K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti Sizni “Agrosanoat va suv xo‘jaligi majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.
02.11.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “G” bino, G-318-xona. Tel.: +99893 5828381
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, K.A.Timiryazov
nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar
univesiteti va Qozog‘iston Milliy agrar tadqiqot universiteti Sizni “Agrosanoat va suv xo‘jaligi
majmuasida innovatsion texnologiyalar” mavzusidagi I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga
taklif qiladi.
Konferensiya
2026-yil 27-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada ishtirok etish
uchun jamoat va siyosiy arboblar, oliy ta’lim muassasalarining
professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrantlar va doktorantlar
taklif etiladi.
Konferensiyaning ishchi
tillari: rus va ingliz tillari. Konferensiya quyidagi sho’balarda o’tkasiladi:
1. Suvdan
foydalanishning innovatsion texnologiyalari.
2. Qishloq
va suv xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalashtirishdagi zamonaviy taraqqiyot yo'nalishlari.
Ilmiy-amaliy konferensiyada
ishtirok etish uchun maqolalar 2026-yil
20-noyabrgacha b.norov@tiiame.uz
elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
Mualliflar uchun qoidalar:
Konferentsiya natijalari boʻyicha maqolalar toʻplami
RINTS bazasida indeksatsiyalanadi.
Materiallarni
rasmiylashtirishda quyidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz:
1. Nashr uchun maqola rus yoki ingliz tillarida
elektron shaklda taqdim etiladi.
2.
Maqola hajmi 4–5
sahifadan oshmasligi kerak. Matn Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamda, bir
interval bilan teriladi; sahifaning barcha chetlaridan 20 mm hoshiya
qoldiriladi. Matndagi barcha formulalar o‘ng tomondan raqamlanadi.
Formulalardan so‘ng shartli belgilar to‘liq izohlanadi.
3. Matndagi adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida
arab raqamlari bilan belgilanadi.
4. Jadvalga oid izohlar jadval ostida joylashtiriladi.
5. Maqolada quyidagi qismlar albatta bo‘lishi kerak:
maqola nomi, annottsiya”, “kalit soʻslar”, “kirish” (kirishda mavzuning
dorzarbligi yoritiladi) ,”tadqiqot usullari”, “tadqiqot natijalari”,
“xulosalar”, “foydalanilgan adabiyotlar roʻyzati”.
6. Annotatsiya ikki tilda (ingliz va rus tillarida), har
bir tilda 4-6 qatordan oshmagan hajmda keltiriladi;
7. Rasmlar JPEG yoki GIF formatida bo‘lishi kerak; MS
Word vositalarida tayyorlangan rasmlar yagona obyekt sifatida guruhlanishi
lozim;
8. Maqola mazmuniga mos kalit so‘zlar (10–15 ta so‘z yoki
so‘z birikmasi). Har bir kalit so‘z yoki birikma vergul bilan ajratiladi va
ikki tilda (ingliz va rus tillarida) beriladi;
9. Har bir maqola mualliflari, hammualliflarni qo‘shib
hisoblaganda, uch kishidan oshmasligi kerak;
10. Bir muallif ko‘pi bilan ikkita maqolaga hammuallif
bo‘lishi mumkin;
11. Maqolaning originallik darajasi 60 foizdan yuqori
bo‘lishi kerak.
Konferensiyada ishtirok etish va maqolalarni chop etish bepul.
Rad etilgan maqolalar mualliflarga qaytarib
yuborilmaydi.
Tahrir hay’ati qoidalarga rioya qilmagan holda rasmiylashtirilgan maqolalarni ko‘rib chiqmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Tashkiliy
qoʻmita:
“Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot
universiteti: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “G” bino,
G-318-xona. Tel.: +99893 5828381
Norov Begmat Xolmatovich
K.A.Timiryazov nomidagi MQXA - Rossiya davlat agrar univesiteti: 127434 Moskva shari, Timiryazov ko‘chasi, 49-uy.
Balabanov Viktor Ivanovich
Теl: +7 903 543
3000
+7 499 976 2115
Email: vbalabanov@rgau-mcha.ru
Qozog‘iston Milliy agrar
tadqiqot universiteti: 050010,
Almati shahri. Abay shoh ko‘chasi, 8-uy.
Sarkinov Erbol
Теl:
+7 701 227 4604
Email: yerbol.sarkynov@kaznaru.edu.kz