"Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi
Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi 1918-yilda Turkiston davlat universitetining Melioratsiya injinerlari fakulteti tarkibida Gidravlika nomi bilan tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida kafedrada professor V.D. Jurin, professor A.V. Troiskiy, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator dotsent L.A. Mashkovich, “Gidravlika” fanidan davlat tilidagi birinchi darslik muallifi t.f.d., professor Q.Sh. Latipov, dotsent R.M. Karimov, dotsent P.N. Gurina, dotsent N.P. Togunova, dotsent Y.Eshmuradov, dotsent G.I. Shishorina, dotsent X. Isoqov, dotsent T.G. Djunusov, professor D.R. Bozorov, dotsentlar I.A. Imerova, X. Ishanov, T.N. Tursunov va boshqa ko‘plab sohaning yetuk mutaxassislari faoliyat yuritgan.
2017-yil 24-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3003-son qaroriga asosan, kafedra negizida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi tashkil etilgan. Hozirda kafedraga t.f.d., professor A.M. Arifjanov rahbarlik qilmoqda. Kafedrada t.f.n., professor I. Axmedxodjayeva, t.f.d., dotsent L. Samiyev, t.f.f.d., dotsent T. Apakxujayeva, t.f.f.d., dotsent M. Otaxonov, t.f.f.d., dotsent F. Babajanov, t.f.f.d., dotsent S. Xoshimov, t.f.f.d., dotsent D. Atakulov, t.f.f.d., katta o‘qituvchi D. Allayorov, t.f.f.d., katta o‘qituvchi M. G‘afforova, assistentlar Z. Ibragimova, D. Baxromova, I. Jo‘raboyev va hodimlar D. Ubaydullayeva hamda Z. Sotiboldiyevalar faoliyat yuritmoqda.
Kafedra ilmiy faoliyati:
Kafedra respublikamizda suv va qishloq xo‘jaligidagi dolzarb muammolarni hal
etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib boradi. Jumladan:
·
Kanallarni
shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish va gidravlik hisoblarini
takomillashtirish;
·
Ikki fazali
oqimlar harakatini o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish;
·
Sug‘orish
tarmoqlardagi jarayonlarni GAT texnologiyalari yordamida baholash;
·
Gidrotexnik
inshootlarda cho‘kindilar harakatining nazariy asoslari va hisoblash
metodlarini rivojlantirish;
·
Tomchilatib
sug‘orish texnologiyalarini loyihalash va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish;
·
Sprinkler
texnologiyalari gidravlik hisoblarini takomillashtirish;
·
Irrigatsion
kanallarni tomchilatib sug‘orish tizimiga moslashtirish;
·
Daryo
cho‘kindilarining irrigatsion ahamiyatini baholash va meliorativ holatni
yaxshilashga tavsiyalar ishlab chiqish;
·
Iqlim o‘zgarishi
sharoitida gidravlik va gidrologik jarayonlarni baholash.
Kafedra zamonaviy o‘lchov
qurilmalari yordamida dala va laboratoriya tadqiqotlarini olib boradi. Ilmiy
natijalar ilg‘or statistik uslublar va gidravlik modellar yordamida tahlil qilinadi.
Ta’lim va ilmiy faoliyat:
Kafedrada “Gidravlika” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura hamda
05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha
doktorantura faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi yillarda kafedrada 4 ta fan
doktorlik (DSc) va 25 dan ortiq falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyalari
himoya qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamlakatlarda
bilim va tajribalarini oshirgan hamda ushbu davlatlar yetuk olimlari bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Hamkorlik: Kafedra Xitoyning
TYANYE kompaniyasi va Smart&Solution (O‘zbekiston) korxonalari bilan
hamkorlikda maxsus jihozlangan xonalarni tashkil etgan. Yurtimizning suv
xo‘jaligi tashkilotlari bilan hamkorlik orqali magistrant va doktorantlarga
stajirovka o‘tash imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, kafedra muntazam ravishda
ilmiy seminarlar, xalqaro konferensiyalar va davra suhbatlarini tashkil etadi.
Aloqa uchun: E-mail: obi-life@mail.ru, gidravlika.tiiame@mail.ru Websayt: https://gidravlika-obi-life.zn.uz Tel:
+99871-237-19-71
Ixtisosligi
05.09.07-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi
Laboratoriyalarimiz
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi qoshidagi o’quv va ilmiy laboratoriya.
Laboratoriyada gidravlika qonuniyatlari tadqiqotlari uchun
keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, u yosh
ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini olib borishlari hamda talabalarda
gidravlika fanining amaliy jihatlari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishga mo’ljallangan.
Mavjud qurilmalarda 60 dan ortiq laboratoriya mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘rganish
uchun keng imkoniyatlar mavjud. Jumladan suyuqlik bosimi, bosimlarning
o‘zgarishlarini kuzatish, quvurlarda laminar hamda turbulent harakat
rejimlarini kuzatish, harakat rejimining ahamiyatini tushinish, mahalliy
qarshiliklarda hamda quvurning uzunligi bo‘yicha yo‘qotilgan napor tadqiqotiga
doir keng tadqiqotlar imkoniyati mavjud. Bundan tashqari ochiq o’zanlarda bo‘ladigan
gidravlik jarayonlar, gidrotexnik inshootlarda sodir bo‘ladigan gidravlik
jarayonlarni tahlil etish hamda oqimdagi loyqa oqiziqlari harakatiga doir
tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlar mavjud. Shu bilan birgalikda, tomchilatib
sug‘orish texnologiyasi to‘g‘risida talabarning bilimi va amaliy ko’nikmalarni
shakllantirish, jumladan tomchilatib sug‘orish tizimlari quvurlarini bosimga
bardoshlilik chegarasini aniqlash hamda tomchilatib sug‘orish tizim
tomizgichlarining sarf harakteristikalarini aniqlash imkoniyati bor.
Oxirgi yillarda аmalga oshirilayotgan loyihalar va xoʻjalik
shartnomalari:
Mavzu: Irrigatsiya tizimlari, gidrotexnik inshootlar
va suv omborlarida gidravlik va gidrologik jarayonlarni informatsion texnologiyalar
asosida baholashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish (2021-2025)
Bugungi kunda
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligida
foydalaniladigan suv resurslarining hisobini raqamlashtirish va boshqarishda
avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish keng joriy etilmoqda. Mamlakatimizda
ham «Raqamli suv xo‘jaligi»ni rivojlantirish uchun bir qator huquqiy hujjatlar,
jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi suv
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida» hamda «Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini
joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash
to‘g‘risida» Farmonlarida bir qator vazifalar belgilab qo’yilgan. Ushbu
hujjatlarda suv resurlarini hisoblashda geoaxborot texnologiyalaridan
foydalanish, ularning taqsimotida aniq gidravlik hisoblarga asoslangan
raqamlashtirilgan tizimlardan foydalanish asosiy vazifa sifatida belgilangan.
Ushbu loyiha Gidravlika va gidroinformatika ilmiy jamoasining umumiy ilmiy yo’nalishi bo’lib, o’tgan davr mobaynida irrigatsiya tizimlari, gidrotexnik inshootlar va suv omborlarida gidravlik va gidrologik jarayonlarni o’rganishda yuqori aniqlikdagi o’lchov vositalari hamda GIS texnologiyalaridan samarali foydalangan holda keng ko’lamli tadqiqotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Batafsil ma’lumot uchun: https://gidravlika-obi-life.zn.uz
O‘zanlarda erozion va akkumulyatsion
jarayonlarni baholash texnologiyasini geoaxborot tizimlaridan (GAT) foydalanib ishlab
chiqish (2018-2020)
Sun’iy yo‘ldosh
ma’lumotlaridan hamda GAT dan suv xo‘jaligida foydalanish masalasi dunyo miqyosida keng
qo‘llanib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi
suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida, jumladan suv resurslarini
prognozlashtirish, ularning hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish
tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlash; suv xo‘jaligi ob’ektlarini
modernizatsiya qilish va rivojlantirish, yirik suv xo‘jaligi ob’ektlarini boshqarishni
raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, elektr energiyasi va boshqa resurslarni
tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish vazifalari belgilab berilgan.
Daryo o‘zanida yuzaga keladigan jarayonlar daryo oqiziqlari miqdori, tarkibiy qismi va harakat rejimlariga bog‘liqdir. O‘zanda suv va oqiziqlarning harakatiga bog‘liq holda erozion va akkumulyatsion jarayonlar sodir bo‘ladi. Bu jarayonlar esa daryo o‘zanining uzoq muddatli va qisqa muddatli shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda, jumladan daryoning tog‘ oldi qismida o‘zan morfometrik bog‘lanishlari o‘zgarishini oqim va o‘zan parametrlarining o‘zaro ta’sirini inobatga olib GAT texnologiyalar asosida takomillashtirish, daryoning tog‘ oldi qismi o‘zanidagi jarayonlarni baholashda suniy yo‘ldosh ma’lumotlari, ArcMap dasturi va masofdan ob’ektlarni o‘rganish (MOO‘) texnologiyalaridan foydalanish uslublarini ishlab chiqish sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda muhim ahamiyatga ega.
Batafsil ma’lumot uchun: https://gidravlika-obi-life.zn.uz
Tomchilatib sug’orish tizimini
loyihalash bo‘yicha dasturiy mahsulot yaratish (2023-2025)
Butunjaxon bo‘ylab global iqlim
o‘zgarishi, atmosfera xavosining ifloslanishi ekologik holatlar bilan bir
qatorda suv tanqisligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda suv
taqchilligini kamaytirish, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi xavfsizligini
ta’minlash, sug’oriladigan ekin maydonlarida suvni tejash, yuqori hosildorlikka
erishish maqsadida, tomchilatib sug’orish texnologiyasini qo‘llash bo‘yicha bir
qator davlat dasturlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi “Suv xo‘jaligini rivojlantirishning
2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmonida
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug’orish
texnologiyalarni joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan
rag’batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investistiyalar va grantlarni jalb
qilish, suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini loyihalash, joriy etish va
qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni, shuningdek, ulardan foydalanish
samaradorligini baholash me’zonlarini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Ekin maydonlaridagi tuproq turi,
tuproqning suv fizik xossalari, qishloq xo‘jaligi ekinlarining suvga bo‘lgan
talabini inobatga olib tomchilatib sug’orish tizimlarini loyihalash bo‘yicha
dasturiy mahsulot yaratish yuqorida keltirilgan davlat dasturlarida belgilangan
vazifalar ijrosini ma’lum ma’noda ta’minlaydi. Tadqiqot ishi doirasida bog’ va
tokzorlarning, g’o‘za o‘simligining va poliz ekinlarining suvga bo‘lgan
talabini inobatga oilib, ko‘chatlarning namlanish maydonlarini hisoblash va
tomchilatib sug’orish tizimini loyihalash bo’yicha ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqish, tabiiy dala sharoitida olib borilgan tadqiqotlar asosida tomchilatib
sug’orish tiziminida sug’orish quvurlarining solishtirma qarshiligiga doir tadqiqotlar
olib borilmoqda.
Batafsil ma’lumot uchun: https://gidravlika-obi-life.zn.uz
Qo‘qon gidrouzeli o‘ng
qirg‘oq tindirgichidagi cho‘kindilarni tozalash texnologiyalarini ishlab chiqish
(2019-2020)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2018-2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida bugungi kunda irrigatsiya
tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish,
iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o‘z vaktida ta’minlashni tashkil etish, irrigatsiya
tizimlari va meliorativ inshootlarning foydali ish koeffitsientini oshirish, ularni
ta’mirlash va ekspluatatsion xarajatlarini kamaytirish masalalari dolzarbligi
ta’kidlab o’tilgan.
Respublikamiz suv xo‘jaligi tizimida
foydalanayotgan daryo cho‘kindilarini boshqaruvchi inshootlarida cho‘kindilar harakatining
gidravlik qonuniyatlarini o‘rganish asosida, inshootlarning konstruktiv
parametrlarini aniqlash va ularning optimal rejimda ishlashini ta’minlash masalasi
dolzarb hisoblanadi. Shu bilan birga daryo cho‘kindilarini boshqarishga mo‘ljallangan
inshootlarning ish rejimini tahlil etish va ularning samarali konstruktiv parametrlarini
ishlab chiqish sug‘orish tarmoqlarini modernizatsiya qilishga imkoniyat yaratadi.
Batafsil ma’lumot uchun: https://gidravlika-obi-life.zn.uz
Oxirgi 3 yildagi xalqaro maqolalar
1. Arifjanov A., Samiev L.N., Kaletová T. Improvement of design parameters of the sediment reservoirs (2021) Acta Hydrologica Slovaca, 22 (2), pp. 313 – 319
DOI: 10.31577/ahs-2021-0022.02.0035
2. Arifjanov A., Fatxulloyev A., Khujaev I., Gafarova A., Allayorov D. Model for calculating the hydraulic parameters of channels with a dynamically stable section, (2023) E3S Web of Conferences, 365, art. no. 03018, DOI: 10.1051/e3sconf/202336503018
3. Arifjanov A.M., Akmalov S.B., Samiev L.N. Extraction of urban construction development with using Landsat satellite images and geoinformation systems, (2021) Journal of Water and Land Development, 48 (1-3), pp. 65 – 69,DOI: 10.24425/jwld.2021.136147
4 Arifjanov A., Samiev L., Jalilov S. Overview of Sustainable Drip Irrigation Systems in Central Asia (2024) E3S Web of Conferences, 574, art. no. 05004,
DOI: 10.1051/e3sconf/202457405004
5. Fatxulloyev A., Rakhimov Q., Allayorov D., Samiev L., Otakhonov M. Calculation of effective hydraulic parameters of concrete irrigation canals, (2023) Journal of Water and Land Development, 56, pp. 14 – 20, DOI: 10.24425/jwld.2023.143739
6. Arifjanov A., Kaletova T., Abduraimova D., Samiev L., Jalilova X. Evaluation of the hydraulic efficiency of the sprinkler irrigation system (2022) IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 1112 (1), art. no. 012131DOI: 10.1088/1755-1315/1112/1/012131
7. Samiev L., Shaymardanov S., Xoshimov S., Mamadiyorov O. Dynamics of sediment formation in natural lakes and reservoirs, (2023) E3S Web of Conferences, 452, art. no. 02019, DOI: 10.1051/e3sconf/202345202019
8. Akmalov S., Samiev L., Apakhodjaeva T., Atakulov D., Melikuziyev S. Irrigation network extraction in arid regions with using worldview-2 satellite data, (2021) E3S Web of Conferences, 264, art. no. 03012, DOI: 10.1051/e3sconf/202126403012
9.Kaletova T., Arifjanov A., Samiev L., Babajanov F. Importance of river sediments in soil fertility, (2022) Journal of Water and Land Development, 52, pp. 21 – 26,DOI: 10.24425/jwld.2021.139939
10. Akhmedkhodjaeva I., Khodjiev A., Rakhimov K. Method for calculating the solid runoff of rivers and silting of riverbed reservoirs, (2022) IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 1112 (1), art. no. 012135, DOI: 10.1088/1755-1315/1112/1/012135
11. Arifjanov A., Sattorov A., Babajanov F., Atakulov D. Determination of the trajectory of sedition of fluid particles in the forebay of pumping stations (2023) E3S Web of Conferences, 452, art. no. 02020 DOI: 10.1051/e3sconf/202345202020
12. Rakhimov Q., Ahmedkhodjaeva I., Rakhimov A., Abduraimova D., Latipov N. Influence of Kinematic Flow Parameters on Vacuum in Jetters, (2022) AIP Conference Proceedings, 2432, art. no. 030068, DOI: 10.1063/5.0089505
13. Arifjanov A., Samiev L., Ahmedkhodjaeva I., Rakhimov Q., Sobirov S. Calculation of filtration process in channels (2021) E3S Web of Conferences, 263, art. no. 02026 DOI: 10.1051/e3sconf/202126302026
14. Samiev L., Ulashov Q., Gaffarova M., Ruziev D., Voxidova U. Assessment of the effect of evaporation on the hydrological regime of the water reservoir, (2023) E3S Web of Conferences, 452, art. no. 02022, DOI: 10.1051/e3sconf/202345202022
15. Abduraimova D., Ibragimova Z., Otakhonov M., Khusanova D. Deformation processes in open drainages, (2021) E3S Web of Conferences, 264, art. no. 03010, DOI: 10.1051/e3sconf/202126403010
16. Arifjanov A., Samiyev L., Xoshimov S., Shaymardanov S., Tadjiboyev S. Transport capacity of flow in earthline channels, (2023) E3S Web of Conferences, 401, art. no. 01020, DOI: 10.1051/e3sconf/202340101020
17. Otakhanov M., Tursunova E., Khoshimov A., Xusanova J., Bakhromova D. Determination of flow rate and velocity of fluids in a non-pressurized pipeline, (2023) E3S Web of Conferences, 452, art. no. 02008, DOI: 10.1051/e3sconf/202345202008
18. Arifjanov A., Atakulov D., Usmonova M., Voxidova U. Geographic information system technologies in the study of deformation in rivers, (2023) E3S Web of Conferences, 452, art. no. 02004, DOI: 10.1051/e3sconf/202345202004
19. Rakhimov K., Otakhonov M., Melikuziyev S., Sultonov R. The technology of using a jet pump to increase the efficiency of vertical drainage, (2024) BIO Web of Conferences, 105, art. no. 05016, DOI: 10.1051/bioconf/202410505016
20. Samiev L., Ulashov Q., Gaffarova M., Ruziev D., Voxidova U. Assessment of the effect of evaporation on the hydrological regime of the water reservoir, (2023) E3S Web of Conferences, 452, art. no. 02022, DOI: 10.1051/e3sconf/202345202022
21. Arifjanov A., Xoshimov S., Babajanov F., Matkaziyev D., Komilov S. Prospects of using working water reservoirs in the irrigation mode in the development of the hydro energy industry (2024) E3S Web of Conferences, 538, art. no. 01023 DOI: 10.1051/e3sconf/202453801023
22. Xoshimov S., Atakulov D., Yalgashev O., Komilov S., Boykulov J. Evaluation of sedimentation of water reservoirs with modern technologies, (2023) E3S Web of Conferences, 365, art. no. 03033, DOI: 10.1051/e3sconf/202336503033
23. Arifjanov A.M., Fatxulloyev A.M., Rakhimov K.T., Otakhonov M.Y., Allayorov D.Sh. Changes in hydraulic parameters in canals with sides lining, (2022) IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 1112 (1), art. no. 012129,DOI: 10.1088/1755-1315/1112/1/012129
Xalqaro hamkorlarimiz
Kafedrada xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqot
institutlari hamda sohaning ilg’or ishlab chiqarish tashkilotlari bilan kuchli
ilmiy va innovatsion hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Jumladan, kafedrada
Ottava Universiteti (AQSh), Moskva davlat qurilish universiteti (Rossiya), Xitoy
fanlar akademiyasi qoshida Atrof muhit tadqiqotlari universiteti (Xitoy),
Shihadze universiteti (Xitoy), Surrey universiteti (Angliya), Nitra qishloq
xo’jaligi universiteti (Slovakiya) hamda Koshitsa texnika universitet (Slovakiya)lari
bilam mustahkam aloqalar o’rnatilagan.
Mahalliy hamkorlarimiz
Kafedrada ta’lim olayotgan magistrantlar va doktorantlarning
ilmiy va malakaviy stajirovkalarini samarali tashkil etish, ishlab chiqarish tashkilotlaridagi
muammolarni tizimli o’rganib borish maqsadida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot
instituti, “GIDROPROEKT” AJ, Smart Solution MChJ, “Musaffo Obi Hayot Magistral Suv
Ta’minoti” AJ, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ” DM, Yuqori Chirchiq suv
inshootlari boshqarmasi ham Xitoyning TYANYE kompaniyasining O’zbekistondagi filiali
bilan bilan mustahkam aloqalar o’rnatilagan.
Kafedra xodimlari

Arifjanov Aybek Muxamedjanovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika inshootlar gidralikasining nazariy asoslarini ishlab chiqish, Gidravlik modellashtirish, Ochiq o’zanlardagi ikki fazali oqimlar harakati muammolari.
+99871-237-19-71

Axmedxodjaeva Ifoda Axmadjanovana
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: kanal o‘zanidagi gidravlik jarayonlar, suv omborlarining loyqa bosish jarayonlari, suv resurslari suv balansi hisobini yuritishning raqamli dasturlarini ishlab chiqish.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Suv omborlari gidravlikasi, Yer osti suvlari gidravlikasi va inshootlarda filtratsiya.
+99871-237-19-71

Ibragimova Zaytuna Iskandarovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Naporli sistemalarning gidravlik hisobi.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Gidravlika va gidravlik mashinalar
+99871-237-19-71

Samiev Luqmon Nayimovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Daryo cho’kindilarining oqim uzunligi bo’yicha taqsimoti hamda irrigatsion ahamiyati, Ekologik jarayonlarni gidravlik modellashtirish, Suv tejamkor sug’orish texnologiyalarining gidravlik hisobi.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Ochiq o’zanlar gidravlikasi, Gidravlik jarayonlarni modellashtirish
+99871-237-19-71

Otaxonov Maqsud Yusufovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sug’oriladigan maydonlarda zax qochirish tizimlarinig gidravlik hisobini takomillashtirish, Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari qo’llanilgan maydonlarda yer osti suvlari dinamikasi, Suv tejamkor sug’orish texnologiyalarining gidravlik hisobi.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Gidavlika va gidravlik tizimlar, Ochiq o’zanlar gidravlikasi, Gidravlika va gidroinformatika.
+99871-237-19-71

Atakulov Dinislam Yermaganbet o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Geoaxborot tizimlaridan foydalanib o‘zandagi jarayonlarni baholash, Tomchilatib sug‘orish tizimini loyihalashning gidravlik hisobini takomillashtirish, Naporli sistemalarning gidravlik hisobi, ArcGis, ArcGis pro hamda HEC RAS dasturlari yordamida Daryo o’zanidagi jarayonlarni modellashtirish.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Gidravlika va gidroinformatika, Gidromexanika
+99871-237-19-71

Babajanov Farruhbek Karimovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Daryo oqiziqlarining daryo-kanal-ekin maydonlarida taqsimoti, Kanallarga suv uzatuvchi tindirgichlarning konstruktiv parametrlari hisobi. Suv tejamkor sug’orish texnologiyalariga daryo oqiziqlarining ta’sirini baholash.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Gidavlika va gidravlik tizimlar, Gidravlika va gidromashinalar, Suv omborlari gidravlikasi
+99871-237-19-71

G’afforova Mushtariybonu Furqat qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Daryolarning gidrologik rejimi o‘zgarishlari, o‘zandagi gidravlik va gidrologik jarayonlar, GAT texnologiyasi asosida daryo havzasidagi sug‘orish tarmoqlari va suv iste’molchilarining hududiy bo‘linishini raqamlashtirish, suv resurslaridan foydalanishda tezkor boshqaruvini amalga oshirish bo’yicha dasturlar yaratish.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Suv omborlari gidravlikasi
+99897-707-67-62

Martina Zelenakova
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv resurslarini boshqarish, Gidrologik modellashtirish, Integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish, Suv sifatini modellashtirish, Suv resurslari muhandisligi, Yuza gidrologiyasi, Gidrologik ma'lumotlarni boshqarish, Integratsiyalashgan daryo havzasini boshqarish, Suv toshqinlarini modellashtirish.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Ochiq o’zanlar gidravlikasi
+99871-237-19-71

Allayorov Davronjon Shamsiddin o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Ochiq o’zanlardagi gidravlik jarayonlar, Tuproq o’zanli, qoplamali va yarim qoplamali sugo’rish tarmoqlarining gidravlika hisobi, Kanal o’zanidagi jarayonlarni gidrodinamik modellashtirish, Suv toshqini davrida daryo o’zanidagi gidravlik jarayonlar
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Ochiq o’zanlar gidravlikasi, Muhandislik gidravlikasi
+99871-237-19-71

Jo'raboyev Ismoiljon Ilhomjon o'gli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Irrigatsiya tarmoqlaridagi suv taqsimlash inshootlarining gidravlik hisobi, Suv taqsimlash inshhotlarini raqamlashtirish va boshqaruvini avtomatlashtirish.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Gidravlika va gidravlik mashinalar, Ochiq o’zanlar gidravlikasi
+99871-237-19-71

Baxromova Dilbar Olimjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qoplamali kanallarning dinamik mustahkamligi, Qoplamali sugo’rish tarmoqlarining gidravlika hisobi.
Dars beradigan fanlar: Gidravlika, Gidravlika va gidravlik mashinalar, Ochiq o’zanlar gidravlikasi
+99871-237-19-71

Gulakhmadov Aminjon
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidroenergetika muhandisligi, Suv resurslari, Gidrologiya, Modellashtirish, Masofaviy zondlash.
Dars beradigan fanlar: Masofatadan obyektlarni o’rganish, Gidrologik modellashtirish .
+99871-237-19-71

Xazratov Alisher Normurodovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sug‘orish kanallarini gidravlik hisoblashda informatsion texnologiyalar
+99871-237-19-71

Ulashov Qudratilla Chori oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gruntli to‘g‘onlarda filtratsiyaga qarshi usullarni takomillashtirish
+99871-237-19-71

Shaymardanov Samandar Qahramon oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tabiiy o'zanli kanallarda oqim tashuvchanligini baholash
+99871-237-19-71

Hoshimov Abdullo Abdunazarovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Оqimning nоtеkis hаrаkаtida yotiq yopiq zovurlar(YYZ) gidravlik hisobini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Mahmudov Bekzodbek Utkur oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tomchilatib sug‘orish tizimida hovuz tindirgichining gidravlik hisobini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Sattarov Alimardon Xamdamaliyevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Irrigatsiya tizimlaridagi suv qabul qilish inshootlarining gidravlik parametrlarini asoslash
+99871-237-19-71

Yoʻldosheva Hayotxon Nodirjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Irrigatsiya tizimlarining gidravlik samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Jetpisbaeva Shaxsanem Jalgʻasbaevna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv tozalash inshootining gidravlik hisobini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Ruziyev Dilmurod Kurbanaliyevich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Mavsumiy boshqariladigan suv omborining morfometrik parametrlari hisobini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Eshboyev Navroʻz Panji oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sug‘oriladigan yerlarda yer osti suvlari gidravlik rejimini baholashda geo-axborot texnologiyalari:
+99871-237-19-71

Jalilov Sirojiddin Muxiddin oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tomchilatib sug’orish tizimini loyihalashdagi gidravlik hisoblarni takomillashtirish
+99871-237-19-71

Zokirov Ilhomjon Baxtiyor oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: O‘zan shakllanishida oqim kinematikasi ta’sirini baholash
+99871-237-19-71

Jalilova Xumora Abdumo’min qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Yomg‘irlatib sug’orish tizimining gidravlik hisobini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Arifjanov Samandar Rustamovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Oʻzanli-quyilma suv omborlarining suv balansi hisobini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Allayorova Latofat Normengli qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tindirgichlarda loyqali oqim harakatini sonli modellashtirish
+99871-237-19-71

Ermatova Shoxista Berkinovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Turli manbaalardan suv bilan ta'minlangan tomchilatib sug'orish tizimini gidravlik samaradorligini baholash
+99871-237-19-71

Jo‘rayeva Mohinur Olimjon qizi
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Iqlim o`zgarishi sharoitida suv omborlarining foydali hajmini aniqlashda raqamli texnologiyalar
+99871-237-19-71

Donoboyev Jumaniyoz Javlon o‘g‘li
lmiy tadqiqot yo’nalishi: Tog'li daryolarda qurilgan suv omborlarda oqiziqlar rejimini boshqaruvchi inshoot gidravlik hisobini takomillashtirish
+99871-237-19-71 I

Ochildiyev Feruzjon Ikrom o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Suv omborlaridan kompleks maqsadlarda foydalanishdagi ish rejimini takomillashtirish
+99871-237-19-71

Sharopov Sharifjon Qahramonovich
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Daryodan to‘g‘onsiz suv olish bosh inshootining ekspluatatsion rejimini yaxshilash usullari
+99871-237-19-71
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Gidravlik va gidrologik jarayonlarni modellashtirish (Magistratuta bosqichida) | Fanni
o’qishda magistrantlar suv xo‘jaligi sohasida kelajakda ishlaydigan yuqori
malakali kadrlarni shakllantirish uchun axamiyatli bo‘lgan «Gidravlik va
gidrologik jarayonlarni modellashtirish» fani asoslari bilan tanishtirishdan,
olingan nazariy va amaliy bilimlarni aniq amaliyotda qo‘llaydilar. Bulardan
tashqari magistrantlarda «Gidravlik va gidrologik jarayonlarni modellashtirish»
sohalarida zamonaviy ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. |
2 | Gidravlika va muxandislik gidrologiya tadqiqotlarida geoaxborot tizimlaridan foydalanish (Magistratuta bosqichida) | Fanni
o’qishda magistrantlar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida kelajakda ishlaydigan
yuqori malakali kadrlarni shakllantirish uchun ahamiyatli bo‘lgan “Gidravlik
tadqiqotlarda Geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish” fani asoslari bilan
tanishib, olingan nazariy va amaliy bilimlarni amaliyotda tatbiq etish
ko‘nikmasini hosil qiladi. |
3 | Yer osti suvlari gidravlikasi va inshootlarda filtratsiya (Magistratuta bosqichida) | Gidrotexnik
inshootlarining gidravlik hisobi, sug‘oriladigan yerlardagi mavjud yer osti
suvlari balansi va rejimining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida, qurilish va
sug‘orish maydonlariga oid geologik va injener-geologik jarayonlar va hodisalar
to‘g‘risida, daryo va kanal o‘zanlarida oqimining shakllanishiga ta’sir etuvchi
omillar to‘g‘risida va yer osti suvlari oqimining gidrologik, gidrogeologik va
gidravlik o‘lchamlari, grunt suvlarining sekin o‘zgaruvchan naporsiz barqaror harakatini,
grunt suvlarining tez o‘zgaruvchan barqaror naporli harakatini, yer osti
suvlari sarfini hisoblash masalalarini qamraydi. |
4 | Ochik o‘zanlar gidravlikasi (Magistratuta bosqichida) | Ochiq o‘zanlarda suyuklikning naporli va naporsiz, tekis va notekis,
harakat konuniyatlari gidrotexnik inshootlari gidravlikasiga, hamda ularning
amaliy masalalarni yechishdagi tadbig‘i, fan tarixi va rivojining tendensiyasi,
uning istiqboldagi masalalarini qamraydi. |
5 | O‘zandagi jarayonlar (Magistratuta bosqichida) | O‘zandagi jarayonlarning ro‘y berish sabablarini o‘rganib, unda
harakatlanayotgan suv oqimining loyqalanganligi, tashuvchanlik qobiliyati
oqimning loyqa cho‘kindilar bilan to‘yinganlik darajasi, o‘rtacha tezlikning
yuvilish va loyqa bosish jarayonlarga mos keluvchi chegaraviy son qiymatlarini
bilish, jarayonning rivojlanishi va yo‘nalishini oldindan aniqlash (bashorat
qilish) imkoniyatini beradi |
6 | Suyuqliklar mexanikasi | Fanni
o’qishda talabalar suyuqliklar mexanikasining asoslarini, suyuqlikning
muvozanatdagi, harakatdagi
qonuniyatlarini, suv xo‘jaligi inshootlarning hisobini o‘rgatish hamda har xil qurilma va
mashinalarni loyihalash va ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qiladi. |
7 | Gidravlika va gidroinformatika | Fanni
o’qishda talabalar suv xo’jaligi sohasida zamonaviy ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish, muvozanatdagi va harakatdagi suyuqlik qonunyatlarini va
ularning amaliyotga tadbig’i, suv xo’jaligi inshootlarining gidravlik
hisoblarini bajarish uslubiyati, suv taqsimotini monitoring qilish, suv
xo’jaligi sohasidagi muammolarning gidravlik va ekologik maqbul echimlarni
topish, suv xo’jaligi sohasini raqamlashtirishda, gidravlik hisoblashda, suv xo’jaligi ob’ektlarini loyihalashda AKT
(axborot kommunikastion texnologiyalar) foydalanish ko’nikmalarini shakllantiriladi. |
8 | Gidromexanika | Fanni
o’qishda talabalar gidromexanik jarayonlar mohiyatini tasavvur qila olish,
suyuqliklar harakati va muvozanati bilan bog’liq amaliy masalalarni yechishda
gidromexanika qonuniyatlarini qo’llay bilish, gidromexanik tizimlar
parametrlarini mustaqil hisoblay olishda adabiyotlardan foydalana bilish
malakalarini hosil qiladi. |
9 | Gidravlika va gidravlik tizimlar | Gidravlik
mashinalarda, irrigatsiya tizimlarida, sug‘orishda, suv transportidagi
gidravlik jarayonlar haqida, gidrostatik bosim va bosim kuchini, suyuqlik
harakatining turlarini, oqimning gidravlik elementlarini, suvning quvurlarda
harakati qonuniyatlarini, gidravlik qarshiliklarni va ularni aniqlash uslublari
bo‘yicha aniq bilimga ega bo‘ladi |
10 | Gidravlika II | Ochiq o‘zanlarda suyuklikning naporli va naporsiz, tekis va notekis, harakat konuniyatlari gidrotexnik inshootlari gidravlikasiga, hamda ularning amaliy masalalarni yechishdagi tadbig‘i, fan tarixi va rivojining tendensiyasi, uning istiqboldagi masalalarini qamraydi. |
11 | Gidravlika | Gidravlika fanining asoslarini, suyuqlikning muvozanatdagi, harakatdagi
qonuniyatlarini va jarayonlarini, hamda suv xo‘jaligi inshootlarning gidravlik
hisobini o‘rgatish va amaliyotga tadbiq etish usullarini o‘z ichiga oladi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://hm.tiiame.uz/oz/page/gidravlika-va-gidroinformatika
Kafedra mudiri: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich
Qabul kunlari: Har kuni: 10:00-13:00