“Ta’lim transformatsiyasi: ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
16.02.2024
Toshkent, O'zbekiston
Ta’lim transformatsiyasi: ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjumaniga taklif qilamiz!
Hurmatli, professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar yoshlar va turli soha vakillari! Sizlarni yuqori darajadagi “Ta’lim transformatsiyasi: ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif qilamiz. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga asosan 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Konferensiyaning oʻtkazilish joyi va vaqti: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Мilliy tadqiqot universiteti 16-fevral 2024-yil.
Arizalar va maqolalar qabulining soʻngi kuni: 2024-yil 13-fevral. Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz.
Konferensiyaning maqsadi: O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llabquvvatlash borasidagi ko‘lamni kengaytirish hamda ularni ilm-fan, madaniyatma’rifat, siyosiy-iqtisodiy ishlardagi nufuzini yanada oshirish maqsadida muhokamalar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish.
Konferensiya ilmiy yo‘nalishlari
- Ta’lim transformatsiyasida gender tenglik masalalari;
- Ilm-fan taraqqiyotida rahbar ayollarning roli;
- Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida olima ayollarning ishtiroki;
- Xotin-qizlarning ta’lim taraqqiyotidagi huquq va erkinliklari;
- Ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar va ularning amaliyotga tatbiqi.
Ro‘yxatdan o‘tish va konferensiya materiallarini taqdim etish
Ishtirok etish uchun maqolalar 2024-yil 13-fevralga qadar @Science_maqola24 (+998 933549654) telegram profili orqali qabul qilinadi. Xorijlik mualliflar maqolalari info@scientists.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi va bepul nashr qilinadi. Har bir maqola va tezis uchun mahalliy ishtirokchilar uchun 170 000 so‘m to‘lov mavjud. To‘lovlar 9860040104873951 (Raxmatullayeva Gulira’no) raqamli plastik kartaga amalga oshiriladi.
Konferensiya materiallariga qо‘yiladigan talablar
Maqolada kо‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan natijalar, ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bо‘lishi kerak.
Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar:
- Annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim (uch tilda);
- Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm xoshiyaga ega boʻlishi kerak;
- Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlchamida, 1,15 intervalda boʻlishi va 3 betdan kam bo‘lmasligi lozim.
Konferensiya materiallarining indekslanishi
Konferensiyaga qabul qilingan har bir maqola Polshaning Index Copernicus, Yevropaning Zenodo va Open Aire, Rossiyaning Cyberleninka xalqaro bazalariga, scientists.uz platformasiga joylashtiriladi hamda Google scholar xalqaro qidiruv tizimida indekslanadi. Har bir maqola uchun alohida DOI raqam olinadi.
Konferensiya ishtirokchilariga elektron variantda sertifikat, indekslanganlik ma’lumotnomasi, indekslangan maqolaning pdf varianti taqdim etiladi. Konferensiya materiallari “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnalining maxsus soni sifatida nashr etiladi.