“Fan va ta’lim rivojlanishining hozirgi bosqichida texnosfera xavfsizligini ta’minlashning innovatsion yo‘llari” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
25.11.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti: Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “G” bino, G-611-xona.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Sizni “Fan va ta’lim rivojlanishining hozirgi bosqichida texnosfera xavfsizligini ta’minlashning innovatsion yo‘llari” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.
Konferensiya 2026-yil 25-noyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun jamoat va siyosiy arboblar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar, magistrantlar va doktorantlar taklif etiladi.
Konferensiyaning ishchi tillari: rus va ingliz tillari. Konferensiya quyidagi sho‘balar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1-shoʻba. Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va ekologik xavfsizlikni takomillashtirish yo‘llari.
2-sho‘ba. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash.
Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalar 2026-yil
15-noyabrgacha z.mirxasilova@tiiame.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.
Mualliflar uchun qoidalar:
Konferentsiya natijalari boʻyicha maqolalar toʻplami RINTS bazasida indeksatsiyalanadi.
Materiallarni rasmiylashtirishda quyidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz:
1. Nashr uchun maqola rus yoki ingliz tillarida elektron shaklda taqdim etiladi.
2. Maqola hajmi 4–5 sahifadan oshmasligi kerak. Matn Times New Roman shriftida, 12 o‘lchamda, bir interval bilan teriladi; sahifaning barcha chetlaridan 20 mm hoshiya qoldiriladi. Matndagi barcha formulalar o‘ng tomondan raqamlanadi. Formulalardan so‘ng shartli belgilar to‘liq izohlanadi.
3. Matndagi adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida arab raqamlari bilan belgilanadi.
4. Jadvalga oid izohlar jadval ostida joylashtiriladi.
5. Maqolada quyidagi qismlar albatta bo‘lishi kerak: maqola nomi, annottsiya”, “kalit soʻslar”, “kirish” (kirishda mavzuning dorzarbligi yoritiladi) ,”tadqiqot usullari”, “tadqiqot natijalari”, “xulosalar”, “foydalanilgan adabiyotlar roʻyzati”.
6. Annotatsiya ikki tilda (ingliz va rus tillarida), har bir tilda 4-6 qatordan oshmagan hajmda keltiriladi;
7. Rasmlar JPEG yoki GIF formatida bo‘lishi kerak; MS Word vositalarida tayyorlangan rasmlar yagona obyekt sifatida guruhlanishi lozim;
8. Maqola mazmuniga mos kalit so‘zlar (10–15 ta so‘z yoki so‘z birikmasi). Har bir kalit so‘z yoki birikma vergul bilan ajratiladi va ikki tilda (ingliz va rus tillarida) beriladi;
9. Har bir maqola mualliflari, hammualliflarni qo‘shib hisoblaganda, uch kishidan oshmasligi kerak;
10. Bir muallif ko‘pi bilan ikkita maqolaga hammuallif bo‘lishi mumkin;
11. Maqolaning originallik darajasi 60 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.
Konferensiyada ishtirok etish va maqolalarni chop etish bepul.
Rad etilgan maqolalar mualliflarga qaytarib yuborilmaydi.
Tahrir hay’ati qoidalarga rioya qilmagan holda rasmiylashtirilgan maqolalarni ko‘rib chiqmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Tashkiliy qoʻmita:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti: Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, “G” bino, G-611-xona. Tel.: +998 97 493-25-26, +998 99 324-57-65.
Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti. Тел:+79110277874.