"Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi
“Irrigatsiya va Melioratsiya” kafedrasi TIIAME Milliy
Tadqiqot Universitetining Gidromelioratsiya fakulteti tarkibidagi yetakchi
mutaxassis tayyorlovchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedraning shakllanish
tarixi universitetning tashkil topishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning ildizlari
1923 yilga borib taqaladi. Bu davrda u Turkiston Davlat Universiteti
tarkibidagi injener-melioratsiya bo‘limi sifatida faoliyat boshlagan.
Kafedraning tashkil etilishida taniqli olimlar va
injenerlar – V.D. Jurin, N.A. Yanishevskiy, Ye.P. Zalesskiylar muhim rol
o‘ynagan. Kafedraning birinchi mudiri professor B.X. Shlegel bo‘lgan. Turli
davrlarda kafedraga yetuk olim va injener-melioratorlardan N.V. Makridin, V.S.
Maligin, V.V. Poslavskiy, V.M. Legostaev, B.D. Korjavin kabi mutaxassislar
rahbarlik qilgan. Ularning ilmiy va amaliy ishlari nafaqat kafedra rivojiga,
balki O‘zbekiston va O‘rta Osiyo respublikalari irrigatsiya tarixiga ham katta
hissa qo‘shgan.
Keyingi yillarda kafedraga TIIAME MTU bitiruvchilari bo‘lgan X.A. Axmedov, A.A. Rachinskiy, G.G. Podgornov, F.M. Raximboevlar rahbarlik qilishdi. Ularning ilmiy faoliyati natijasida ko‘plab darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi hamda nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan. Ayniqsa, professor X.A. Axmedov tomonidan sug‘orish va zax qochirish melioratsiyasi bo‘yicha ilk bor o‘zbek tilida darsliklar ishlab chiqilgan.
Kafedrada har yili 100-150 nafar injener-meliorator mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Hozirda kafedraning professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘zbek va rus tillarida olib borishmoqda.
Ta’lim yo‘nalishlari va fanlar
Kafedrada 17 ta bakalavriat yo‘nalishi va 5 ta magistrlik mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi fanlar o‘qitiladi:
· Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish
· Qishloq xo‘jaligi gidrotexnika
melioratsiyasi
· Melioratsiya va yerlarni
rekultivatsiyalash
· Kimyoviy melioratsiya
· Tabiiy sharoitlarni yaxshilash
· Qishloq xo‘jaligida suvdan
foydalanish
· Yerlarni rekultivatsiyalash va
muhofazasi
· Dala tajribalarini o‘tkazish
uslublari
· Suv tejamkor sug‘orish
texnologiyalari
· Biomelioratsiya
· Gidromelioratsiya tizimlarini
rekonstruksiya qilish
· Landshaftli irrigatsiya
· Suv tejamkor sug‘orish tizimlarini
loyihalash
· Tuproq-o‘simlik-suv o‘rtasidagi
bog‘liqlik
· O‘lchovlar va vositalar (nazariya va qo‘llanishi)
Kafedra nafaqat o‘quv jarayoniga, balki ilmiy-tadqiqot ishlariga ham katta e’tibor qaratib, irrigatsiya va melioratsiya yo‘nalishlarida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.
Ixtisosligi
06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehkonchilik
O’quv-ilmiy laboratoriyalar
Maxsus innovatsion o‘quv-ilmiy laboratoriya xonasi tashkil etildi.
Vazirlik tomonidan xarid qilingan laboratoriya uskunalari ushbu laboratoriya xonasiga o‘rnatildi. Xonada aqlli elektron doska o‘rnatilib, laboratoriyalarning virtual ishlanmalarini talabalarga yetkazish imkoniyati yaratildi. Ushbu laboratoriya uskunalaridan:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, kafedraga biriktirilgan magistratura mutaxassisliklari magistrantlari va doktorantlar o‘zlarining ilmiy ishlarini bajarishda foydalanmoqda.
O‘quv-ilmiy laboratoriya jihozlari
va sharoitlari
Innovatsion
o‘quv-ilmiy laboratoriya faoliyat yurituvchi xodimlar uchun suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishida
ilmiy izlanishlar olib borishga maxsus sharoitlar yaratildi.
G-501 innovatsion o‘quv-ilmiy laboratoriyasi
quyidagi laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan:
· Quritish shkafi
· Portativ konduktometr
· Refraktometr
· Batometr
· Analitik tarozi
· Laboratoriya tarozilari
· Tuproq namligini o‘lchagich
· Laboratoriya maydalagichi
· Tuproq uchun namuna olgich
· Mobil turbidimetr
· Suv o‘lchash reykasi
· Reagentlar
· Nivelir
· GR-100 gidrometrik vertushka (suv
oqim tezligini o‘lchagich)
Sohaning yetakchi tashkilotlari
bilan hamkorlik
Respublika va xorijdagi yetakchi tashkilotlar hamda korxonalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, ularda mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, respublika va xorijiy grantlar asosida ilmiy loyihalar ishlab chiqilib, tanlovlarga taqdim etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish korxonalari bilan xo‘jalik shartnomalari tuzilib, professor-o‘qituvchilar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv laboratoriya darslari tashkil etilgan bo‘lib, suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha doktorantlar uchun ham ilmiy tadqiqot olib borishga zarur sharoitlar yaratilgan.
Laboratoriya jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi. Seminarlarda kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va bakalavrlar ishtirok etdi.
Loyihalar va xo’jalik shartnomalar
Loyiha nomi: Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida global iqlim o‘zgarishining sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash va GAT texnologiyasi asosida gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish
Loyiha rahbari: q/x.f.d., prof. M.X. Xamidov
Davomiyligi: 2021-2025 yillar
Umumiy mablag‘: 3,2 mlrd so‘m (2023 yil uchun 800 mln so‘m)
Dolzarbligi: Iqlim o‘zgarishi
qishloq xo‘jaligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, suv resurslaridan samarali
foydalanish zaruratini oshirmoqda. Suv ta’minoti va ekin hosildorligining
bashoratini ishlab chiqish, meteorologik parametrlarning dinamikasini tahlil
qilish, agroiqlimiy resurslarni aniqlash va CropWat dasturidan foydalanish
muhim vazifalardandir.
Vazifalar:
1. Iqlim o‘zgarishining
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash
2.GAT texnologiyasi asosida
gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish
3. “CROPWAT 8.0” dasturi asosida
ekinlarning sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish
Natijalar:
· Qashqadaryo, Surxondaryo,
Navoiy va Buxoro viloyatlarida meteorologik o‘zgarishlar tahlil qilindi.
· Gidromodul rayonlashtirish
xaritalari yaratildi.
· Ekinlarning suv iste’moli va
sug‘orish rejimlari FAO metodikasi asosida ishlab chiqildi.
· Sug‘oriladigan yerlarning sizot
suvlari tarqalishi va tuproq sho‘rlanishi xaritalashtirildi.
Kutilayotgan natijalar:
· Iqlim o‘zgarishining ekin
hosildorligiga ta’sirini modellashtirish
· GAT texnologiyasi asosida
gidromodul rayonlashtirish xaritalarini ishlab chiqish
·CropWat dasturi yordamida ekinlar uchun ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblarini yaratish
Bu loyiha iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida suv resurslarini samarali boshqarish va ekin hosildorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
CropWat Dasturi bo‘yicha Sug‘orish Me’yorlari va Suv Tejamkor Texnologiyalar
Ilmiy loyiha nomi: FZ-2020103085-sonli “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv, energiya va oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun barqaror suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari”
Hamkorlik: O‘zbekiston – Germaniya ilmiy loyihasi
Loyiha rahbari: q/x.f.d., prof. M.X. XamidovDavomiyligi: 2023-2025 yillar
Umumiy mablag‘: 992,568 mln so‘m (2023 yil uchun 352 mln so‘m)
Loyihaning Maqsadi
Mashinali sug‘oriladigan yerlarda suv va energiya tejamkor sug‘orish texnologiyalarini tadqiq qilish, ularning sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga va ekinlar hosildorligiga ta’sirini baholash hamda suv va energiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini aniqlash.
Loyihaning Vazifalari
1. Mashinali sug‘oriladigan
maydonlarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish usullarining samaradorligini
tahlil qilish.
2. Qarshi magistral kanali (MK) va
Amu-Buxoro magistral kanalining ekspluatatsiya rejimlarini o‘rganish.
3.Sug‘orish texnologiyalarining suv va energiya tejamkorligi hamda ekinlar hosildorligiga ta’sirini baholash.
Erishiladigan Natijalar
· Tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish
samaradorligi – Buxoro va Qashqadaryo
viloyatlarida mashinali sug‘oriladigan maydonlarda joriy etilgan sug‘orish
texnologiyalari baholanadi.
· Ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari – FAO va PSUYEAITI uslubiyatlari asosida asosiy qishloq xo‘jaligi
ekinlari uchun sug‘orish tartiblari ishlab chiqiladi.
· Sug‘orish texnikasi elementlari aniqlanadi – G‘o‘za va kuzgi bug‘doy uchun tomchilatib va yomg‘irlatib
sug‘orish usullari bo‘yicha texnik elementlar aniqlanadi.
· Gidromodul rayonlashtirish va suv tejash – ABMK va KMK tizimlarida suv va energiya tejamkor sug‘orish
usullarini rayonlashtirish, maqbul meliorativ rejimni shakllantirish hamda
ekinlar hosildorligini oshirish yo‘nalishida chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Mazkur loyiha O‘zbekistonning suv va energiya xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Kollektor-Zovur Suvlari Kamaytirish Texnologiyasi
Ilmiy loyiha nomi: 35614-2022 sonli “Xorazm viloyatida kollektor-zovur suvlari shakllanishini kamaytirish texnologiyasini ishlab chiqish”
Loyiha rahbari: q.x.f.d., professor B.Sh. Matyakubov
Bajarilish muddati: 2023 yil 31 mart Umumiy mablag‘: 375 mln so‘m (2023 yil uchun 35 mln so‘m)
Loyihaning Maqsadi
Suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘orish tarmoqlaridagi suv yo‘qotishlarini kamaytirish, kollektor-zovur suvlari shakllanishini optimallashtirish hamda suv tejamkor texnologiyalar yordamida hosildorlikni oshirish.
Bajarilgan Ishlar
· Tajriba dalalarida ilmiy kuzatuv va dala tajribalarini o‘tkazish.
·Suv tejamkor sug‘orish
texnologiyalarining samaradorligini baholash.
·Tuproqning suv-fizik
xususiyatlarini aniqlash.
·2022 yil agrotexnik tadbirlarini tahlil qilish.
Kutilayotgan Natijalar
·Tomchilatib sug‘orish
texnologiyasi orqali daryo suvlaridan 3-12% tejamkor foydalanish.
·Sho‘rlangan tuproqlarda
g‘o‘zaning Xorazm-127 navini joriy qilish.
·Tuproq sho‘rlanishi va sug‘orish samaradorligini yaxshilash.
Davom Etuvchi Tadqiqot Ishlari
Ilmiy loyiha
nomi: 4.25-2023 sonli “Xorazm viloyatida
kollektor-zovur suvlari shakllanishini kamaytirish texnologiyasini ishlab
chiqish”
Bajarilish
muddati: 2023 yil 31 dekabr Umumiy mablag‘:
375 mln so‘m
Yangi
Vazifalar:
1. Ilmiy kuzatuv va tajribalarni
davom ettirish.
2. Tomchilatib sug‘orish natijalarini
tahlil qilish.
3.2021-2023 yillarga oid
dalalarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
4.2024 yil tadqiqot rejasini ishlab chiqish.
Kutilayotgan Natijalar:
· Suv resurslarini 40% gacha
tejash.
· Kollektor-zovur suvlari hajmini
30% gacha kamaytirish.
· G‘o‘zadan gektariga 40 sentnergacha hosil olish.
Paxtadan Yuqori Hosil Olish Bo‘yicha Tavsiyalar
·Tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda suv tejamkor usullarni qo‘llash.
Tuproq sho‘rini yuvish va ekinlarni optimal suv bilan ta’minlash uchun Biosol'vent birikmalaridan foydalanish.
SCOPUS JURNALLARIDA
1. Burkhonova M., Matyakubov B., Nazaraliev D., Mamataliev A., Botirov Sh. Study on the significance of irrigation technology for carrot growth // E3S Web of Conferences 563, 03064 (2024)., ICESTE 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303064
2. Pulatov Sh., Pulatov Ya., Matyakubov B., Razakova G. Study of hydrogel application as an innovation in water conservation to increase productivity of water and land resources in Central Tajikistan // E3S Web of Conferences 563, 03054 (2024)., ICESTE 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303054.
3. Burkhonova M., Narzullayev J., Matyakubov B., Isayev S. Study on the application of sprinkler irrigation technology for the growth of carrots and cauliflowers // E3S Web of Conferences 563, 03077 (2024)., ICESTE 2024. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303077.
4. S.X.Isaev, A.Q.Juraev, U.A.Juraev, O.U.Murodov, B.N.Atamuradov, M.M.Najmiddinov and M.A.Ruziyeva. Investigating irrigation system by using drainage water in the cultivation of repeated millet crop-//BIO Web of Conferences 103, 00014 (2024), https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300014.
5. Inomjan Saparniyazov, Sabir Sanaev, Sabirjan Isaev, Shukhrat Rizaev, Anvar Shamsiev and Idrok Rakhmatov-Growing varieties sweet corn main period in
Karakalpakstan- E3S Web of Conferences 497, 03043 (2024), ICECAE 2024, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703043.
6. Shukhrat Rizaev, Kamolidin Sharifov, Sabir Sanayev, Sabirjan Isaev and Bobur Kholmurzaev-Efficiency of agrotechnical and chemical measures in control of weeds in onion (Allium cepa L.) fields-E3S Web of Conferences 497, 03038 (2024), ICECAE 2024, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449703038.
7. Duschanova Zaynab Atabayevna, Isaev Sabirjan Xusanbayevich, Abduraimov Bunet Muratovich, Egamberdiev Elmurod Abduqodirovich, Makhmarejabov Dilmurod Bakhtiyarovich, Gaibnazarov Sunatilla Bakhodirjanovich, Umirzokov Azamat Abdurashidovich, Rabbimova Dilfuza Tashtemirovna, Turaeva Gulnoz Ergashevna, Jalalova Vazira Zamirovna, Bobojonov Otabek Khakimboy ugli, Bafoyeva Zarnigor Orifovna, Sharafutdinova Xadichaxon Gulyamutdinovna-//Biocompatibility and Toxicity Assessment of Gold Nanoparticles in NMRI Mice-RESEARCH PAPER, J.Nanostruct 14(3): 789-799, Summer 2024., https://jns.kashanu.ac.ir/article_114507.html. DOI: 10.22052/JNS.2024.03.0O9.
8. Tirkishmyrat Pashyyev, Kerim Gurbanmeredov, Ilkhom Begmatov, Mahri Begchayeva, Abdyljelil Azyzov, Bagul Babayeva, Gurbanmyrat Orazov. Optimizing crop irrigation regimes considering groundwater level and mineralization in Turkmenistan. E3S Web of Conferences 563, 03060 (2024), ICESTE 2024. 2024 йил, 10 бет. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303060
9. Gulalek Allakuliyeva, Azat Omadov, Ilkhom Begmatov, Maya Misekova, Gulchehre Nurmedova, Selbi Serdarova, Arzuv Bashimova. The role of red californian earthworms (Eisenia fetida) in polymer waste decomposition. E3S Web of Conferences 563, 03060 (2024), ICESTE 2024. 2024 йил, 11 бет. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303062
10. Davron Yulchiev, Yermat Shermatov, Maria Radkevich, Oleg Pochugevskyi, Islom Aripov. “Monitoring of Soil Salinity by Cotton Leaf Parameters and Planting Density”. E3S Web of Conferences 563, 03055 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303055. ICESTE 2024.
11. Asror Yangiev, Dilmurat Adjimuratov, Sherzod Panjiev, Shokhrukh Azizov and Sarafroz Primova “Research of floods in the mountains and foothill areas of Uzbekistan” E3S Web of Conferences 590, 02009 (2024)
12. Furkat Gapparov, Dilbar Abduraimova, Aziz Khaaydarov, Dinislam Atakulov, Mushtariyboni Gafforova, and Shohzod Yakhshiev. Assessment of changes in vegetation cover of reservoir banks using GIS technologies. BIO Web of Conferences 141, 03020 (2024) AGRICULTURAL SCIENCE 2024. https://doi.org/10.1051/bioconf/202414103020
13. Shamshod Akmalov, Dinislam Atakulov, Dilbar Abduraimova, Zaytuna Ibragimova, Dilmurod Ruziyev and Sukhrob Tadjiboyev. Green area extraction with using NDVI and ArcGIS pro for Nitra cadastral area. BIO Web of Conferences 130, 02011 (2024) BFT-2024 https://doi.org/10.1051/bioconf/202413002011
14. Aybek Arifjanov, Luqmon Samiev, Dilbar Abduraimova, and Khumora Jalilova. Sustainable Green Development: Water-Saving Irrigation Technologies, E3S Web of Conferences 574, 05002 (2024) CONGREENTAX-2024, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457405002
15. Ahmad Hamidov, Ulan Kasymov, Naiba Allahverdiyeva & Christian Schleyer. Governance of technological innovations in water and energy use in Uzbekistan. International Journal of Water Resources Development, 2024. 18 бет. https://doi.org/10.1080/07900627.2022.2062706
16. Mohammad Assem Mayar, Ahmad Hamidov, Akmal Akramkhanov and Katharina Helming. Consideration of the Environment in Water-Energy-Food Nexus Research in the Aral Sea Basin. Switzerland. Water, 2024. https://doi.org/10.3390/w16050658
17. Kakhramon Djumaboev, Iroda Amirova, Abdulla Primov, Javlonbek Ishchanov. Farmers on the front line: Perceptions, practices and discrepancies from the Aral Sea's Karakalpakstan and Khorezm regions. Irrigation and Drainage, 2024. 16 бет. https://doi.org/10.3390/w16050658
18. A.K.Juraev, M.Kh.Khamidov, U.A.Juraev, B.N.Atamuradov, O.U.Murodov, K.B.Rustamova and M.M.Najmiddinov. The effect of deep softeners on irrigation, salt washing and cotton yield on soils with heavy mechanical composition. BIO Web of Conferences 103, 00017 (2024), FIES 2023. 4 бет. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300017
19. M.Kh.Khamidov, U.A.Juraev, X.B.Buriev, A.K.Juraev, U.S.Saksonov, F.K.Sharifov and K.T.Isabaev. Efficiency of drip irrigation technology of cotton in the saline soils of Bukhara oasis. BIO Web of Conferences 103, 00019 (2024), FIES 2023. 4 бет. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300019
20. M.Khamidov, J.Ishchanov, Sh.Khamidova, K.Isabaev and A.Altmishev. Water scarcity under global climate change: Ways of addressing them in the lower reaches of the Amu Darya River in Uzbekistan. BIO Web of Conferences 103, 00021 (2024), FIES 2023. 6 бет. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300021
21. Sh.M. Khamidova, U.A. Juraev, A.K. Juraev, M.Kh. Khamidov. To evaluate the effect of Phyto meliorative measures on land reclamation status. BIO Web of Conferences 103, 00022 (2024), FIES 2023. 5 бет. https://doi.org/10.1051/bioconf/202410300022
22. Adilbek Akhmetov, Sherzodbek Akhmedov and Javlonbek Ishchanov. Investigating the Impact of Speed and Tire Pressure of a Wheel Tractor on Soil Properties: A Case Study in Northeastern Uzbekistan. AgriEngineering 2024, 6, 2067–2081. 16 бет. https://doi.org/10.3390/agriengineering6030121
Xalqaro hamkorlarimiz.
1.Leybnits o‘tish davri mamlakatlaridagi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (IAMO),
Germaniya
2.Berlin
universiteti Humboldt (HUB), Germaniya
3.Kassel
universiteti (Kassel University), Germaniya
4.Nazarboyev universiteti (NU), Qozog‘iston
5.Lill universiteti (LILLE), Fransiya
6. S.А.Niyazov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti, Turkmaniston
Mahalliy hamkorlarimiz
1. Alxorazmiy Nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2.Andijon
agrotexnologiyalar instituti.
3. “TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar
instituti
4."TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
5. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Kafedra xodimlari

Begmatov Ilxom Abduraimovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug'oriladigan yerlarni meliorativ rayonlashtirishning ilmiy asoslari”.
+99871-237-19-56

Xamidov Muxammadxon Xamidovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”, “Sug'orish melioratsiyasi”.
+99871-237-19-56

Isabayev Kosim Togabayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dehqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash”.
+99871-237-19-56

Isayev Sobir Xusanbayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Yaylovlar melioratsiyasi”, “Меlioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublari”, “Biomelioratsiya”
+99871-237-19-56

Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”, “Qishloq xo'jaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari”, “Sug'oriladigan yerlarda nam saqlovchi texnologiyalar”, “Sho'r yuvish texnologiyalari”.
+99871-237-19-56

Kasimbetova Saltanat
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Yerlar rekultivatsyasi va muxofazasi”, “Shaharlar melioratsiyasi”, “Tabiyi sharoyitlarni yaxshilash” “Biomelioratsiya”, “Tuproq, u`simlik, suv bog`likligi”.
+99871-237-19-56

Botirov Shavkat Choriyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash”, “Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish”.
+99871-237-19-56

Mamataliyev Adxam Boymirzayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli va sug‘orish tartiblari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Yerlar melioratsiyasi, rekultivatsiyasi va muhofazasi”, “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”, “Sho'r yuvish texnologiyalari”.
+99871-237-19-56

Azizov Shoxrux Nuʼmonjon oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Tindirgichlar konstruksiyalari va hisoblash usullarini takomillashtirish (tomchilatib sug‘orish tizimida)”
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Kimyoviy melioratsiya”, “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash”.
+99871-237-19-56

Urazbayev Ilxom Kenesbayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dehqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishda GAT joriyi qilish”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Qishloq xo'jaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari”, “Yerlar melioratsiyasi, rekultivatsiyasi va muhofazasi”, “Sho'r yuvish texnologiyalari”, “Kimyoviy melioratsiya”, “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash”.
+99871-237-19-56

Abduraimova Dilbar Aybekovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Landshaftli melioratsiya”, “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash”, “Qishloq xo'jaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari”, “Yerlar rekultivatsiyasi va muhofazasir”.
+99871-237-19-56

Mardiyev Shaxbov Xusanovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holat ko‘rsatgichlarini aniqlash uslublarini ishlab chiqish”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash”, “Yerlar melioratsiyasi, rekultivatsiyasi va muhofazasi”.
+99871-237-19-56

Yulchiyev Davronbek Gulamovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Xorazm viloyatining sug‘oriladigan maydonlari sho‘rlanish darajasini tezkor baholash uslubini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: «Irrigatsiya va melioratsiya», «Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish», «Yerlar rekultivatsiyasi va muhofazasi», «Qishloq xo'jaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari».
+99871-237-19-56

Ishchanov Javlonbek Kurbanbayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Irrigatsiya va melioratsiya, iqlim o‘zgarishi, modellashtirish, suv resurslari.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”, “Tuproq-suv-o‘simlik bog‘liqligi”, Irrigatsiya va melioratsiya jarayonlarini kompyuterda modellashtirish.
+99871-237-19-56

Hayitova Maxbuba Safarovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holat ko‘rsatgichlarini aniqlash uslublarini ishlab chiqish”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash”, “Yerlar melioratsiyasi, rekultivatsiyasi va muhofazasi”.
+99871-237-19-56

Tadjiyev Sunnat Saydaliyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Sug‘orma dexqonchilikda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari”.
Dars beradigan fanlar: “Irrigatsiya va melioratsiya”, “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari”, “Qishloq xo'jaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari”, “Shaharlar melioratsiyasi”, “Melioratsiya va yerlar rekultivatsiyasi”, “Tabiiy sharoitlarni yaxshilash”.
+99871-237-19-56

Malikov Elyor Nazarkulovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Takroriy ekinlarni sug‘orishda kollektor-drenaj suvlaridan foydalanish texnologiyasini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: «Irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini kompyuterda modellashtirish», «Qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari», «Kimyoviy melioratsiya», «Shaharlar melioratsiyasi», «Tabiiy sharoitlarni yaxshilash», «Tuproq, o‘simlik suv bog‘liqligi».
+99871-237-19-56

Bekmirzayev G'ulom Tashpulatoviсh
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Tuproq sho‘rlanishini boshqarish, tuproqdagi ozuqa moddalar, tuzga chidamli o‘simliklar (galofitlar), irrigatsiya va melioratsiya”
Dars beradigan fanlar: “Suv resurslarini o‘lchovi va vositalari”, «Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublari», “Meliorativ tuproqshunoslik va dexqonchilik”, “Dala tadqiqotlari uslublari va eksperimental ctatistika”, “Landshaftli irrigatsiya”.
+99871-237-19-56

Raxmatullayeva Gulnora Tuyg’un qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tumanlar mikyosida xujalik ichra suvdan foydalanish rejalarini ishlab chikish va tuzatish usullarini makbullashtirish.
+99871-237-19-56

Burhonova Munisaxon Ma’murjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sabzavot ekinlarini yomg‘irlatib sug‘orishning ilmiy asoslangan texnologiyasini ishlab chiqish (Toshkent viloyati misolida).
+998 90 970 94 43

Karimova Madina Normurod qizi.
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘zani tomchilatib sug‘orishning samaradorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish (Qashqadaryo viloyati misolida).
+99899 859 66 61

Sadullayev Hikmat Shuhrat o’g’li.
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: G’o’zani turli ekish sxemalarida yetishtirishda tomchilatib sug’orish usulining samaradorligini baholash (Xorazm viloyati misolida).
+998941182024

Yo’ldoshev Abbos Amir o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Chirchiq-Ohangaron vodiysi sug‘oriladigan yerlarida g‘o‘zani tomchilatib sug‘orish texnologiyasi va tartibi (Toshkent viloyati misolida).
+998 93 515 91 59

Bekmurodov Xumoyiddin Tojiyevich.
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Shorlanishga moyil tuproqlar sharoitida ingichka tolali gozaning yangi navlarini parvarishlash agrotexnologiyasini ilmiy asoslash” (Surxondaryo viloyati sharoitida).
+998 99 403 09 93
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Sho‘r yuvish texnologiyalari | Kursning maqsadi - talabalarga arid mintaqada sho‘rlangan tuproqlar
melioratsiyasi: tuproqda tuz to‘planish jarayonini, aeratsiya zonasining suv va
tuz balansini, tuzlarning o‘simlikka zaharli ta’sirini o‘rgatish orqali ularda iqlim
o‘zgarishi va oshib borayotgan suv tanqisligi sharoitida tuproq sho‘rini sifatli
va samarali yuvishni ta’minlaydigan sho‘r yuvish texnologiyalari bo‘yicha amaliy
ko‘nikma hosil qilishdan iborat. Kursning vazifalari - global iqlim o‘zgarishi va suv resurslari
tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida suvdan samarali foydalanishni ta’minlash,
tuproq sho‘rlanishi va uni oldini olish, tuproqda tuzlar restavratsiyasini kamaytiradigan
sug‘orish - va agro - texnologiyalar hamda suv tejamkor sho‘r yuvish texnologiyalarini
qo‘llash bo‘yicha talabalarda ko‘nikma va malakani shakllantirishdan iborat. Kursning qisqacha mazmuni: I-qism. Respublikaning tabiiy-iqlim sharoitlari: iqlimi, gidrogeologik,
geomorfologik, tuproq-meliorativ sharoitlari. O‘zbekiston hududidagi sho‘rlangan
tuproqlar maydoni. Tuzlar va ularning antogonizmi. Tuproqdagi tuzlarning tuproq
xossalari, o‘simliklar o‘sishi va hosildorligiga ta’siri. Yerlarning sho‘rlanishiga
qarshi kurash tadbirlari. II-qism. Yerlarning meliorativ holatlarini nazorat qilish. Meliorativ
kadastr. Tuproqda tuzlar restavratsiyasini kamaytiradigan sug‘orish - va agro -
texnologiyalar. Ekinlarning “sho‘r yuvuvchi” sug‘orish tartiblari. Galofit va fitomeliorant
o‘simliklar. Fitomeliorativ tadbirlar. Tabiiy va sun’iy zovurlar. Gidrotexnik va
biologik zovurlar. Sug‘oriladigan yerlarning suv va tuz balansi hamda ularning elementlari.
III-qism. Tuproq sho‘rini yuvish nazariyasi. Tuzlarning suvda
eruvchanligi. Sho‘r yuvish. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni sho‘r yuvishga
tayyorlash va sho‘r yuvish ishlarini tashkil etish tartibi va sxemasi. Sho‘r yuvish
ishlarini rejalashtirish. Sho‘ri yuviladigan maydonlarni lazerli tekislash. Sho‘r
yuvish muddatlari va me’yorlari. Tuproqning sho‘rini yuvish usullari. Suv tejamkor
sho‘r yuvish texnologiyalari. Biosolvent birikmasini qo‘llab sho‘r yuvish texnologiyasi.
Aeratsiya zonasi tuprog‘ining to‘la nam sig‘imiga asoslangan sho‘r yuvish texnologiyasi.
Sho‘r dog‘larni yuvish va o‘zlashtirish. Sho‘r yuvish texnologiyalarini ekologik
jihatdan asoslash. |
2 | Qishloq xo’jaligi gidrotexnika meliorasiyasi va gidromeliorativ tizimlardan foydalanish | Yerlardan to‘liq va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini, ish unumini va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni sug‘orish orqali muntazam oshirib borish, melioratsiyani yuqori unumli agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liq ravishda amalga oshirish, suv resurslari, ularni shakllanishi, ulardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish rejimi, zamonaviy sug‘orish usullari va sug‘orish texnikasi, sug‘orish tarmoqlari va ularga qo‘yiladigan talablar, suv manbalari, уerlarni meliorativ holati va uni yaxshilash tadbirlari, sho‘r erlarni sog‘lomlashtirish, yangi erlarni o‘zlashtirish, gidromeliorativ tizimlarni loyihalash, qurish, ishlatish va ta’mirlash, sug‘orish tarmoqlarini boshqarish, ularda suv o‘lchash va taqsimlash ishlarini amalga oshirishning texnik-iqtisodiy qulay variantlarini topish, sug‘orish ishlarini avtomatlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. |
3 | Landshaftli irrigatsiya(magistratura) | “Landshaftli
irrigatsiya” faniga kirish. Landshaftshunoslik haqida tushuncha va asosiy
qoidalari. Tabiiy landshaftning tarkibi va xususiyati. Landshaftlar geokimyosi.
Аntropogen
landshaftlar. Qishloq xoʼjalik ekinlarini sugʼorish texnikasi va texnologiyasi.
Landshaftlarni barpo boʼlishi va rivojlanishiga mos meliorativ tadbirlar.
Tabiatning bir-biri bilan uzviy bogʼliq komponentlari va ularni bir butun
sifatida rivojlanishi. Tabiat komponentlari faoliyatining tabiiy jarayonlarini
takrorlaydigan atrof-muhitni boshqarish texnologiyalari. Yomgʼirlatib sugʼorish
texnologiyasi. Tomchilatib sugʼorish usuli. Tuproq ichidan sugʼorish. Eroziyaga
qarshi sugʼorish texnologiyalari. Sugʼorish uchun suv manbalari. Maxaliy okim.
Yer osti va kollektor-zovur suvlaridan foydalanish |
4 | Dala tadqiqotlarini o'tkazish usullari(magistratura) | “Dala tadqiqotlarini o'tkazish usullari” fanining maqsadi va vazifalari. Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik boʼyicha dala tajribalarini oʼtkazish dalalarini tanlash uslubiyoti. Dala tajribalarini oʼtkazish uslublari. Tadqiqotlar variantlari, vaqtda va fazodagi qaytariqlar, variantlar maydonlari va ularni tajriba dalasida joylashishi. Lizimetrik tadqiqotlar va ularni oʼtkazish uslubi. Laboratoriyadagi tuproqning agrokimyo va agrofizik xossalarini aniqlash usullari. Tuproqning suv-fizik xossalarini aniqlash. Ekinlarning sugʼorish rejimini aniqlashda dala tajribalari. Ekinlarning sugʼorish rejimini aniqlashda FАO uslubiyati. Evapotranspiratsiya va oʼsimliklar koeffitsienti. Dala tajribalarida suv oʼlchash. Tadqiqotlarda olingan maʼlumotlarga B.А.Dospexovning matematik-statistik tahlil uslubida ishlov berish. Tomchilatib sugʼorish, takomillashgan yer ustidan sugʼorish texnologiyalarining samaradorligini aniqlash boʼyicha tadqiqotlar oʼtkazish metodikasi. Tuproq shoʼrini yuvish boʼyicha tadqiqotlar uslubiyoti. Himoyalangan gruntlardagi ilmiy-tadqiqot ishlari |
5 | Yaylovlar melioratsiyasi(magistratura) | Yaylovlar
melioratsiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Qishloq xoʼjaligida yaylov
yerlaridan foydalanish bilan bogʼliq munosabatlar. Yaylov ekotizimlarini
saqlash. Yaylovlar melioratsiyasi: lokal suv taʼminoti tizimlarini barpo
qilish. Suv taʼminoti manbalari. Yer osti suvlari. Maxalliy oqim suvlari.
Limanlar. Burgʼu quduqlari va ularning konstruktsiyasi. Yaylovlarda sugʼorish
tarmoqlarinig xususiyatlari. Yaylov oʼsimliklari. Yaylov oʼsimlarini tiklash va
saqlash. Fitomelioratsiya va yaylov alamashinishini tashkil etish asosida
yaylovlar unumdorligini oshirish. Yaylovlardan foydalanishni boshqarish.
Yaylovlardan foydalanish va uning unumdorligini qayta tiklash. Yaylovlar samaradorligini oshirish va yaylovlar
degradatsiyasini bartaraf qilish. |
6 | Tuproq-oʼsimlik-suv bogʼliqligi(magistratura) | “Tuproq – oʼsimlik -
suv bogʼlikligi” faniga kirish, fanning maqsadi, vazifalari va sugʼorma
dexqonchilikdagi axamiyati. Tuproq xosil boʼlish jarayonlari. Tuproq turlari,
mexanik tarkibi, suv-fizik va agrokimyoviy xossalari. Tuproq rejimlari va
unumdorligi. Tuproqdagi suvning turlari va ularning oʼsimlik hayotidagi roli.
Oʼsimliklarning suv isteʼmoli. Qishloq xoʼjaligi ekinlarini sugʼorish rejimi.
Oʼsimliklarni oʼsishi, rivojlanishi va hosildorligiga uning sugʼorish
rejiminini taʼsiri. Tuproq tuz rejimini oʼsimliklar rivojlanishiga taʼsiri.
Tuproqda suv va tuz xarakati modellari. |
7 | Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublari(magistratura) | “Melioratsiyada ilmiy
izlanishlar uslublari” fanining maqsadi va vazifalari. Melioratsiya va sugʼorma
dehqonchilik boʼyicha dala tajribalarini oʼtkazish dalalarini tanlash
uslubiyoti. Dala tajribalarini oʼtkazish uslublari. Tadqiqotlar variantlari,
vaqtda va fazodagi qaytariqlar, variantlar maydonlari va ularni tajriba
dalasida joylashishi. Lizimetrik tadqiqotlar va ularni oʼtkazish uslubi.
Laboratoriyadagi tuproqning agrokimyo va agrofizik xossalarini aniqlash
usullari. Tuproqning suv-fizik xossalarini aniqlash. Ekinlarning sugʼorish
rejimini aniqlashda dala tajribalari. Ekinlarning sugʼorish rejimini aniqlashda
FАO uslubiyati. Evapotranspiratsiya va oʼsimliklar
koeffitsienti. Dala tajribalarida suv oʼlchash. Tadqiqotlarda olingan
maʼlumotlarga B.А.Dospexovning matematik-statistik tahlil
uslubida ishlov berish. Tomchilatib sugʼorish, takomillashgan yer ustidan
sugʼorish texnologiyalarining samaradorligini aniqlash boʼyicha tadqiqotlar
oʼtkazish metodikasi. Tuproq shoʼrini yuvish boʼyicha tadqiqotlar uslubiyoti.
Himoyalangan gruntlardagi ilmiy-tadqiqot ishlari. |
8 | Biomelioratsiya(magistratura) | “Biomelioratsiya”
faniga kirish. Fanning maqsadi, vazifalari va sugʼorma dexkonchilikdagi
axamiyati. Oʼzbekistonning asosiy tuproqlari va ularning xususiyatlari.
Biologik zovur. Biomeliorant oʼsimliklar va ularning tasnifi. Galofit
oʼsimliklar, ularning turlari va xususiyatlari. Fitovit oʼsimliklar va ular
yordamida tuproqning unumdorligini tiklash. Fitomelioratsiya. Biologik
birikmalardan sugʼorish va shoʼr yuvishda foydalanish. Zovur suvlarini
tozalashda biologik texnologiyalar. Suv obʼektlarining biologik melioratsiyasi.
Qumlarni mustaxkamlovchi oʼsimliklar. Lalmi yerlarni biomelioratsiyalash
usullari. Oʼrmon melioratsiyasi. |
9 | Suv resurslarini oʼlchovi va vositalari(magistratura) | “Suv resurslarini
oʼlchovi va vositalari” faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Suv
resurslari. Ularni boshqarish va ulardan foydalanish. Suv oʼlchash postlari,
ularning joylashish oʼrinlari va turlari. Suv satxini oʼlchash tizimlari va
vositalari. Suv chuqurligi va oqimi tezligini oʼlchash vositalari. Daryolar suv
sarfini oʼlchash. Suv oʼlchash vositalari. Daryo suvidagi oqiziqlarni aniqlash.
Naʼmunalar olish vositalari. Sizot suvlari. Ularning sathi va mineralizatsiyasi
aniqlash vositalari. Tuproq suvlari va ularni aniqlash uslublari. Sugʼorish
tarmoqlarining suv sarflarini oʼlchash. Oʼlchov
vositalari. Suv resurslarini oʼlchashda innovatsion texnologiyalar. |
10 | Sug‘orish melioratsiyasi (magistratura) | Sug‘orma dexqonchilik
tarixi. Dunyoda va O‘zbekistonda sug‘orma dexqonchilik. Sug‘orish va uning
turlari. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv iste’moli. Qishloq xo‘jalik
ekinlarining sug‘orish tartibi va unga ta’sir etuvchi omillar. Sug‘oriladigan
yerlarni gidromodul rayonlashtirish. Ekinlarni sug‘orish usullari, texnikasi va
texnologiyalari. Suv tejamkor yer ustidan sug‘orish texnologiyalari.
Yomg‘irlatib, dispers, subirrigatsiya va tuproq ichidan sug‘orish usullari.
Tomchilatib sug‘orish usuli va texnologiyalari. Sug‘orish tarmoqlarining tasnifi,
hisobiy suv sarflari. Sug‘orish tarmoqlari va tizimining foydali ish
koeffitsiyentlari. Sug‘orish tarmoqlarida suv isrofgarchiligi va unga qarshi
kurash. Suv manbalari va ularga qo‘yiladigan talablar. Suv manbasining rejimini
boshqarish. Mahalliy oqim, chiqindi va zovur suvlaridan foydalanish. Suvni mexanik ko‘tarib sug‘orish sxemalari va
moslamalari. |
11 | Melioratsiya va yerlarni rekultivatsiyalash(magistratura) | “Melioratsiya va
yerlarni rekultivatsiyalash” faniga kirish. Gidravlika va
gidrogeologiya xaqida umumiy maʼlumotlar. Sugʼorish toʼgʼrisida umumiy
maʼlumotlar. Sugʼorish tizimi. Qishloq xoʼjalik ekinlarining sugʼorish rejimi.
Sugʼorish usullari va texnikasi. Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalari.
Sugʼorish tarmoqlarining ish rejimi, hisobiy qismlari va hisobiy suv sarflari.
Sugʼorish tarmoqlarida suv isrofgarchiligi va unga qarshi kurash. Sugʼorish
tarmoqlarining koʼndalang kesim koʼrinishlari, ularga qoʼyiladigan talablar va
ularning gidravlik hisobi. Sugʼorish tarmoqlaridagi inshootlar va ularning
vazifalari. Sugʼorish uchun suv manbalari. Suv manbasining turlari. Suvni
mexanik koʼtarib sugʼorish. Yerlar rekulьtivatsiyasi. Tuproqning botqoqlanish va
shoʼrlanish sabablari. Tuproqning shoʼrlanishiga qarshi qoʼllaniladigan
tadbirlar va shoʼr yuvish. Zovurlashtiriladigan maydonning suv muvozanati. Suv
muvozanat tenglamalari, zovur moduli. Zovur turlari. Yotiq, qurama va tik
zovurlar. Ularni qoʼllanish shartlari. Zax qochirish tizimlari. Suv qabul
qilgichlar. Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash. Qishloq xoʼjaligi suv taʼminoti |
12 | Suv xoʼjaligi va melioratsiyaga kirish | «Suv xoʼjaligi
melioratsiya» yoʼnalishi boʼlajak bakalavrlarning malakaviy faoliyatlari,
obʼektlari, faoliyatlari turlari. Sugʼorma dexqonchilikning rivojlanish
bosqichlari. Oʼrta Osiyoda irrigatsiyaning paydo boʼlishi va rivojlanish
tarixi. Oʼzbekistonning iqlimi, geografik, tuproq, geologik va injener –
gidrogeologik sharoitlari. Orol dengizi basseyni va uning suv resurslari.
Oʼzbekistonning yer fondi, tuprogʼi va yerlarning meliorativ holati. Markaziy
Osiyoda va Oʼzbekistonda suv resurslarini boshqarish. Respublika suv xoʼjaligi
va uni boshqarish tizimi. Oʼzbekistonning suv xoʼjaligi obʼektlari, ularning
maqsadi va vazifalari. Sugʼoriladigan yerlarning meliorativ xolati va uni
yaxshilash tizimi. Irrigatsiya va melioratsiya tizimlari va ulardagi
gidrotexnik inshootlarni loyixalash, qurish va ekspluatatsiya qilish
strukturasi. Global iqlim oʼzgarishi va suv tanqisligi sharoitida suv
resurslardan samarali foydalanish muammolari. Suv xoʼjaligi va melioratsiyaga
oid qonunlar va meʼyoriy xujjatlar. Oʼzbekiston Suv xoʼjaligi vazirligi
tuzilmasi va ularning vazifalari. «Suv xoʼjaligi melioratsiya» yoʼnalishi oʼquv
rejalari, fanlar katalogi. Majburiy va tanlov fanlari. «Suv xoʼjaligi
melioratsiya» yoʼnalishi bitiruvchilarining ish oʼrinlari va ularga bogʼliq
tanlov fanlari. |
13 | Yerlar rekulьtivatsiyasi va muxofazasi | Yerlar rekulьtivatsiyasi va muxofazasi faning maqsadi, vazifasi, zaruriyati va moxiyati. Yerlarni tekislash. Eroziya va unga qarshi qarshi tadbirlari. Yerlar degradatsiyasi. Yerlar rekulьtivatsiyasi xaqida umumiy tushunchalar. Rekulьtivatsiya obʼektlari, tabiiy xolati buzilgan yerlarning tasnifi. Rekulьtivatsiya bosqichlari. Аgrotizimlarni tiklash. Rekulьtivatsiyada qoʼllanish boʼyicha tuproqlar tasnifi. Rekulьtivatsiya yoʼnalishlariga bogʼliq ravishda bajariladigan ishlar tarkibi va rekulьtivatsiyaning texnik bosqichiga talablar. Rekulьtivatsiyaning biologik bosqichi tadbirlari. Qishloq xoʼjaligi maqsadida rekulьtivatsiyaning biologik bosqichi tadbirlari. Oʼrmon-xoʼjalik va suv-xoʼjalik yoʼnalishida rekulьtivatsiya tadbirlari. Chiziqli inshootlarni qurishda buzilgan yerlarni rekulьtivatsiyalash. Kimyoviy va ogʼir metallar bilan ifloslangan yerlarni rekulьtivatsiyalash. Neftь va neftь mahsulotlari bilan ifloslangan yerlarni rekulьtivatsiya qilish. Pestitsidlar bilan ifloslangan yerlarni rekulьtivatsiya kilish. Shoʼrxok va shoʼrxoksimon, taqir va taqirli tuproqlarni rekulьtivatsiyalash. Аgrogeotizimlarni tiklash. Yerlar rekulьtivatsiyasining iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaradorligi. Yerlar muxofazasi soxasidagi davlat siyosati. Yerlar monitoringi va muxofazasi. Yerlar muhofazasi boʼyicha tadbirlar tizimi. Yerlar va tuproqlar muxofazasi boʼyicha asosiy faoliyat yoʼnalishlari. Yerlardan foydalanish va muxofazasini meʼyoriy va xuquqiy boshqaruvi. Yerlarni hisobga olish va davlat kadastrini yuritish. |
14 | Kimyoviy melioratsiya | Kimyoviy melioratsiya
fani va predmeti. Melioratsiyaning turlari. Tuproklarining shoʼrlanish
sabablari va mexanizmi. Tuprokdagi tuzlarning gipotetik tarkibi. Zaxarli va
zaxarsiz tuzlar. Tuzlarning oʼsimliklarga taʼsiri. Shoʼrtob va shoʼrxok
tuproklar. Takir tuproklar. Sizot suvlari va ularning mineralizatsiyasi.
Kimyoviy meliorantlar. Shoʼrlangan tuproqlarni oxaklash. Shoʼrtob va
shoʼrtobsimon tuproklarni gipslash. Ishqoriy va neytral reaktsiyali tuproqlarni
kislotalanishi. Organik va mineral oʼgʼitlar. |
15 | O'zbekiston irrigatsiya tarixi | «Suv xoʼjaligi
melioratsiya» yoʼnalishi boʼlajak bakalavrlarning malakaviy faoliyatlari,
obʼektlari, faoliyatlari turlari. Sugʼorma dexqonchilikning rivojlanish
bosqichlari. Oʼrta Osiyoda irrigatsiyaning paydo boʼlishi va rivojlanish
tarixi. Oʼzbekistonning iqlimi, geografik, tuproq, geologik va injener –
gidrogeologik sharoitlari. Orol dengizi basseyni va uning suv resurslari.
Oʼzbekistonning yer fondi, tuprogʼi va yerlarning meliorativ holati. Markaziy
Osiyoda va Oʼzbekistonda suv resurslarini boshqarish. Respublika suv xoʼjaligi
va uni boshqarish tizimi. Oʼzbekistonning suv xoʼjaligi obʼektlari, ularning
maqsadi va vazifalari. Sugʼoriladigan yerlarning meliorativ xolati va uni
yaxshilash tizimi. Irrigatsiya va melioratsiya tizimlari va ulardagi
gidrotexnik inshootlarni loyixalash, qurish va ekspluatatsiya qilish
strukturasi. Global iqlim oʼzgarishi va suv tanqisligi sharoitida suv
resurslardan samarali foydalanish muammolari. Suv xoʼjaligi va melioratsiyaga
oid qonunlar va meʼyoriy xujjatlar. Oʼzbekiston Suv xoʼjaligi vazirligi
tuzilmasi va ularning vazifalari. «Suv xoʼjaligi melioratsiya» yoʼnalishi oʼquv
rejalari, fanlar katalogi. Majburiy va tanlov fanlari. «Suv xoʼjaligi
melioratsiya» yoʼnalishi bitiruvchilarining ish oʼrinlari va ularga bogʼliq
tanlov fanlari. |
16 | Qishloq xoʼjaligida suvdan samarali foydalanish texnologiyalari | Fanining vazifalari, maqsadi va yoʼnalishlari.
Sugʼorma dexqonchilik va sugʼorish toʼgʼrisida maʼlumotlar. Qishloq xoʼjalik
ekinlarining sugʼorish rejimi. Sugʼorish rejimini aniqlash metodlari. FАO uslubiyoti va CropWat 8.0 dasturi. Sugʼorishlarning: tuproqning
suv-fizik xossalariga; sizot suvlari satxi va mineralizatsiyasiga; tuproqning
tuz rejimiga taʼsiri. Sugʼoriladigan yerlarini gidromodulь rayonlashtirishda GАT texnologiyalari. Suv resurslarini hisob-kitobi. Suv oʼlchash jixozlari
va inshootlari. Raqamli suv oʼlchash jixozlari. Suv tejamkor yer ustidan
sugʼorish texnologiyalari: diskret (pulьsar), egat oralatib, egatni qarama-qarshi tomonidan, egatni oʼzgaruvchan
suv sarfi bilan, egatga qora plenka toʼshab, zig-zagli egatlar bilan, konturli,
namlatgich-blokli, gidrogelь va polimer ekranli egatlar bilan va boshqa sugʼorishlar. Zamonaviy suv
tejamkor sugʼorish texnologiyalari. Tomchilatib sugʼorish usuli. Xorijiy
tomchilatib sugʼorish texnologiyalari: Isroil, Xitoy, Turkiya va boshqa
texnologiyalar. Maxalliy tomchilatib sugʼorish texnologiyalari. Past bosimli
TIQXMMI tomchilatib sugʼorish texnologiyasi. Bogʼ va uzumzorlarni xamda
gʼoʼzani tomchilatib sugʼorishning xisobi. Qishloq xoʼjaligida kollektor-zovur
suvlaridan foydalanish. Kollektor-zovur suvlaridan foydalanish texnologiyalari.
Suv tejamkor shoʼr yuvish texnologiyalari. Shoʼr yuvishda kollektor-zovur
suvlaridan foydalanish |
17 | Tabiiy sharoitlarni yaxshilash | Fanining vazifalari,
maqsadi va yoʼnalishlari. Geotizim va tabiat. Geotizimga texnogen taʼsirlar.
Tabiiy texnogen komplekslar. Madaniy landshaftlarni yaratish. Tabiatda moddalar
aylanishi. Tabiatda suvning aylanishi. Geotizimdagi energetik oqimlar.
Moddalarning geoximik va biotik aylanishi. Tabiiy sharoitlarni yaxshilash
obʼektlari.Erlar monitoringi va kadastri. Yerlar melioratsiyasi. Yerlar rekulьtivatsiyasi.
Ekologik muxofaza qilingan xududlar. Suvdan foydalanish kontseptsiyasi. Qishloq xoʼjaligida suvdan foydalanish tizimlarining
ekologik xavfsiz ishlashi. |
18 | Melioratsiya va yerlarni rekulьtivatsiyalash | “Melioratsiya va
yerlarni rekulьtivatsiyalash” faniga kirish. Gidravlika va
gidrogeologiya xaqida umumiy maʼlumotlar. Sugʼorish toʼgʼrisida umumiy
maʼlumotlar. Sugʼorish tizimi. Qishloq xoʼjalik ekinlarining sugʼorish rejimi.
Sugʼorish usullari va texnikasi. Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalari. Sugʼorish
tarmoqlarining ish rejimi, hisobiy qismlari va hisobiy suv sarflari. Sugʼorish
tarmoqlarida suv isrofgarchiligi va unga qarshi kurash. Sugʼorish
tarmoqlarining koʼndalang kesim koʼrinishlari, ularga qoʼyiladigan talablar va
ularning gidravlik hisobi. Sugʼorish tarmoqlaridagi inshootlar va ularning
vazifalari. Sugʼorish uchun suv manbalari. Suv manbasining turlari. Suvni
mexanik koʼtarib sugʼorish. Yerlar rekulьtivatsiyasi. Tuproqning botqoqlanish va
shoʼrlanish sabablari. Tuproqning shoʼrlanishiga qarshi qoʼllaniladigan
tadbirlar va shoʼr yuvish. Zovurlashtiriladigan maydonning suv muvozanati. Suv
muvozanat tenglamalari, zovur moduli. Zovur turlari. Yotiq, qurama va tik
zovurlar. Ularni qoʼllanish shartlari. Zax qochirish tizimlari. Suv qabul qilgichlar.
Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash. Qishloq
xoʼjaligi suv taʼminoti |
19 | Irrigatsiya va melioratsiya | Fanining vazifalari, maqsadi va yoʼnalishlari. Sugʼorish toʼgʼrisida
asosiy maʼlumotlar. Sugʼorish tizimlari, ularning elementlari va vazifalari.
Qishloq xoʼjalik ekinlarining sugʼorish rejimi. Sugʼorish maydonlarini
gidromodulь rayonlashtirish.
Sugʼorish usullari va sugʼorish texnikasi. Sugʼorish tizimlarini tasnifi,
asosiy elementlari, konstruktsiyasi va ularni loyihalash. Kanallarning hisobiy
suv sarflari. Kanallarning va tizimning FIK qiymati. Kanallardagi suv
isrofgarchiligi. Kanallarning gidravlik hisoblari. Sugʼorish tizimlarining
armaturasi, yoʼl tarmoqlari va himoya daraxtlari. Suv manbalari, ularning
xususiyatlari. Suvni mexanik koʼtarib sugʼorish. Zax qochirish melioratsiyasi.
Sugʼoriladigan yerlarning shoʼrlanish sababari. Yerlarning shoʼrlanishiga
qarshi meliorativ tadbirlar. Ortiqcha namiqqan yerlarning umumiy va xususiy suv
muvozanat tenglamalari. Tabiiy va sunʼiy zovurlar. Gidrotexnik zovurlar.
Biologik zovurlar. Zax qochirish tarmoqlarini loyihalash. Eroziya va unga
qarshi kurash. Oʼrmon va yaylovlar melioratsiyasi. Yerlar degradatsiyasi. Yerlar rekalьtivatsiyasi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://hm.tiiame.uz/oz/page/im-Tarixi
Kafedra mudiri: Begmatov Ilxom Abduraimovich
Qabul kunlari: None