“TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TAJRIBA VA KELAJAK ISTIQBOLLARI” 3-xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.

02.05.2026

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti. Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O‘ZBEKISTON

“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XOʻJALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

2026-yil 2- may kuni ​ O'qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasi tomonidan rejalashtirilgan​

“TIL TA’LIMI: ZAMONAVIY TAJRIBA VA KELAJAK ISTIQBOLLARI”

3-xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.

Konferensiya​da universitet professorlari, tadqiqotchilar va​ magistr va bakalavr talabalari ishtirok etishi mumkin.

Konferensiya sho’balari:

1.       Chet tili o'qitish metodologiyasi : innovatsiyalar va istiqbollar.

2.       Filologik muammolar : muammolar va yechimlar.

3.       Til va madaniyat.

4.       Zamonaviy pedagogika texnologiyalar va innovatsion o'qitish usullari va kasbiy ta'lim.

5.       Korpus linkvistikasi va SI bilan takomillashtirilgan yondashuvlar orqali til o'qitish metodologiyasi.

Konferensiya tillari: ingliz, oʻzbek, rus, nemis, turk.

Konferensiyada ishtirok etish va tezislarini materiallar to'plamida nashr etish uchun ishtirokchilar tashkilotchilar bilan elektron pochtasi: phdtiiame@gmail.com orqali yoki telegram manzili: @tolibjonyuldoshev orqali bog'lanishlari va 2026-yil 25-aprelgacha ro'yxatdan o'tishlari so'raladi. Maruza va taqdimot qilishni istaganlar 1-aprelgacha ro'yxatdan o'tishlari shart. Qabul qilingan barcha maqolalar Google Scholarda indekslanadi va ularga DOI beriladi.

Materiallarni nashr etish: Konferensiya materiallari elektron va bosma formatlarda nashr etiladi. Har bir nashr etilgan maqola uchun alohida DOI, elektron sertifikat va indekslangan maqolaning PDF versiyasi taqdim etiladi. Har bir maqola plagiat tekshiruvidan o'tkaziladi va originalligi 60% dan past bo'lgan maqolalar qabul qilinmaydi. Konferensiya tashkiliy qo'mitasi talablarga javob bermaydigan yoki belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan maqolalarni nashr etmaslik huquqini o'zida saqlab qoladi. Konferensiya materiallari to'liq to'plangandan so'ng, ularni rasmiy veb-saytdan yuklab olish mumkin bo'ladi.

Materiallarga talablar:

Ø  Maqola hajmi: 3-5 bet

Ø  Formati: Shrift: Times New Roman, 14 pt, 1.5 oraliq. Chegaralari: yuqori va pastki 2 sm, chap 3 sm, o'ng 1.5 sm.

Ø  Sarlavhadan keyin muallif(lar)ning familiyasi, ismi, ish joyi, ilmiy darajasi va elektron pochta manzili ko'rsatiladi, so'ngra annotatsiya va kalit so'zlar (ikki tilda - maqola tili va Ingliz tilida, maqolalar ingliz tilida bo'lsa o'zbek tilida) bir oraliq bilan, so'ngra asosiy matn ikki oraliq bilan va oxirida havolalar ro'yxati (quyida misol keltirilgan).

Ø  Maqola nomi, muallif haqida ma'lumot, annotatsiya va kalit so'zlar (ikki tilda) 150 ta so'zdan oshmasligi kerak. Adabiyotlar ro'yxati alifbo tartibida joylashtirilishi kerak.

Ø  Maqola faylining nomi: sho’ba raqami va muallifning familiyasi, masalan, 1_ Yokubova.docx yoki 3_ Yokubova.doc

 

Maqolada ifodalangan fikrlar, statistik ma'lumotlar, aks ettirilgan g'oyalar, shuningdek, matnning imlo qoidalari uchun javobgarlik muallif zimmasidadir.

 

Maqola chop etish to'lovi: Har bir tezis nashr qilish uchun to’lovlar 180 000 so'mni tashkil etadi. To'lovni Click, Payme yoki boshqa bank mobil ilovalari orqali 5614 6830 3685 4693 (Tolibjon Yo'ldoshev) kartasiga amalga oshirish mumkin. To'lovni tasdiqlovchi rasmni muallif va maqola nomini ko'rsatib, Telegram: +998944166446 @tolibjonyuldoshev ga yuboring.

 

Bog'lanish uchun ma'lumot:

Elektron pochta: phdtiiame@gmail.com

Telegram: https://t.me/TIIAME_3Conference2

+ 998944166446, Tolibjon Yuldoshev: @tolibjonyuldoshev

+ 998998051580, Hilola Radjabova: @Hilola_Abdurasulovna_Radjabova

+ 998946578246, Go’zal Eshchanova: @GuzalErkinova

 

Konferensiya sanasi va joyi: 02.05.2026 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti. 39, Qori Niyoziy kochasi, Toshkent, Oʻzbekiston, 100000