“O‘zbekistonda Yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: Muammo va yechimlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya 23-25 may 2023 yil

23.05.2023

Toshkent, O'zbekiston

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent, O'zbekiston

AXBOROT XATI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 2018 yil 5 iyundagi
PQ-3775-son qarori hamda “Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son; “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son; “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2021yil 8 iyundagi PF-6243-son farmonlari ijrosini ta'minlash maqsadida 2023 yil 23-25 may kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 
“O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari: muammo va yechimlar”mavzusidagi xalqaro konferensiyani o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi O'zbekistonda yer islohotining eng dolzarb masalalari bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda jahonda rivojlanib borayotgan zamonaviy va noan'anaviy ilmiy-amaliy ishlar bilan tanishish, yer islohotining samaradorligini oshirish, ilg'or muhandislik va ekologik mexanizmlari va texnologiyalarini joriy etish, tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini hamda yo'nalishlarini rivojlantirish, shuningdek bu borada fan, ta'lim va amaliyotni rivojlantirish asosida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan ilmiy-uslubiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.

Mazkur tadbir “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) tomonidan quyidagi hamkorlar bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda:

Xalqaro hamkorlar:

  • Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti, Avstriya;
  • Budapesht Iqtisodiyot va texnologiya universiteti, Vengriya;
  • Obuda Universiteti, Vengriya;
  • Xorvatiya shimoliy universiteti;
  • Turkiya Kastomnogo universiteti;
  • Plovdiv qishloq xo‘jalik universiteti, Bolgariya;
  • Pragadagi Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Chexiya;
  • Moskva Davlat yer tuzish universiteti
  • Saken Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika universiteti, Qozog‘iston;
  • Qorqit Ota nomidagi Qizil O’rda texnika universiteti, Qozog’iston
  • Shokan Ualixanov nomidagi Kokchetov davlat universiteti, Qozog‘iston;
  • M. Kozibaev nomidagi Shimoliy Qozog‘iston davlat universiteti, Qozog‘iston;
  • S.A.Niyazov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti, Turkmaniston;
  • Turkmaniston davlat arxitektura-qurilish instituti, Turkmaniston;
  • Turkmaniston qishloq xo‘jaligi instituti, Turkmaniston.

Milliy hamkorlar:

  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo'mitalari;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  • Oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi
  • Adliya vazirligi;
  • Qishloq xo'jaligi vazirligi;
  • Suv xo’jaligi vazirligi;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi;
  • Tabiat resurslari vazirligi;
  • Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi agentligi;
  • Qishloq xo'jaligi vazirligi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo’mitasi;
  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
  • Respublika aerogeodeziya markazi
  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
  • “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
  • Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti;
  • O’rmonloyiha loyihalash instituti;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi va bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta'lim muassasalari hamkorligi ko'zda tutilgan.

Maqolalar quyidagi asosiy mavzular bo'yicha qabul qilinadi:

  • Yer resurslarini boshqarishni tashkiliy-huquqiy ta'minlash mexanizmlari;
  • Yer resurslarini boshqarishni ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari va muammolari;
  • Yer degradatsiyasi, tuproq unumdorligini saqlash, ekologik xavfsizlikni ta'minlash yo'nalishlari;
  • Yer resurslarini boshqarishda axborot ta’minoti, geoinformatsion texnologiyalardan foydalanish dolzarb yo’nalishlari;
  • Geodeziya va kartografiya ma’lumotlaridan samarali foydalanishning yo’nalishlari;
  • Suv resurslarini boshqarish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash muammolari;
  • Gidrotexnik inshootlar yordamida yer resurslarini suv bilan ta’minlashdagi muammo va yechimlar;
  • Energetika sohasidagi yer resurslaruni boshqarishdagi muammo va uning maqbul yechimlari
  • Yerlarga ishlov berish va ekinlarni yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalari va texnika vositalari hamda ulardan samarali foydalanish.

Konferensiya hay'ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid yozilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Konferensiyada ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan ishtirok etish mumkin. Taqrizdan o’tgan va konferensiyaga qabul qilingan ilmiy maqolalar Хalqaro konferensiya maqolalar to’plami OAK ro’yxatidagi jurnallarda chop etiladi.

Konferensiyada ishtirok etmoqchi bo’lganlar poster yoki taqdimot (prezentatsiya) uchun ilmiy maqolalarini topshirishga taklif qilamiz. Konferensiya ilmiy kengashi qatnashchilarning ilmiy maqolalarini taqrizdan o’tkazish orqali tanlab oladi va taqdimot uchun tavsiya qiladi.

Ushbu axborot xatini konferensiya mavzulari bo’yicha qiziqqan barcha professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlar hamda mutaxassislarga tarqatishingizni so'rab qolamiz.

Maqolalarni qabul qilish 2023 yilning 10 mayga qadar amalga oshiriladi.

Bir nafar muallifdan ko'pi bilan ikkita maqola qabul qilinadi. Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalarda mualliflar soni beshtagacha bo’lishi mumkin.

Mazkur konferensiya onlayn hamda oflayn tarzda o'tkaziladi. “TIQXMMI” MTUda konferensiyada oflayn tarzda shaxsan ishtirok etish uchun konferensiya tashkilotchilariga bog’lanishingizni so’raymiz.

Maqolalarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari:

          Bir muallifdan maqolalar soni 2 tagacha. Maqola 5 betgacha, Times New Roman shriftida A4 formatda yuqoridan 2 sm, pastdan- 2 sm, chapdan - 2 sm, o‘ngdan - 2 sm qoldirilib, 1,15 qator (interval) oralig‘ida, 12 kegel o‘lchamli shriftda rasmiylashtiriladi. Rasmlar jpeg formatida oq-qora rangda, jadvallar faqat Microsoft Word redaktorida (Excel redaktori foydalanilmasin) qilinishi kerak. Abzas-1,25 sm. Maqolalar tuzilmasi Bosh harflar bilan sarlavha yoziladi. Sarlavhadan 1 interval oralatib mualliflarning F.I.Sh, 1 interval pastda ish, o‘qish joyi ko‘rsatiladi. 2 interval oralatib, maqola matni keltiriladi.

Maqola tuzilishi: - Annotatsiya; - Kalit so‘zlar; - Kirish qismi; - Muammoning Qo‘yilishi; - Tadqiqot Uslubi; - Tadqiqot natijalari; - Xulosalar; - Foydalanilgan adabiyotlar (ohirgi 15 yildagi);

          Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida bosma matn va elektron shaklda qabul qilinadi. Elektron shakl faylining nomi birinchi muallifning familiyasi va sho‘ba (seksiya) raqamidan iborat bo‘lishi zarur. (Masalan: Igamberdiev A. Seksiya-2). Maqolaning bosma va elektron shaklidagi matnlari bir xil bo‘lishi shart. Bosma shaklidagi maqolaning bet raqamlari ko‘rsatilsin, elektron variantda esa betlarga raqam qo‘yilmaydi.

RO'YXATDAN O’TISH VA TO'LOVLAR

Har bir maqolani chop ettirish to’lovi miqdori – 150.000 so’m (maqolalar to’plamida OAK ro’yxatidagi jurnallarda)

Ro'yxatdan o'tish, to’lovlarni amalga oshirish, konferensiya dasturi va vizaga murojaat qilish tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumotlar zarur bo’lsa, konferensiya tashkiliy qo’mitasiga murojaat qiling.

Sizni Xalqaro konferensiyada kutib qolamiz!

Konferensiya koordinatorlari:

Abdurashid Altiyev,  yerb.kafedrasi@gmail.com,

Ilhom Abdurahmanov,  yerb.kafedrasi@gmail.com, ilhom.isakovich@gmail.com

Konferensiya kotibi:

Sobir Ruziboyev,  yerb.kafedrasi@gmail.com

Tel.: +998977217889 (telegram bor)

Valixon Karamatov

Tel.: +998912381821 (telegram bor)

Akramova Yulduz

Tel.: +998998290947

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU). Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O’ZBEKISTON