"Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" kafedrasi
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasining
professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, xodimlari va talabalari suv xo‘jaligi
va melioratsiya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan zamonaviy
meliorativ, qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikasini keng qo‘llash, joriy
etish va mashinalarni takomillashtirish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish,
ishonchlilikni ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostikalash va
ta’mirlash texnologik jarayonlarini, gidromeliorativ ishlarni tashkil qilish va
texnologiyalarini modernizatsiyalash, atrof muhitga texnogen ta’sirlarni
minimallashtirish kabi strategik vazifalarni samarali yechish bo‘yicha yechim
taklif qiladi.
Bu yo‘lda bizning kafedramiz sohada qo‘llaniladigan mexanizm va mashinalar, ulardan samarali foydalanish, ish qobiliyatini soz holatda ushlab turish va tiklash, zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish kabi fan resurslarida ta’lim beradi va mazkur mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlaydi.
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or universitetlarida bilim-tajribalarini oshirgan va yetuk olimlari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Shuningdek, yurtimizning tegishli sohalarga oid tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan va ularda kafedra filiallari tashkil etilgan.
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” (sobiq
“Qurilish mashinalari”) kafedrasi 1950 yilda tashkil etildi. Kafedraning
birinchi mudiri etib professor G.A.Koshevnikov tayinlandi. Shundan so`ng uzoq
vaqt kafedraga dotsent G.T.Prudnikov mudirlik qildi, so‘ngra kafedraga dotsent
M.V.Vasilyev, dotsent A.N.Mirsoatov, dotsent Sh.Q.Po‘latov, dotsent V.A.Ivanov,
dotsent N.K.Usmanov, dotsent S.T.Vafoevlar mudir bo‘lib ishladilar. 2004 – 2012
yillar dotsent R.R. Ergashev, 2012 - 2019
yillar dotsent Z.SH Sharipov,
2019 – 2024 yillar dotsent I.J.Xudayev,
hozirgi kunda esa dotsent B.X.Norov
rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra tashkil etilgandan buyon faol ishlagan
o‘qituvchi va xodimlar: G.T.Prudnikov, M.V.Vasilyev, I.Ya.Zaxarov, M.I.Murodov,
A.K.Norkin, Z.Asqarov, M.A.Xodjayev, A.S.Gurjiyev, A.N.Mirsoatov, Z.Fayziyev,
M.B.Xakimjonov, V.F.Manichev, I.J.Xudayev,
S.T.Vafoyev, S.U.Bobotoyev, G.D.Smelov, N.K.Usmanov, N.Maxmudov,
Q.Sharipov, B.Yusupov, L.Babajanov, Q.Piskentbaev, M.T.Zulunov, M.S.Karimov,
G‘.S.Rayimov, O.Sobirov, U.Sultonov, T.U.Usmonov, A.U.Atajanov, F.A.Bekchanov,
E.B.Shodiev, K.Xamroev, R.Norpo‘latov, M.Giyasova, X.To‘raev, O.P.Sabo,
J.Shirina, L.Xabibulina, R.V.Masteeva o‘quv ustalari P.Boltasheva, E.Yusupov, Sh.U.Yuldoshev,
T.S.Xudoyberdiyev, B.P. Shaymardonov, Q.A.Sharipov, I.M.Marupov, M.A.
Abdurasulov, X.I.Uraimshikov, R.K.Musurmonov, R.R.Ergashev, Sh.J.Imomov,
B.Z.Yusupov, Q.Piskentbaev, N.K.Usmanov, S.T.Vafoyev, B.S.Mirzayev,
A.K.Igamberdiyev, Z.SH.Sharipov, K.O.Shovazov, T.U.Usmonov,K.E.Usmonov,
B.X.Norov, U.T.Qo‘ziyev, N.A.Xolikova, B.B.Xakimov, Sh.X.Mardonov, X.Mahmudov,
E.G‘aniboeva, A.T.Mirzaaxmedov, L.Q.Bobojonov, M.O.Xolbo‘tayev, M.Abduqodirova,
Z.Kannazarova, I.M.Turdibekov, laboratoriya mudiri B.E.Ilesbayev, o‘quv ustasi A.Jumabayev,
laborantlar: A.Boboyev, A.Solixov, Sh.K.Mirzamuxammedovalarni aytib o‘tishimiz
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004
yil 3-sentabrdagi 415-qarori hamda institut rektorining 2004 yil 13-sentabrdagi
187 sonli bo‘yrug‘iga asosan, «Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash»
kafedrasi qayta tashkil etildi. Uning tarkibiga “Traktor va avtomobillar”,
“Mashinalar ishonchliligi va ta’mirlash asoslari”, “Issiqlik texnikasi”,
“Mashina-traktor parkidan foydalanish” kafedralari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004
yil 3-sentabrdagi 415-qarori, hamda institut rektorining 2004 yil
13-sentabrdagi 18- sonli bo‘yrug‘iga asosan bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
mutaxassislarga bo‘lgan talab qaytadan o‘rganib chiqildi va ikkita 5650300 –
“Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” va 5650500 – “Suv
xo‘jaligida meliorativ, transport mashinalari va qurilmalaridan foydalanish,
ularga servis xizmati ko‘rsatish” bakalvr ta’lim yo‘nalishlari ochildi va ularning
negizida ikkita 5A650301 – “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” va
5A650506 “Yonilg‘i-moylash materiallarini saqlash va tashish, quyish
vositalarini ta’mirlash va ulardan foydalanish” magistratura mutaxasisiliklari
ochildi.
Magistratura mutaxassisliklariga va bakalavr ta’lim
yo‘nalishlariga kafedraning yetuk professor va o‘qituvchilari tomonidan davlat
ta’lim standarti, o‘kuv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqildi. 2009 yildan
boshlab 5650900 –“Irrigatsiya, melioratsiya mashinalari jihozlari” bakalavr
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Kafedrada Q.A.Sharipov (2007 yil), R.Q. Musurmonov
(2009 yil), B.S.Mirzayevlar (2015 yil), A.K Igamberdiyev (2017 yil), A.S. Li
(2019 yil) doktorlik dissertatsiyasini, B.X.Norov (2011 yil) nomzodlik
dissertatsiyasini, B.B.Xakimov, F.A.Bekchanov va Sh.X.Mardonovlar (2019 yil) ,
L.Q.Babajanov (2020 yil) , A.U.Atajanov (2021 yil) texnika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini ixtisoslashgan kengashda himoya qildilar.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi
professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqdalar: professorlar B.S.Mirzayev, dotsentlar: I.J.Xudayev, N.K.Usmanov,
B.X.Norov, A.U.Atadjanov, L.Q.Bobojonov, F.A.Bekchanovlar,
Sh.X.Mardonov, katta o‘qituvchilar: M.S.Karimov, assistentlar M.O.Xolbo‘tayev,
X.N.Xolmatovalar faoliyat
ko‘rsatmoqdalar.
Hozirda kafedrada 60812400 (5450300)-“Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini
mexanizatsiyalashtirish” bakalavr ta’lim yo‘nalishi hamda
70812401-“Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” magistrlik mutaxassisligi
bo‘yicha mutaxassis tayyorlanmoqda.
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi buguni
Hozirgi kunda texnika fanlari nomzodi, dotsent B.X. Norov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati: 1 ta fan doktori, 6 ta dotsent va 2 ta tayanch doktarantlar pedagogik hamda ilmiy faoliyat olib bormoqda. Kafedra qoshida “Yosh mexaniklar” to’garagi tashkil etilgan.
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining
sohaga oid bilimlarini rivojlantirish va hamkorlik qilishlari uchun muntazam
ravishda xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etamib kelinmoqda.
Hamkorlik o’rnatish uchun e-mail: b.norov@tiiame.uz
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv
resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4801-sonli
Qarorida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha Jizzax viloyati
“Jizzaxsuvqurilishinvest” Davlat muassasasi hamda Sirdaryo viloyatidagi
“Sirdaryosuvqurilishinvest” Davlat muassasalari bilan 2021-2023 yillarda jami
32 ta xo‘jalik shartnomalari (xo‘jalik shartnomalarining umumiy summasi 483 mln
so‘m) bajarildi.
Kafedra laboratoriya bazasi
Kafedra laboratoriya bazasida eng so‘nggi rusumdagi ilmiy va o‘quv laboratoriya jihozlari va qurilish mashinalari mavjud bo‘lib, ulardan ilmiy faoliyat va o‘quv jarayonida, amaliyotlarni o‘tkazishda keng foydalanilmoqda.. Jumladan, MAGNAFLUX kompaniyasining D 2060 magnit defektoskopi, HERME Shiqhtechnology kompaniyasining NEC 5 rusumli yuqori aniqlikdagi elektron torozi, MIKROTEST kompaniyasining keng diapazonli quritish shkafi, NTS-11.36 rusumli gidrotizim elementlarini sinash stendi, SimTT Excavator 2.0 ekckavator simulyatori, FORWARD MTZ-LDR-EXR ekckavator-yuklagich simulyatori, UzXCMG qo‘shma korxonasining TY-160 buldozeri, WZ30-25 ekskavator-yuklagich, LiuGong kompaniyasining CLG915E ekskavatori, Caterpillar 301,5 mini ekskavatori, Caterpillar D3G buldozeri va boshqa texnik vositalar mavjud.
MAGNAFLUX kompaniyasining D 2060 magnit defektoskopi
Экскаватор ва экскаватор-юклагич симуляторларнинг билан ишлаш махсус
аудиториялари
Caterpillar D3G buldozeri
Hamkor tashkilotlarimiz
Kafedra “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda
«O‘zsuvqurilish» aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlik rejasi asosida
belgilangan tartibda master klasslar, ko‘chma mashg‘ulotlar hamda istiqboldagi
vazifalarni belgilash bo‘yicha qator uchrashuvlar tashkil qilinib kelmoqda. Shu
bilan bir qatorda O‘zmeliomashlizing” DLK, “Meliomashlizingservis” SHK-si,
“O‘zdavtexnazorat” inspeksiyasi, “SUVMASH” AJ lar bilan o‘zaro hamkorlik
aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, kafedrada “O‘zmeliomashlizing” DUK
ning maxsus auditoriyasi hamda “Suvmash” AJ da esa kafedraning filiali tashkil
etilgan.
«O‘zsuvqurilish» aksiyadorlik jamiyati
mas’ul vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi
Xalqaro hamkorlarimiz.
1. Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (O‘zbekiston - Italiya).
2. Buyuk Petr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti (Rossiya
Federatsiyasi)
3. K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti (Rossiya
Federatsiyasi).
4. Lipetsk texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
5. Belarus milliy texnika universiteti (Belarus respublikasi)
6. Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti (Qozog‘iston).
Mahalliy hamkorlarimiz.
1.
O'zbekiston Res'ublikasi suv xo'jaligi
vazirligi
2.
“O'zmeliomashlizing” davlat unitar
korxonasi
3.
“Suvmash” aktsiyadorlik jamiyati
4.
“O'zsuvqurilish” aktsionerlik jamiyati
5. “Amkodor-Ташкент” mahsuliyati cheklangan jamiyati xorijiy kompaniyasi.
6. “Krantas-group” korxonalar guruhi.
Halqaro maqolalar
1. Mirzayev B.- “Metal-organic framework/MXene nanohybrid composites as an
emerging electrochemical sensing platform for food safety and biomedical
monitoring: From synthesis to application”.
Electrochimica ActaТом 4941 August 2024 Номер статьи 144424.
2.Mirzayev B.- “Atomic versus molecular plasmas for frequency conversion of laser
radiation: stronger harmonics, larger cutoffs, better stability, resonance, and
quasi-phase-matching enhancement”. Applied Physics
B: Lasers and OpticsТом 130, Выпуск 5May 2024 Номер статьи 72.
3.Norov B.
“Production of biogas from organic waste at
landfills by anaerobic digestion and its further conversion into biohydrogen”. 2024. www.elsevier.com/locate/he.
4.Kannazarova Z.“Groundwater in the
commonwealth of independent states: A bibliometric analysis of scopus-based
papers from 1972 to 2023, emphasizing the significance of drainage”. 2024. www.elsevier.com/locate/gsd.
5.Bekchanov F. “Drainage in irrigated agriculture: Bibliometric analysis for
the period of 2017–2021”. Agricultural Water Management
305 (2024) 109118. journal homepage: www.elsevier.com/locate/agwat.
6.Mirzayev Baxadir- Kinematic mode of operation of potato harvester auger. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 04029:
7. Mirzayev Baxadir- Parameters of the soil-holding part of the slurry
spreader. E3S Web of
Conferences 383, 04016 (2023 )TT21C-2023
8. Mirzayev Baxadir- Ridge forming machine for sowing cereals on sloping fields. E3S Web of Conferences 401, 04051 (2023) CONMECHYDRO – 2023 .AIP Conference Proceedings, 2789, статья № 060003
9. Mirzayev Baxadir- Study of the technological possibilities of the large sungache in
localization of imported ceramic stoves. (2023) AIP Conference Proceedings, 2789,:
10.Mirzayev Baxadir- The Evaluation of PVD Coated
High Speed Steel End Mill E3S Web of
Conferences 401, 04016 (2023) CONMECHYDRO – 2023
11. Mirzayev Baxadir- Potato digger with a digging workpart of the "Paraplaw" type. E3S Web of Conferences, 2023, 365, 04021:
12. Atajanov Adiljan – Influence of irrigation technology with use of technical means on development and yield of cotton. E3S Web of Conferences 401, 01011 (2023) CONMECHYDRO – 2023.
13. Atajanov Adiljan – Monitoring of rolling bearing failures as result of acceleration. E3S Web of Conferences 401, 01012 (2023) CONMECHYDRO – 2023.
14. Xudayev Ibroxim- Application of Drip Tape Stacker with Brake solution for Potato Cultivation. E3S Web of Conferences 386, 03002 (2023) GISCA 2022 and GI 2022:
15. Xudayev Ibroxim- Engineering and geological conditions of dam construction. CONMECHYDRO – 2023. E3S Web of Conferences 401, 01049 (2023)
16. Bekchanov Faxriddin – Аlgorithm for automated defect search bypower distribution in the vibration signal spectrum. AIP Conference Proceddings .
17. Bekchanov Faxriddin – Reducing vibration of pumping units of reclamation systems. E3S Web of Conferences 365, 03021 (2023)
18. Bekchanov Faxriddin – Control method for stage degradation of centrifugal pump unit parts in the system of technical condition monitoring and automatic diagnosis. E3S Web of Conferences 365, 03022 (2023)
19. Norov Begmat – Determination of the dependence of the humidification circuit parameters during drip irrigation on the properties of irrigation water. E3S Web of Conferences 377, 03008 (2023).
20. Norov Begmat – Technology of hardening surfaces of working bodies by electromechanical
processing. E3S Web of
Conferences 365, 04004 (2023).
21.
Karimov Maqsud- Improved dam sealing working
body for a mounted channel digger.BIO Web of Conferences , 030 (2023) AgriScience2023 66 01
https://doi.org/10.1051/bioconf/20236603001
22. Mirzayev B.- “Technological mode of operation of the device for formation of cross bar in
cotton row spaces” AIP Conference
ProceedingsТом 3045, Выпуск 111 March 2024 Номер статьи 040006.
23. Xudayev I.- “The method of dispersion analysis of droplets using mini droplet cards for
resource-saving agricultural technologies”. BIO Web of Conferences 105, 01016 (2024).
https://doi.org/10.1051/bioconf/202410501016
. AEGISD-IV 2024.
24. Xudayev I.- “Assessment of the ecological
state and organization of works on cleaning the reservoir from siltation
products” E3S Web of Conferences 563, 03095 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303095 .
ICESTE 2024.
25. Mardonov Sh. “Research
of biotechnological, physical and mechanical properties and fractional
composition of pressed feed bales”. BIO Web of
Conferences 105, 06015 (2024) https://doi.org/10.1051/bioconf/202410506015 AEGISD-IV 2024.
26. Karimov M. “Device for cleaning irrigation trays” BIO Web of Conferences BIO Web of Conferences,
open access proceedings in biology, life sciences and health. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410825006
27. Norov B. “Improving the approach to assessing and rationing the effects of heat flow in a fire on the human body,” in BIO Web of Conferences, 2024, vol. 105, doi: 10.1051/bioconf/202410501007
Kafedra xodimlari

Norov Begmat Xolmatovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash, muhandislik logistikasi, tiklanuvchi energiya manbalari
+998 71 237 19 27

Karimov Maqsud Samadovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Vaqtinchalik sugorish tarmoqlarini qazuvchi kanal qazgichga damba zichlagichni o`rnatish va uning asosiy parametrlarini asoslab berish
Dars beradigan fanlar: Qurilish texnikalari Melioratsiya texnikalari Muhandislik etikasi Suv x`ojaligi industriya mashinalari Kichik mexanizatsiya bositalari Madaniy texnik ishlari mashinalari Qurilish va melioratsiya mashinalari
+998712371927

Atajanov Adiljan Usenovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv tanqisligi sharoitida suvtejamkor egatlab sug‘orish texnikasi elementlari va ularni rayonlashtirishning ilmiy asoslari
Dars beradigan fanlar: Melioratsiya va suv xo‘jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi Sug`orish mashinalari va uskunalari Melioratsiya va qurilish mashinalari. Qurilish mashinalari Drenaj ishlari texnikalari Drenaj tizimini qurish texnologiyalari
+998712371927

Babajanov Lazizbek Qobilovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va suv xo‘jaligi qurilishi texnikalari ekspluatatsiyasi sharoitini yaxshilash, ularning ish jihozlarini takomillashtirish. Mashina detallari resursini qayta tiklash texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish. Yopiq gorizontal drenaj quvurlarini tozalash ish jihozi konstruksiyasini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Melioratsiya va suv xo‘jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi, Qurilish mashinalari, Melioratsiya mashinalari, Melioratsiya va qurilish mashinalari.
+998712371927

Bekchanov Faxriddin Atabayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Irrigatsiya nasos agregatlarining texnik holatini vibratsiya ko’rsatgichlari asosida nazorat qilish usulini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Melioratsiya texnikalari Qurilish texnikalari Texnologik mashinalarni loyihalash asoslari
+998712371927

Xudayev Ibrohim Jumakulovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv xo‘jaligi qurilishida qo‘llanilayotgan qurilish va melioratsiya texnikalarining ish jihozlarini takomillashtirish. Nasos stansiyalari bosimli quvurlarining ekspluatatsiya muddatlarini oshirish
Dars beradigan fanlar: Qurilish mashinalari Melioratsiya texnikasi Drenaj ishlari texnikalari Gidromexanizatsiya vositalari
+998 71 237 19 27

Usmanov Nail Kayumovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Kollektor – drenaj tizimlarini qurishni mexanizatsiyalash va ulardan foydalanish.
Dars beradigan fanlar: «Qurilish texnikasi», «Meliorativ texnika», «Drenaj qurish mashinalari», «Gidromeliorativ mashinalar gidroyuritmalari»
+998 71 237 19 27

Xolbo‘tayev Muzaffar Odilovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash
Dars beradigan fanlar: Qurilish texnikalari Melioratsiya texnikalari Muhandislik etikasi Suv x`ojaligi industriya mashinalari Kichik mexanizatsiya bositalari Madaniy texnik ishlari mashinalari Qurilish va melioratsiya mashinalari
+998 71 237 19 27

Xurramov Muhriddin Hasanovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash.
+998712371927

Yusupov Furqat Farxod o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xoʼjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. Lazerli yer tekislagich aniqligini oshirish va parametrlarini asoslash
+998712371927

Xolmatova Xusnora Nurmuhammad qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo`jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo`jaligi va meliortsiya ishlarini mexanizatsiyalash.
+998712371927

Mardonov Sherzod Xalilovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va suv xo‘jaligi qurilishi texnikalari ekspluatatsiyasi sharoitini yaxshilash, ularning ish jihozlarini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Melioratsiya va suv xo‘jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi, Qurilish mashinalari, Melioratsiya mashinalari, Melioratsiya va qurilish mashinalari.
+998712371927
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Resurstejamkorlik asoslari(Magistratura) | Mashina resursidan samarali foydalanish, uning ish qobiliyatining
pasayishi sabablari va qonuniyatlari; mashinalar texnik servisi, agregat va
mashinalarni ta’mirlash va ta’mirtalab detallarni tiklash jarayonlarida
resurstejamkorlikka erishish; ta’mirlangan buyumlar va tiklangan detallarning
sifatini baholash usullari va vositalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni
shakllantirishdan iborat |
2 | Gidromexanizatsiya vositalari(Magistratura) | Suv xo‘jaligida qo‘llanilayotgan gidromonitorlar,
loyqaso‘rgich nasoslari va loyqaso‘rgich snaryadlarining ish jihozlarini
loyihalash, loyqaso‘rgich snaryadlarining
rivojlanish tendensiyalari va ustivor yo‘nalishlarini
tanlash,texnologik, konstruktiv, ekspluatatsion, ijtimoiy, iqtisodiy va
ekologik talablarni inobatga olgan holda texnik hisob va loyihalash usullarini
o‘zlashtirish,maqbul texnik yechimlarni izlab topish, uni qo‘llash va
modernizatsiyalash hamda uni konstruktorlik amaliyotida qo‘llash va ularni
hisoblashda tizimli yondoshish usularini, loyihalashda matematik
modellashtirish elementlari bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalarini
rivojlantirishdan iboratdir |
3 | Eksperimentni rejalashtirish(Magistratura) | Tanlagan mutaxassisligi sohasiga
mos yangi ilmiy natijalar, o‘tkazilayotgan ilmiy- tadqiqot loyihalari mavzusi bo‘yicha modellar,
algoritmlar, metodlar, dasturiy
yechimlar, instrumental vositalarni tadqiqot qilish va ishlab chiqish;
namunaviy metodikalar va boshqalar
bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berish ilmiy tadqiqot
natijalarini tahlil qilish, tajribalar funksional bog‘lanishlarini topish, olingan tajriba natijalarini emperik
formulalar orqali ifoda qilish usullarini, eksperimental tadqiqotlar, ularni o‘tkazish
uslublari, rejalashtirish, tayyorlash, tenzometrik qurilmalar, sonli qayta o‘zgartkichlar, tenzodatchiklar, ishchi
holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari
va maketlaridan foydalanish, o‘lchov aniqliklari, tajribada olingan natijalarga ishlov
berish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir |
4 | Mashinalarni loyihalash asoslari(Magistratura) | Magistrantlarga qurilish va melioratsiya
mashinalarning ish jihozlarini loyihalashning nazariy asoslari qurilish va
melioratsiya mashinalarini rivojlanish tendensiyalari va ustivor
yo‘nalishlarini tanlash,texnologik, konstruktiv, ekspluatatsion, ijtimoiy,
iqtisodiy va ekologik talablarni inobatga olgan holda texnik hisob va
loyihalash usullarini o‘zlashtirish,maqbul texnik yechimlarni izlab topish, uni
qo‘llash va modernizatsiyalash hamda uni konstruktorlik amaliyotida
qo‘llash,qurilish va melioratsiya mashinalarini tahlil etish va ularni
hisoblashda tizimli yondoshish usularini,loyihalashda matematik modellashtirish
elementlari bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir |
5 | Mutaxassislikka kirish | Tаlаbаning
mutахаssislik to’g’risidа to’liq mа’lumоtgа egа bo’lishi, o’quv jаrаyonining
аsоsiy shаkllаri, mаtеriаllаrni o’zlаshtirish vа bаhоlаshning yangi mеzоnlаri,
tаlаbаlаrning huquq vа mаjburiyatlаri, jаmоаtchilik ishlаri, ilmiy tаdqiqоt
ishlаri, ishlаb chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni turlаri vа аmаliyotlаr o’tish,
yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirishni, mеhnаtni
ilmiy tаshkil qilishni,cоhаgа оid kоrхоnаlаr vа tаshkilоtlаrning ishlаb
chiqаrish jаrаyoni vа ulаrni tаshkillаshtirish, yangi tехnikа vа tехnоlоgiyani
tаdbiq qilish vа rеjаlаshtirish, mеhnаtni ilmiy tаshkil qilish, kоrхоnа
yordаmchi хizmаti vа tехnik nаzоrаt ishlаrini qilish, tехnikа хаvfcizligi
qоidаlаri bo’yichа yеtаrlichа ko’nikmаlаrini rivоjlаntirishdаn ibоrаtdir |
6 | Melioratsiya va suv xo‘jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi | Mashinalarni
samarali ishlatish, ularni ishchi jihozlarini rostlay olish, ishga tayyorlash,
texnik xizmat ko‘rsatish va yeyilgan detallarini qayta tiklash usullari
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish,melioratsiya va qurilish
mashinalari, traktorlar va texnologik qurilmalarni sinash, tashxis qo‘yish,
nosozliklarini bartaraf etish usullarini, mashinalarni ishlamay qolishi,
nosozliklar va nuqsonlarni paydo bo‘lish sabablari, ularni aniqlash va bartaraf
etish usullarini, mashinalarning ishonchlilik ko‘rsatkichlari: buzilmasdan
ishlashi, puxtalik (mustahkamlik), ta’mirbopligi va saqlanuvchanligini,
mashinalarni ta’mirlash texnologik jarayonlarini va ularni tarkibiy qismlarini
modernizatsiyalashni,mashina detallarini tiklashning zamonaviy usullarini qo‘llash;
detal nuqsonlarini aniqlash usullari, qo‘llaniladigan jihoz, asbob-uskunalarni
va ta’mirlashning maqbul usulini tanlashni
bilishga qaratilgan |
7 | Melioratsiya va qurilish mashinalari | Suv
xo‘jaligi ishlab chiqarishining bo‘lajak mutaxassislariga berilgan
tabiiy-ishlab chiqarish sharoitlariga asosan qurilish texnikalaridan samarali
foydalanish va ularga qo‘yilgan talablarni va ishlash texnologiyalarini
o‘rganish, ya’ni texnologiyalar yaratish, qurilish texnikalaridan foydalanish
jarayonlarini takomillashtirish va ishlab chiqish asoslari bo‘yicha yo‘nalish
profiliga mos bilimlarbo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalarini rivojlantirishdan
iboratdir. |
8 | Melioratsiya texnikalari | Melioratsiya texnikalarining tuzilishi, ishlash asoslari,
qo‘llanilish sohalarini o‘rganish, ishchi jihozlarining tuzilishlari, konstruksiyalari,
hususiyatlari va texnikalarning ishlov berayotgan muxit bilan o‘zaro
munosabatida mashina bajargan ishlar sifatini baxolay olish, olingan nazariy
bilimlarni mustahkamlash bilan birga ularga servis xizmati ko‘rsatish
qoidalarini puxta egallash, texnika va ishchi jihozlarining asosiy
ko‘rsatkichlarini aniqlay bilish, tegishli ko‘rsatkichlar asosida mashina
tanlay bilish, mashinalarni ishlatish, mashinalarni hisoblash usullari,
takomillashtirish ishlarini bajarish uslubiyatini bilish hamda ular to‘g‘risida
yetarli bilim va malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan. |
9 | Qurilish texnikalari | Qurilish texnikalarining tuzilishi, ishlash
asoslari, qo‘llanilish sohalarini o‘rganish, ishchi jihozlarining tuzilishlari,
konstruksiyalari, hususiyatlari va mashinalarning ishlov berayotgan muhit bilan
o‘zaro munosabatida mashina bajargan ishlar sifatini baxolay olish, olingan
nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga, texnik xizmat ko‘rsatish
qoidalarini puxta egallash, mashina va ishchi jihozlarining asosiy
ko‘rsatkichlarini aniqlay bilish, tegishli ko‘rsatkichlar asosida mashina
tanlay bilish, mashinalarni ishlatish va boshqarish qo‘lidan kelish,
mashinalarni hisoblash usullari, takomillashtirish ishlarini bajarish
uslubiyatini bilish hamda ular to‘g‘risida yetarli bilim va malakaga ega
insonni tarbiyalashga qaratilgan ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajarishga. qaratilgan. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://mhw.tiiame.uz/oz/page/kafedra-tarixi
Kafedra mudiri: Norov Begmat Xolmatovich
Qabul kunlari: None