“80 yillik tajriba: yer resurslarini boshqarish va kadastr sohalarida geoinnovatsion (fazoviy) tadqiqotlar istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
29.05.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON
2026-yilning 29-30 may kunlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “80 yillik tajriba: yer resurslarini boshqarish va kadastr sohalarida geoinnovatsion (fazoviy) tadqiqotlar istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabul qilish boshlandi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarning yer resusrlarini boshqarish va kadastr sohasidagi akademik, professor, tadqiqotchi va mutaxassislarni birlashtirish, kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan olimlarni fanlararo yer resusrlarini boshqarish, yer tuzish va kadastr boʻyicha doktorantura va ilmiy izlanishlarga yoʻnaltirish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan olimlar va mutaxassislarni xalqaro hamjamiyatga jalb etishni kengaytirish, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarini integratsiyasini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish, yer resurslaidan foydalanish va boshqarish hamda kadastr tizimi bo‘yicha ta’lim sohasida bilim almashishdan iborat.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan quyidagi hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladi:
Ø Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr Agentligi;
Ø “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti;
Ø Davlat kadastrlari palatasi;
Ø Nireghaza universiteti (University of Nyíregyháza), Vengriya;
Ø Tehron universiteti (University of Tehran), Eron Islom Respublikasi;
Ø Sidian universiteti (Xidian university), Xitoy;
Ø Nanjin axborot fanlari va texnologiyalari universiteti (Nanjing University of Information Science and Technology), Xitoy;
Ø S.Seyfullin nomidagi Qozoq agrotexnik tadqiqot universiteti, Qozog‘iston Respublikasi;
Konferensiyaning asosiy mavzulari:
· yer resurslarini kompleks boshqarishning tashkiliy-huquqiy-iqtisodiy mexanizmlari;
· geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash va kartografiya;
· raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va aqlli qishloq xo‘jaligi;
· davlat kadastrlari va geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmlari;
· geodeziya, geodezik o‘lchashlar va zamonaviy texnologiyalar.
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Konferensiyada ishtirok etish uchun 2026-yil 15-may (shu kuni ham) talab bo‘yicha rasmiylashtirilgan maqola, konferensiya ishtirokchisi anketasini geospatial.land80@gmail.com elektron manzilga yoki +998 91 383 50 11; +998 88 820 77 97 raqamli telegramlarga jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan: A.Abduazimov - maqola-1, A. Abduazimov - anketa) bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida maqolaning qabul qilinganligi to‘g‘risida konferensiya materiali yuborilgan elektron pochtaga va maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy taqrizdan o‘tmagan maqolalar QABUL QILINMAYDI.
Konferensiya materiallari tahrir qilinib, Geodeziya, kartografiya va geoinformatika jurnalining maxsus soni sifatida elektron shaklda nashr etiladi.
Qabul qilingan maqola mualliflari yo‘nalishlar bo‘yicha “Konferensiya dasturi” da belgilangan vaqtda oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Maqola konferensiya yo‘nalishlariga tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan bo‘lishi kerak. Mualliflar tashkiliy qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun javobgardirlar.
Maqola hajmi 3-4 betdan kam bo‘lmasligi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar: Sahifa - A4 formatda, 1 interval oraligʻida, har tomondan 2 sm joy qoldirilib, kompyuterning Microsoft Word (97-2003.doc) muharririning Times New Roman 14 oʻlchamli shriftida tayyorlanishi lozim. Konferensiyaga maqolalar lotin alifbosiga asoslangan holda taqdim etilishi soʻraladi.
Maqolada ketma-ketlik tartibi:
UDK. (yuqori chap tomonda).
Mavzu bosh harflarda.
Muallif(lar)ning familiyasi-ism-sharifi (ism-sharifi qisqartirilgan holda).
Ish joyi (tashkilot nomi) kichik harflarda toʻliq koʻrsatiladi.
Annotatsiya (резюме) - Maqolaning qisqacha mazmuni kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya maqola tayyorlangan tilda beriladi).
Kalit soʻzlar (6-10 soʻz).
Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Kirish (введение).
Material va metodlar (материалы и методы).
Natijalar va ularning tahlili (результаты и обсуждения).
Xulosalar (выводы).
Foydalanilgan adabiyotlar (использованная литература).
Maqola mazmunining ilm-fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari yechimiga yoʻnaltirilganligi, shuningdek, maqolalarga qoʻyiladigan talablar xalqaro standartlarga mos kelishiga e’tibor qaratilishi lozim.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish – 2026 yil 15-maygacha.
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng 5 kun davomida.
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish – 2026 yil 20-maygacha.
Konferensiya o‘tkaziladigan sana – 2026 yil 29-30-may.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI:
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy ko‘chasi 39, Toshkent 100000, O‘zbekiston.
Telefonlar: +998 (97) 782-90-89 Zohid Mamatkulov
+998 (88) 820 77 97 Zoirjon Abdurakhmonov
+998 (91) 383 50 11 Aziz Orazbayev
E-mail: geospatial.land80@gmail.com