"Ekologiya va suv resurslarini boshqarish" kafedrasi
Kafedra Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Iqlim o‘zgarishi sharoitida atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirlarni o‘rganish va maqbul yechimlarni ilmiy asoslash, chiqindilarni boshqarish, Suv resurslarida oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, suv resurslarini havzaviy boshqarish va tashkil etish, suv resurslarini boshqaruv faoliyatini takomilashtirish, ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya, oqova suvlarni biologik tozalash mexanizmlarini takomillashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or universitetlarida bilim-tajribalarini oshirgan va yetuk olimlari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Shuningdek, yurtimizning tegishli sohalarga oid tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib talabalarimizning amaliyot o‘tashlari uchun ham sharoit yaratilgan.
“Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi tarixi 1953 yilda
tashkil etilgan “Qishloq va yaylovlar suv taʼminoti” bilan bogʻliq. Kafedraning
birinchi mudiri davlat mukofoti lauriyati dotsent A.N.Lyapin edi. Kafedraga
1956-1958 va 1960-1970 yillar davomida dotsent P.P.Amanatskiy, 1976-1980 yillar
davomida dotsent G.G.Podgornov, 1980-1983 yillar davomida dotsent V.A.Demin va
1983-1988 yillar davomida dotsent I.M.Maxmudova mudirlik qilgan. Turli yillar davomida
kafedrada dotsentlar A.A.Isaev, S.S.Xojaev, katta o‘qituvchilar R.M.Muhiddinova,
D.Yu.Djumaev, assitentlar S.K.Malisheva va S.B.Mechetner faoliyat yuritgan.
“Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish” kafedrasi
1979 yilning sentyabrida “Gidrogeologiya” kafedrasidan ajralib chiqdi va uning birinchi
mudiri bo’lib geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor S.Sh.Mirzaev tayinlandi.
Shuningdek, kafedrada dotsentlar S.A.Murakaeva, R.N.Muxitdinova, katta o‘qituvchilar
S.A.Anorboev va T.A.Azimovlar faoliyat yuritishdi.
Gidromelioratsiya fakulteti tarkibida 1989 yili “Suv resurslaridan mukammal
foydalanish va muhofaza qilish” hamda “Qishloq xo‘jalik suv taʼminoti” kafedralarini
birlashtirilishi asosida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,
professor Sayidraxmon Shoabdiyevich Mirzaev rahbarligida “Suv resurslaridan mukammal
foydalanish va qishloq xo‘jaligi suv taʼminoti” nomi bilan tashkil qilingan.
Respublikamiz xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida shu jumladan oliy
taʼlim tizimida izchil islohotlar olib borilayotgan sharoitda, O‘zbekiston Respublikasining
“Taʼlim to‘gʻrisida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalaridan
kelib chiqib, institutda suv va qishloq xo‘jaligi uchun ekolog mutaxassislar tayyorlashni
tashkil qilinishi munosabati bilan 2000 yili 1- sentyabrdan kafedraning nomi “Ekologiya
va suv resurslari” deb o‘zgartirildi.
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 sentyabrdagi
415- sonli “Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” ni tashkil etish to‘gʻrisidagi
qarori, kun tartibiga qo‘yilgan yangi vazifalar va xalqaro integratsiya talablaridan
kelib chiqqan holda kafedraning nomi “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish”
deb o‘zgartirildi. Ushbu kafedrada uzoq yillar kafedra asoschisi O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi professor, g-m.f.d. Mirzaev Sayidraxmon Shoabdievich va texnika
fanlari doktori, professor Saloxiddinov Abdulxakim Temirxo‘jaevichlar rahbarlik
qilgan. Keyingi 2019-2021 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent A.X.Karimov, 2021-2022
yillarda kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi geologiya-mineralogiya
fanlari doktori, professor B.D.Abdullaev, 2022-2024 yillarda kafedra mudiri
bo‘lib A.O.Xomidovlar faoliyat yuritgan.
Turli yillarda kafedraning rivojlanishiga professor K.G.Ganiev, professor E.I.Chembarisov,
professor N.B.Egamberdiyev, professor B.Sh.Ismoilxodjayev, dotsentlar A.Azimov,
O.Y.Jalilova, I.M.Maxmudova, N.R.Raximov, A.A.Alimdjanov, R.Q.Boirov, D.R.Ziganshina,
H.O.Boboev, assistentlar A.A.Baraev, Z.Jo‘raev, N.V.Myagkova, Sh.R.Ziyadov, J.Murotov, I.Abdullaev va boshqalar hissa
qo’shgan.
Hozirgi kunda kafedra mudiri lavozimida geologiya-mineralogiya fanlari
doktori, professor Abdullaev Botirjon Dadajonovich faoliyat yuritmoqda. Kafedra
Ekologiya va huquq fakulteti tarkibida ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan
bo‘limlardan biri hisoblanadi. Hozirda kafedrada 3 nafar professor (professor
Abdullaev B.D., professor Karimov B.K., professor Radkevich M.V.), 4 nafar
dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar assistent va 1 nafar stajyor
o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi kunda 60811500 - Suv ta’minoti muhandislik tizimlari va 60520200 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida) bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar tahsil olmoqda. Shuningdek, magistratura mutaxassisliklari doirasida 70811207 - Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish, 70520201 - Atrof muhit muhofazasi (qishloq va suv xo‘jaligida), 70711805 - Chiqindilarni boshqarish, 70811204 - Qishloq xo‘jalik suv ta’minoti muhandislik tizimlari va inshootlari bo‘yicha magistrantlar o‘qitilmoqda.
Kafedra yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lib,
professor-o‘qituvchilardan 9 nafari xorijiy mamlakatlarda o‘qituvchilik va
ilmiy mahoratini oshirib kelgan. Kafedrada 11.00.05 - Atrof muhit muhofazasi va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari bo‘yicha) ixtisosligi
bo‘yicha tayanch doktorantlar va fan doktorlari tayyorlanadi. Shu kungacha
kafedrada 13 nafar fan doktori va 28 nafar fan nomzodi ilmiy ishlarini
muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Ixtisosligi
11.00.05 -Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
Laboratoriyalarimiz
Talabalarimiz va tadqiqotchilarimiz ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda yuqori sifatli tadqiqotlar olib borish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish hamda qishloq xo‘jaligi va muhandislik sohalarining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatiga ega.
Zamonaviy laboratoriyalarimiz eng so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda yuqori malakali o‘qituvchilar va tadqiqotchilar jamoasi ilg‘or texnologiya va texnikalarni o‘zlashtirishga ko‘mak beradi.
Gaz, mass spektr xromatograf
Tibbiy, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlar, biologik tizimlar, atrof-muhit monitoringi tarkibiga kiruvchi moddalar va birikmalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Gaz xromatografi - murakkab gazsimon moddalarni monokomponentlarga ajratish yo‘li bilan tahlil qilish uchun qo’llaniladigan qurilma.
Suv resurslarini integral boshqarish laboratoriyasi
Cheklangan suv resurslari sharoitida turli maqsadlardagi suvga bo‘lgan talablarni muvofiqlashgan holda ta’minlash va suv manbalari havzasi darajasida suv resurslarini boshqarish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha talabalarda turli ssenariylarni shakllantirish, tahlil qilish va maqbul yechimlarni tanlash bo‘yicha ko‘nikmalarni hosil qilish imkoniyatini beradi.
Uzoq joylashgan suv
manbalarida suv satxi va xaroratini online rejimda o‘lchash.
Masofadan turib suv manbasidagi suv sathi va haroratini online rejimda o‘lchash imkoniyatini beradi.
Uch halqali
vodoprovod tarmog‘ining ishini modelda o‘rganish
Suv ta’minoti tramoqlarida turli vaziyatlardagi suvning harakat yo‘nalishlari, suv sarflarini, tizim bo‘laklaridagi bosim isroflarini hamda tarmoq bo‘ylab pezometrik va erkin bosimlarni aniqlash imkonini beradi.
Amalga
oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:
“Alohida hududlarda qulay iqlimli zonalarni
yaratishning nazariy asoslari va hisoblash mexanizmlarini ishlab chiqish”
mavzusidagi fundamental loyiha
Loyihaning umumiy
qiymati 3200 mln. so‘m
Tadqiqotning
maqsadi - alohida hududlarda qulay iqlimli zonalarni yaratishining nazariy
asoslari va hisoblash mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Mahalliy iqlim va inson salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan shahar issiqlik orolining tahlili, shuningdek, shahar issiqlik orollaridagi o‘zgarishlar dinamikasi, ularning paydo bo‘lishi va o‘zgarishining asosiy omillari bo‘yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi va GOT modellashtirishning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi.
GOTni
modellashtirishning raqamli usullarini qo‘llash sxemasi
Shuningdek, mikroiqlimni o‘rnatishning operatsion modelida olingan
dastlabki tajribalarning natijalari va tahlillari mavjud. Tajribalar
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti laboratoriyasida o‘tkazildi
hamda ultratovushli tuman va standart split konditsioner tizimiga ega o‘rnatishning
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholash tahlili qilindi.
Modelning
ishchi chizmasi va modelning ishlash jarayoni
AL482102321-sonli
“Suvdan foydalanishni optimallashtirish va iqlim o‘zgarishiga mos innovatsion
sug‘orish texnologiyalarini joriy etish orqali sug‘oriladigan yerlarning
unumdorligini oshirish” mavzusidagi
halqaro amaliy loyiha
Loyihaning
umumiy qiymati 1600 mln. so‘m
Loyiha
Qashqadaryo daryosi havzasida iqlimga chidamli innovatsion sug‘orish
texnologiyalari va meliorativ yondashuvlarni joriy etish orqali suvdan
foydalanishni optimallashtirish asosida sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini
oshirish texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, bu yerlarning sho‘rlanishi
suv resurslarining etishmasligidan eng ko‘p zarar ko‘rmoqda. Ushbu loyiha
doirasida nazariy va eksperimental dala tadqiqotlari Kobe universiteti va
Yaponiyaning SATREPS loyihasida ishtirok etuvchi boshqa universitetlari
olimlari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Mavjud suv resurslarining o‘zgarishini
baholashni takomillashtirish, suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishi ta’siri
sharoitida sug‘oriladigan yerlarning hosildorligini oshirish uchun qishloq xo‘jaligida
suvdan foydalanishni optimallashtirish uchun ilg‘or innovatsion vositalardan
foydalanildi.
Kitob tumanida joylashgan “Dilfuza Egamberdievna” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida ekin turi uzum hisoblanadi. Ushbu dala tajriba uchastkasida tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan.
Evropa hamjamiyatining Horizon 2020 “Markaziy Osiyoda barqaror kichik gidroenergetika - "Hydro4U” Innovatsion loyiha.
Loyihaning umumiy qiymati 260 ming yevro
Yevropa va
Markaziy Osiyoning 8 ta davlatidan 13 ta hamkor universitetlar Markaziy Osiyoda
barqaror kichik gidroenergetikani rivojlantirish, Yevropaning ekologik toza
kichik gidroenergetika uskunalari va texnologiyalarini Markaziy Osiyoga
moslashtirish.
"Hydro4U” - loyihasi doirasida Yevropa texnologiyalari Markaziy Osiyo (MO) sharoitlariga moslashtirildi va shu bilan ularning istiqbolli transchegaraviy suv / oziq-ovqat / energiya / iqlim Neksusini namoyish etildi. Markaziy Osiyoda barqaror kichik gidroenergetika salohiyatining dastlabki tahlili asosida loyihani moslashtirish orqali taklif etilayotgan texnologiya narxining raqobatbardoshligi ta’minlanadi. "Hydro4U” loyihasi doirasida ikkita namoyish stansiyasidan 1-si - o‘rta bosimli derivatsion Shohimardon GESi o‘rnatildi, test modusida ishga tushirildi va baholandi: 2- namoyish stansiyasi - ekologik toza, past bosimli Otboshi o‘zan GESi (Qirg‘izstonda) 2025 yil bahorida ishga tushiriladi. Bu tadqiqotlarda da samaradorlikni yo‘qotmagan holda dizayn va qurilish xarajatlari sezilarli darajada kamaytirildi. Ushbu yechimlar innovatsiya, modullik, tubdan soddalashtirilgan tarkibiy konsepsiya, chidamlilik, ekologik barqarorlik va ijtimoiy-siyosiy e’tirofga asoslanadi. Markaziy Osiyoda kichik gidroenergetika salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun replikatsiya modeli ishlab chiqilyapdi. Bu Yevropa Ittifoqining sifat standartlarini namoyish etish va MO uchun Yevropa kichik gidroenergetika texnologiyasini yaratishga imkon beradi.
O‘zbekiston
suv resurslariga iqlim o‘zgarishining tasirini hamda uning gidroenergetika va qishloq
ho‘jaligi sohasidagi oqibatlarini baxolash – CLIMWATER, mavzusidagi amaliy
loyiha
Loyihaning
umumiy qiymati 892,1 mln. so‘m
“O‘zbekistonda
suv resurslariga iqlim o‘zgarishining ta’sirini va uning qishloq xo‘jaligi
hamda gidroenergetika sohalaridagi oqibatlarini baholash” mavzusidagi O‘zbekiston-Germaniya
xalqaro amaliy loyixasi doirasida O‘zbekistonda suv resurslariga iqlim o‘zgarishining
ta’sirini va uning qishloq xo‘jaligi hamda gidroenergetika sohalaridagi
oqibatlarini baholashga qaratilgan ilmiy tadqiqot loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida 2023-2024 yillarda quyidagi vazifalar bajarildi:
Chirchiq va
Qashqadaryo daryosi havzalaridagi suv resurslari holati baholandi.
Yer osti
suvlari zahiralarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi dinamikasi tahlil qilindi
va iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha
takliflar berildi.
Tadqiqot
maqsadi: O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’sirini chuqur
tahlil qilish, oqibatlarni bashorat qilish va moslashish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqish.
Tadqiqotlar
yo‘nalishlari va amalga oshirilgan ishlar
1. Havza
meteorologik va gidrologik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish:
Chirchiq va
Qashqadaryo daryosi havzalaridagi gidrometeorologik ma’lumotlar yig‘ildi.
So‘nggi 30
yil davomida havo harorati va yog‘ingarchilik o‘zgarishlari tahlil qilindi.
Mavjud
ma’lumotlar yetishmagan hollarda matematik modellashtirish orqali qayta tiklandi.
2. Yer osti
suvlari resurslarini baholash:
Yer osti
suvlari zahiralari va ularning daryo oqimini shakllantirishdagi roli o‘rganildi.
Iqlim o‘zgarishining
yer osti suvlariga ta’sirini aniqlash maqsadida stabil izotoplar tahlil
qilindi.
3. Iqlim o‘zgarishiga
moslashish bo‘yicha tavsiyalar:
GIS
texnologiyalaridan foydalangan holda, suv resurslari monitoringi amalga
oshirildi.
Germaniyalik
hamkorlar bilan hamkorlikda "Yosh olimlar maktabi" tashkil etildi.
Loyiha
natijalari
Iqlim o‘zgarishining
suv resurslari potensialiga ta’siri bo‘yicha yangi ma’lumotlar olindi.
Chirchiq
daryosida yoz faslida suv oqimi sezilarli kamayishi aniqlandi.
Yer osti
suvlari zahiralaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari ishlab chiqildi.
Loyiha natijalari asosida 35 ta ilmiy ishlar, jumladan 9 ta xalqaro maqola chop etildi.
Germaniyaning
DAAD jamg‘armasining SDGnexus Network mavzusidagi Yevropa hamda Latin
Amerikasidagi hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan xalqaro ilmi va ta’lim
loyixasi
Loyihaning
umumiy qiymati 150 ming yevro
Germaniyaning
DAAD tashkiloti Yexit dasturi doirasidab Germaniyaning Gissen universiteti
hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (TIQXMMI-MTU) SDGNN loyihasi
2020-2024 yillarda amalga oshirildi. Loyixa doirasida oziq-ovqat, suv
resurslari va tabiiy boyliklar sohasida tadqiqotlarni amalga oshirdi. Loyiha, o‘zgaruvchan
iqlim sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va suv resurslarini
barqaror boshqarishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishni
maqsad qildi.
Loyihaning
maqsadlari
O‘zbekiston
va Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgaruvchanligini o‘rganish.
Iqlim o‘zgarishining
suv resurslariga ta’sirini baholash.
Yerdan
foydalanish va iqlim o‘zgarishining oziq-ovqat xavfsizligiga uzoq muddatli
ta’sirini tadqiq etish.
Barqaror
rivojlanish imkoniyatlarini ta’minlovchi siyosatlar ishlab chiqish.
Suv
resurslarini boshqarishda zamonaviy texnologiya va siyosat yechimlarini ishlab
chiqish.
Tadqiqot ishlari
va yutuqlar
Sirdaryo viloyati Mirzacho‘l minaqasida kollektor-drenaj suvlaridan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha 3 yillik tajribalar o‘tkazildi. Bunda tuproq namligi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va ekin aylanmasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. "O‘zbekiston 300 MB" makkajo‘xori navini sug‘orishda Complex Mixing Method(CMM) texnologiyasi qo‘llanililgan xolda dala natijalariga eoishildi. Doktorant J.Mirzaqobulov Germaniyaning Gessen universitetida ikki oylik tadqiqotlarda ishtirok etdi. Barqaror rivojlanishning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar o‘rganildi. Loyiha natijalari asosida 9 ilmiy maqola xalqaro jurnallarda chop etildi.
Xalqaro maqolalar:
1.
A. Savitsky, M. Radkevich, A.
Salokhiddinov, O. Ashirova, T. Khankelov, K. Shipilova, M.Abdukadirova, A.
Gapirov, R. Razzakov A New Approach to
the Use of Non-Primitive Variables in the Mechanics of Continuous Media
Emerging Science Journal Vol. 8, No. 2, April, 2024 https://www.ijournalse.org/index.php/ESJ/article/view/2294
2. Zulfiya Kannazarova,
Mukhiddin Juliev, Ashirbek Muratov, Jilili Abuduwaili Groundwater in the
commonwealth of independent states: A bibliometric Groundwater for Sustainable
Development Volume 25, May 2024, 101083 https://www.sciencedirect.com/science/article/
3.
Abduaziz Abduvasikov, Madina Khurramova, Hafizov
Akmal, Panjieva Nodira, Jakhongir Kenjabaev, Dilshod Anarkulov, Shoirakhon
Kosimova, Karjavova Xurshida, Mavlyanova Dildora, B. Sapaev, Suluv Sullieva,
Zokirov Kurbonalijon1 The concept of production resources in agricultural
sector and their classification in the case of Uzbekistan Caspian Journal of
Environmental Sciences March 24, 2024 https://www.scopus.com/record/display
4. Erkin Karimov, Bernhard
Zeiringer, Johan Coeck, Pieterjan Verhelst, Bakhtiyor Karimov,Otabek Omonov,
Martin Schletterer and Daniel S. Hayes
MDPI Journals Fishes Length-Weight-Age Relationship of Schizothorax eurystomusKessler,
1872 and Comparison to Other Snow Trout Species in Central Asia 2024 https://doi.org/10.3390/fishes9030094
5. Aidai Turatbekova, Mavjuda Yaxyaeva-Urunova, Rasul
Usmanov, Ikbol Jabbarova, Kamila Shipilova, Boʻstonbek Yuldashev, Yakhshilik
Gulbaev Ulugbek Gulbaev Study on isolation methods of natural polysaccharides
03016 (2024) ICESTE 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703016
6. Olimaxon
Ergasheva, Sharof Qarshiboyev, Surayyo Husanova, Elyor Atashev, Nusratillo
Toshpulatov, Charos Yuldosheva and Ganisher Mustofoyev Study on the influence
of fertilizers on the yield and quality of barley and potatoes 03016 (2024) ICESTE
2024 https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/
7. Kamoliddin
Rustamov ; Nodira Rustamova; Anvar Nazarov ; Malokhat Abdukodyrova The State of the
Transport Services Market and Development Trends 12 March 2024 05:44:38 https://doi.org/10.1063/5.0197339
8. Iuliia
Polevschvhikova, Mahmud Muminov, Fedor Svoikin, Vladimir Bozhbov, Anatoly
Borozna, Maria Taraban, Sergey Sitnikov, Sergey Ogorodnikov6 and Ekaterina
Murmantseva Assessing vegetation productivity and environmental impact in: A
remote sensing approach BIO Web of Conferences 2024 https://www.bio-conferences.org/articles/bioconf/abs
9. Shoergashova,
ShobegimLiu, Tie, Ibrokhimova, Nigora, Latisheva, LiliyaKarimov, Bakhtiyor
Assessment of temporal and spatial variations of water quality parameters in
the Zarafshan River basin Clean - Soil, Air, Water 2024 https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/clen.202300454
10. Aidai
Turatbekova, Malokhat Abdukadirova, Sanjarbek Shamuratov, Bakhodir Latipov,
Mirzabek Saporboyev, Jafar Shamshiyev, Yusuf Makhmudov Investigation of the
effect of fertilizers on the biochemical and physical characteristics of
carrots (Daucus carota L.) 2024
11. Mukhiddin Juliev, Madinabonu
Kholmurodova, Lazizakhon Gafurova,
Kamila Khoshjanova, Avazjon
Khomidov, Inobat Agzamova, Nasiba Normatova, Giyosiddin Gulyamov, Matluba
Muratova, Mukhbira Gulamkadirova Modeling of soil erosion based on geospatial
techniques and the RUSLE model for the Ugam Chatkal National Park, Uzbekistan
2024 https://geology-dnu.dp.ua/index.php/GG/article/view/1173/927
12.B.
R. Nasibov, Yu. A. Polevshikova, A. O.
Xomidov Monitoring of land cover
using satellite images on the example of
the Fergana Valley of Uzbekistan, 2023 https://doi.org/10.1063/5.0116511
13. Umida
Makhmudova, Sayidjakhon Khasanov, Akmal Karimov, Sarvar Abdurakhmonov Evaluation of perennial reference
evapotranspiration (ETo) over a typical dryland using satellite images: a case
study from Uzbekistan ,
2023 https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S1642359323000241
14. M
Juliev, W Ng, I Mondal, D Begimkulov, L Gafurova, M Hakimova, O Ergasheva and M
Saidova Surface displacement
detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan https://doi.org/10.1051/e3sconf/
15.Zinovy
Novitskiy1, Abdushukur Khamzaev, Nizomiddin Bakirov, Guzal Atadjanova, Maloxat
Abdukadirova, and Umida Tasheva
Study on desert agrophytocenoses on the drained bottom of the Aral Sea, 2023 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337703007
16.Abdugani
Rakhmatov, Jafar Shamshiev, Kamila Shipilova,
Orif Alimov Study on the main
parameters of an air ionizer for fruit storage https://doi.org/10.1051/e3sconf/202337703011
17. D
Rakhimov, M Juliev, I Agzamova, N Normatova, Ya Ermatova, D Begimkulov, L
Gafurova, M Hakimova and O Ergasheva
Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral
mapping https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338604007
18. M.
Ashirov, K. Khoshjanova J. Rakhmatullaev1 and M. Juliev Identification of mineral
associations in skarn-rare-metallic deposits in Western Uzbekistan https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338601011
19. M
Zakirov, I Agzamova, N Normatova, D Begimkulov, G Ochilov and M. Juliev
Bentonite clays of the Central Kyzylkum and their material composition
and engineering and geological properties, Uzbekistan https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338601006
20. Abdulkhakim
Salokhiddinov, Andrey Savitsky, Daene McKinney and Olga Ashirova An improved finite-difference scheme for the
conservation equations of matter https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338606002
21. Abdulkhakim
Salokhiddinov, Jakhongirmirzo Mirzaqobulov*, Mariya Radkevich, Bakhodirkhodja
Ismailkhodjaev, Zulkhmor Alibayeva and Erali Abdumajidov Study of climate change patterns of the
Kashkadarya River basin based on GIS technologies https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338606006
22. Jakhongirmirzo
Mirzaqobulov, Abdulkhakim Salokhiddinov and Sobit Mamatov "Exploring the Potential for
Collector-DrainageWater Reuse in Fodder Crop Farming: A Case Study in
Uzbekistan's Mizachul Steppe" https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338602006
23. Chen,
Z., Song, D., Song, H., Guo, Z., Juliev, M.
Large landslides in the Sichuan–Tibet railway: Recognition, mechanism,
and mitigation https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85150988369&origin
24. M.
N. Abdukadirova, B. Sh. Ismailxo‘jaev, and K. B. Abdukadirova Study of biological treatment of domestic
and municipal wastewater using microscopic algae, 2023 https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85152642024
25. B.
D. Abdullaev, R. I. Razzakov, F. A. Okhunov, and B. R. Nasibov Modeling of hydrogeological processes in
irrigation areas based on modern programs file:///C:/Users/User/Desktop/e3sconf_conmechydro23_02006.pdf
26. A.
Salokhiddinov, A. Savitskiy, O. Ashirova, R. Razzakov Impact of separately located obstacles on
air flow movement calculation https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/38/e3sconf_conmechydro23_02028.pdf
27. M. Radkevich, A. Gapirov, O. Ochildiev, and O. Pochuzhevskiy Possible problems of transport electrification in Tashkent https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340103039
28. Akbar Ergashov, Shukhrat Shojalilov, Rano Djumaniyazova, and Kamila Shipilova Evaluation of effect of deviations in width of cross-section of connected elements https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85169704179&origin=resultslist&sort=plf-f
Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha
quyidagi universitetlar bilan birgalikda ilmiy faoliyat olib bormoqdalar, jumladan
Buyuk Petr nomidagi Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti;
Kolorado shtati unversiteti;
Avstriyaning Venadagi Tabiiy resurslar va
tabiiy fanlar Universiteti (BOKU) (University of Natural Resources and Life
Sciences, Vienna, Institute of Hydrobiology and Aquatic Ecosystem Management.
Gregor-Mendel-Straße 33/DG 1180 Wien, Austria);
Myunxen texnika universiteti (TUM),
Germaniya;
Xaydelberg Universiteti qoshidagi
Geografiya instituti, Gidroekologiya kafedrasi (Prof., Dr. Lucas Menzel,
Heidelberg Univeristy, Institute of Geography, Department of Hydroecology) va boshqalar;
University of Osnabrück, Institute of
Environmental Systems Research;
Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy
universiteti;
University of Hamburg, Germany;
Vrije University Amsterdam – Institute for
Environmental Studies;
Avstriyaning Venadagi tabiiy resurslar va tabiiy fanlar universiteti;
Liege University, Belgiya.
Kafedra faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha
oliy ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruv muassalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik
faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan jumladan:
·O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
·O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi;
·O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal
xo‘jaligi vazirligi;
·O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot resurs tahlil markazi;
·Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy
tadqiqot instituti;
·«UzGIP» Ma’suliyati cheklangan jamiyati;
·Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti;
·Gidroingeo davlat korxonasi;
·Gidrometeorologiya markazi;
·Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza
qilish va iqlim o‘zgarishi
boshqarmasi;
· “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ;
·Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
·Islom Karimov nomidagiToshkent Davlat Texnika
Universiteti;
·Toshkent davlat agrar universiteti;
·Guliston davlat universiteti;
·Andijon qishloq xo‘jalik universiteti.
Kafedra xodimlari

Abdullaеv Botirjon Dadajonovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidrogeoekologiya, Atrof muhitni muhofaza qilish. Yer osti suvlarini boshqarish va muhofaza qilish, Suv resurslasrining ifloslanishini o‘rganish va tozalash texnologiyalari.
+99871-237-19-26

Xamidov Avaz Odilovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Kuchli shishuvchan gidragellar yordamida suv tejamok sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqish.
Dars beradigan fanlar: Suv resurslarini boshqarish, Suv resurslaridan mukammal foydalanish, Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti
+99871-237-19-26

Nazarov Xolmurod
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Ekologiya va suv huquqi, Huquqiy ko‘nikma va metodologiya.
Dars beradigan fanlar: Ekologiya huquqi, Suv huquqi, Ekologik xavfsizlik.
+99871-237-19-26

Karimov Bakhtiyor Quramboеvich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidroekologiya, Agroekologiya, Limnologiya, Bioxilma-xillik, Ekotoksikologiya, Aquakultura, Ixtiologiya, Ekotizim xizmatlari va atrof-muhit muhofazasi.
Dars beradigan fanlar: Gidroekologiya, Agroekologiya, Ekotoksikologiya, Gidrokimyo, Tahlilning instrumental usullari, Aquakultura va baliqchilik.
+99871-237-19-26

Radkevich Mariya Viktorovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Atrof muhit muhofazasi, Chiqindilarni boshqarish, Suv tozalash texnologiyalari.
Dars beradigan fanlar: Chiqindilarni boshqarish, Atrof muhitni muhofaza qilish, Ekologik tadqiqotlarda eksperimentlarni rejalashtirish.
+99871-237-19-26

Karimov Akmal Xayitovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Suv resurslarini havzaviy boshqarish, Suv resurslarini boshqarishda modellardan foydalanish.
Dars beradigan fanlar: Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularni muhofaza qilish, Suv, energia, oziq-ovqat va ekotizimlar o‘zaro bog‘liqligi, Suv resurslarini boshqarishda modellardan foydalanish, Akademik yozuv.
+99871-237-19-26

Abdukodirova Maloxat Norijonovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Aholi punktlari sharoitlarida shakllanayotgan oqova suvlarni biologik tozalash usullarini takomillashtirish”
Dars beradigan fanlar: Ichimlik uv ta’minoti, Oqova suvlarni tozalash va qayta ishlatish asoslari, Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti.
+99871-237-19-26

Mamatov Sobitjon Alijanovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Kichik daryolar havzalarida suv resurslarini oqilona boshqarish va suvdan samarali foydalanish texnologiyalarini qo‘llashni takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Suv resurslaridan mukammal foydalanish va ularning muhofazasi, Suv kadastri va suv resurslarini integrallashgan boshqarish, Qishloq va yaylovlar suv ta’minoti.
+99871-237-19-26

Shipilova Kamila Baxtiyarovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Avtomobil transporti chiqindilarining atrof-muhitga keltiriladigan zararini baholash”.
Dars beradigan fanlar: Muhandislik etikasi, Ekologiya, Atrof muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni baholash.
+99871-237-19-26

Razzaqov Ruslan Ishqulovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Suv xo‘jaligi korxonalari quvurlardan chiqayotgan gaz va chang aralashmasini utilizatsiya qilish qurilmasi parametrlarini asoslash.
Dars beradigan fanlar: Atrof muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni baholash, Ekologik ekspertiza, Ekologik monitoring.
+99871-237-19-26

Shukurov Oybek Ne’matovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Biotexnologiya, Mikrobiologiya, Qishloq xo‘jaligi. “Organik chiqindilar asosida bioko‘mir olish texnologiyasi va uni qurg‘oqchil sharoitda soya o‘simligiga qo‘llash”.
Dars beradigan fanlar: Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Chiqindilarni boshqarish.
+99871-237-19-26

Mavlyanova Dildora Abdurashidovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidravlika va muxandislik gidrologiyasi, Suv ta’minoti.
Dars beradigan fanlar: Kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash, Binolarning santexnika qurilmalari va jihozlari, Suv resurslaridan mukammal foydalanish.
+99871-237-19-26

Yo‘ldashеva Charos Abbasovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Suv xavzasidagi ifloslanishlarni fitoplankton miqdoriga ta’sirini baholash (Tuyabo‘g‘iz suv ombori misolida).
Dars beradigan fanlar: Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Tahlilning instrumental usullari, Ekologik monitoring.
+99871-237-19-26

Sirojiddinova Surayyo Xudoyqul qizi
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Jizzax viloyatidagi Qli va Oqbuloq kollektorlarini Tuzkon ko‘li suv sifatiga ta’siri.
Dars beradigan fanlar: Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, Ekologik ekspertiza, Gidrokimyo.
+99871-237-19-26

Israilov Ibrohim Xakim oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Biоlоgik tоzаlаsh uchun аerаtsiyа tizimini tаkоmillаshtirish.
Dars beradigan fanlar: Suvdan foydalanish asoslari, Suv resurslarini boshqarish, Suv resurslaridan mukammal foydalanish.
+99871-237-19-26

Abdumajidov Erali Begali o'gli
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Iqlim o'zgarishini hududning suv bilan ta'minlanganlik sharoitiga ta'sirini baholash (Qashqadaryo havzasi misolida).
+99871-237-19-26

Umarova Nodira Faxriddin qizi
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Kichik aholi punktlarida chiqindilarni samarali boshqarish tizimini ishlab chiqish (Toshkent viloyati misolida).
+99871-237-19-26

Omonov Otabek Valijon o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Oʻrta Osiyo togʻ daryolarida qor alabalıklari (shizotoraks) baliqlarining migratsiyasini telemetriya usuli yordamida oʻrganish ( Shahimardon daryosi misolida).
+99871-237-19-26

Ibroximova Nigora Baxodirovna
Zarafshon, Chirchiq va Ohangaron daryolari ekotizimidagi ekotoksikologik holatni organik ifloslantiruvchi moddalar migratsiyasi va transformatsiyasini o`rganish asosida baholash.
+99871-237-19-26
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://hm.tiiame.uz/oz/page/esrb-Tarixi
Kafedra mudiri: Abdullaеv Botirjon Dadajonovich
Qabul kunlari: None