''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universitetida “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi anʼanaviy XXV - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o‘tadi

24.04.2026

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON

Anjumanga quyidagi ilmiy yo‘nalishlardagi ilmiy ishlar qabul qilinadi:

1. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan samarali foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

2. Gidrotexnika va Gidroenergetika muammolarini bartaraf etishda innovatsion yechimlar;

3. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalash, raqamlashtirish masalalari;

4. Qishloq va suv xo‘jaligining energetika va avtomatlashtirish sohalarida zamonaviy energotejamkor va raqamli texnologiyalar;

5. Yer resurslaridan oqilona foydalanish, huquqiy muxofaza qilish xamda geodeziya, kartografiya va kadastr tizimida raqamli texnologiyalar;

6. Iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish: muammo va yechimlar;

7. Qishloq va suv xo‘jaligida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy, pedagogik maʼnaviy omillari;

8. Filologiya va tillarni o‘qitishda zamonaviy tendensiyalar.

9. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili (Big Data) texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va ekologiya sohalarida qo‘llash;

10. Ekologik huquq, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy mexanizmlari.

Har bir maqolaga DOI (Digital Object Identifier) raqam beriladi va Google Scholarda indekslanadi.

Maqolalar ushbu iyctiiame@gmail.com pochta manzilda 2026-yil 20-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

Diqqat quyida berilgan axborot xatidagi talablarga javob bermagan maqolalar qabul qilinmaydi.

https://forms.yandex.ru/cloud/69ec82fee010db2efe0ccbc6