Tillar kafedrasi Sizni 2026-yil 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Til Ta’Limida Generativ Sun’Iy Intellekt: Raqamli Yordamchidan Shaxsiy O‘Qituvchigacha” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.

05.10.2026

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

TILLAR KAFEDRASI / КАФЕДРА ЯЗЫКОВ / DEPARTMENT OF LANGUAGES

AXBOROT XATI / ИНФОРМАЦИОННОЕ ПИСЬМО / INFORMATION LETTER

TIL TA’LIMIDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT: RAQAMLI YORDAMCHIDAN SHAXSIY O‘QITUVCHIGACHA 

SANA / ДАТА / DATE
21 NOVEMBER 2026
21 НОЯБРЯ 2026
21 NOVEMBER 2026

MAQOLALAR / СТАТЬИ / PAPERS
10 NOVEMBER 2026
10 НОЯБРЯ 2026
10 NOVEMBER 2026

 TOSHKENT – 2026 / ТАШКЕНТ – 2026 / TASHKENT – 2026

 AXBOROT XATI

Hurmatli hamkasblar!

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Tillar kafedrasi Sizni 2026-yil 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Til Ta’Limida Generativ Sun’Iy Intellekt: Raqamli Yordamchidan Shaxsiy O‘Qituvchigacha” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.

Konferensiya generativ sun’iy intellekt davrida til ta’limining o‘zgarishini — sun’iy intellektdan raqamli yordamchi sifatida foydalanishdan tortib shaxsiylashtirilgan va adaptiv ta’lim modellarigacha — ilmiy va amaliy jihatdan muhokama qilishga qaratilgan.

Konferensiyaning maqsadi

Generativ sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni til ta’limida mas’uliyatli hamda samarali qo‘llashning ilmiy-metodik, pedagogik va texnologik yondashuvlarini muhokama qilish, shuningdek ko‘p tilli, akademik, kasbiy va madaniyatlararo kommunikatsiya bo‘yicha xalqaro tajriba almashish.

Ishtirok etishga taklif etiladilar

Olimlar, oliy va professional ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tilshunoslik, tillarni o‘qitish metodikasi, tarjima va raqamli ta’lim sohasi mutaxassislari, doktorantlar, tayanch doktorantlar, magistrantlar, yosh tadqiqotchilar va amaliyotchilar.

Konferensiya sho‘balari

1.     Kasbiy yo‘naltirilgan til ta’limi: muhandislik, suv xo‘jaligi, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot va xalqaro hamkorlik tili.

2.     Zamonaviy universitetda polifoniya, tarjima va madaniyatlararo kommunikatsiya.

3.     Akademik yozuv va ilm-fan tili: noshirlik kompetentligi, ilmiy diskurs, terminologiya, ilmiy maqolalar tayyorlash va nofilologik oliy ta’lim muassasalarida xalqaro ilmiy kommunikatsiya.

4.     Oliy ta’limda tillarni o‘qitishning zamonaviy metodikalari.

5.     Til ta’limida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar: LMS, generativ sun’iy intellekt, intellektual ta’lim tizimlari va raqamli baholash.

6.     XXI asr mutaxassisining raqamli, kommunikativ, kasbiy va madaniyatlararo kompetentligi.

Tashkiliy ma’lumotlar

O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 21-noyabr.

Maqolalarni topshirish muddati: 2026-yil 10-noyabrgacha (shu kun ham kiradi) matluba.juraeva1986@gmail.com elektron pochta manziliga yoki Telegram orqali quyidagi raqamlarga yuboriladi:+998 91 301 08 18 (Samambetova Feruza Tolibayevna); +998 90 928 73 33 (Tasheva Umida Timurovna).

Manzil: Toshkent shahri, Qori-Niyoziy ko‘chasi, 39, “TIIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti.

Format: gibrid (an’anaviy va onlayn).

Ishchi tillar: o‘zbek, rus, ingliz.

Boshlanish vaqti: Toshkent vaqti bilan soat 10:00.

Maqolalarni rasmiylashtirish talablari

·        maqola hajmi — 4–6 bet, .docx formatida;

·        Times New Roman, 12 pt; qator oralig‘i 1,5; hoshiyalar 2 sm; abzats 1 sm;

·        UDK, muallif(lar) haqida ma’lumot, tashkilot, shahar, mamlakat, e-mail;

·        maqola nomi; o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya va kalit so‘zlar;

·        matndagi havolalar kvadrat qavsda; adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida;

·        materiallarning ishonchliligi, iqtiboslarning to‘g‘riligi va plagiat mavjud emasligi uchun mualliflar javobgardir.

 

Qo‘shimcha talablar

• Maqola fayli konferensiya yo‘nalishi raqami va birinchi muallifning to‘liq ismi-sharifi ko‘rsatilgan holda nomlanishi shart;

• ko‘pi bilan ikkita muallif ruxsat etiladi;

• talablarga javob bermaydigan maqolalar nashr etish uchun qabul qilinmaydi.

Nashr etish narxi:

• O‘zbekiston Respublikasidan kelgan ishtirokchilar uchun - 150 000 so‘m;

• xalqaro ishtirokchilar uchun - nashr etish bepul.

Toʻlov kartasi raqami: 6262 7300 8625 1305 (Jurayeva Matluba)

Tashkiliy qo‘mitaning aloqa ma’lumotlari

• +998 90 993 45 69 — Abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna

• +998 90 928 73 33 — Tasheva Umida Timurovna

• +998 91 301 08 18 — Samambetova Feruza Tolibayevna

• +998 97 586 35 53 — Jurayeva Matluba Tulaganovna