MODERN EXPERIENCES AND FUTURE PROSPECTS” (Til ta’limi: joriy tajribalar va istiqbolli g'oyalar) Mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

23.11.2024

Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy

 AXBOROT XATI

“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

O‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasi tomonidan

2024 yil 23 noyabr sanasida

LANGUAGE EDUCATION: MODERN EXPERIENCES AND FUTURE PROSPECTS”

(Til ta’limi: joriy tajribalar va istiqbolli g'oyalar)

Mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘tkazilishini ma’lum qiladi

 

Konferensiyada ishtirok etish uchun oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilar va magistrant talabalar taklif etiladi.

 Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

1.  Xorijiy tillarni oqitish metodikasi – innovatsiya va istiqbollar.

2.  Filologiya masalalari: muammo va yechimlar.

3.  Til, madaniyat va ularning talqini.

 Konferensiyaning ishchi tillari: ingliz, o‘zbek, rus.

 Anjumanda ishtirok etish va to‘plamda tezis chop etish uchun 2024 yil 14 noyabr sanasiga qadar quyidagi keltirilgan aloqa vositalari orqali tashkilotchilar bilan bog‘lanib, ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. (Taqdimot nutqi bilan ishtirok etish istagida bo‘lganlar oktyabrga qadar ro‘yhatdan o‘tishlari talab etiladi).

Nashr uchun tezislar elektron manzilga yuqorida belgilangan muddatga qadar yuborilishi talab etiladi hamda tashkilotchilardan chop etishga tasdiqlanganligi haqida xabar kelgandan so‘ng to‘lovni tasdiqlovchi kvitansiyaning skaner-nusxasini quyidagi elektron pochta yoki telegram manziliga yuborish talab etiladi:

 

Materiallarni nashr etish:

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi konferensiya materiallari to‘plamini elektron va bosma (! to‘lov asosida) shaklda nashr etishi rejalangan.

Tezislarni qabul qilish muddati 2024 yil 14 noyabr.

To‘plam nashri uchun to‘lov  – 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m.

 Maqola va tezisga qo‘yiladigan talablar: maqola matni “Microsoft Word 2003” yoki “Microsoft Word 2010” muharriri  («.doc» formati), А4 format, “kitob” (книжный) ko‘rinishida. Varaq chetlari o‘lchami – 2,5 sm. Shrift – «Times New Roman», 14 kegl. Satr boshi – 1,25 sm. Interval – 1,5. Adabiyotga havolalar maqola matnida katta qavsda ([x]) beriladi.

Sarlavha o‘zbek, rus va ingliz (2 tasi tanlanadi) tillarida taqdim etiladi: qalin harflar bilan yozilgan muallif(lar)ning FISH; tashkilot nomi (to‘liq), manzil qalin kursiv bilan; qalin va bosh harflar bilan maqola sarlavhasi.  Sarlavhalar oxirida nuqta qo‘yilmaydi.

Annotatsiya (2 tilda) hamda kalit so‘zlar 60 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida keltiriladi va alifbo tartibida (muallif familiyasining harfi bo‘yicha) joylashtiriladi. Birinchi muallifning FISH kursiv bilan beriladi. (Rasmiylashtirish bo‘yicha na’munaviy fayl telegram kanalda taqdim etiladi)

Konferensiya ishtirokchisi faqat bitta ma’ruza bilan ishtirok etishi mumkin. Muallif(lar) taqdim etilgan faktlar, statistik ma’lumotlar, ismlar, geografik  nomlar va boshqa ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardirlar. Tahririyat kengashi taqdim etilgan materiallarni tanlash va tahrirlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Mavzuga, rasmiylashtirish talablariga mos kelmaydigan, originalligi 60% dan kam bo‘lgan materiallar nashr etilmaydi va qaytarilmaydi.

 (!) Yuborilgan fayllar nomlari muallifning familiyasi va initsiallari hamda tanlangan yo‘nalish raqamidan iborat bo‘lishi kerak. 

 Rasmiylashtirish bo‘yicha na’munaviy fayl telegram kanalda taqdim etilgan.

Murojat va kelgusi jarayonlarni muxokama qilish uchun maxsus telegram kanal havolasi va boshqa manzillar:

Telegram kanal:   https://t.me/+fLpDgAV5EuY5NjNi  

 Manzil: Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy

значки компьютеров png | PNGWing

 Ma’lumotuchun telefon: +998 90 251 81 88 –  Nozima Musaeva

 E-mail: myfaculty42@gmail.com

  Konferensiya materiallari to‘plamining bosma shaklini olish uchun to‘lov telegram kanalda taqdim etigan bank kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot uchun telegram kanaliga qo‘shilishingiz so‘raladi.