“GREEN DEAL FOR CENTRAL ASIAN UNIVERSITIES” (GDCAU) XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO'LIB O'TADI
11.03.2027
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Sizni Yevropa Ittifoqining
Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Green Deal for Central Asian
Universities” (GDCAU) xalqaro loyihasi asosida 2027-yil 10–11-mart kunlari
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok
etishga taklif etadi.
Bugun iqlim o‘zgarishi, suv va energiya resurslaridan samarali
foydalanish, ekologik xavfsizlik hamda barqaror iqtisodiy rivojlanish
masalalari ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning birgalikdagi yondashuvini
talab qilmoqda. Ushbu konferensiya yashil transformatsiya bo‘yicha tadqiqotlar,
amaliy yechimlar va yangi hamkorlik tashabbuslarini muhokama qilish uchun
xalqaro muloqot maydonini yaratadi.
Konferensiyada nimalar muhokama qilinadi?
Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga
moslashish, suv va yer resurslarini boshqarish, qayta tiklanuvchi energiya va
energiya samaradorligi, yashil texnologiyalar, ESG tamoyillari, ekologik
innovatsiyalar, shuningdek, oliy ta’limda “green skills” kompetensiyalarini
rivojlantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Konferensiyaga oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari,
olimlar va ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar, yosh tadqiqotchilar,
davlat tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari vakillari, shuningdek,
ekologiya, innovatsiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishida faoliyat
yuritayotgan mutaxassislar taklif etiladi.
Tadbirda Yevropa va Markaziy Osiyodagi hamkor muassasalar vakillari
bilan bevosita ilmiy muloqot qilish, o‘z tadqiqot yo‘nalishlarini tanishtirish,
tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar uchun professional
aloqalar o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.
Tadbir haqida qisqacha
Sana: 2027-yil 10–11-mart
Manzil: “TIQXMMI” Milliy
tadqiqot universiteti, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy
Ish tili: Ingliz tili
Rejalashtirilgan ishtirokchilar: Jami 250 nafar: 30 nafar xorijiy va 220 nafar mahalliy ishtirokchi
Tashkilotchilar: “TIQXMMI”
Milliy tadqiqot universiteti va GDCAU loyihasi hamkorlari
Dastur: Erasmus+ Capacity
Building in Higher Education (CBHE)
Loyiha raqami: 101179245
Aloqa va ishtirok yuzasidan ma’lumot
Konferensiyada qatnashish masalalari bo‘yicha “TIQXMMI” Milliy
tadqiqot universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Mas’ul shaxs: Sherzod
Rakhmonov — Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
Telefon: +998 (71)
237-09-87
Elektron pochta: international@tiiame.uz
Rasmiy sayt: https://tiiame.uz
Yashil kelajak uchun ilm-fan, ta’lim va
innovatsiyalarni birlashtiramiz!