K-CAST Forum 2027: Koreya–Markaziy Osiyo ilm-fan, texnologiya va yashil rivojlanish xalqaro forumi
15.04.2027
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON
2027-yil 15–16-aprel kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida K-CAST Forum 2027 (Korea–Central Asia Science & Technology) xalqaro ilmiy-amaliy forumi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Forum Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirish, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini jadallashtirish, innovatsion texnologiyalar transferini rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy va investitsiyaviy loyihalarni shakllantirishga qaratilgan.
Tadbir ODA K-CAST loyihasi doirasida belgilangan yashil rivojlanishga yo‘naltirilgan rasmiy rivojlanish yordami (Green ODA), ilmiy tadqiqotlar, raqamli transformatsiya va barqaror rivojlanish yo‘nalishlariga asoslanadi.
Forumning asosiy yo‘nalishlari:
- Yashil iqtisodiyot, dekarbonizatsiya va ekologik barqarorlik.
- Suv resurslarini samarali boshqarish va zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar.
- Aqlli qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga moslashuv.
- Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va ekologik monitoring.
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligi.
- Chiqindilarni qayta ishlash va aylanma iqtisodiyot.
- Green ODA dasturlari, texnologiyalar transferi va qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalar.
- Koreya va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar
Forum doirasida Koreya Respublikasining 30 ta ishlab chiqarish korxonasi vakillarining tashrifi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi orqali mahalliy ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subyektlari va sanoat tashkilotlarini jalb etish ko‘zda tutilmoqda.
Forum davomida Koreya va O‘zbekiston korxonalari o‘rtasida B2B uchrashuvlar, innovatsion texnologiyalar taqdimotlari hamda hamkorlik muzokaralari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur uchrashuvlar yangi texnologiyalarni O‘zbekiston sanoatiga joriy etish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va uzoq muddatli biznes hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Forum ishtirokchilari:
Xalqaro forumga Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, sanoat korxonalari, tadbirkorlik subyektlari hamda innovatsion kompaniyalari vakillarini jalb etish rejalashtirilgan.
Kutilayotgan natijalar:
Forum yakunida Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ilmiy-texnologik hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalarni shakllantirish, Green ODA imkoniyatlaridan foydalanish hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida amaliy hamkorlik aloqalarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Tadbir haqida ma’lumot
Sana: 2027-yil 15–16-aprel
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti.
Aloqa uchun: Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Telefon: +998 71 237-09-87
Elektron pochta: international@tiiame.uz
Forumda ishtirok etish va hamkorlik takliflari yuzasidan yuqoridagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Forumning batafsil dasturi, ishtirok etish tartibi va tashkiliy ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.