MODERN EXPERIENCES AND FUTURE PROSPECTS” (Til ta’limi: joriy tajribalar va istiqbolli g'oyalar) Mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
23.11.2024
Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy
AXBOROT XATI
“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
O‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasi tomonidan
2024 yil 23 noyabr sanasida
“LANGUAGE EDUCATION: MODERN EXPERIENCES AND FUTURE PROSPECTS”
(Til ta’limi: joriy
tajribalar va istiqbolli g'oyalar)
Mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya
O‘tkazilishini
ma’lum qiladi
Konferensiyada ishtirok etish uchun oliy
ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilar va
magistrant talabalar taklif etiladi.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
1.
Xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi –
innovatsiya va istiqbollar.
2.
Filologiya masalalari: muammo va
yechimlar.
3. Til,
madaniyat va ularning talqini.
Konferensiyaning ishchi tillari: ingliz, o‘zbek, rus.
Anjumanda ishtirok etish va to‘plamda tezis chop etish uchun 2024 yil 14 noyabr sanasiga qadar quyidagi keltirilgan aloqa vositalari orqali tashkilotchilar bilan bog‘lanib, ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. (Taqdimot nutqi bilan ishtirok etish istagida bo‘lganlar 5 oktyabrga qadar ro‘yhatdan o‘tishlari talab etiladi).
Nashr uchun tezislar elektron manzilga
yuqorida belgilangan muddatga qadar yuborilishi talab etiladi hamda
tashkilotchilardan chop etishga tasdiqlanganligi haqida xabar kelgandan so‘ng
to‘lovni tasdiqlovchi kvitansiyaning skaner-nusxasini quyidagi elektron pochta
yoki telegram manziliga yuborish talab etiladi:
Materiallarni nashr etish:
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi
konferensiya materiallari to‘plamini elektron
va bosma (! to‘lov asosida) shaklda nashr etishi rejalangan.
Tezislarni qabul qilish muddati 2024 yil 14 noyabr.
To‘plam nashri uchun to‘lov – 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m.
Maqola va tezisga qo‘yiladigan talablar: maqola matni “Microsoft Word 2003” yoki “Microsoft Word 2010” muharriri («.doc» formati), А4 format, “kitob” (книжный) ko‘rinishida. Varaq chetlari o‘lchami – 2,5 sm. Shrift – «Times New Roman», 14 kegl. Satr boshi – 1,25 sm. Interval – 1,5. Adabiyotga havolalar maqola matnida katta qavsda ([x]) beriladi.
Sarlavha o‘zbek, rus va ingliz (2 tasi
tanlanadi) tillarida taqdim etiladi: qalin harflar bilan yozilgan
muallif(lar)ning FISH; tashkilot nomi (to‘liq), manzil qalin kursiv bilan;
qalin va bosh harflar bilan maqola sarlavhasi.
Sarlavhalar oxirida nuqta qo‘yilmaydi.
Annotatsiya (2 tilda) hamda kalit so‘zlar 60
ta so‘zdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida
keltiriladi va alifbo tartibida (muallif familiyasining harfi bo‘yicha)
joylashtiriladi. Birinchi muallifning FISH kursiv
bilan beriladi. (Rasmiylashtirish bo‘yicha na’munaviy fayl telegram kanalda
taqdim etiladi)
Konferensiya ishtirokchisi faqat bitta
ma’ruza bilan ishtirok etishi mumkin. Muallif(lar) taqdim etilgan faktlar,
statistik ma’lumotlar, ismlar, geografik
nomlar va boshqa ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardirlar.
Tahririyat kengashi taqdim etilgan materiallarni tanlash va tahrirlash huquqini
o‘zida saqlab qoladi. Mavzuga, rasmiylashtirish talablariga mos kelmaydigan,
originalligi 60% dan kam bo‘lgan materiallar nashr etilmaydi va qaytarilmaydi.
(!) Yuborilgan fayllar nomlari muallifning familiyasi va initsiallari hamda tanlangan yo‘nalish raqamidan iborat bo‘lishi kerak.
Rasmiylashtirish bo‘yicha na’munaviy fayl telegram kanalda taqdim etilgan.
Murojat va kelgusi jarayonlarni muxokama qilish uchun maxsus telegram kanal havolasi va boshqa manzillar:
Telegram kanal: https://t.me/+fLpDgAV5EuY5NjNi
Manzil: Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy
Ma’lumotuchun telefon: +998 90 251 81 88 – Nozima Musaeva
E-mail: myfaculty42@gmail.com
Konferensiya materiallari to‘plamining bosma shaklini olish uchun to‘lov telegram kanalda taqdim etigan bank kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Batafsil ma’lumot uchun telegram kanaliga qo‘shilishingiz so‘raladi.