"Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar" kafedrasi
”Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar”
kafedrasi Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning
energetika tarmog‘idagi barqarorligini ta’minlash va rivojlantirish uchun, suv xo‘jaligida
foydalanilayotgan nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish, yangi nasos stansiyalarni
loyihalash, gidroenergetik obyektlarni qurishda innovatsion materiallarni hamda
zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘lash orqali samaradorligini oshirish yo‘lida
innovatsion ta’limni rivojlantirish, jamiyatni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash
kafedraning maqsadi va vazifasi qilib belgilangan.
Bugungi kunda kafedra “Gidroenergetika”,
“Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari”, “Gidrotexnika inshootlari
va nasos stansiyalaridan foydalanish” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni
hamda “Nasos stansiyalari va qurilmalari”, “Gidroenergetika” mutaxassisliklari bo‘yicha
magistrlarni soha bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalariga, loyiha
institutlariga nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yеtuk kadrlar tayyorlaydi.
Kafedra 1934-yilda tashkil etilgan
bo‘lib unda professorlar - D.Y.Sokolov, V.I.Gromov, E.J.Maxmudov O.Y.Glovatskiy;
dotsentlar - T.A.Kolpakova, S.K.Pereverzev, S.Saidxodjayev, V.A.Baranov,
V.I.Stratonov, V.P.Sudakov, Y.G.Ivanenko, R.R.Abduraupov, T.Sh.Majidov,
V.A.Zenkova, R.A.Usmanov, B.M.Obidov, T.N.Tursunov; katta o’qituvchilar - A.M.Motorin, K.V.Stupakov, Y.A.Sosedko,
N.I.Goroshkova, A.S.Badalov; assistetlar - A.A.Aun, A. Asqarov, V.S.Voronov, laboratoriya
mudirlari - V.F.Antoninov, I.A.Yashin faolyati muhum o‘rin tutadi.
Kafedra olimlaridan T.A.Kolpakova,
S.K.Pereverzev hamda V.P.Sudakov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator”, A.S.Saidxodjayev
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi” va D.R.Bazarov “O‘zbekiston Respublikasi
suv xo‘jaligi a’lochisi” hamda “Gidroenergetika iftixori” ko‘krak nishoni bilan
taqdirlangan.
Ixtisosligi
05.09.06-Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Kafedra laboratoriyasi
Kaferdraga universitet D binosidagi
“Gidromashinalar” o‘quv laboratoriyasi tegishli bo‘lib unda sohaga oid barcha fanlardan
o‘tiladigan laboratoriya ishlari uchun mo‘ljallangan qurilma va jihozlar bilan taminlangan.
“Gidromashinalar” o‘quv laboratoriyasi 2020 yilda to‘liq rekonstruksiya qilingan
va eng zamonaviy jihozlar bilan taminlangan.
“Gidromashinalar” o‘quv laboratoriyasi
umumiy ko‘rinishi
Sath, sarf, bosim va haroratni boshqarish
tizimiga ega ixcham ish stansiyasi
Kafedrada amalga oshirilayotgan loyihalar va
xo‘jalik shartnomalar:
“Qarshi magistral kanali to‘g‘onsiz suv olish sohasidagi o‘zandagi jarayonlarni zamonaviy dasturlar asosida suv olish inshootning ishlash sharoitini yaxshilash, zemsnaryadlarni joylashish o‘rnini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish”.
Amudaryodan Qarshi magistral kanalining suv olish
nuqtasi hamda magistral kanalning bosh qismi sohasidagi o‘zan o‘zgarishi jarayonlari
bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot va nasos stansiyasi agregatlarini ishlatish samaradorligini
oshirish bo‘yicha ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilindi. Yil davomidagi zemsnaryadlarni
ishlatish amaliyoti bo‘yicha kuzatuv ishlarini, bajargan ish hajmlarini aniqlash,
nasos stansiyalarini ishlash samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha o‘lchov
ishlari olib borildi. To‘plangan ma’lumotlar va olib borilgan dala-tadqiqotlariga
asoslanib, magistral kanalning bosh qismi sohasidagi o‘zan o‘zgarishi jarayonlari
bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot va nasos stansiyasi agregatlarini ishlatish samaradorligini
oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
2. Jizzax viloyati «Arnasoy suv ombori»ga
kirish kanalining 3 km. kismi kirgoklarini mustahkamlash hamda «Arnasoy-1»
nasos stansiyasi avankamerasini kayta tiklash»
Rekonstruksiya ishlari tasdiqlangan ishchi loyiha
asosida obyektda bajarilishi lozim bo‘lgan еr ishlari, zamonaviy texnikalardan foydalangan holda,
to‘lig‘icha mexanizatsiyalashgan usulda amalga oshirilmoqda. Kanalning qazish va
еr ishlari bajarilgan 1,8
km dagi qismidagi inspektor yo‘lagi tekislanmagan va qoplama bilan qoplanmagan.
Obyektda bajarilayotgan ishlar sifati va ketma – ketligi ishchi loyihada ko‘rsatilgan
texnologik jarayonlarga mos kelishi shart. “Arnasoy-1” nasos stansiyasining suv
olib keluvchi kanalini qirg‘oqlarini qoplash uchun ishlatilayotgan tuproq tarkibi
loyihada ko‘rsatilgan tuproq turi va tarkibigaga mos keladi. “Arnasoy-1” nasos stansiyasining
suv olib keluvchi kanalini qazish va еr ishlari bajarilgan 3 km dagi qismidagi inspektor yo‘lagi tekislanmagan
va qoplama bilan qoplanmagan.
3. “Nasos agregatini doimiy
vibrodiagnostika qilish qurilmasini ishlab chiqish va joriy etish”.
Nasos agregatlarini ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash doimiy diagnostika qilish tizimi ishlab chiqildi xamda Jizzax bosh nasos stansiyasiga o‘rnatildi. Nasos agregatlarida sodir bo‘lgan tebranishlarning kritik miqdorlari aniqlandi hamda tizimning holatini bashorat qilish imkoniyati yaratildi.
4. Suvtejamkor texnologiyalarni
qo‘llash va tomchilatib sug‘orish tizimlariga suvni еtkazib berish.
Suv resurslari kundan kunga kamayib, tanqis bo‘lib borayotgan vaqtda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun suv tejovchi texnologiyalari joriy etilmoqda. Mamlakatimizda sug‘orma dexqonchilik qilinadigan maydonlarda qishloq xo‘jalik ekinlarini suv bilan ta’minlash uchun mashinali suv ko‘tarish tizimlaridan foydalanib kelinmoqda. Suv xo‘jaligini raqamlashtirishni rivojlantirish uchun bir qator huquqiy hujjatlar, jumladan, Prezidentning «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlashga oid Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga oid qarorlari qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda nasos stansiyalarini raqamlashtirish va ularni masofadan boshqarib ishonchli miqdorda suv еtkazib berishni ta’minlash vazifalari belgilangan.
5. “Nasos stansiyalari avankamerasida
suv o‘ramalarini hosil bo‘lishini bartaraf etish qurilmasini ishlab chiqish va
nasos stansiyasiga o‘rnatib sinab ko‘rish”.
Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasida Jizzax bosh nasos stansiyasi avankamerasida suv sathining tushib ketishi natijasida sodir bo‘ladigan suv o‘ramalarini bartaraf etish qurilmasi ishlab chiqilib, avankameraga o‘rnatildi. Natijada nasos ishchi parraklarini kavitatsiya rejimida ishlashining oldi olinib, uzoq muddat ishonchli ishlashi ta’minlanadi.
6. REP-24112021/32 «Qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib
sug‘orishning avtomatlashtirilgan tizimi»
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda, avtomatlashtirilgan kompleks tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish orqali, suv va energetik resurslarni tejash, qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘z vaqtida samarali suv bilan ta’minlash vazifadir. Ushbu vazifani amalga oshirish natijasida, qo‘shimcha qishloq xo‘jalik еrlarini o‘zlashtirish imkoniyati tug‘iladi, hosildorlik oshadi, mehnat xarajatlari kamayadi va aholining daromadlari oshishi natijasida qashshoqlik darajasi kamayadi. Shunindek, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligining barqarorligi ta’minlanadi.
7-tomchilatgichli
sug‘orish quvurlari; 8-avtomatika asboblari; 9-boshqaruv pulti;
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan xalqaro maqolalar
1. Yan, K. T.,
Wang, X. P., Ding, Y., Li, L. Z., Bazarov, D., Deng, B. Y., ... & Yu, K. Q.
(2024). 3D-printed LC3-based lightweight engineered cementitious composites:
Fresh state, harden material properties and beam performance. Journal of Building
Engineering, 93, 109838.
2. Yan, K. T., Li, L. Z., Ye, J. H., Bazarov,
D., Deng, B. Y., & Yu, K. Q. (2024). Anisotropic size effect of 3D printed
LC3-based engineered cementitious composites (LC3-ECC). Journal of Building
Engineering, 92, 109668.
3. Chen, W.,
Fediuk, R., Yu, J., Nikolayevich, K., Vatin, N., Bazarov, D., & Yu, K.
(2024). Performance prediction and analysis of engineered cementitious
composites based on machine learning. Developments in the Built Environment,
18, 100459.
4. Bazarov, D.,
Norkulov, B., Umarov, S., Artikbekova, F., Kurbanov, A., & Salimbayev, M.
(2023). Experimental evaluation of the throughput of the supply channel of
pumping stations. In E3S Web of Conferences (Vol. 410, p. 05033). EDP Sciences.
5.Bazarov, D.,
Norkulov, B., Jamolov, F., Islamov, K., Nazarova, S., & Shodiev, B. (2023).
Improvement of damless water intake methods taking into account the hydraulic
and sediment regimes of the river. In E3S Web of Conferences (Vol. 410, p.
05032). EDP Sciences.
6. Bazarov, D., Ahmadi, M., Vohidov, O., Shodiev,
B., & Raimova, I. (2023). Sedimentation and its effect on storage capacity
in Naghlu reservoir. In E3S
Web of Conferences (Vol. 401, p. 01001). EDP Sciences.
7.Rustam, E., & Boybek, K. (2024). Irrigation
System Pumping Station Avancamerasida Water Cylinder Disposal Device. American Journal of Engineering, Mechanics and
Architecture, 2(2),
55-59.
8.Bazarov, D., Ahmadi, M., Ghayur, A., &
Vokhidov, O. (2023). The Kabul River Basin-the source of the Naglu and other
reservoirs. In E3S Web of
Conferences (Vol. 365, p. 03047). EDP Sciences.
9. Norkulov,
B., Khujakulov, R., Kurbanov, I., Kurbanov, A., Jumaboyeva, G., & Kurbanov,
A. (2023). Regime of deposition of sediments in the head settlement basin of
the supply channel of pumping stations. In E3S Web of Conferences (Vol. 365, p.
03045). EDP Sciences.
10. Norkulov,
B., Mamataliev, A., Kurbanova, U., Nazarova, S., Shodiev, B., & Raimova, I.
(2023). Increasing efficiency of flow energy damping with lateral water intake.
In E3S Web of Conferences (Vol. 365, p. 03044). EDP Sciences.
11. Ergashev, R., Bekchanov, F., Musaev, S.,
Saydullaev, S., & Kholbutaev, B. (2023). Reducing vibration of pumping
units of reclamation systems. In E3S Web of Conferences (Vol.
365, p. 03021). EDP
Sciences.
12.Uralov, B., Mutalov, S., Shakirov, B.,
Khakimova, G., Sirojov, B., & Raimova, I. (2023). Influence of
hydroabrasive wear of impeller blades on head of centrifugal pump. In E3S Web of Conferences (Vol.
365, p. 03012). EDP Sciences.
13.Uralov, B., Berdiev, S., Rakhmatov, M.,
Vokhidov, O., Maksudova, L., & Raimova, I. (2023). Theoretical models and
dependences for calculating intensity of hydroabrasive wear of pump working
parts. In E3S Web of Conferences (Vol.
365, p. 03019). EDP Sciences.
14. Kan, E., Mukhammadiev, M., Dzhuraev, K., &
Uulu, A. A. (2023). Assessment of economic efficiency of combined power plants
based on renewable energies. In E3S
Web of Conferences (Vol. 401, p. 04005). EDP Sciences.
15. Kan, E., & Vatin, N. (2023). Consumption of
Irrigation Pumps Pumping Water with a High Content of Mechanical Impurities. In E3S Web of Conferences (Vol.
365, p. 03011). EDP Sciences.
16.Wang, F., Zhai, J., Kan, E., Norkulov, B., Ding,
Y., Yu, J., & Yu, K. (2024). Value-added recycling of waste brick powder
and waste sand to develop eco-friendly engineered geopolymer composite. Case Studies in Construction Materials, 21, e03590.
17. Shaazizov, F. (2023). Flow division under a
steady flow mode. In E3S Web of Conferences (Vol. 365, p.
03029). EDP Sciences.
18.Shaazizov, F. (2023). Accounting for the energy
efficiency of the operation of pumping equipment in the monitoring system of
large pumping stations of the Republic of Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol.
410, p. 05010). EDP Sciences.
19.Uralov, B., Berdiev, S., Rakhmatov, M.,
Vokhidov, O., Maksudova, L., & Raimova, I. (2023). Theoretical models and
dependences for calculating intensity of hydroabrasive wear of pump working
parts. In E3S Web of Conferences (Vol.
365, p. 03019). EDP Sciences.
20.Markova, I.,
Khanh, P. K., & Vokhidov, O. (2023). Current velocity field in section of
Sai Gon river during operation of flood control structures. In E3S Web of
Conferences (Vol. 401, p. 01050). EDP Sciences.
21.Markova, I., Khanh, P. K., & Vokhidov, O. (2023). Influence Of Flood Control Facilities On The Water Level In The Downstream Of The River System Sai Gon-Dong Nai. In E3S Web of Conferences (Vol. 410, p. 05006). EDP Sciences.
22.Glovatskiy,
O., Ergashev, R., Sadiev, U., Rashidov, J., Musaev, S., & Boboeva, G.
(2023). Establishment of resource-saving modes of irrigation pumps. In E3S Web
of Conferences (Vol. 410, p. 05017). EDP Sciences.
23.Glovatskiy,
O., Ergashev, R., Kurbonov, I., Kholbutaev, B., Pirnazarov, I., & Rajabov,
A. (2023). Practice of permanent presence and equipment of Karshi main canal.
In E3S Web of Conferences (Vol. 401, p. 01022). EDP Sciences.
24.Norkulov,
B., Nazaraliev, D., Raimova, I., & Vafoeva, O. (2023). Recommendations for
the assessment and forecast of shore deformations in the average flow of the
Amudarya river. In E3S Web of Conferences (Vol. 401, p. 01056). EDP Sciences.
Xalqaro hamkorlar
1. TONGJI UNIVERSITETI, SHANXAY, XITOY XALQ RESPUBLIKASI
2. BUYUK PYOTR NOMIDAGI SANKT-PETERBURG POLITEXNIKA UNIVERSITETI, SANKT-PETERBURG, ROSSIYA FEDERATSIYASI.
3. MILLIY TADQIQOT MOSKVA DAVLAT QURILISH
UNIVERSITETI, MOSKVA, ROSSIYA FEDERATSIYASI.
Mahalliy hamkorlar
1. “O‘ZBEKGIDROENERGO” AKSIYADORLIK JAMIYATI
2.“CHIRCHIQ GESLAR KASKADI” FILIALI
Kafedra xodimlari

Bazarov Dilshod Rayimovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: gidravlika va muhandislik idrologiyasi, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi, gidroenergetika, nasos va nasos stansiyalari, o‘zandagi jarayonlar.
+998712371957

Kan Eduard Klimentiyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidroenergetika obyektlari va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish samaradorligi va ishonchliligini oshirish, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: Gidroelektrstansiyalari, Nasos stansiyalarining ishonchliligi va xavfsizligi, Nasos stansiyalari va qurilmalarining ishlashi va diagnostikasi
+998712371957

Ergashev Rustam Raximovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: gidravlika va muhandislik idrologiyasi, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi, gidroenergetika, nasos va nasos stansiyalari, o‘zandagi jarayonlar.
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari, Gidromashinalar.
+998712371957

Uralov Baxtiyor Raxmatullayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Nasos stansiyasi, gidroenergetika, gidroenergetik qurilmalar va ularning ishonchliligini oshirish, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi.
Dars beradigan fanlar: Nasos stansiyalaridan foydalanish; Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish Gidroenergetik qurilmalar
+998712371957

Shoazizov Farrux Shoakbarovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Nasos stansiyasi va gidroelektrostansiyalardan foydalanishning samaradorligini oshirish, gidroenergetik obyektlarning xavfsizligi, suv obyektlardagi gidravlik jarayonlarni tadqiq qilish.
Dars beradigan fanlar: Gidroelektrostansiyalar, Nasos stansiyalar va gidroelektrostansiyalar, Nasos stansiyalarni loyihalash va qurilmalarni sinash, Nasos stansiyalai
+998712371957

Norqulov Bexzod Eshmirzaevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: gidravlika va muxandislik idrologiyasi,gidroenergetika, nasos va nasos stansiyalari, gidrotexnika qurilishi, deformatsion jarayonlar,
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari, Quduqli nasos qurilmalari, Nasos stansiyalari
+998712371957

Artikbekova Fotima Kuchkarovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: gidravlika va muxandislik gidrologiyasi, gidroenergetika, nasos va nasos stansiyalari, gidrotexnika qurilishi,
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari, Gidromashinalar, Nasos stansiyalarida resurs tejamkor texnologiyalarni qo’llash, Nasos stansiyalari, Suv ta’minoti nasoslari va nasos stansiyalari.
+998712371957

Azimov Azam Ismailovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Irrigatsiya nasoslari uchun energiya tejovchi tizimlarni va yangi konstruksiyalarni ishlab chiqish. Gidravlik turbinalarda ishchi ko‘rsatkichlarni oshirishga qaratilgan gidrodinamik tadqiqotlar.
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari, Gidromashinalar, Gidroelektrostansiyalar, Nasos stansiyalari, Mutaxassislikka kirish
+998712371957

Shodiyev Bobur Nurmaxamat oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: gidravlika va muhandislik idrologiyasi, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi, gidroenergetika, nasos va nasos stansiyalari, o‘zandagi jarayonlar.
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari; Gidroelektrostansiyalar, Nasos stansiyalari.
+998712371957

Voxidov Oybek Farxodjon oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: gidravlika va muhandislik idrologiyasi, gidrotexnika va melioratsiya qurilishi, gidroenergetika, nasos va nasos stansiyalari, o‘zandagi jarayonlar.
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari, Gidromashinalar, Gidroelektrostansiyalar, Nasos stansiyalaridan foydalanish, Gidroenergetika.
+998712371957

Shadmanov Abdurasul Abdurashidovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidroelektrostansiyalardan foydalanishning samaradorligini oshirish, gidroenergetik obyektlarning xavfsizligi, suv obyektlardagi gidravlik jarayonlarni tadqiq qilish.
Dars beradigan fanlar: Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish, GESlardan foydalanish.
+998712371957

Teplova Glina Stepanovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Nasos stansiyalardan foydalanishning samaradorligini oshirish, gidroenergetik obyektlarning xavfsizligi.
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari, Nasos stansiyalari
+998712371957

Rashidov Jaloliddin Ibodullaevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Irrigatsiya nasoslari uchun energiya tejovchi tizimlarni va yangi konstruksiyalarni ishlab chiqish. Gidravlik turbinalarda ishchi ko‘rsatkichlarni oshirishga qaratilgan gidrodinamik tadqiqotlar.
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari; Gidroelektrostansiyalarning yordamchi jihozlari; Gidroenergetika; Nasos stansiyalaridan foydalanish
+998712371957

Mahfuz Axmadi
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Nasos stansiyasi va gidroelektrostansiyalardan foydalanishning samaradorligini oshirish, gidroenergetik ob’yektlarning xavfsizligi, suv obyektlardagi gidravlik jarayonlarni tadqiq qilish.
Dars beradigan fanlar: Nasos va nasos stansiyalari; Gidroelektrostansiyalarning yordamchi jihozlari; Gidroenergetika.
+998712371957

Adilov Ozodbek Komiljon o‘g‘li
Dissertatsiya mavzusi: “Vibrodiagnostik ko‘rsatkichlar asosida nasos agregatlarining ishonchliligini baholash”
+99899 654-26-23
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Gidroenergetik qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish va ta’mirlash(Magistratuta bosqichida) | Gidroenergetik qurilmalar, gidrotexnik inshootlar
konstruksiyalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatishni tashkil qilish o‘rgatiladi |
2 | Gidroenergetikada ilmiy tadqiqot(Magistratuta bosqichida) | Gidroenergetika soxasidagi zamonaviy
texnalogiyalardan foydalasnish, ularni tadbiq etishni o’rgatiladi |
3 | Minigidroelektroenergetika(Magistratuta bosqichida) | O‘zbekiston Respublikasida
mini va mikrogidroenergetik qurilmalari ahamiyati va rivojlanishi, hisoblash
uslubi, turlari va konstruksiyalari, irrigatsiya tarmoqlaridagi kichik, mini va
mikro gidroelektrostansiyalar ishlash prinsiplari, kichik daryo uzanlarida,
kanallarda va kollektorlarda gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish
usullarini o‘rgatiladi. |
4 | Irrigatsiya tizimlarida suv enеrgiyasidаn fоydаlаnish(Magistratuta bosqichida) | O’zbеkistоn хаlq хo’jаligigа zаrur bo’lgаn аrzоn vа ekоlоgik tоzа elеktrоenеrgiyani оlish imkоniyatini o’rgаnish, kichik quvvаtdаgi gidrоelеktrоstаntsiyalаrini ishlаtish sоhаsidа аsоsiy tushunchаlаri, nаzаriy qоnunlаr, ilmiy mеtоdlаri o’rgаtish hаmdа ulаrni аmаliyotdа tаdbiq etish ko’nikmаsini хоsil qilishdаn ibоrаt. |
5 | Gidroelektrostansiyalardan fоydаlаnish(Magistratuta bosqichida) | O’zbеkistоn хаlq
хo’jаligigа zаrur bo’lgаn аrzоn vа ekоlоgik tоzа elеktrоenеrgiyani оlish
imkоniyatini o’rgаnish, kichik quvvаtdаgi gidrоelеktrоstаntsiyalаrini ishlаtish
sоhаsidа аsоsiy tushunchаlаri, nаzаriy qоnunlаr, ilmiy mеtоdlаri o’rgаtish
hаmdа ulаrni аmаliyotdа tаdbiq etish ko’nikmаsini хоsil qilishdаn ibоrаt |
6 | GESlarni loyixalashda avtomatlashtirilgan tizimlar(Magistratuta bosqichida) | Gidroelektrostansiyalarni loyihalashda avtomatlashtirilgan tizimlarni
joriy qilish, ulardan foydalanish va ularni qo’lashni o‘rgatiladi. |
7 | GES. Nasos stansiyalari(Magistratuta bosqichida) | Gidroelektrostansiyalar va nasos stansiyalari
sohasida ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari, loyixalash,
qurish, qayta qurish va ishlatish muammolari, gidroelektrostansiyalar va
nasos stansiyalarni loyihasi, qurilishi va ekspluatatsiyasi o‘rgatiladi. |
8 | Gidroenergetik inshootlar(Magistratuta bosqichida) | Gidroenergetik inshootlar turlari,
konstruksiyalari, qo‘llanish sohalari va ulardan foydalanish o‘rgatiladi |
9 | Nasos stansiyalari va qurilmalari(Magistratuta bosqichida) | Barcha nasoslarni va qurilmalarini turlari, ishlash
prinsiplari, konstruksiyalari va qo‘llanish sohalari, nasos stansiyalari
turlari, ulardagi gidrotexnik inshootlar, asosiy va yordamchi gidromexanik va
gidroenergetik jihozlarni konstruksiyalari, ularni loyiha-lashtirish va
foydalanish o‘rgatiladi. |
10 | Gidroenergetika(Magistratuta bosqichida) | Jahon gidroenergetikasining
hozirgi holati, muammolari va rivojlantirish yo‘llari, har hil turdagi GEQlarni
loyihalashtirish va ekspluatatsiya qilishda nazariy va eksperimental
tadqiqotlar o‘rgatiladi. |
11 | Qayta tiklanuvchi energiya manbalari | Energetika asoslari, ana’naviy, noan’anaviy, qayta tiklanmaydigan va
qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.
Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ulardan energiya ishlab
chiqarish jarayonlari hamda energetik mashinalarni montaj qilishni bilishi va
ularni ekspluatatsiya qila olishadi; |
12 | Umumiy energetika | O‘zbekiston Respublikasida gidroenergetikani ahamiyati va
rivojlanishi, hisoblash uslubi, turlari va konstruksiyalari, irrigatsiya
tarmoqlaridagi kichik, mini va mikro gidroelektrostansiyalar ishlash
prinsiplari, kichik daryo uzanlarida, kanallarda va kollektorlarda
gidroelektrostansiyalarni loyihalash va qurish usullarini o‘rgatiladi. |
13 | Nasos stansiyalari | Nasos stansiyalarini loyixalash, ishlatiladigan gidrotexnik inshootlar
va barcha gidromexanik va gidroenergetik jihozlarini o’rnatish, texnik
iqtisodiy ko’rsatkichlari -qoidalarini o‘rgatiladi. |
14 | Nasos stansiyalarida resurs tejamkor texnologiyalarni qo’llash | Nasos
va nasos stansiyalarining asosiy turlari va dizaynlari, nasos stansiyalarida
resurslarni tejaydigan texnologiyalar, hozirgi holati, ulardan foydalanish istiqbollari
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.
Nasos uskunalarini tanlash usullari, nasos stansiyalarining dizaynini
hisoblashadi. Nasos stansiyalarida resurslarni tejashning asosiy usullari va
texnologiyalari, energiyadan foydalanish samaradorligini tahlil qilish
usullari, nasos stansiyalaridagi texnologik jarayonlarning xususiyatlarini
bilishi va ulardan foydalana olishadi |
15 | Nasos stansiyalaridan foydalanish | Nasos stansiyalaring ahamiyati, nasos stansiyalari va uning tarkibidagi
gidrotexnik, gidromexanik jihozlardan foydalanishni tashkil etish, jihozlarni
diagnostika qilish, ishonchlilik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishini baholash, texnik
xizmat ko‘rsatish tizimi va ta’mirlash usullari
haqida tasavvurga ega bo‘lishadi |
16 | Gidroenergetik qurilmalardan foydalanish | Gidroenergetik qurilmalar konstruksiyalari tahlil qilinadi va ulardan
foydalanish qonuniyatlari o‘rgatiladi |
17 | Gidroelektrostansiyalar | Gidroelektrostansiyalar sohasida ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy
yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasida gidroelektrostansiyalarining
ahamiyati va rivojlanishi, gidroelektrostansiyalar turlari, konstruksiyalari va
ishlash prinsiplari, gidroelektrostansiyalar gidrouzellarining ishlash
prinsiplari haqida tasavvurga ega bo‘lishadi |
18 | Quduqli nasos qurilmalari | Mavjud quduqli nasos qurilmalarni konstruksiyalari, ishlash prinsiplari,
qo‘llanish sohalari va ularni loyihalashtirish, foydalanish prinsiplari
o‘rgati-ladi |
19 | Nasos va nasos stansiyalari | Barcha nasoslarni turlari, ishlash prinsiplari, konstruksiyalari va
qo‘llanish sohalari, nasos stansiyalari turlari, ulardagi gidrotexnik
inshootlar, asosiy va yordamchi gidromexanik va gidroenergetik jihozlarni
konstruksiyalari, ularni loyihalashtirish va foydalanish o‘rgatiladi. |
20 | Gidromashinalar | Nasoslar, gidroturbinala va gidroturbonasoslar ishlash prinsiplari,
konstruksiyalari, qo‘llanish sohalarini o‘rgatadi |
21 | Mutaxassislikka kirish | Talabalarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalar, xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv
hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://he.tiiame.uz/oz/page/se-tarixi
Kafedra mudiri: Bazarov Dilshod Rayimovich
Qabul kunlari: None