"Professional ta’lim" kafedrasi

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetining Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi 1982 yilda tashkil etilgan. Kafedraga dastlab quyidagi rahbarlar boshchilik qilgan:

·  1982-2002: p.f.n., professor K.D. Mirsaidov,

·  2003-2010: p.f.n., dotsent Z. Ismailova,

·  2011-2013: p.f.n., dotsent R.A. Asomova,

·  2013-2016: p.f.n., dotsent D.O. Ximmataliev,

·  2016-2018: p.f.n., dotsent M.X. Baybaeva.

2020 yilda kafedra "Professional ta’lim va jismoniy madaniyat" kafedrasi deb nomlana boshladi. Ushbu davrdan p.f.d., professor Z.K. Ismailova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Kafedra tarkibidagi pedagoglarning rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, natijada shu kunga qadar 6 nafar falsafa doktori (PhD) va 2 nafar fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini himoya qilishdi.

Kafedra qoshida 2018 yildan buyon 13.00.05 - “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedraning bugungi holati

Universitet rektorining 2023-yil 5-yanvardagi 1 a/f-sonli buyrug‘iga asosan kafedra "Professional ta’lim va jismoniy madaniyat" nomidan "Professional ta’lim" kafedrasi deb qayta nomlandi. 2023-yil 1-iyundan boshlab kafedra mudiri lavozimida (PhD), dotsent D.I. Muqumova faoliyat yuritmoqda.

Kafedraning ilmiy salohiyati:

Bugungi kunda kafedrada 2 nafar fan doktori, 4 nafar dotsent, va 10 nafar tayanch doktorant pedagogik hamda ilmiy faoliyat olib bormoqda. Kafedra qoshida quyidagi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda:

·  “Pedagogik mahorat” maktabi,

·  “Yosh pedagoglar” to‘garagi,

·  “Liderlar akademiyasi” innovatsion klubi.

Ilmiy faoliyat va yutuqlar

Kafedra tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida:

·  400 ga yaqin ilmiy ishlar,

·  15 ta monografiya,

·  9 ta darslik,

·  19 ta o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy ishlanmalar chop etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida talabalar katta yutuqlarga erishgan:

·  1 nafar Prezident stipendiyasi sohibi,

·  2 nafar “Pedagogika” va “Kasbiy ta’lim” fanlari bo‘yicha olimpiada g‘oliblari,

·  Bir qancha nomdor stipendiya sohiblari yetishib chiqdi.


Xalqaro hamkorlik va konferensiyalar

Kafedra muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etib kelmoqda. Bu tadbirlar kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining sohaga oid bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Hamkorlik qilishni istaganlar d.mukumova@tiiame.uz elektron manzili orqali bog‘lanib, birgalikda ishlash masalalarini muhokama qilishlari mumkin.


Ixtisosligi

13.00.05 -Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi


Xalqaro Maqolalar

1. Muqumova Dilrabo Inatovna. Organization of effective activities of the manager of water and agriculture (2023). http://scientists.uz/uploads/202301/D-7.pdf

2. D.I. Muqumova. The spatial gender equality and women's leadership in scientific activity in Uzbekistan. Journal of “Sustainable Agriculture”, №2(22), 2024.

3. Z. Ismailova, D. Mustafaeva va boshqalar. Study of the disinfection process of harmful microorganisms found in the Vyacheslav reservoir using a pilot installation based on ozone technology. Water Conservation & Management (WCM) (Q2), 2024. https://www.zibelinepub.com/journals/

4.Ismailova Zukhra Karabaevna. Priority areas of spiritual, moral, and physical education of youth in the family. Science and Innovation international scientific journal, 2023, 49-59-betlar. http://scientists.uz/uploads/202301/B-8.pdf

5.Ismailova Zukhra Karabaevna. Основы профессиональной ориентaции в системе непрерывного обучения. Научно-Педагогический Журнал. Москва, 2023 г., 161-167 стр. https://vestnik.oqmpu.kz/ru/node/374

6.J.A. Kasimov, A.I. Kamilov, D.A. Mustafoyeva, U.A. Nasritdinova. Building a 3D model of hydraulic structures using BIM technology (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340205021

7. Ilkhom Ruziev, Lukmon Samiev, Durdona Mustafoyeva, Shavkat Nortaev, Shohzod Yakhshiev. Geographic Information System for changing the level of soil salinity in Jizzakh province, Uzbekistan (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337101013

8.Z. Ismailova, D. Mustafaeva va boshqalar. Study of the disinfection process of harmful microorganisms found in the Vyacheslav reservoir using a pilot installation based on ozone technology. Water Conservation & Management (WCM) (Q2), 2024. https://www.zibelinepub.com/journals/

9.Sadikova F., Ismailova Z. Improvement of independent creative activity of students on the basis of a competency approach. Science and Innovation International Scientific Journal, Volume 1 Issue 8, 2022, 726-735-betlar.

10.Feruza Sodiqova, Abdusaid Isakov, Rashida Pirova. Automatic control system for automatic maintenance of microclimate in vegetable storages. E3S Web of Conferences, 458, 01012 (2023).

11.Jumanov Alisher A. Improving the independent creative activity of students on the basis of a competent approach. BIO Web of Conferences, 65, 10005 (2023). https://doi.org/10.1051/bioconf/20236510005

12.Jumanov Alisher A. The personality of the teacher and the requirements imposed on him. International Scientific Journal Global Science and Innovations, 2023: Central Asia, Astana, Kazakhstan, September 2023, 67-75 betlar.

13.Жураева Г. Абдугаффар кизи. Enhancing students' creative abilities based on a competency-based approach. International Journal of Multidisciplinary Research (2024). https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/


Hamkor Tashkilotlarimiz

“Professional ta’lim” kafedrasi mudiri Muqumova Dilrabo Inatovnaning Qashqadaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tomonidan yo‘naltirilgan texnikumlarda “Bir oyda bir kun” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha rejaviy grafik doirasida amalga oshirilgan ishlar.


Toshkent shahar Gidrometrologiya texnikumida "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti Professional ta’lim yo‘nalishi talabalarining pedagogik amaliyotlarini olib borishlari uchun mutaxassislik tajribalar almashinish ishlari yo‘lga qo‘yilgan


Texnikumlar bilan Hamkorlik

Toshkent viloyati Piskent tumani 1-son politexnikumi, Toshkent viloyati Ohangaron tumani 1-son politexnikumi va Toshkent viloyati Yangi Yo‘l tumani 2-son politexnikumlari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Texnikumlar bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida maxsus ishchi dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu dastur hamkorlikni mustahkamlash va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Quyida hamkorlik yo‘nalishlari batafsil keltirilgan:


Ta'lim va o'quv jarayonlarini birlashtirish

· Qo‘shma darslar: Texnikum o‘qituvchilari bilan birgalikda darslar tashkil qilish va seminarlar o‘tkazish.

· O‘quv amaliyotlari: Talabalarni texnikumlarda amaliyot o‘tashga jalb qilish.

· Qo‘shma tadqiqotlar: Texnikum o‘qituvchilari bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish.


Resurslarni birlashtirish

· Kutubxona resurslari: Kutubxona fondlarini birlashtirish, o‘quv adabiyotlari va elektron resurslarga kirish imkoniyatini ta’minlash.

· Laboratoriya va uskunalar: Laboratoriya jihozlari va texnik uskunalarni birgalikda ishlatish imkoniyatini yaratish.

· O‘qituvchilarni almashtirish: Tajriba almashish maqsadida o‘qituvchilarning darslarga tashrif buyurishi va kuzatuvlar o‘tkazishi.


Tadbirlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish

·Konferensiyalar va seminarlar: Texnikumlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil qilish.

·Loyihalar: O‘quvchilar va texnikum talabalari uchun birgalikda loyihalarni amalga oshirish.

·Ijtimoiy faoliyat: Ijtimoiy loyihalar va tadbirlarni birgalikda amalga oshirish.


Axborot almashinuvi

·Veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar: Texnikumlarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali o‘zaro axborot almashish.

·Elektron pochta: Muhim ma’lumotlarni elektron pochta orqali tezkor almashish.

· Yig‘ilishlar: Texnikumlar bilan muntazam ravishda uchrashuv va yig‘ilishlar tashkil qilish.


Moliyaviy hamkorlik

· Grantlar va stipendiyalar: Texnikum talabalari uchun grantlar va stipendiyalar taqdim etish.

· Loyihalarni moliyalashtirish: Texnikumlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish.


Kafedra xodimlari

"Professional ta’lim" kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Mukumova Dilrabo Inatovna

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Talabalarni o‘quv jarayoniga moslashishining tashkiliy pedagogik shart sharoitlarni takomillashtirish.

 d.mukumova@tiiame.uz

+99871-237-45-39 +99890 353 00 75

"Professional ta’lim" kafedrasi Pedagogika fanlari doktori, professor.
Ismailova Zuxra Karabaevna

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi :Talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirishning eksperemental metodik asoslari.

Dars beradigan fanlar: Pedagogik mahorat, Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

 z.ismailova@tiiame.uz

+99871-237-45-39

"Professional ta’lim" kafedrasi Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Mustafoeva Durdona Asilovna

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Oliy ta’lim muassasalarida klasterli yondashuv asosida mutaxassis kadrlarning boshqaruvchanlik kompetentligini takomillashtirish.

Dars beradigan fanlar: Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Ta’lim texnologiyalari

 d.mustafoyeva@tiiame.uz

+99871-237-45-39

"Professional ta’lim" kafedrasi Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.
Sadikova Firuza Maxmudjanovna

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish.

Dars beradigan fanlar: Kasbiy pedagogika, Pedagogik mahorat.

 f.sadikova@tiiame.uz

+99871-237-45-39

"Professional ta’lim" kafedrasi Pedagogikia fanlari falsafa doktori, katta o‘qituvchi PhD
Jumanov Alisher Asatullayevich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Talabalarda integrativ yondashuv asosida texnologik kompetensiyani rivojlantirish (texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari misolida).

Dars beradigan fanlar: Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, Kasbiy psixologiya.

jumanov.a@tiiame.uz

+99871-237-45-39

"Professional ta’lim" kafedrasi Assistenti
Jo‘rayeva Gulbahor Abdug‘affor qizi

Dars beradigan fanlar: Kasb ta’lim metodikasi, Kasbiy pedagogika

g.jurayeva@tiiame.uz

+99871-237-45-39

"Professional ta’lim" kafedrasi Assistenti
Jumamurodova Umida Murodboy qizi

Dars beradigan fanlar: Psixologiya, Umumiy psixologiya

u_jumamurodova@tiiame.uz

+99871-237-45-39

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Sayfiyeva Yulduz O‘ktam qizi

Ilmiy tadqiqot mavzusi:Talabalar fanlarni mustaqil o’zlashtirishida bilim ko’nikma,malaka hamda o’z-o’zini rinojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish (Professional ta’lim yo’nalishi misolida)

y.sayfiyeva@tiiame.uz

+998712374530

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Baratov Ma’rufjon Bahodir o’g’li

Ilmiy tadqiqot mavzusi:Dual ta’limni takomillashtirish va metodik ta’minotni mustahkamlashda ilg’or xalqaro tajribalarni amalyotda qo’llash

m_baratov@tiiame.uz

+998933337833

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Madaminova Sabina Alisher qizi

Ilmiy tadqiqot mavzusi :Talabalarni koʻp tilli (multilingvistik) tizim asosida oʻqitishning uslubiy taʼminotini shakllantirish metodikasi (texnika taʼlim muassasalari misolida)

s.madaminova@tiiame.uz

+998976162276

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Temirova Zoxida Ilxomjon qizi

Ilmiy tadqiqot mavzusi:Professional ta’lim yo’nalishi talabalarning ijodkorligini oshirishda pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish

z_temirova@tiiame.uz

+99893 360 0445

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Ergasheva Gulchehra Rustamovna

Ilmiy tadqiqot mavzusi:Bo’lajak mutaxassislarni aralash ta’lim muxitida kasbiy pedagogik kompetentligi rivojlantirish metodikasi

g_ergasheva@tiiame.uz

+998909002856

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Xalimov Zafar Xatamovich

Ilmiy tadqiqot mavzusi: Dual ta'lim asosida talabalarning kasbiy faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqish.

z_xalimov@tiiame.uz

+99897 155 33 05

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Shovazova Olimaxon Adxam qizi

Ilmiy tadqiqot mavzusi : Sinergetik yondashuv asosida Oliy ta’lim muassasasalarida mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasini takomillashtirish

o.shovozova@tiiame.uz

+998712374530

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Zulxaydarova Feruza Umarali qizi

Ilmiy tadqiqot mavzusi :Maxsus ijod maktablarida yoshlar liderlik sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish

f_zulxaydarova@tiiame.uz

+998906069310

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Imomova Nigoraxon Foziljonovna

Ilmiy tadqiqot mavzusi: Innavatsion yondashuv asosida talabalarning komunikativ kompetensiyani rivojlantirish (texnika OTM misolida)

n_imomova@tiiame.uz

+998914870491

"Professional ta’lim" kafedrasi tayanch doktoranti
Raximboyeva Guloyim Ikrom qizi

Ilmiy tadqiqot mavzusi: Kasbiy ta'lim tizimida raqamlashtirish texnologiyasini takomillashtirish metodikasi (Texnika oliy ta'lim muassasalari talabalari misolida)

g_raximboyeva@tiiame.uz

+998 94 093 66 61

"Professional ta’lim" kafedrasi Pedagogikia fanlari falsafa doktori, PhD
Yarova Sevara Boxodir qizi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Talabalarda tayanch kompetentlilikni innovatsion hamkorlik asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”

Dars beradigan fanlar: Akademik ko‘nikmalar va kasbiy kompetentlik, Kasbiy pedagogika.

s.yarova@tiiame.uz

+99871-237-45-39

Fakultet

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Boshqaruv psixologiya (magistratura)

Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda har tomonlama etuk, barkamol inson uchun yuksak ma’naviyatga xos bo‘lgan qirralarni: poklik, hamkorlik, birodarlik, hamxurlik, sabr-qanoat, saxiylik kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat

2 Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi (magistratura)

Maxsus fanlarni o‘qitishda ilmiy pedagogik faoliyat uchun ilg‘or innovatsion metodlardan foydalanish, o‘rganish, qo‘llash masalalari o‘rganib boriladi

3 Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (magistratura)

Ilmiy-pedagogik faoliyat uchun pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahoratning nazariy asoslarini o‘rganish, amaliyotga joriy etish masalalari o‘rganiladi.

4 Pedagogik maxorat

“Pedagogik mahorat” fani - bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy mahorat, ijodkorlik ko‘nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirish, o‘kituvchilik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishdan iboratdir. “Pedagogik mahorat” fani kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg‘or pedagogik tajribalarni mustaqil o‘zlashtirish sirlarini o‘rgatadi. Talabalar o‘qish va o‘qitish jarayonida diqqatni taqsimlash, bilim, ko‘nikma va malakalar, psixik holatlarini boshqara olish va pedagogik texnika madaniyatini mustaqil o‘zlashtirish malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

5 Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi

Talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida, kasb-hunar ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarni jadal suratlarda amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni bajarishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-kasb ta’limi o‘qituvchisi sifatida shakllantirishdir.

6 Kasbiy ta’lim metodikasi

Kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘tkazish, bilim ko‘nikma va malakalarni baholash yo‘llari, kasbiy faoliyatni tashkil etish, talabalarni kasbga yo‘naltirish masalalarini o‘rgatadi

7 Ta’lim texnologiyalari

Ta’lim texnologiyalarining maqsadi – o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va vositalarini tadbiq etadi va qonuniyatlarini ochib beradi

8 Boshqaruv psixologiya

Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda har tomonlama etuk, barkamol inson uchun yuksak ma’naviyatga xos bo‘lgan qirralarni: poklik, hamkorlik, birodarlik, hamxurlik, sabr-qanoat, saxiylik kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat

9 Kasbiy psixologiya

Talabalarga kasbiy faoliyatida zarur bo‘ladigan kasb psixologiyasiga oid bilimlarni berish, kerakli o‘quvlarni shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishiga imkoniyat yaratadi.

10 Pedagogika

“Pedagogika” fani - talabalarni umumiy, pedagogik va psixologik madaniyatini oshirish, inson faoliyati haqida tasavvurni yaxlit shakllantirish, shaxs xatti xarakatlari oqibatlarini oldinda sezish, mustaqil o‘qish va o‘z imkoniyatlarini aynan baholash, maqsadga erish yo‘llarini topish bo‘yicha pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi

11 Pedagogika, psixologiya

Pedagogikaning maqsadi – insonlarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy bilim ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, har tomonlama etuk, komil insonlarni tarbiyalash, ularda har bir sohaga mos keladigan bilim ko‘nikmalarni hosil qilish.

Psixologiya fanining maqsadi- psixologik bilimlarni egallash, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va muloqoti qonuniyatlari, psixik jarayonlar va psixologik xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantrishdir.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://hm.tiiame.uz/oz/page/ppo-Tarixi

Kafedra mudiri: Mukumova Dilrabo Inatovna

Qabul kunlari: None

Tel: +99871-237-40-30

E-mail: None

Tarmoqlarda: