurokhmonov, K. Usmonov, A. Kamalov, and K. Baimakhanov,
“Theoretical study of the process of grain materials grinding in agriculture
machinery,” BIO Web Conf., vol. 105, p. 01011, 2024, doi: 10.1051/bioconf/202410501011.
9.D.
Mardieva, G. Bakiyeva, Z. Kannazarova, and Z. Saidova, “A Bibliometric Review:
Interventions for Enhancing Speaking Skills in non-English-Speaking Contexts,” XLinguae,
vol. 17, no. 4, pp. 195–224, Oct. 2024, doi:
10.18355/XL.2024.17.04.12.
10. Z.
Kannazarova, M. Juliev, J. Abuduwaili, A. Muratov, and F. Bekchanov, “Drainage
in irrigated agriculture: Bibliometric analysis for the period of 2017–2021,” Agric.
Water Manag., vol. 305, p. 109118, Dec. 2024, doi:
10.1016/j.agwat.2024.109118.
11. Z. Kannazarova, M. Juliev, A. Muratov, and J. Abuduwaili, “Groundwater in the commonwealth of independent states: A bibliometric analysis of scopus-based papers from 1972 to 2023, emphasizing the significance of drainage,” Groundw. Sustain. Dev., vol. 25, p. 101083, May 2024,
doi:
10.1016/j.gsd.2024.101083.
12. A.
N. Borotov, “Research the parameters of cutter bar of the rotor of a green
stalk forage chopper,” IOP Conf. Ser. Earth Environ. Sci., vol. 1076,
no. 1, p. 012027, Aug. 2022, doi: 10.1088/1755-1315/1076/1/012027.
13.M.
Xaliqulov et al., “Root harvester machine: a review of papers from the
Scopus database published in English for the period of 1982-2022,” E3S Web
Conf., vol. 402, p. 10010, 2023, doi:
10.1051/e3sconf/202340210010.
14. K.
D. Astanakulov, N. A. Ashurov, and A. R. Turdibekov, “Straw harvesting
equipment for combine harvesters in dry land harvesting,” IOP Conf. Ser.
Earth Environ. Sci., vol. 1231, no. 1, p. 012023, Aug. 2023, doi: 10.1088/1755-1315/1231/1/012023.
15. M.
Shoumarova, T. Abdillayev, and Sh. A. Yusupov, “Bench tests of friction drive
of vertical spindle made of poly-V belts,” E3S Web Conf., vol. 365, p.
04022, 2023, doi: 10.1051/e3sconf/202336504022.
16. M.
Shoumarova, T. Abdillayev, and S. A. Yusupov, “Electrification of the
mechanical drive of vertical spindle cotton picker drums,” IOP Conf. Ser.
Earth Environ. Sci., vol. 1231, no. 1, p. 012003, Aug. 2023, doi: 10.1088/1755-1315/1231/1/012003.
17. M.
Shoumarova, T. Abdillayev, S. Yusupov, and A. Begjanov, “Evaluation of the
coupling forces of the spindle roller with the drive belts to improve the
cotton harvester,” BIO Web Conf., vol. 105, p. 01013, 2024, doi: 10.1051/bioconf/202410501013.
18. K.
Navruzov, A. Sh. Begjanov, N. I. Abdikarimov, and Sh. Yusupov, “Examining
laminar, non-stationary viscoelastic fluid flow between two parallel planes,” BIO
Web Conf., vol. 105, p. 05005, 2024, doi:
10.1051/bioconf/202410505005.
19. M.
Shoumarova, T. Abdillayev, and S. A. Yusupov, “Stabilizer for reversing
vertical spindles in the drum removal area of cotton-picking apparatus,” IOP
Conf. Ser. Earth Environ. Sci., vol. 1231, no. 1, p. 012006, Aug. 2023, doi: 10.1088/1755-1315/1231/1/012006.
20. M.
Shoumarova, T. Abdillayev, A. A. Duskulov, and Sh. A. Yusupov, “The need for
instrumental measurement of the traction force of the friction drive of the
vertical spindles of the cotton harvesting machine,” E3S Web Conf., vol.
443, p. 04014, 2023,doi:
10.1051/e3sconf/202344304014.
Xalqaro
hamkorlarimiz
1. Ayova stati universiteti (AQSH)
2. Texas agrar-texnika universiteti (AQSH)
3. Oklahoma stati universiteti (AQSH)
4. Shimoliy Dakota stati universiteti (AQSH)
5. Manitoba universiteti (Kanada)
6. Alberta universiteti (Kanada)
7. Harper Adams universiteti (Angliya)
8. Reding universiteti (Angliya)
9. Hohenhaym universiteti (Germaniya)
10. Geizenheym universiteti (Germaniya)
11. Deula-Nuyenberg malaka oshirish markazi (Germaniya)
12. Boloniya universiteti (Italiya)
13. Florensiya universiteti (Italiya)
14. Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya)
15. Anqara universiteti (Turkiya)
16. Ondokuz Mayis universiteti (Turkiya)
17. Malayziya texnologik universiteti (Malayziya)
18. Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti (Xitoy)
19. Shimoliy Garbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik
universiteti (Xitoy)
20. Shixezi universiteti (Xitoy)
21. Rossiya davlat agrar universiteti – Timiryazev nomidagi
Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi (Rossiya)
22. N.V. Rudnitskiy nomidagi SHimoliy-sharqiy agrar ilmiy
markazi (Rossiya)
23. Krasnoyarsk o‘lkasi
Fan va texnika uyi (Rossiya)
24. M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti
(Qozog‘iston)
25. Seyfulin nomidagi Qozog‘iston agrar texnika
universiteti (Qozog‘iston)
26. Qozog‘iston milliy tadqiqot agrar universiteti
(Qozog‘iston)
27. Qo‘rqut ota nomidagi Qizil O‘rda universiteti
(Qozog‘iston)
Mahalliy hamkorlarimiz
1. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
ilmiy-tadqiqot instituti
2. Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini
sinash va sertifikatlash markazi
3. “BMKB-Agromash” AJ
4. “Lemken-Chirchiq” qo‘shma korxonasi
5. “UzCLAASAgro” qo‘shma korxonasi
6. “Agrixim” qo‘shma korxonasi
7. “UHM-Landtech” qo‘shma
korxonasi
8. “INDORAMA” agroklasteri
Kafedra xodimlari

Astanaqulov Komil Dullievich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: aniq qishloq xo‘jaligi tizimlari, donli ekinlarni o‘rib yig‘ishtirish, don tozalash, ozuqa tayyorlash texnologiyasi va texnika vositalari.
+99897-130-45-74

Xudayarov Berdirasul Mirzayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: G‘ozapoyali dalalarda pushta olish, energiya-resurstejamkor texnika va texnologiyalarni yaratish va tadqiq qilish.
Dars beradigan fanlar: Muhandislik tadqiqotlari o‘lchov vositalari, Qishloq xo’jaligi muhandislik asoslari, Qishloq xo’jaligida yangi texnik yechimlar.
+99893-584-11-06

Shoumarova Muxaya
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini to‘liq mexanizatsiyalash muammolari
Dars beradigan fanlar: Qishloq xo‘jaligi mashinalari nazariyasi va hisobi, Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi.
+99890-315-30-71

Shaymardanov Baxtiyor Pardayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Issiqlik-massa almas’hinuvi jarayonlari, g‘o’zani pus’htada yetis’htiris’hda tomchilatib sug‘oris’h quvirini pus’htaga joylas’htirib, tomir tizimi mikroiqlimini bos’hqaris’h orqali paxta dalasi agrofonini mas’hina terimiga tayyorlas’h texnologiyasi.
Dars beradigan fanlar: Qis’hloq xo’jaligi texnikalarini sinas’h va sertifikatlas’h, Innovatsion texnika va texnologiyalar.
+99893-556-46-03

Abdillayev Tulagen
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: O’zbekiston qis’hloq xo’jaligini to’liq mexanizatsiyalas’h muammolari
Dars beradigan fanlar: Qis’hloq xo’jaligi mas’hinalari nazariyasi va hisobi, Qis’hloq xo’jaligi texnikalari.
+99890-909-24-03

Duskulov Abdusattor Axadovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Kartos’hka yekis’h va yig‘is’htiris’h texnlogiyasi va texnika vositalari
Dars beradigan fanlar: Ilmiy tadqiqot usullari va yeksperimentni rejalas’htiris’h, Yeksperiment natijalariga statistik is’hlov beris’h, Qis’hloq xo’jalik mas’hinalari.
+99894-638-59-61

Alijanov Djapbar Akilbekovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Chorvachilik xo’jaliklari uchun ozuqalarga kompleks is’hlov beris’h mas’hinalari. Dars beradigan fanlar: Chorvachilikni mexanizatsiyalas’h, Chorvachilik texnika va texnologiyalari, Parrandachilikni mexanizatsiyalas’h, Ozuqalarni tayyorlas’h va saqlas’hni mexanizatsiyalas’h
None
+99897-711-20-68

Ashurov Nurali Abdujalilovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Donli va dukkakli yekinlarni yig‘s’htiris’hda resurs tejamkor texnikalarni is’hlab chiqis’h va qo’llas’h.
Dars beradigan fanlar: Chorvachilikni mexanizatsiyals’h, Qis’hloq xo'jaligi mas’hinalari, Chorvachilik asoslari.
(998 97) 771-84-22

Borotov Atxam Nurmuxammadovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Chorvachilik, baliqchilik, qo’yonchilik va parradachilik xo’jaliklariga granulalangan ozuqa tayyorlas’h va ozuqa bazasini mustahkamlas’h.
Dars beradigan fanlar: Qis’hloq xo’jaligi mas’hinalari, Qis’hloq xo’jaligi robotatexnikasi, Chorvachilik asoslar.
(998 97) 726-64-65

Jumatov Yakubbay Karimbayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Chorva mollari ozuqalariga maydalab is’hlov beris’h texnologiyalari va qurilmalari.
Dars beradigan fanlar: Qis’hloq xo’jaligi mas’hinalari, Qis’hloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta is’hlas’hni mexanizatsiyalas’h.
+99897-434-59-52

Ernazarov Karim Baxtiyor o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Chorvachilikda resus va yenergiyatejamkor texnika va texnologiyalar
Dars beradigan fanlar: Chorvachilik texnika va texnologiyalari, Parrandachilikni mexanizatsiyalas’h, Ozuqalarni tayyorlas’h va saqlas’hni mexanizatsiyalas’h
+99897-400-96-72

Kannazarova Zulfiya Tolibayevna
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Sug'oriladigan yerlarda yopiq gorizontal deranaj tozalas’h texnologiyasini takomillas’htiris’h
Dars beradigan fanlar: Aniq qis’hloq xo'jaligi, Qis’hloq xo'jaligi texnikalari.
+99890 978 67 17

Yusupov S’herzod Alis’herovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Paxta yetis’htiris’hda smart qis’hloq xo’jaligi texnologiyalari va texnika vositalarini rivojlantiris’h
Dars beradigan fanlar: Qis’hloq xo’jaligi texnikalari is’h jarayonini nazoratlasg va bos’hqarisg qurilmalari, Qis’hloq xo’jalik mas’hinalari.
998 90 915 24 62

Fozilov G'olibjon G'ulomjonovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalis’hi: Donli yekinlarni yig'is’htiris’h va dastlabki is’hlov beris’h.
Dars beradigan fanlar: Research methods and yexperimental statistics (Tadqiqot usullari va yeksperimental statistika), Reverse yengineering (Qayta muhandislik).
+998 99 402 - 99 - 88

Komilov Sanjar Baxtiyor o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Motoblokka o'rnatiladigan mineral o'g'it solish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash"
+998999219313

Turdibekov Akram Raxmatulla o’g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Intellektual agrotexnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlarni optimallashtirilgan taqsimlash tizimi”
+998935934901

Mannobova Sayyora Botir qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Dukkakli ekinlar donini tozalaydigan silindrik g‘alvirli mashina aspiratsion separatori parametrlari va ish rejimlarini asoslash
+998950136494

Raximov Yunus Sunnat o’g‘li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: O'simlik qoldiqlaridan organik o'g'it sifatida foydalanib tuproq unumdorligini oshirish
+998937256505

Yigitaliyeva Ruhs’hona Rustamjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Chuvalchang ozuqasini maydalab-tarqatish qurilmalari
+998 99 895 66 65

Rajapbayev Umidjon Alis’her oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Paxta hosilini yig'ishtirish mashinalarining terim to'liqligi va terilgan paxta sifatini yaxshilash
+998943119271

Raximov Hursand Madrahim o’g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Yerni ekishga tayyorlashning resurstejamkor texnologiyalari
+99 899 963 46 40

Xodiboyev Yusufbek
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo'jaligida dukkakli ekin donlarini fraksiyalarga ajratish
Tel: +998 93 598 71 66

Sharipov Shokir Xolboy o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Bog’larga ishlov berishda qo’llaniladigan boshqariladigan purkash uchliklariga ega smart purkagich parametrlarini asoslash”
+998903543754

Kimsanov Shoxjaxon Latif o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Chigit seyalkasiga moslashtirilgan vertikal valli frezaning parametrlarini asoslash
+998992316600

Ravshanov Farrux Egamberdi o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Machine vision” texnologiyasi asosida makkajo‘xori so‘talarining urug‘likka yaroqli qismini saralash va qobig‘idan ajratish
+998 99 421 80 51

Qodirov Sayfullo Xabibullo o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo'jaligi ekinlariga masofadan ishlov berish qurilmalari
+99899 834 19 17
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Qishloq xo‘jaligi mashinalarini loyihalash(Magistratura) | Qishloq xo‘jaligi mashinalari konstruksiyasi
hamda loyihalash prinsiplari va qoidalari mashinalarni yaratish bosqichlari,
loyihalash tartibi, metodlari, iqtisodiy asoslash, loyihalashni
avtomatlashtirishni, loyihalashning
dizayn, ergonomika va ekologik jihatlarini, loyihalash va ishlab chiqarish
jarayonlarining o‘zaro mutanosibligini o‘rgatadi |
2 | CHorvachilik mashinalari nazariyasi va hisobi(Magistratura) | Ozuqalarning fizik-mexanik va texnologik
xossalarini, chorvachilik mashinalarining turlari, ularning asosiy qismlarini
tuzilishi va ishlash printsiplarini, chorvachilikda qo‘llaniladigan jixoz va
qurilmalar amalga oshiradigan texnologik ish jarayoni va texnologik
parametrlarini aniqlashning nazariy asoslarini, mashinalarning va ishchi
qismlarining ish rejimlarini nazariy asoslash, ishlab chiqiladigan mashinalarga
qo‘yiladigan zootexnika talablarini o‘rgatadi |
3 | Qishloq xo‘jalik mashinalarida yangi texnik echimlar(Magistratura) | “Qishloq xo‘jalik mashinalarida yangi texnik
echimlar” fani bo‘lajak mutaxassislarga tuproqqa ishlov beradigan, urug‘
ekadigan va ko‘chat o‘tqazadigan, o‘g‘it sepadigan, ekinlar zararkunandalari,
kasalliklari va begona o‘tlariga qarshi kurashadigan, hosil yig‘adigan,
urug‘larni tozalab saralay-digan qishloq xo‘jaligi mashinalarining texnologik
ish jarayoni va konstruksiyasini takomillashtirish, ishchi qismlari
parametrlarini aniqlash, qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha yangi texnik
echimlar ishlab chiqish, ishlab chiqilgan yangi texnik echimlarni asoslash va
ularni amalda qo‘llay bilishni o‘rgatadi. |
4 | Yaylov mashinalari | “Yaylov mashinalari” fani respublikamizdagi 20 mln. gektarga yaqin
yaylov erlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yaylov erlarning
o‘ziga xosligidan kelib chiqib, ularning tuprog‘iga ishlov berish usullari va
unda qo‘llaniladigan mashinalar, yaylovlarning o‘simlik qoplamini boyitish
maqsadida cho‘l o‘simliklari urug‘larini ekish, yaylovlarda o‘simliklarni
oziqlantirish, parvarishlash va sug‘orish hamda hosilini yig‘ishtirishda
qo‘llaniladigan mashinalarni o‘rgatadi. |
5 | Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari asoslari | “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari asoslari” fani
bakalavrlarga tuproqqa ishlov beradigan, o‘g‘itlaydigan, urug‘larini ekadigan,
ekinlarni parvarish qilish, kasallik va zararkunandalar hamda begona o‘tlarga
qarshi kurashishida qo‘llaniladigan, pichan, em-hashak tayyorlash, ekinlar
hosilini yig‘ishtirish, don tozalash va saralash, poliz va sabzavot ekinlari,
meva etishtirishda qo‘llaniladigan
texnikalar va texnologiyalar-ning vazifasi, texnologik ish jarayonlari,
mashina va uning ishchi qismlari parametrlarini aniqlashning nazariy asoslarini
va ularni amaliyotda qo‘llashni o‘rgatadi. |
6 | Bog‘dorchilik va savzovotchilik mashinalari | “Bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalari”
fani bakalavrlarga bog‘dorchilik va sabzavotchilik ishlarini mexanizatsiyalash,
bog‘dorchilik va sabzavotchilik mashinalari, ularning tuzilishi, ishlash
jarayoni, bog‘dorchilik va sabzavotchilik ishlari texnologik jarayonlarini
asoslash usullari, prinsiplari, ishlarni nazorat qilish, jihoz va qurilmalar
o‘lchamlari, parametrlari va ish rejimlarini aniqlash, mahalliy sharoitga qarab
qurilma va jihozlar hamda mashinalarni tanlash, ularni ishlatish va samarali
foydalanish bo‘yicha bilimlarni va
ularni amalda qo‘llay bilishni o‘rgatadi |
7 | Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalar | “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va
texnologiyalar” fani bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga tuproqqa asosiy
va sayoz ishlov berish, urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish, ekinlar qator
oralariga ishlov berish, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash, paxta
terish va g‘alla yig‘ishtirish, don tozalash, bog‘dorchilik va sabzavotchilikda
qo‘llanilayotgan yangi innovatsion texnika va texnologiyalar haqida
tushunchalar berib, bilim va ko‘nikmalar hosil qilishni nazarda tutadi. |
8 | Aniq dehqonchilik asoslari | “Aniq dehqonchilik asoslari” fani aniq
koordinatali qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan global joylashish tizimlari,
geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash usullari, tuproqni tahlil etish, aniq
ekish, tabaqalashtirib ishlov berish texnologiyalari, hosildorlikni baholash
(monitoringlash) texnologiyasi va ularni amalga oshirishda qo‘llaniladigan
texnika vositalari, aniq dehqonchilikning iqtisodiy va ekologik aspektlari
haqida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari
talabalariga umumiy tushuncha va bilimlar berishga mo‘ljallangan |
9 | Ozuqalarni tayyorlash va saqlashni mexanizatsiyalash | Chorvachilikda mustahkam ozuqa bazasini tashkil
qilish, ozuqalarni g‘amlash, saqlash va to‘yimli ozuqalar tayyorlash
texnologiyalari, qo‘llaniladigan mashina va jihozlar turlari, tuzilishi,
qo‘llanilish doirasi, nazariyasi va
hisoblash asoslari, ulardan foydalanish qoidalari, konstruksiyasi va ish rejimlarining muayyan
sharoitlar uchun ratsional ko‘rsatkichlarini tanlash usullarini o‘rgatadi |
10 | Chorvachilik asoslari | Chorvachilik va chorva mahsulotlari turlari,
hayvonlar zotlari, parrandalarning zot va krosslari, hayvonlarning kelib
chiqishi, chorvachilikda naslchilik ishi, qishloq xo‘jalik hayvonlarini ratsion
asosida boqish, rasion va rasion tuzish prinsiplari, hayvonlarni individual
o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari, chorva hayvonlarini mahsuldorligi, sut va
go‘sht ishlab chiqarish texnologiyasi, urchitish usullari, chatishtirish
usullari, urchitish texnikasi,; hayvonlarni o‘sish va rivojlanishiga ta’sir
etuvchi omillar, qishloq xo‘jalik hayvonlar mahsuldorligini oshirish asoslarini
o‘rgatadi. |
11 | Dastlabki qayta ishlash va saqlashni mexanizatsiyalash asoslari | Dastlabki qayta ishlash va saqlash texnologiyasi
qonuniyatlari, o‘simlik va chorva mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash va
saqlagichlar hamda ularda qo‘llaniladigan
mashina va jihozlari turlari, hisoblash asoslari, qurilmalarni tanlash va
foydalanish qoidalari asoslarini o‘rgatadi. |
12 | Qishloq xo‘jaligi muxandisligi asoslari | Qishloq xo‘jaligida muxandislik tizimini qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasidagi asosiy kashfiyotlarni, xorijiy
davlatlarning qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risida ma’lumotlar qishloq
xo‘jaligida amalga oshirilayotgan
islohotlarning ma’no-mazmunini o‘rgatadi. |
13 | Chorvachilik texnika va texnologiyalari | Chorvachilikda
ishlab chiqarish texnologik jarayonlari va unda qo‘llaniladigan mashina va
jihozlar tuzilishi, ishlash prinsipi va foydalanish qoidalari, mashinalarni
tanlash va hisoblash, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini loyihalash
asoslarini o‘rgatadi. |
14 | Qishloq xo‘jaligi mashinalari | “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fani tuproqqa
ishlov beradigan, tuproqni o‘g‘itlaydigan, qishloq xo‘jalik ekinlari
urug‘larini ekadigan, ko‘chatlarini o‘tqazadigan, ekinlarni parvarish qilishda,
o‘simliklarni zararkunanda kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashishida
qo‘llaniladigan, pichan, em-hashak tayyorlash, o‘simliklar hosilini
yig‘ishtirish, don tozalash va saralash, quritish, ildizmeva, poliz va sabzavot
ekinlarini etishtirish, meva etishtirishda qo‘llaniladigan melioratsiya va sug‘orish ishlarida va boshqa
ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan texnikalar va jihozlar, asbob-uskunalar va
boshqalarning vazifasi, tuzilishi, sozlanishi, ishga tayyorlash, texnologik ish
jarayonlari, mashina va uning ishchi qismlari parametrlarini aniqlashning nazariy
asoslari haqida ma’lumotlar berilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va
magistratura mutaxassisliklari yo‘nalishi talabalariga bilim berishga
mo‘ljallangan |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://acm.tiiame.uz/oz/page/qxm
Kafedra mudiri: Astanaqulov Komil Dullievich
Qabul kunlari: Dushanba Soat 13:00