"Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi
Kafedrada hozirgi kunda 6 nafar fan nomzodi, falsafa doktorlari, dotsenlar va tajribali yosh o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ular respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida mehnat muhofazasini ta’minlash muammolarni yechishda hamkorlikni taklif qiladi. Bu yo’lda bizning kafedramiz mehnat muhofazasi va texnuka xavfziliginin ta’minlash, xavfsiz va sog‘lom ish muhitini tashkil etish nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lgan yetuk kadrlar tayyorlaydi, ilmiy tadqiqotlar va xo’jalik shartnomalarni amalga oshiradi. Kafedramiz professor-o’qituvchilari rivojlangan mamalakatlarning ilg’or universitetlarida bilim-tajribalarini oshirgan va yetuk olimlari bilan hamkorlik o’rnatgan. Shuningdek, yurtimizning tegishli sohalarga oid tashkilotlari bilan hamkorlik o’rnatilgan bo’lib talabalarimizning stajirovka o’tashlari uchun sharoit yaratilgan.
Hozirgi kunda kafedrada 61020200-“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr, 71020201-“Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi” mutaxassisligi bo’yicha magistraturada raqobatbardosh kadrlar va 05.10.01-“Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosligi bo’yicha doktoranturada ilmiy pedagoglar tayyorlanmoqda.
Ushbu yo’nalishlar bitiruvchilari mehnat
muhofazasini tashkil etish va boshqarish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, gidrotexnik
inshootlar xavfsizliginin ta’minlash va baholash kabi davlatimizning bir qancha
ustuvor sohalarida samarali qo’llanilmoqda. Bizning kafedramiz mana shu
sohalardagi muammolarni hal etishga zamonaviy o’lchov jihozlari, statistic
tahlillar, sun’iy intellect uslublari yordamida ilmiy tadqiqotlar yuritadi va
yechimlar taklif qiladi.
Ixtisosligi
05.10.01-Mehnatni muxofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi
Laboratoriyalarimiz
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-son qaroriga asosan, kafedrani moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida 2022 yilda Islom taraqqiyoti banki tomonidan 14 nomdagi yangi laboratoriya jihozlari keltirildi.
HFX kafedrasidagi laboratoriya jihozlari
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalar:
1. “Bob maxsus yo‘l qurilish” MCHJ bilan “Bob maxsus yo‘l qurilish” fermer xo‘jaligi ishchi xodimlarini mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi
2. “Bulung‘urmaxsussuvqurilish”
MCHJ bilan “Bulung‘urmaxsussuvqurilish” MCHJ ishchi xodimlarini mehnat
muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish” mavzusida ilmiy tadqiqot
ishi (5 mln. so‘m).
3. “Oytilla
Biznes” MCHJ bilan “Oytilla Biznes” MCHJ ishchi xodimlarini mehnat muhofazasi
va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi.
4. “Master Bilding Products” MCHJ bilan “Master Bilding Products” MCHJ ishchi xodimlarini mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi.
5. “Surxonnasosta’mir”
MCHJ ishchi xodimlarini mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha
o‘qitish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi .
6. “METALL
DECOR” MChJ ishchi-xodimlarini mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha o’qitish” mavzusida
ilmiy tadqiqot ishi
Xalqaro maqolalar
1. B.Utepov, T.Khaydarov, N.Rajabov, G.Murtazayeva, Bakhtiyor Tulaganov, Mirzoolim Avliyakulov. Experimental studies of frequency of rotation of smooth rotating disk with coaxial-lateral air flow. E3S Web of Conferences 365, 04018 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336504018 CONMECHYDRO - 2022.
2. B.Utepov, T.Khaydarov, N.Rajabov, G.Murtazayeva, B.Tulaganov, M.Avliyakulov. Experimental studies of pneumatic disc atomizer for low volume spraying. E3S Web of Conferences 365, 04033 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336504033, CONMECHYDRO – 2022.
3. Sh. Usmanov, M.Yakubov, Z.Mirkhasilova, L.Irmukhomedova, L.Babakulova. The ways of using collector drainage waters for irrigation. E3S Web of Conferences 365, 01018 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336501018 CONMECHYDRO – 2022.
4. A Andreev, A Doronin, V Kachenkova, B Norov, Z Mirkhasilova. Fire alarm systems construction on artificial intelligence principles. E3S Web of Conferences 365, 04028 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336504028 CONMECHYDRO - 2022
5. R.Yunusov, Sh.Yusupov, N.Sattarov, A.Imomnazarov, A.Abduganiev, N.Rajabov. Simulation of linear asynchronous motors of electric drive of quiet mechanisms. AIP Conference Proceedings 2612, 050030 (2023); https://doi.org/10.1063/5.0116556 Published Online: 15 March 2023
6. Z. Mirkhasilova, M.Yakubov, I.Akhmedov, L.Irmukhomedova, Sh. Tillayev.
Calculation of the consumption of pumped water for filtration when watering
cotton. Cite as: AIP Conference Proceedings 2612, 050003 (2023);
https://doi.org/10.1063/5.0113499 Published Online: 15 March 2023
7. Z Mirkhasilova, M Yakubov, L Irmukhamedova, N Rakhimov, N Norkuzieva. Establishment of additional norms for irrigation
water. E3S Web of Conferences 386, 02002 (2023) GISCA 2022 and GI 2022, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338602002.
8. B.Utepov, T.Khaydarov, N.Rajabov, G.Murtazayeva, B.Kulmamatova, N.Durdiyev. Optimizing the parameters of the air disc atomizer for the low volume desalination spraying of cotton crops. AEGIS-III-2023 IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 1231 (2023) 012052 IOP Publishing doi:10.1088/1755-1315/1231/1/012052
9. A.Khojiev, T.Khalmuradov. Impact of changes in groundwater regime on crop yields. E3S Web of Conf. Volume 401, 2023. V International Scientific Conference “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO - 2023)
10. I.Akhmedov, Z.Mirkhasilova, M.Yakubov, A.Khojiev, L.Irmuhamedova, M.Mirkhosilova. Recommendations for reducing sanding process in water wells. E3S Web of Conf. Volume 401, 2023, V International Scientific Conference “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO - 2023).
11. M.Ibragimov, F.Kushnazarov, F.Kushnazarov. The use of a pulse-expansion module to increase the efficiency of natural feeding of fish by flying insects on artificial ponds. E3S Web of Conferences 434, 03017 (2023) ICECAE 2023, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343403017
12. A.Kurbonov, O.Yuldoshev, N.Saidxonova, S.Oblakulov, K.Djumakulova. Analysis of the optimization of labor protection measures in engineering work. E3S Web of Conferences 443, 040 (2023) ETESD-II 2023, 13 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202344304013
13. U.Sadikova1, I.Usmanov, N.Rakhimov, ShUsmanov1, T.Kudratov Z. Mirkhasilova. River water quality Amudarya in territory of Karakalpakstan. E3S Web of Conferences 401, 02008 (2023) CONMECHYDRO – 2023, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340102008
14. R.Yunusov , A.Imomnazarov, M.Rajabov, I.Karimov, S.Oblaqulov, A.Mamatkulov. Electromagnetic quality of a linear asynchronous motor with different designs of the secondary element. E3S Web of Conferences 434, 01006 (2023), ICECAE 2023 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343401006
15. B.Utepov, N.Saidhonova. Improvement of the technological scheme fan cotton sprayer OVX-600. E3S Web of Conferences 443, 040 (2023) ETESD-II 2023, 13 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202344304013.
16. M.Zaman, B.Pandit, R.Singh, Z.Mirkhasilova. “Evaluating Water Health: A Review of Varied Water Quality Index Computation Techniques”. International Journal for Research in Applied Science & Engineering Technology (IJRASET) Volume 11 Issue IX Sep 2023, 716 pp.
17. T.Kudratov, S.Xudaykulov, M.YAkubov, Z.Mirxasilova. K metodu rascheta koeffitsienta razbavleniya v usloviyax sbrosa zasolennыx kollektorno-drenajnыx vod v reki. Journal “Miasto Przyszłości” Volume 37 (Jul 2023), 221 rr.
18. A.Kurbonov, A.Jalilov, R.Omonov, M.Abduraxmanov. Angren coal mine workers injuries level analysis. American Journal of Technology and Applied Sciences. Volume 18, November, 2023, 28 rr.
19,A.Khojiev, T.Khalmuradov. Impact of changes in groundwater regime on crop yields. E3S Web of Conf. Volume 401, 2023. V International Scientific Conference “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering” (CONMECHYDRO - 2023)
20. I.Akhmedov,
Z.Mirkhasilova, M.Yakubov, A.Khojiev, L.Irmuhamedova,
M.Mirkhosilova. Recommendations for reducing sanding process
in water wells. E3S Web of Conf. Volume 401, 2023, V International
Scientific Conference “Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources
Engineering” (CONMECHYDRO - 2023).
21. M.Ibragimov, F.Kushnazarov, F.Kushnazarov. The use of a pulse-expansion module to increase the efficiency of natural feeding of fish by flying insects on artificial ponds. E3S Web of Conferences 434, 03017 (2023) ICECAE 2023, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343403017
Xalqaro hamkorlarimiz:
1. Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti (SPbPU), Texnosfera xavfsizligi kafedrasi
2. K.Timiryazova nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti
3. Budapesht qishloq xo‘jaligi universiteti
Mahalliy hamkorlarimiz:
1. “O‘zbekgidroenergo” AJ;
2. “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ;
3. Sanoat xavsizligi davlat qo‘mitasi;
4. “Elektroapparat-elektroshiyel” AJ;
5. “Suvmash” zavodi AJ;
6. Favqulodda
vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari;
Kafedra xodimlari

Xojiyev Aliakbar Abdumannopovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv xo’jaligida mehnat muhofazasini boshqarishning elektron tizimini ishlab chiqish Dars beradigan fanlar: Mehnat muhofazasi, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
+99871-237-19-86

Xaydarov Tuygun Anvarovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Mexanizatorlarning ish sharoitini yaxshilash bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish
Dars beradigan fanlar: Ergonomika, Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi, Hayot faoliyati xavfsizligi
+99871-237-19-86

Rajabov Nurmamat Qudratovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo’jaligi ekinlarini tomchilatib sug’orishda ishchilarning xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Dars beradigan fanlar: Hayot faoliyati xavfsizligi, Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi, Ish joylarini attestasiyalash
+99871-237-19-86

Mirxasilova Zulfiya Kochkarovna
Suv xo’jaligida yer osti suvlaridan foydalanib sug’orishda ishchilarning xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Dars beradigan fanlar: Hayot faoliyat xavfsizligi, Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
+99871-237-19-86

Kushnazarov Ferdavs Isakulovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sun’iy havzalarda boqiladigan baliqlarni tabiiy ozuqalar bilan ta’minlashda elektr xavfsizligini ta’minlash
Dars beradigan fanlar: Mehnat muxofazasi, Hayot faoliyati xavfsizligi, Yong’in xavfsizligi, Xavfsizlikning texnik vositalari
+99871-237-19-86

Utepov Burxon Bektursinovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Mexanizatorlarning ish sharoitini yaxshilash bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish
Dars beradigan fanlar: Hayot faoliyati xavfsizligi, Yong’in xavfsizligi, Xavfsizlikning texnik vositalari
+99871-237-19-86

Kurbanov Azimjon Jo'raboy o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "Gidrotexnika inshootlarini qurishda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik choralari"
Dars beradigan fanlar: Hayot faoliyat xavfsizligi, Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari
+99871-237-19-86

Oblaqulov Sohib Tolliboy oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sanoat korxonalarining yuk tashish jarayonlarida faoliyat xavfsizligini taminlash usullarini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Mehnat muhofazasi, Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
+99871-237-19-86

Saidkhanova Nazokat Joldasovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Interfaol usullar yordamida o’quvchilarga hayot xavfsizligi qoidalarini o’rgatish asosida ma’suliyat tuyg’usini tarbiyalash metodikasi
Dars beradigan fanlar: Hayot faoliyati xavfsizligi, Fuqaro himoyasini tashkil qilish, Radiasiya xavfsizligi
+998 71 237-19-86

Abduganiyev Aziz Saibovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Agro ishlab chiqarish kompleksining mehnatni muhofaza qilish tizimi sifatini baholash
Dars beradigan fanlar: Hayot faoliyat xavfsizligi, Mehnat muhofazasi
+998 71 237-19-86

Murtazayeva Gulnoza Raxmat qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tuproqqa ishlov berish agregatlaridan foydalanishda xavfsizlik chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Dars beradigan fanlar: Hayot faoliyati xavfsizligi, ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi, Xavfsizlik texnikalari va vositalari
+998 71 237-19-86
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Texnogen risk va texnik tizimlarning ishonchliligi | talabalarga
texnik tizimlar faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish
sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini,
xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ularni nazariy va amaliy jihatdan
himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish
qoidalarini o‘rgatishdan iborat. |
2 | Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari | Bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratishni o‘rgatishdan iborat |
3 | Fuqaro himoyasini tashkil qilish | Bo‘lajak
mutaxasislarni tabiiy, texnogen va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarda
insonlarni xayotini va sog‘lig‘ini ta’minlash maqsadida himoya usullariga
o‘rgatishdir. |
4 | Ergonomikа | Ishlab
chiqarish korxonalarida qulay ish sharoitlarini yaratish, kasb kasalliklarini
kamaytirish, texnik vositalardan foydalanishda ergonomik omillarni e’tiborga
olgan holda inson fiziologiyasi, anatomiyasi, antropometrik o‘lchovlar bilan
o‘lchash vazifalari mutaxassislar tomonidan xavfsiz etilishi ko‘zda tutishdan
iborat. |
5 | Ekologik xavfsizlik | Tabiatni
muhofaza qilish, ekologik talablarga xar doim rioya etish va ekologik
halokatlarning oldini olishga qaratilgan sotsial - iqtisodiy, huquqiy
xavfsizligi masalalarini o‘rgatishdan iborat. |
6 | Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi | Bo‘lajak
mutaxassislarga har qanday favqulodda vaziyatlarda (tabiiy, texnogen,
ekologik tusdagi) fuqarolarni muhofaza qilish, talafot olganlarga birlamchi
tibbiy yordam berish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini va moddiy boyliklarni
zararlanishdan saqlash qoidalarini o‘rgatishdan iborat. |
7 | Radiatsiya xavfsizligi | Bo‘lajak
mutaxasislarni kundalik ish faoliyatida va turli Favqulodda vaziyatlarda yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan ionlashtiruvchi nurlanishlar manbalari xavfi,
nurlanishlar turlari va ularning inson organizmiga ta’siri xususiyatlari,
ulardan himoyalanish tadbirlari bilan tanishtirishdir. Radiatsiyaviy avariya
sodir bo‘lganda xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarini, muhofazalanish
metodlarini, dezaktivatsiya o‘tkazish usullarini, radiatsiyaviy avariya sodir
bo‘lganda to‘g‘ri hatti – harakat qilishni o‘rgatadi. |
8 | Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik | Ishlab
chiqarish jarayonlarida bo‘ladigan xavfli faktorlar aniqlash, xavfsiz va
sog‘lom faoliyatning sharoitlarini yaratishni o‘rgatish |
9 | Avariya qutqaruv ishlari | Avariyalar va tabiiy ofatlar (zilzilalar, suv toshqinlari, to‘fonlar, tog‘ ko‘chkilari, yong‘inlar va boshqa) sodir bo‘lganda, ulardan kelib chiqqan asoratlarni bartaraf qilish, har xil noxush tabiiy va iqlimiy sharoitlarda, iqtisodiyot ob’ektlarini barqaror ishlashi masalalarini o‘rganadi. Shu bilan bir qatorda insonlarni xavf xatarlarni oldini olish chora-tadbirlarini olib borish, kechiktirib bo‘lmaydigan yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha talabalarga o‘rgatishdan iborat |
10 | Ish joylarini attestatsiyalash | Bakalavriat ta’lim yo’nalishi mutaxassisliklariga aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi Ish joylarini attestatsiya qilish ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini va aholini aholi xavfsizligining holati to’g’risida xabardor etish, Ishni tashkil qilishni tashkillashtirish, ish o‘rni va asbob uskunalarining xavflilik jihatlarini aniqlash, xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot ish joylarini attestatsiya qilish qoidalarini o’rgatishdan iborat. |
11 | Yo‘nalishga kirish | Bo‘lg‘usi
mutaxassislarni ta’lim olish jarayoni va kelgusi mehnat faoliyatini davom
ettiruvchi korxonalar haqida tassavurga ega bo‘lishiga yordam beradi.
Talabalarni oliy ta’lim tizimiga ko‘nikmalarini xosil qiladi. |
12 | Yong‘in xavfsizligi asoslari | Bo‘lajak
mutaxassislarga turli tusdagi yong‘in va portlash yuz berganda inson hayotini,
fuqarolarni, shuningdek moddiy boyliklarni muhofaza qilish, talafot olganlarga
birlamchi tibbiy yordam berish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini shu bilan
birgalikda moddiy boyliklarni yong‘indan, nobud bo‘lishdan saqlash tadbirlari
va qoidalarini o‘rgatishdan iborat. |
13 | Hayot faoliyati xavfsizligi | Hayot
faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini,
xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini
yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan
aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda
jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan
iborat. |
14 | Mehnat muhofazasi | Insonning
ishlab chiqarish sharoitida sog‘lom va xavfsiz ishlashini ta’minlashga
qaratilgan fan bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishning me’yoriy-huquqiy va
tashkiliy masalalarini, ishlab chiqarish sanitariyasi, elektr xavfsizligi va texnika
xavfsizligini ta’minlash asoslarini o‘z ichiga qamrab oladi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://mhw.tiiame.uz/oz/page/hfx-tarixi
Kafedra mudiri: Xojiyev Aliakbar Abdumannopovich
Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00