«Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari (AEGIS-2023)» xalqaro konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida (Toshkent, 2023 yil 28-30 mart)
28.03.2023
Toshkent, O'zbekiston
«Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari (AEGIS-2023)» xalqaro konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida (Toshkent, 2023 yil 28-30 mart)
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universitetida Ayova shtati universiteti, Shimoliy Dakota shtati universiteti va Ogayo shtati universiteti (AQSH), Ondokuz Mayis universiteti va Ekologik qishloq xo‘jaligini tashkil etish assotsiatsiyasi (Turkiya), Malayziya texnologik universiteti (Malayziya), Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya), Bangladesh qishloq xo‘jaligi universiteti (Bangladesh), Seyfulin nomidagi Qozoq agrar-texnika universiteti va M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston) olimlari bilan hamkorlikda 2023 yil 28-30 mart kunlari «Agroinjeneriya va yashil infratuzilma yechimlari (AEGIS-2023)» halqaro konferensiyasi o‘tkaziladi.
Konferensiyaning yo‘nalishlari:
- Qishloq xo‘jaligi texnikasi va energetika vositalari, yashil energiya tizimlari
- Biomuhandislik va chiqindilarni qayta ishlash
- Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish
- Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va konservatsiya qilish
- Tuproq, tuproq melioratsiyasi va ishlov berish texnologiyalari
- Tabiiy resurslar va geotexnikaviy muhandislik
Asosiy sanalar:
- Konferensiyani o‘tkazish sanasi – 2023 yil 28- 30 mart.
- Ro‘yxatdan o‘tish va materiallarni qabul qilish – 2023 yil 25 martgacha.
- Maqolalarni tuzatish va qabul qilinganligini tasdiqlash – 2023-yil 15-aprelgacha.
- Tashkiliy badalni to‘lash – 2023- yil 20 -aprelgacha.
- To‘plamni nashriyotga jo‘natish – 2023- yil 30- aprelgacha.
- To‘plamning chop etilishi va indeksatsiyalanishi – 2023- yil 2-3 kvartal.
Maqolalarni yozish va rasmiylashtirishga talablar:
- Konferensiyada tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida ingliz tilida yaxshi talqin etilgan va belgilangan talablar asosida yozilgan maqolalar bilan ishtirok etishga ruxsat etiladi. Taqdim etilgan materiallar original va konferensiya seksiyalarining yo‘nalishlariga mos bo‘lishi kerak.
- Bitta muallif ko‘pi bilan 2 ta maqolada ishtirok etishi mumkin.
- Maqola IOP nashriyoti tomonidan ko‘rsatilgan shablonga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak;
- Maqolalar ingliz tilida yaxshi yozilgan bo‘lishi kerak (xatolarga ega va sifatsiz tarjima qilingan maqolalar qabul qilinmaydi yoki to‘g‘rilash uchun qaytariladi);
- Maqola hajmi 4-6 bet oralig‘ida bo‘lishi kerak (kamida to‘liq 4 bet);
- Maqola Abstract, Introduction, Results and Discussion, Conclusion, References va boshqa bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak;
- Adabiyotlarga havolalar nashriyot talablariga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishi kerak (konferensiya saytidagi namunaga qarang) va halqaro bazalarda indeksatsiyalangan chop etilgan ishlarga havolalar qilish zarur;
- O‘lchov birliklarini ko‘rsatishda halqaro standart o‘lchov birliklardan, o‘nli kasrlarni ko‘rsatishda esa nuqtadan foydalaning (masalan, 0.002);
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida mualliflar ko‘pi bilan 2 ta o‘z maqolalariga havolalar qilishiga ruxsat etiladi;
- Hamma maqolalar taqrizdan o‘tkaziladi hamda plagiatga va o‘z-o‘ziga havola qilishga, to‘g‘ri rasmiylashtirish va asllikga tekshiriladi. Tekshirishdan o‘tgan maqolalargina jurnalda chop etishga qabul qilinadi. Konferensiya taqrizchilaridan tashqari barcha maqolalar chop etilishi ko‘zda tutilgan jurnalda yana boshqadan plagiat va rasmiylashtirishga tekshiriladi va maqolani chop etish yoki chop etmaslik bo‘yicha yakuniy qaror jurnal tahririyati tomonidan qabul qilinadi. Bu hal qiluvchi bosqich hisoblanib, bu bosqichda kamchiliklar aniqlanib qaytgan maqolalar chop etilmaydi va to‘lovlar jurnalga to‘liq amalga oshirilganligi sababli to‘langan pullarni qaytarish imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli maqola topshirishda ushbu holatni to‘liq e’tiborga olish kerak.
Chop etishga yuborilgan maqolalarni yozishning rasmiy tili – ingliz tili.
Konferensiya yakuni bo‘yicha maqolalar yo‘nalishiga qarab Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan IOP Conference Series:Earth and Environmental Science jurnalida chop etiladi. Konferensiyada bevosita va sirtdan ishtirok etadigan barcha ishtirokchilar jurnalda chop etish uchun maqolalarini dastlab Word shaklida http://aegis2023.online/registration sayti orqali taqdim etishlari so‘raladi.
Tashkiliy badal
Jurnalda bitta maqolani chop etish uchun
Tashkiliy badal: | Bevosita qatnashish | Sirtdan qatnashish |
Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnalda bitta maqola | 170 € | 170 € |
Maqolalar qabul qilingandan so‘ng, maqola yuborilgan elektron pochtalarga tashkiliy badalni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari jo‘natiladi. To‘lov so‘mmasi bank xizmatlarini hisobga olgan holda milliy valyutada 2 100 000 (ikki million bir yuz ming) so‘mni tashkil etadi. Pul mablag‘lari 6262 5600 9262 8000 plastik kartasiga tashlab beriladi (Atham Borotov nomida) va keyin +998977266465 raqamiga Telegramm orqali yoki atxamborotov@mail.ru elektron pochta orqali to‘lov kvitansiyasi, maqola rakami va nomini jo‘natish kerak. |
Nashr ishlari bo‘yicha xorijiy yetakchi mutaxassislar tomonidan maqolalarni rasmiylashtirish va ingliz tiliga tarjima xizmati ko‘rsatiladi. Xizmat uchun to‘lov maqolalar hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Buning uchun maqolani aegis2023@tiiame.uz yoki atxamborotov@mail.ru manziliga yuborish so‘raladi va sizga xizmat bo‘yicha xabar jo‘natiladi.
Tashkilotchi manzili:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti (“TIQXMMI” MTU), 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy;
Mas’ul: “TIQXMMI” MTUdan – Astanaqulov Komil Dullievich, “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi mudiri, tel.: +99871-237-19-07; mob.: +99897-130-45-74. e-mail: k.astanakulov@tiiame.uz, komiljon.astanaqulov@gmail.com