«Barqaror rivojlanish uchun ekologik texnologiyalar va muhandislik » xalqaro konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida

28.04.2026

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti BMTning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasi (ESCAP) va uning qoshidagi Barqaror qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash markazi (CSAM), Ayova shtati universiteti va Shimoliy Dakota shtati universiteti (AQSH), Geizenheim universiteti (Germaniya), Anqara universiteti va Ekologik qishloq xo‘jaligini tashkil etish assotsiatsiyasi (Turkiya), Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya), Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti, Shimoliy-G‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik universiteti hamda Shixezi universiteti (Xitoy), M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston tadqiqot universiteti (Qozog‘iston) olimlari bilan hamkorlikda 2026 yil 28-30 aprel kunlari «Ekologik texnologiyalar va barqaror rivojlanish uchun muhandislik (ETESD-2026)» xalqaro konferensiyasini o‘tkazadi.

 

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

1 - Tabiiy resurslar va atrof-muhit monitoringi uchun optik va foton texnologiyalar

2 -  Yerni masofadan zondlash va kuzatish tizimlari, GAT

3 - Atrof-muhitni intellektual va IoT asosidagi monitoringi

4 – Yashil texnologiyalar va resurslarni barqaror boshqarish

5 -  Atrof-muhit fizikasi, modellashtirish va simulyatsiyalash

6 -  Bioxilma-xillik, ekogidrologiya, tuproq, suv va o‘simlikning o‘zaro ta’siri

7 – Atrof-muhit va qishloq xo‘jaligi intellektual texnologiyalari va texnikalari

 

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish – 2026 yil 25 aprelgacha.

Maqola qabul qilinganligini tasdiqlash – 2026 yil 10 maygacha.

Tashkiliy badalni to‘lash – 2026 yil 15 maygacha.

Konferensiyani o‘tkazish – 2026 yil 28-30 aprel. 

 

Maqolalarni yozish va rasmiylashtirishga talablar:

Konferensiyada ishtirok etish uchun tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida ingliz tilida ravon yozilgan va quyida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan maqolalar qabul qilinadi. Taqdim etilgan materiallar original va konferensiyaning yo‘nalishlariga mos bo‘lishi kerak. 

        maqolalar tanlangan nashriyot tomonidan taqdim etilgan namuna bo‘yicha va talablarga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishi kerak;

        maqolalar ingliz tilida ravon yozilgan bo‘lishi kerak (xato va g‘aliz tarjima qilingan maqolalar chetlashtiriladi);

        maqola hajmi 4-6 bet oralig‘ida bo‘lishi kerak (kamida to‘liq 4 bet).

        maqolada quyidagi bo‘limlar bo‘lishi kerak: Abstract, Introduction, Methods, Results and Discussion, Conclusion va h.k.

        havolalar nashriyot talablariga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishi kerak (konferensiya saytidagi namunalarga qarang), indeksatsiyalanadigan halqaro bazalardagi chop etilgan ishlarga  havolalar qilish tavsiya etiladi;

        o‘lchov birliklarini ko‘rsatishda halqaro standart o‘lchov birliklardan, o‘nli kasrlarni ko‘rsatishda esa nuqtadan foydalaning (masalan, 0.002);

        foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida mualliflar ko‘pi bilan 2 ta o‘z maqolalariga havolalar qilishiga ruxsat etiladi.

Barcha maqolalar taqrizdan o‘tkazilib, ko‘chirmachilik (plagiat) va ortiqcha o‘ziga-o‘zi havola berish hamda rasmiylashtirishga mosligi va originalligi bo‘yicha tekshiriladi. Taqrizdan o‘tgan maqolalar Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallardan birida chop etish uchun qabul qilinadi. Ko‘chirmachilik (plagiat)ga tekshirish yakuniy bosqichda to‘lov qilingandan so‘ng jurnal muharrirlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli ko‘chirmachilik (plagiat) aniqlanib chetlashtirilgan maqolalarning badal pullari mualliflarga qaytarilmaydi.

Chop etishga yuborilgan maqolalarni yozishning rasmiy tili – ingliz tili.

Konferensiya yakuni bo‘yicha maqolalar yo‘nalishiga qarab Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan SPIE Conference Proceedings to‘plamida chop etiladi. Konferensiyada bevosita va sirtdan ishtirok etadigan barcha ishtirokchilar to‘plamda chop etish uchun maqolalarini dastlab Word shaklida +998977266465 raqamiga Telegramm orqali taqdim etishlari so‘raladi.

Tashkiliy badal:

To‘plamda bitta maqolani chop etish uchun  tashkiliy badal:

bevosita qatnashish

sirtdan qatnashish

Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan to‘plamda bitta maqola

220 $  

220 $   

Maqolalar qabul qilingandan so‘ng, maqola yuborilgan elektron pochtalarga tashkiliy badalni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari jo‘natiladi. To‘lov so‘mmasi bank xizmatlarini hisobga olgan holda milliy valyutada 2700000 (ikki million yetti yuz ming) so‘mni tashkil etadi. Pul mablag‘lari 9860 1606 0720 7521 plastik kartasiga tashlab beriladi (Atham Borotov nomida) va keyin +998977266465 raqamiga Telegramm orqali yoki atxamborotov@mail.ru elektron pochta orqali to‘lov kvitansiyasi, maqola rakami va nomini jo‘natish kerak.

 

Nashr ishlari bo‘yicha xorijiy yetakchi mutaxassislar tomonidan maqolalarni ingliz tiliga tarjima xizmati ko‘rsatiladi. Tarjima xizmati uchun to‘lov maqolalar hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Buning uchun maqolani mas’ullarga yuborish so‘raladi va sizga tarjima xizmati bo‘yicha xabar jo‘natiladi.

Tashkilotchi manzili: 

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU), 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy;

Mas’ul:  

 “TIQXMMI” MTU – Astanaqulov Komil Dullievich, “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi mudiri, tel.: +99871-237-19-07; mob.: +99897-130-45-74.

                    e-mail: k.astanakulov@tiiame.uz, komiljon.astanaqulov@gmail.com