"Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari" kafedrasi
Kafedra Turkiston Universiteti (xozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) Muhandislik-melioratsiya fakulteti tarkibida tashkil etilib, 1934-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibida “Gidrotexnika inshootlari” va “Muhandislik konstruksiyalari, zamin va poydevorlar” yo‘nalishlarida mustaqil kafedralar sifatida qayta tashkil etilgan. 2004-yilda ikkita kafedra birlashtirilib, “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari” kafedrasi nomi ostida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedraga Ye.A. Zamarin, V.V.Poslavskiy, A.N.Askochinskiy, N.A. Fandeev, A.O. Ostrovskiy, Z.X.Xusanxodjaev, Ye.I.Pavlova, A.M.Muxamedov va M.R. Bakiev kabi taniqli olimlar rahbarlik qilib, kafedraning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Xozirgi kunda t.f.d. prof M.R. Bakiev raxbarligi ostida t.f.d., prof. A.A.Yangiev, dotsentlar: DSc. N.Raxmatov, t.f.n. M-G.A.Qodirova, t.f.n. O.Qodirov, t.f.n. N.Maalem, PhD A.Xalimbetov, PhD D.Adjimuratov, PhD K.Yakubov, PhD O.Vafoyeva, PhD Sh.Panjiyev va PhD A.Muratov, katta o’qituvchilar: PhD Sh.Djabbarova, PhD. N.Babajonova, T.J.Muslimov, assistenlar A.Jaxonov, X.Xasanov. Sh.Qurbonov, laboratoriya mudiri O.Matkarimov hamda doktorantlar O’Qaxxorov, N.Xo’jaqulova samarali faoliyat olib bormoqdalar. Xozirda kafedra quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda:
1. Gidrotexnika
inshootlarining konstruktsiyalarini takomillashtirish
2. Oqim
va filtrlash jarayonlarini o‘rganish
3. Eksperimental
va nazariy tadqiqotlar
4. Eroziya
va cho‘kindilarni boshqarish
5. Gidrotexnika inshootlarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash
Kafedra hozirgi kunda quyidagi yo’nalishlarda kadrlar tayyorlaydi:
Bakalavriatura
60730900 - “Gidrotexnika qurilishi” (turlari bo‘yicha) – bakalavriat ta’lim yunalishi talabalalari gidrotexnika inshootlari qurilishi va rekonstruksiyasi loyihasini tuzish, gidrotexnika inshootlarining optimal variantlarini tanlash va joriy qilish, gidrotexnika qurilishi samaradorligini aniqlash bo‘yicha tajriba tadqiqotlarini o‘tkazish, tajriba tadqiqotlariga ishlov berish va tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, gidrotexnika qurilishida grunt, beton, temirbeton va montaj ishlarini bajarish texnologiyalari, material-texnik resurslardan samarali foydalanish uslublari va ishlarni tashkil qilish, injenerlik yechimni texnik-iqtisodiy asoslash, tahlil qilishni, loyiha-qidiruv va qurilish ishlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.
60812500 - “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” - bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar gidrotexnika inshootlarini va nasos stansiyalarini loyihalash, ulardan foydalanish ussullari, nasoslardagi ish jarayonlari gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish jarayonlarini o‘zlashtirish, nasos va ular tizimlarida kechadigan fizik jarayonlarning matematik modellarini yaratish, gidrotexnika inshootlariga va nasos agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash bo‘yicha tayanch bilimlar oladilar.
Magistratura
70730901 – “Gidrotexnika inshootlari”. Mazkur magistratura mutaxassisligi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va takomillashtirish bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, gidrotexnika inshootlarini barpo etish uchun zarur bo‘lgan texnik hujjatlarni tayyorlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida mavjud gidrotexnika inshootlarini modernizatsiya qilish, Suv resurslarini boshqarish, gidrotexnika inshootlarining barqarorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borishda o’z ko’nikmalarini oshiradi.
70812501 – “Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi”. Ushbu magistratura mutaxassisligi gidrotexnika inshootlaridan samarali foydalanish va ularning xavfsizligini ta’minlash masalalariga qaratilgan. Yo‘nalish magistrantlari gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan texnik hujjatlarni tayyorlash, inshootlarning barqaror ishlashini ta’minlash va xavfsizlik mezonlariga mosligini tahlil qilish, Gidrotexnika inshootlarining ishlash holatini kuzatish va nazorat qilish bo‘yicha zamonaviy usullarni qo‘llash bo’yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.
Doktorantura
05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi. Ushbu doktorantura yo‘nalishi gidrotexnika inshootlari va melioratsiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan. Doktorantlar quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadilar:
·Gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurish texnologiyalari: Suv omborlari, to‘g‘onlar, suv tashlash va suv olish inshootlari kabi muhim obyektlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni amalga oshirish.
·Melioratsiya tizimlarini rivojlantirish: Sug‘orish tizimlarining samaradorligini oshirish va suv resurslarini tejashga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqish.
· Ekologik xavfsizlikni ta’minlash: Suv resurslarini boshqarishda ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda gidrotexnika inshootlarini barpo etish.
· Innovatsion tadqiqotlar: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishida yangi materiallar va texnologiyalarni tadqiq qilish va joriy etish.
Kafedra laboratoriyalari
Kafedrada 3 ta laboratoriya
boksi bo‘lib, 1ta laboratoriya boksda To’polong suv omborining xarakatdagi
modeli qurilgan. Kafedraning bu laboratoriyalariga “Gidrotexnika inshootlari”
(maydoni 180m2), “Gruntlar mexanikasi va qurilish materiallari”
(maydoni 140 m2), “Kafedralararo laboratoriya” (maydoni 240m2).
Ular ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va laboratoriya mashg‘ulotlarini
o‘tkazish uchun lotoklar, asbob uskunalar va kerakli jihozlar bilan to‘liq
ta’minlangan. Hozirgi kunda ushbu laboratoriyalar to‘liq ta’mirdan chiqarilib,
zamonaviy talablarga javob beradi.
To’polong suv omborining xarakatdagi
modeli
To’polong suv omborining xarakatdagi modeli 2011-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, Topolang suv ombori va Topolang gidroelektr stansiyasini o‘z ichiga oladi. Ushbu model talabalarga suv omborlari va gidroelektr stansiyalarining operatsion funksiyalarini tushunishda yordam beradigan o‘quv ishlovchli model sifatida ishlatiladi. Model barcha suv ombori funksiyalarini, shu jumladan, suv omborining suv bilan to‘ldirilishidan tortib, gidroelektr stansiyaga suv oqimini yo‘naltirishgacha va keyinchalik suvni pastki havzaga chiqarish jarayonlarini simulyatsiya qiladi. Ushbu model orqali talabalar suv ombori va gidroelektr stansiyasining har bir bosqichidagi amaliy bilimlarga ega bo‘lishadi, bu ularning suv resurslarini boshqarish va energiya ishlab chiqarish bo‘yicha tushunchalarini rivojlantiradi.
To’polong suv omborining xarakatdagi modeli rasmlar
Kafedralararo laboratoriya
1. Grunt to‘g‘onning yuqori qiyaligi
bilan to‘lqin ta’sirini o‘rganish qurilmasi. Bu laboratoriyada oqim
orqali yuzaga keladigan to‘lqinlarning gidrotexnika inshootlariga ta’siri,
ayniqsa to‘lqin intensivligi yuqori bo‘lgan yuqori oqim joylarida tekshiriladi.
Suv omborlaridagi to‘lqinlarning gidrotexnika inshootlarining barqarorligiga
ta’siri va ularning stabilizatsiyasini o‘rganish uchun ilmiy tadqiqotlar olib
boriladi.
Grunt to‘g‘onning yuqori qiyaligi bilan to‘lqin ta’sirini o‘rganish qurilmasi rasmlari
2. Tutashtirish inshootlari: Tezoqar. Tezoqar ishini modellarda tekshirish. Ushbu laboratoriyada gidrotexnika inshootlari, ayniqsa tezoqar inshootlarining ishlashini sinovdan o‘tkazish va optimal ishlash sharoitlarini aniqlash uchun ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi.
Tutashtirish inshootlari: Po‘gonali sharsharak. Ushbu qurilma gidrotexnika inshootlarining po‘gonali sharsharak ishlashini va ularning samaradorligini baholashda qo‘llaniladi. Laboratoriya gidrotexnik tizimlarni takomillashtirishda talabalar uchun muhim amaliy tajriba o‘tkazishga imkon beradi.
Tutashtirish inshootlari qurilmalari rasmlari
3. Yuqori bosimli nov laboratoriya qurilmasi. Modellarda o‘zandagi mahalliy yuvilish jarayonlarini o‘rganish. Yuqori bosim sharoitida suv tashlamalarining ishlashini o‘rganish bo‘yicha yangi ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu laboratoriya gidrotexnika inshootlarining yuqori bosim ostidagi samaradorligini baholash va ularni to‘g‘ri ishlatish uchun kerakli ilmiy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Yuqori bosimli nov laboratoriya qurilmasi rasmlari
4. Daryo poymasi va o‘zanni rostlash
inshootlarini o‘rganish qurilmasi. Ushbu
laboratoriya poymali daryolarda o‘zanni himoya qilish uchun qurilmalarning
samaradorligini tekshiradi. Suv olish nuqtalarini belgilash, daryo o‘zani
bo‘yicha deformatsiyalarni ilmiy tadqiqot qilish va regulator inshootlarining
ishlashini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Tadqiqotlar
o‘tkazish orqali qurilish koeffitsientini o‘zgartirib, uning tezlikka ta’sirini
aniqlash, shuningdek, suv o‘tkazuvchi va suv o‘tkazmaydigan dambalar haqida
xulosalar chiqariladi.
Daryo poymasi va o‘zanni rostlash inshootlarini o‘rganish qurilmasi
"Gidrotexnika inshootlari"
laboratoriyasi
1. Daryodan suv olish inshootlarini o‘rganish qurilmasi. Daryodan to‘g‘onlarsiz suv olishda suzib yuruvchi jismlarga qarshi kurashish. Bu qurilma daryo oqimining turli sharoitlaridagi suv olish inshootlarini tahlil qilish va o‘rganish uchun ishlatiladi. Daryo egri va to‘g‘ri qismlaridagi tub va yuzaki oqim yo‘nalishlarini aniqlash, kengayuvchi oqim rejalarini yaratish va ulardagi samaradorlikni baholash uchun ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi
Daryodan suv olish inshootlarini o‘rganish qurilmasi
2. Nishabligi
o‘zgaruvchi o‘zanni rostlash inshootlarini o‘rganish laboratoriyasi qurilmasi. Regulyator inshootlarining ishlashini
o‘rganish: Bu laboratoriya nishabligi o‘zgaruvchi o‘zanlarda
suvni yo‘naltirish uchun qurilmalarning samaradorligini tekshiradi. Bu
inshootlar orqali suvning tezligini va oqim rejimlarini aniqlash, kurilish
koeffitsientini o‘zgartirib, uning tezlikka ta’sirini tahlil qilish va ularga
tegishli o‘lchovlarni hisoblash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Nishabligi o‘zgaruvchi o‘zanni rostlash inshootlarini o‘rganish laboratoriyasi qurilmasi
3. Grunt
to‘g‘onlarining depressiya egri chiziqlarini aniqlash laboratoriya qurilmasi.
Suv o‘tkazmaydigan asosli bir jinsli tuproq to‘g‘oni orqali hosil
bo‘ladigan bosimsiz filtratsiya jarayonini tekshirish. Ushbu laboratoriya
gidrotexnika inshootlarining barqarorligini va filtratsiya jarayonlarini
o‘rganishda qo‘llaniladi. Grunt to‘g‘onlarining xususiyatlarini tahlil qilish
va ulardagi filtrlash samaradorligini baholash imkoniyatini taqdim etadi.
Grunt to‘g‘onlarining depressiya egri chiziqlarini aniqlash laboratoriya qurilmasi
4. Gidravlik latok qurilmasi. Bu laboratoriya qurilmasida suv oqimining turli gidrotexnika sharoitlaridagi harakatini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotchilar lotokning qiyaligi va suv chiqarish tezligini o‘zgartirib, suv tezligi, oqim yo‘nalishlari va gidravlik samaradorlikka qanday ta’sir qilishini o‘rganadilar. Ushbu laboratoriya talabalar uchun interaktiv o‘quv tajribasini taqdim etadi, ularga suv oqimi va gidrotexnika tizimlarining asosiy kontseptsiyalarini tushunishga yordam beradi. Suv oqimi xususiyatlarini o‘zgartirib, talabalar oqim tezligi, chuqurligi va oqimning bir-xilligi kabi o‘zgarishlarni kuzatib, oqim rejimlarini tushunish va energiyani yo‘qotish prinsiplarini o‘rganadilar. Bu laboratoriya talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va nazariy bilimlarni amaliy qo‘llashda yordam beradi.
“Gidrotexnika inshootlari” laboratoriyasida ishlatiladigan uskunalar va ularning maqsadlari:
Digital Echo Sounder (SOUTH SDE-28S+)
Chuqurlikni
o‘lchash: Suv omborlar, daryolar va ko‘llardagi suv chuqurlikni aniq o‘lchash.
Suv ostidagi geologik topografiyani batafsil xaritalashda yordam beradi,
cho‘kindilarni aniqlash va suv chuqurligining o‘zgarishini kuzatish imkonini
beradi. Cho‘kindilar yig‘ilishi va eroziya jarayonlarini o‘rganish, suv
omborlarini samarali boshqarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar
Kafedra xalqaro va milliy grantlar, shuningdek,
xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Kafedra
professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari
amalga oshirilmoqda:
-
Uyg‘unlashgan dambalar bilan bir tomonlama siqilgan
oqim parametrlari: Suv sathi, sarfi va tezlik maydonini aniqlash uchun
analitik formulalar ishlab chiqish.
-
Poymadagi ko‘ndalang dambalar bilan simmetrik siqilgan
oqim qonuniyatlari: Oqim va uning parametrlariga ta’sirini nazariy hamda
amaliy tadqiq qilish.
-
Ikki tomonlama poymali daryolar: Dambalarning
oqimga ta’sirini o‘rganish, o‘zan va poyma g‘adir-budirligi bir xil bo‘lgan
holat uchun tezlik maydonini aniqlash va dambalar orasidagi masofani belgilash
usullarini ishlab chiqish.
-
Fermer xo‘jaliklari uchun ko‘chma suv o‘lchagichlar:
Konstruksiyalarini ishlab chiqish va hisobiy asoslash metodlarini
takomillashtirish.
-
Dambalar oralig‘idagi poyma o‘zlashtirilishi: Oqim
parametrlariga ta’sirini o‘rganish, tezlik maydoni va dambalar orasidagi
masofani aniqlash usulini ishlab chiqish; bu bo‘yicha EHM dasturiga guvohnoma
olingan.
-
Og‘ir beton qorishmalar: Gidrotexnika inshootlarini qurishda
keng qo‘llaniladigan qorishmalar xossalariga ta’sir etuvchi omillarni
o‘rganish.
-
Uyurma shaxtalik suv tashlama quvurlari: Konfuzor
qismi uchun tezlik, bosim va energiya tarqalish qonuniyatlarini belgilovchi
matematik model ishlab chiqish va tajriba natijalari bilan solishtirish.
-
Beton qorishmalarining reologik xossalari:
Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar yordamida yaxshilashning samaradorligini
asoslash.
-Mayda to‘ldiruvchilarni boyitish: Beton
qorishmalar tayyorlashda sanoat materiallaridan foydalanishning imkoniyatlarini
o‘rganish.
-
Sel oqimlarini boshqarish: Chuqurlik shaklidagi sel ushlovchi
inshootlar konstruksiyalarini tadqiq etish bo‘yicha eksperimental qurilma va
chizmalar ishlab chiqish.
-
Masofadan zondlash va Geoinformatsion texnologiyalar: Suv
omborlari maydoni va hajmini hisoblash usullarini takomillashtirish.
Kafedrada Oxirgi Yillarda Amalga
Oshirilgan Grantlar va Xo‘jalik Shartnomalari:
1.“Tahiyatosh
gidrouzeli xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqish” (2023-yil).
2.“Qoraqalpog‘iston
va Xorazm viloyatlaridagi o‘ng qirg‘oq kanallarini loyqa bosishining oldini
olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” (2023-yil).
3.Zarafshon
daryosi hududida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi va suv tindirgich
inshootlari konstruksiyasini takomillashtirish (2023-yil).
4.Geoaxborot
texnologiyalaridan foydalangan holda suv ombori va sel suv omborlari qurish
uchun potentsial joylarni aniqlash usullarini takomillashtirish (2022-yil).
5.“O‘zan suv
ombori himoya dambalari ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha ilmiy
asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi
№6/2019.
6.“Ekspluatatsiya
qilinayotgan GTI xavfsizlik kategoriyalarini baholash normalarini ishlab
chiqish” mavzusida davlat granti (QX-A-QA-2018-281).
7.“Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini takomillashtirish va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqish” Respublika granti (QXA-7-038-2015).
Ilmiy-Tadqiqot
Ishlari Natijalariga Olingan Patentlar va Litsenziyalar:
1. Bakiev M.R., Xayitov X.J., Yakubov K.T., Kumakov M.K. №01348
FAP20160189. Oqim
parametrlari hisoblashga oid patent (Toshkent, 2018-yil).
2. Bakiev
M.R., Muslimov T.D., Djabbarova Sh.A., Masharifov U.X. №01333 FAP20160099. Suv o‘tkazuvchanlik
koeffitsientini aniqlash moslamasi (Toshkent, 2018-yil).
3.
Bakiev
M.R., Nasirov Ch.S., Masharifov U.X. №DGU 05098. Gruntli to‘g‘onlarda
nobarqaror filtratsiyani hisoblash usuli (Toshkent, 2018-yil).
4.
Bakiev
M.R., Qaxxorov O., Jaxonov A. №FAP20180137. Qirg‘oqni himoyalash
uchun shpora (Toshkent, 2018-yil).
5. Bakiev M.R., Xalimbetov A.B., Yakubov K.T., Matkarimov O.M.
№FAP20220094. Qirg‘oqni
himoyalovchi shpora (Foydali modelga patent, Toshkent, 2022-yil).
6.
Qaxxorov
O., Bakiev M.R., Jaxonov A. №DGU 17878. Poymali daryolarda oqim
siqilishi qonuniyatlari (Toshkent, 2022-yil).
7.
Yangiyev
A., Azizov Sh., Adjimuratov D., Panjiyev Sh.
№FAP20220363/5. Tomchilatib sug‘orish tizimidagi tindirgich (Toshkent,
2023-yil).
Xalqaro maqolalar
1. Kafedra
professor-o’qituvchilari tomonida so’ngi yillarda xalqaro maqolalar yozish
bo’yicha katta yutuqlarga erishildi. Kafedra miqyosida so’ngi 3 yilda impact
faktori yuqori jurnallar, Scopus bazasidagi jurnallar va konfirensiyalarda 70
dan ortiq teziz va maqolalar chop etildi:
2. Bakiev, M et al. (2023)
‘Filtration in the Earth-Fill Dam in Reservoir Hydrosystem’, in AIP
Conference Proceedings. Available at: https://doi.org/10.1063/5.0124149.
3. Bakiev, M., Babajanov, K., et al.
(2023) ‘Filtration in the earth-fill dam in reservoir hydrosystem’, in CONMECHYDRO
2021 AS, AIP Conf. Proc. 2612, p. 020008. Available at:
https://doi.org/10.1063/5.0124149.
4. Bakiev, M., Kahharov, U., et al.
(2023) ‘The Planned Size of the Constrained Flow of Cross Dams on Rivers with
Floodplains Steel’, in AIP Conference Proceedings. Available at:
https://doi.org/10.1063/5.0124213.
5. Bakiev, M et al. (2024) ‘The
influence of soluble salts in water and soil salinity on the formation of
cracks in concrete channels’, in E3S Web of Conferences. Available at:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456302025.
6. Bakiev, M, Djabbarova, S. and
Khasanov, K. (2023) ‘Determination of the time of lowering depression surface
in transition zones with a smooth and instantaneous decrease in water level in
reservoir’, in E3S Web of Conferences. Available at:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336503014.
7. Bakiev, M. and Khasanov, K. (2021)
‘Comparison of digital elevation models for determining the area and volume of
the water reservoir’, International Journal of Geoinformatics, 17(1),
pp. 37–45.
8. Bakiev, M., Khasanov, K. and
Primbetov, I. (2022) ‘Vertical Accuracy of Freely Available Global Digital
Elevation Models: A Case Study in Karaman Water Reservoir Territory’, International
Journal of Geoinformatics, 18(1), pp. 53–61. Available at: https://doi.org/10.52939/ijg.v18i1.2107.
9. Bakiev, M., Yakubov, K. and Choriev,
J. (2020) ‘Distribution of turbidity in flow constrained by transverse dam’, IOP
Conference Series: Materials Science and Engineering, 869(7), p. 072008.
Available at: https://doi.org/10.1088/1757-899X/869/7/072008.
10. Khasanov, K, Babajanov, K. and
Babajanova, N. (2021) ‘Filtration reliability and safety of earth-fill dam’, in
E3S Web of Conferences. Available at:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126403064.
11. Khasanov, Khojiakbar, Babajanov, K.
and Babajanova, N. (2021) ‘Filtration reliability and safety of earth-fill
dam’, E3S Web of Conferences. Edited by D. Bazarov, 264, p. 03064.
Available at: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126403064.
12. Masharif, B., Shakhnoza, D. and
Khojiakbar, K. (2021) ‘Unsteady filtration under maximal draw-off velocities of
Tupolang water reservoir’, E3S Web of Conferences, 263, p. 02050. Available at:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126302050.
13. Rakhmatullaev,
S. et al. ‘Facts
and Perspectives of Water Reservoirs in Central Asia: A Special Focus on
Uzbekistan’, Water, 2(2), pp. 307–320. Available at:
https://doi.org/10.3390/w2020307.
14. Rakhmatullaev,
S. et al. ‘Geostatistical
approach for the assessment of the water reservoir capacity in arid regions: a
case study of the Akdarya reservoir, Uzbekistan’, Environmental Earth
Sciences, 63(3), pp. 447–460. Available at:
https://doi.org/10.1007/s12665-010-0711-3.
15. Rakhmatullaev,
S. et al. ‘Water
reservoirs, irrigation and sedimentation in Central Asia: a first-cut
assessment for Uzbekistan’, Environmental Earth Sciences, 68(4), pp.
985–998. Available at: https://doi.org/10.1007/s12665-012-1802-0.
16. Yangiev, A., Gapparov, F., et al.
(2021) ‘Safety and risk categories of water reservoir hydrosystems’, IOP
Conference Series: Materials Science and Engineering, 1030(1), p. 012111.
Available at: https://doi.org/10.1088/1757-899X/1030/1/012111.
17. Yangiev, A.,
Omarova, G., et al. (2021) ‘The study results of the filtration process in the
ground dams body and its chemical effect on piezometers’, E3S Web of
Conferences. Edited by D. Bazarov, 264, p. 03014. Available at:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126403014.
18. Yangiev, A.A. et
al. (2023)
‘Establishing construction of clarifiers for managing turbid sediments in flood
reservoirs in mountain areas’, E3S Web of Conferences. Edited by D.
Bazarov, 401, p. 01027. Available at:
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340101027.
19. Bundan tashqari kafedrada so‘nggi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 20dan ortiq darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va 10 dan ortiq managrafiyalar chop etildi.
Xalqaro va
mahalliy hamkorlarimiz
Kafedrada Respublikamiz oliy ta’lim
muassasalari, sohaga oid tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi (UzRFA)ning ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik olib
borilmoqda. Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, UZGIP instituti,
"Davlat suv xo‘jaligi nazorati" inspeksiyasi, Toshkent davlat texnika
universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat agrar
universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti bilan o‘zaro hamkorlik
shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek,
o‘quv adabiyotlarini yozish, talabalarning amaliyotlarini tashkil etish hamda
kafedralar filiallarida darslar o‘tish yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedrada xorijiy hamkorlik ham keng
rivojlangan. Quyidagi xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga
qo‘yilgan:
· Istanbul
Texnika Universiteti (Turkiya),
· Vageningen
Universiteti (Niderlandiya),
·Moskva
Davlat Universiteti (MGU, Rossiya),
·P.
Lumumba nomidagi Xalqaro do‘stlik universiteti (MXDU, Rossiya),
·Sankt-Peterburg
Politexnika Universiteti (Rossiya),
· Fransiyaning
Bordo-I Universiteti.
Hamkorlik doirasida birgalikda ilmiy maqolalar
chop etilgan. Qozog‘iston Respublikasining Taraz Davlat Universiteti bilan ikki
tomonlama PhD dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedra a’zolari rivojlangan xorijiy
mamlakatlardagi ilg‘or oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, shuningdek, fondlar va
markazlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganlar. Xususan, quyidagi
muassasalar bilan hamkorlik mavjud:
· Gidrotexnika
va Energetika Qurilishi Universiteti (MGSU, Rossiya),
· Milliy
Tadqiqot Universiteti MEI (Rossiya),
· Sibir
Federal Universiteti (Rossiya),
· Taraz
Davlat Universiteti (Qozog‘iston).
Ushbu hamkorlik doirasida mutaxassislar
tayyorlash, zamonaviy o‘quv va metodik adabiyotlar ishlab chiqish, stajirovka
va malaka oshirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy-amaliy
konferensiyalar tashkil etish hamda magistrantlar va doktorantlarga rahbarlik
qilish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda kafedra va fakultetda
bakalavriatni tamomlagan talabalardan:
· Sankt-Peterburg
Politexnika Universitetida 3 nafar magistrant,
· Masharipov
U. Xitoy Xalq Respublikasidagi Ohayo Universitetida magistraturani tamomlab,
hozirda doktoranturada tahsil olmoqda.
Taraz Davlat Universitetining 2-kurs doktoranti
Kadreshev Ye.J.ning ilmiy rahbari professor Koybakov S.D., ilmiy maslahatchisi
professor Bakiyev M.R. hisoblanadi. Shuningdek:
·2-kurs
doktorant Djakiyev B.D.ning ilmiy rahbari professor Sennikov B.D., ilmiy
maslahatchisi professor Yangiev A.A.;
·2-kurs
doktorant Smailov B.Sh.ning ilmiy rahbari dotsent Djoldashov S.K., ilmiy
maslahatchisi professor Yangiev A.A.
Ushbu doktorantlar kafedra professorlari Bakiyev
M.R. va Yangiev A.A.ning ikki tomonlama rahbarligi ostida PhD dissertatsiyasi
bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.
Kafedra xodimlari

Bakiyev Masharif Ruzmetovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini, hisoblash va loyihalash usullarini takomillashtirish hamda ishonchli va xavfsiz foydalanish asoslarini raqamli texnologiyalar asosida ishlabchiqish
+99871-237-19-32

Yangiyev Asror Abdixamidovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va sel-suv omoborlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika inshootlarini loyihalash, Gidrotexnika inshootlari
+99871-237-22-36

Raxmatov Norqobul
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, Gidrotexnika inshootlari, Selga qarshi o‘zanni rostlash inshotlari
+99871-237-22-36

Kadirova Mukaddas Abduraxmonovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Kanallar va kichik daryolar suv sathini avtomatik rostlovchi egiluvchan elementlari bilan yasalgan gidravlik avtorostlagichlar innovatsion konstruksiyalarini ishlab chiqish va ularni tadqiqotlash
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika inshootlari mexanik jihozlari, Gidrotexnika inshootlari, Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, Selga qarshi o‘zanni rostlash inshotlari
+99871-237-22-36

Kodirov Odil
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: O’zan oqimi dinamikasi va o’zani rostlash, Me’morchilik
+99871-237-22-36

Maalem Nureddin
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika inshootlari, Injenerlik konstruksiyalari, Gruntlar mexanikasi. Zamin va poydevorlar
+99871-237-19-32

Adjimuratov Dilmurat Serikxanovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi- Suv omborlari inshootlarining ekspluatatsion ishonchliligini baholash usullarini takomillashtirish hamda xavfsizligini ilmiy asoslash
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika inshootlari ishonchliligi va xavfsizligi, Gruntlar mexanikasi. Zamin va poydevorlar, Gidrotexnikaga kirish, Gidrotexnika inshootlari
+99871-237-19-32

Muslimov Turavoy Djurayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: Injenerlik konstruksiyalari
+99871-237-19-32

Yakubov Kuvonchbek Tajibayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Tekislikdagi daryolarda ko‘ndalang dambalar oralig‘iga loyiqa o‘tirishining va po‘yma shakllanishining ilmiy-amaliy asoslari”
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika inshootlari, Me’morchilik, Gidrotexnika inshootlari ishonchliligi va xavfsizligi
+99871-237-19-32

Xalimbetov Azat Bayramovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnika inshootlari, Me’morchilik
+99871-237-22-36

Djabborova Shaxnoza Akromjonovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Grunt to‘g‘onlarda nobarqaror filtratsiya
Dars beradigan fanlar: : Gidrotexnika inshootlari, Me’morchilik
+99871-237-19-32

Xasanov Xojiakbar Xamzayevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv xo’jaligida masofaviy zondlash va GAT ilovalari
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnikada GAT dan foydalanish, Gidrotexnika inshootlari, Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish
+99871-237-19-32

Jahonov Azizjon Abujalil oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Nosimmetrik poymali daryolarda ko’ndalang dambalar bilan siqilgan oqimning yoyilish qonuniyatlari”
Dars beradigan fanlar: O’zan oqimi dinamikasi va o’zani rostlash, Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, Injenerlik konstruksiyalari
+99871-237-19-32

Vafoyeva Ozoda Safoyevna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi- Gruntlarni gidromexanik usulda zichlash texnologiyasini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Injenerlik konstruksiyalari
+99871-237-19-32

Qurbanov Shaydobek Shuxratovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Ko‘ndalang dambalar tosh to‘kma qoplamalari hajmi va granulometrik tarkibini ilmiy asoslash
Dars beradigan fanlar: O’zan oqimi dinamikasi va o’zani rostlash, Injenerlik konstruksiyalari,
+99871-237-19-32

Panjiyev Sherzod Soxibovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sel-suv omborlari , sel-suv omborlarida loyqa-cho‘kindilarni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnikada ilmiy tadqiqot, Gidrotexnika inshootlarini loyihalash, Gidrotexnikada nazorat o’lchov apparaturalari, Selga qarshi o‘zanni rostlash inshotlari
+998 71 237 19 32

Ibroximov Xofiz Xolbek o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv xo’jaligida masofaviy zondlash va GAT ilovalari
Dars beradigan fanlar: Gidrotexnikada ilmiy tadqiqot, Gidrotexnika inshootlarini loyihalash, Gidrotexnikada nazorat o’lchov apparaturalari, Selga qarshi o‘zanni rostlash inshotlari
+998 71 237 19 32

Babajonova Nodira Quranboy qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi
Dars beradigan fanlar: : Gidrotexnika inshootlari
+998 71 237 19 32

Xodjaqulova Nodira Xosiyatqul qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi- Quyma suv ombori xavfsizlik mezonlarini takomillashtirish (Tolimarjon suv ombori)
+998 71 237 19 32
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Gidrotexnika inshootlarini tamirlash | Fanni o’qitishdan maqsad – tаlаbаlаrning nаzаriy
bilimlаr, аmаliy ko’nikmаlаr, iqtisоdiy hоdisа vа jаrаyonlаrgа uslubiy
yondаshuv hаmdа ilmiy dunyo qаrаshini shаkllаntirish vаzifаlаrini bаjаrаdi |
2 | Zamin va poydevorlar. Qurilish materiallari | Zamin va poydevorlar turlari, ularni loyixalash
va xisoblash usullari, kurilish materiallarining turlari, xossalari, ishlatilishi
va ularga qo‘yiladigan talablar o‘rgatiladi. |
3 | Qurilish materiallari va gruntshunoslik | Qurilish materiallari va gruntlarning turlari,
xossalari, ishlatilishi va ularga qo‘yiladigan talablar o‘rgatiladi. |
4 | O’zan oqim dinamikasi va o’zanni rostlash | Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad – talabalarga daryo o‘zanida tabiiy sharoitda bo‘ladigan jarayonlar, undagi oqiziqlar, ularning turlari, xarakatlanishi, ularning miqdorini dala sharoitida aniqlash, daryolardagi oqim tartiboti, oqim planini qurish, daryoning egri va to‘g‘ri uchastkalaridagi oqim xarakatini o‘rganish Daryolarning tasnifi(S.T.Altunin, E.Daneliya, Velikanov) gidromorfologik ifodalar, tubda yotgan qattiq zarrachaga ta’sir qiluvchi kuchlar, oqiziqlarning daryoning jonli kesimi bo‘yicha taqsimlanishi. Gidrouzellar va suv omborlarining yuqori b’eflari oqiziqlar bilan qoplanishi, pastki b’efdagi o‘zan jarayonlari va ularni xisoblash, sel va sel oqimlari xaqida ma’lumotlar, sellarning asosi y parametrlarini aniqlash. O‘zan rostlash inshootlari, ularning tasnifi, konstruksiyalari: bo‘ylama dambalar, ko‘ndalang dambalar, tanasidan suv o‘tkazadigan, suv o‘tkazmaydigan, kombinatsiyalashtirilgan dambalar: ularni xisoblash usullari, damba boshidagi maxalliy yuvilish chuqurligini aniklash, poymada joylashgan inshootlarni loyilash va xisoblash, dambalar oraligini o‘zlashtirish va uning oqimga ta’siri,nosimmetrik joylashgan inshootlari loyixalash, oqimni yo‘naltiruvchi tizimlar ishini o‘rganish, daryoda rostlangan o‘zan xosil qilish sxemalari: bo‘ylama, ko‘ndalang va aralash dambalar yordamida, daryolarning qirg‘oqlarini mustaxkamlash, toshqinga karshi kurash, qirg‘oqlarni yuvilishdan ximoya qilish oqimni kerakli yo‘nalishga burish uchun inshootlarning konstruksiyalarini zamonaviy talablar va ilg‘or texnologiyalar asosida loyihalash va hisoblash asoslarini o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir |
5 | Gidrotexnikada geoaxborot tizimlaridan foydalanish | GATda axborot va ma’lumot
tushunchalari va ma’lumotlar manbalari. Global geoma’lumotlar bazalari.
Relyefning raqamli modeli (RRM); - GAT va suv (ombori)
xavzasi. Suv xavzasini ishlab chiqish metodlari, texnologiyari va dasturiy
ta’minotlari. ; - Taklif etilayotgan tog’on
stvorida suv om-bori parametrlarini aniqlash va tahlil qilish.; - Suv omborlarida bug’lanish
va infiltratsiya jarayonlarini GAT muhida kuzatish va hisoblash; - Daryo o’zanlari yuz
beradigan morfologik jarayonlarni kuzatishda MZ va GAT. Sel va suv omborlarining
qurilishi hamda ularning ekspluatatsiya qilishda, daryo va kanallarda suv
sarfini o’lchash hamda qirg’oqlaridagi o’zgarishlarni kuzatish va boshqa
gidrotexnika bilan bog’liq jarayonlarda GAT dasturlaridan unumli foydalanish
ko’nikmalariga ega bo’lishi va ulardan foydalana olishi.
Masofadan
zondlash ma’lumotlari va dala kuzatuv (geodezik o’lchov va boshqa) ma’lumotlari
asosida gidrotexnika bilan bog’liq bo’lgan tabiiy jarayonlarni o’rganish,
tahlil qilish, bashoratlarni ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishda
Geoaxborot tizimi muhitidadan unumli foydalanish. |
6 | Gidrotexnika inshootlarini ta’mirlash | gidrotexnika inshootlar buzilishi turlari va ularning ta’mirlash xususiyatlari, ta’mirlash va qayta tiklash turlarini bilishi; - gidrotexnika inshootlar ta'mirlash turlariga muvofiq kerakli xarajatlarini aniqlash tartiblari, mudatlari, moliyalashtirilishi, ta'mirlashdan so’ng ishga qabul qilishi tartibini bilishi; - gruntli gidrotexnika inshootlari va ularning tarkibiy elementlarining ta’mirlash usullari va texnologiyalarini bilishi; - betonli gidrotexnika inshootlari va ularning tarkibiy elementlarining ta’mirlash usullari va texnologiyalarini bilishi; - gidrotexnika inshootlarining turiga muvofiq rekonstruksiyasi turlari va sxemalarini bilishi lozim - turli gidrotеxnika inshootlarining ta’mirlash va rekonstruksiya haqida tushunchaga ega bo‘lishi; - turli gidrotеxnika inshootlarining ta'mirlash texnologiyasini bilishi; gidrotеxnika inshootining kelajakdagi foydalanishiga loyiqligini yoki rеkоnstruksiyasi kerakligini tехnik – iqtisоdiy аsоslаshni bilishi; - turli gidrotеxnika inshootlarining ta'mirlash texnologiyasidan fоydаlаna olishi haqida bilishi kerak. – turli gidrotеxnika inshootlarining ta’mirlash usullari va rekonstruksiyasini bajarish hаqidа bilishi; – turli gidrotеxnika inshootlarining ta'mirlash texnologiyalari va va ulardan foydalanish ko’nikmаlаrgа ega bo’lishi kеrаk. |
7 | Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish | - gidrotexnika inshootlaridan
foydalanish xizmatining tuzilishini; - gidrotexnika
inshootlar ish rejimlari to‘g‘risida
tasavvurga ega bo‘lishi; - gidrotexnika inshootlari
ekspluatatsiyasi tu’g’risida tushunchaga ega bulishii; - gidrotexnika inshootlari, ularning
ishlash sharoitlarini bilishi. - gidrotexnika inshootlari ekspluatasiyasi
sohasida ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini bilishi; – gidrotexnika inshootlaridan
foydalanish jarayonida olb boriladigan nazoratlar, qo‘llaniladigan nazorat
o‘lchov asboblari (NO‘A) haqida bilishi
va ulardan foydalana olishi.
- gidrotexnika inshootlar va ular tarkibidagi
elementlarining kamchiliklari va shikastlanishlarini aniqlash, ularni
ta’mirlashni, ekspluatatsiya xizmatida faoliyat olib borish bo‘yicha
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. |
8 | Injenerlik konstruksiyalari | Fanning vazifasi talabalarga suv xo‟jaligi va
bino inshootlarini qurishda, ta’mirlashda va rekonstruksiya qilishda ularning
konstruktiv yechimlarini tahlil eta bilishni xamda vujudga keladigan
texnik-iqtisodiy muammolarni mustaqil va oqilona hal etishni o’rgatishdan
iborat. Talabalarga suv xo’jaligi va melioratsiya tizimidagi bino va
inshootlarning konstruksiyalarini zamonaviy talablar va ilg’or texnologiyalar
asosida loyihalash va hisoblash asoslarini o’rgatish bo’yicha yo’nalish
profiliga mos bilim, ko’nikma va malakalrni shakillantirishdir. |
9 | Injenerlik konstruksiyalari va tabiatni muxofaza qilsh inshootlari | injenerlik konstruksiyalarning hisoblash
usullarini;injenerelik konstruksiyalarini loyihalashda ularga quyiladigan asosiy
talablarni; injenerlik konstruksiyalarini loyihalashda,
qurishda va ulardan foydalanishda amaldagi me’yoriy hujjatlardan oqilona foydalanish; turli xildagi injenerlik konstruksiyalari va ularning qo‘llanilish soxalarini; injenerlik konstruksiyalarini barpo etishda
qo‘llaniladigan asosiy materiallarning fizik–mexanik xossalari va konstruksiya elementlari
ularni tashqi yuklar tasirida zo‘riqqanlik xolatlari. Ko‘nikmaga ega bo‘lish: injenerlik konstruksiyalarini qurish uchun
materiallarni to‘g‘ri tanlay bilish;konstruksiya elementlarini biriktirish usullari; metall, yog‘och, temir–beton va boshqa
konstruksiyalarni loyihalashni va hisoblash; bino va inshootlarning konstruksiyalarini
tahlil etishni va ularni optimal yechimlarini aniqlash; konstruksiyalarning texnik – iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini aniqlash. Kompetensiyalarni shakllantirish: suv xo‘jaligi bino va inshootlarini konstruksiyalash
qobilyatini shakillantirish;
suv xo‘jaligi bino va inshootlarini loyixalashda
progressiv loyixalash usullarini qo‘llash va ularni konstruktiv yechimlarini takomillashtirish; suv xo‘jaligi bino va inshootlarini qurishda
va ularni rekonstruksiya qilishda zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanish; suv xo‘jaligi bino va inshootlarini konstruksiyalashda
innovatsion konstruktiv yechimlarni qo‘llash; suv xo‘jaligi bino va inshootlarini konstruksiyalashda
iqtisodiy tejamkor konstruktiv yechimlarni qo‘llash; suv xo‘jaligi bino va inshootlarini loyixalashda
fan va texnika yutuqlarini amalda qo‘llash;
zamonaviy suv xo‘jaligi bino va inshootlarini konstruksiyalashda
EXM dasturlarini. |
10 | Me’morchilik | Fanni o‘qitishdan maqsad – Fanini o‘rgatishdan
maqsad - talabalarda me'moriy loyixalash asoslari sohasida, loyihalash asoslari
va uslublari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka
shakillantirishdir. Memorchilik mukammal va guzal inshootlar va komplekslarni
qurishda insonning ijodiy faoliyati sifatida boxalanishi. Fannig maksadi va
vazifalari, mazkur yunalishdagi bakalavrlar va magistrlar tayyorlashdagi o‘rni.
Xukumatning respublika me'morchiligi, xamda suv xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha
qarorlari. |
11 | Gidrotexnika inshootlari | Talabalarga gidrоtеxnika inshооtlari sоhasida
ilmiy-tеxnik rivоjlanishining asоsiy yo’nalishlari suv xo’jaligining turli
sohalarida qo’llaniladigan barcha gidrоtеxnika inshооtlari turlari,
konstruksiyalari, ularning ishlash sharоitlari, hisoblash va lоyihalash
asоslari, gidrоtеxnika inshооtlari va gidrоuzеllarini lоyihalashni orgatish
hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://he.tiiame.uz/oz/page/kafedra-tarixi
Kafedra mudiri: Bakiyev Masharif Ruzmetovich
Qabul kunlari: None