"O'zgaruvchan dunyo uchun barqaror geofazoviy yechimlar" Geoinformatika bo’yicha 6-an’anaviy xalqaro ilmiy konferensiyasi – GI 2024
19.11.2024
Toshkent, O’zbekiston
"O'zgaruvchan dunyo uchun barqaror geofazoviy yechimlar" GEOINFORMATIKA BO’YICHA 6-AN’ANAVIY XALQARO ILMIY KONFERENSIYASI – GI 2024
19-20 Noyabr, 2024 yil
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Toshkent, O’zbekiston
AXBOROT XATI
2024-yilning 19-20-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Geoinformatika bo’yicha 6-an’anaviy xalqaro ilmiy konferensiyasi – GI 2024ga maqolalar qabul qilish boshlandi. Ushbu konferensiya Xalqaro GIS kunida "O'zgaruvchan dunyo uchun barqaror geofazoviy yechimlar" mavzusida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag'ishlangan holda o’tkaziladi. Taqrizdan o’tgan va qabul qilingan maqolalar Scopus bazasida indekslangan jurnallarda nashr etiladi. Konferensiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- geoinformatika sohasida tadqiqotchilar, olimlar va amaliyotchilar o‘rtasida bilim almashish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- geoinformatika va tegishli fanlar bo'yicha so'nggi yutuqlar, innovatsiyalar va tadqiqot natijalarini namoyish etish;
- geofazoviy texnologiyalarni qo'llashning dolzarb muammolari, tendensiyalari va imkoniyatlarini muhokama qilish uchun platforma yaratish;
- turli sohalarda, jumladan, atrof-muhit, shaharsozlik, qishloq xo'jaligi va tabiiy ofatlarni boshqarish bo'yicha fanlararo tadqiqotlar va hamkorlikni rivojlantirish;
- tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun xalqaro hamkorlik va tarmoq imkoniyatlarini rivojlantirish;
- global muammolar va ijtimoiy ehtiyojlarni hal qilish uchun barqaror geofazoviy yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga hissa qo'shish;
- geoinformatika sohasidagi talabalar, tadqiqotchilar va mutaxassislarning salohiyatini oshirish va ko'nikmalarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash;
- axborot siyosatini ishlab chiqish va resurslarni boshqarish uchun qarorlar qabul qilish jarayonlariga geofazoviy texnologiyalarning integratsiyalashuvini rag'batlantirish;
- dolzarb ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishda geoinformatikaning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish;
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDGs) erishish va jamiyat farovonligini oshirish uchun geofazoviy ma'lumotlar va vositalardan foydalanishni rag'batlantirish.
Mazkur tadbir «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti («TIQXMMI» MTU) tomonidan “Geofazoviy usullar orqali organik va an’anaviy dehqonchilikni qo’llab-quvvatlash” (“SOCFarm”) xalqaro ilmiy amaliy loyihasi doirasida quyidagi hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda:
- Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universiteti, Vengriya;
- Obuda universiteti, Vengriya;
- Nireghaza universiteti, Vengriya;
- Pragadagi Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Chexiya;
- Plovdiv qishloq xo‘jalik universiteti, Bolgariya;
- Shimoliy universiteti, Xorvatiya;
- Zalsburgdagi Paris-Lodron universiteti, Avstriya;
- «Eurasia-Pacific Uninet» tashkiloti, Avstriya;
- Avstriya-Markaziy Osiyo GAT Markazi (ACA*GIScience);
- Lund universiteti, Shvetsiya;
- S.Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrotexnika universiteti, Qozog‘iston;
- Sh.Ulixanov nomidagi Kokshetov davlat universiteti, Qozog‘iston;
- “University of Business and Science”, O’zbekiston;
- O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti, O’zbekiston.
- O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, O’zbekiston.
Konferensiyaning asosiy mavzulari:
Geoinformatika bo’yicha:
- mintaqaviy barqaror rivojlanishda geoinformatika;
- geofazoviy infratuzilmalar va ekotizimlarni rivojlantirish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda aholi salomatligi sohasi boshqaruvida geoinformatika;
- qishloq xo'jaligi, suv resurslarini boshqarishda geoinformatika;
- geodeziya, kartografiya, kadastr va yer tuzish sohasidagi yangi tendensiyalar va texnologiyalar;
- madaniy va tabiiy meros obyektlarini boshqarishda geoinformatika;
- geoinformatika sohasida kasbiy va uzluksiz ta’lim;
Qishloq va suv xo’jaligi bo’yicha:
- aniq (koordinatali) qishloq xo’jaligi, datchiklar, masofadan zondlash;
- qishloq xo’jaligi mashinalari;
- ekotizimlar va suv resurslarini boshqarish;
- aniq (koordinatali) qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti;
- yerdan foydalanish va yer qoplamini barqaror rivojlantirish;
- geologiya, gidrologiya, gidrogeologiya;
- gidrotexnika inshootlari.
Konferensiya hay'ati yuqorida keltirilgan anjuman mavzulariga oid yozilgan ilmiy maqolalarni qabul qiladi. Konferensiyada ilmiy maqolaning taqdimoti (prezentatsiya) yoki poster bilan ishtirok etish mumkin. Ekspertlar tomonidan ko'rib chiqilib, taqrizdan o’tgan va konferensiyaga qabul qilingan ingliz tilidagi ilmiy maqolalar SCOPUS ma’lumotlar bazasida indekslangan “E3S Web of Conferences” jurnalda nashr qilinadi. Shuningdek, tanlab olingan eng yaxshi maqolalar “Research in Agricultural Engineering” (“SCImago” jurnal reytingiga ko’ra Q3 – SCOPUS, https://rae.agriculturejournals.cz/) jurnalida chop etish uchun tavsiya etiladi.
Konferensiyada ishtirok etmoqchi bo’lganlar poster yoki taqdimot (prezentatsiya) uchun ilmiy maqolalarini topshirishga taklif qilamiz. Konferensiya ilmiy kengashi qatnashchilarining ilmiy maqolalarini taqrizdan o’tkazish orqali tanlab oladi va taqdimot uchun tavsiya qiladi.
Ushbu axborot xatini konferensiya mavzulari bo’yicha qiziqqan barcha professor- o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talaba va magistrantlar hamda mutaxassislarga tarqatishingizni so'rab qolamiz.
Konferensiya bilan bog’liq asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish – 2024 yil 30-iyungacha
Maqola qabul qilinganligini tasdiqlash – 2024 yil 30 iyulgacha Tashkiliy to’lovni amalga oshirish – 2024 yil 1 avgustgacha Konferensiya o‘tkazilishi – 2024 yil 19-20 noyabr
Bir nafar muallifdan ko'pi bilan ikkita maqola qabul qilinadi. GI 2024 konferensiyasiga oid barcha to’liq ma’lumotlarni konferensiyaning quyidagi rasmiy sahifasi orqali olishingiz mumkin:
http://giconference.tiiame.uz/
Mazkur konferensiya onlayn hamda oflayn tarzda o'tkaziladi. “TIQXMMI” MTUda konferensiyada oflayn tarzda shaxsan ishtirok etish uchun konferensiya tashkilotchilariga bog’lanishingizni so’raymiz.
MAQOLALARGA QO’YILADIGAN TALABLAR:
Maqolalarga qo'yiladigan talablar va shablonlarni bu yerda topishingiz mumkin. Barcha maqolalar konferensiya doirasiga mos kelishi kerak.
Maqolalar uchun shablon va ko'rsatmalar.
Muhim ko'rsatmalar
Iltimos, maqolani tayyorlashda quyidagi asosiy ko'rsatmalarga amal qiling:
Mualliflar o'z maqolalarini quyidagi Microsoft Word shablonidan foydalangan holda tayyorlashlari kerak:
Konferensiyaga bitta muallif ikkidan ortiq maqola taqdim etmasligi kerak. Bunga ular hammualliflik qilgan maqolalar ham kiradi.
Maqola formati
- Maqolada sahifa raqamlari bo’lmasligi kerak.
- Matn ikki intervalli emas, balki bir intervalda tayyorlanadi.
- Barcha shriftlar tegishlicha tartiblangan.
- Barcha sahifalar vertikal (книжный) holatda bo’lishi (gorizontal/альбомный sahifalari aylantirilishi kerak).
- Maqola matni chap chetidan 25 mm masofada chekinishi kerak va tezis bilan bir sahifadan boshlab maqolangizning asosiy matnini boshlashdan oldin referatdan keyin 10 mm bo'sh joy bo'lishi kerak.
Maqola tarkibi
- Maqola muallif(lar)i va tashkilot(lar) nom(lar)ini o'z ichiga oladi (to'liq manzil, shu jumladan mamlakat).
- Barcha maqolalarda annotatsiya bo'lishi kerak.
- Barcha raqamlar va jadvallar to’g’ri tartibda raqamlangan bo'lishi kerak. Iltimos, rasm/jadval raqamlari takrorlanmasligi yoki o'tkazib yuborilmasligiga ishonch hosil qiling.
- Rasmlar o'qilish uchun yetarli darajada tiniq bo’lishi va matn ichida joylashtirilishi lozim, matn oxiriga ilova kabi qo’yilmaydi.
- Agar bo'lim sarlavhalari raqamlangan bo'lsa, ular sonli raqamlanganligiga ishonch hosil qiling va hech qanday raqamlar takrorlanmasligi yoki yetishmayotganligiga ishonch hosil qiling.
- Ko'rsatilgan tenglamalar nomlash qoidalariga amal qilishi kerak, ya'ni (1), (2), (3) va hokazo bo'limlar bo'yicha, ya'ni (1.1), (1.2) va hokazo. Har bir ko'rsatilgan tenglama o'z raqamiga ega va birortasi takrorlanmagan va barchasi mavjudligiga ishonch hosil qiling.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatining to'g'riligi tekshiriladi. Ma'lumotnomalar faqat to'g'ri va to'liq bo'lsa, CrossRef orqali bog'lanishi mumkin.
- Agar adabiyotlar raqamlansa (Garvard tizimi), har bir adabiyot o'z raqamiga ega va hech qanday raqam takrorlanmaydi yoki yo'qolmaydi.
- Matnda barcha havolalar keltirilishi va barcha iqtiboslar tegishli havolaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
- Eng asosiysi, maqola ingliz tili standarti bo’yicha hamda matnning aniq va ixcham bo'lishini ta'minlash uchun maqola to'liq tekshirilganligiga ishonch hosil qiling.
- Har bir bo'limni aniqlash uchun quyidagilardan foydalangan holda maqolani tuzing: Kirish, Maqsad, Usullar, Natijalar va Xulosa.
§ Kirish/dolzarbligi
§ Maqsad/vazifalar
§ Metodologiya
§ Natijalar
§ Xulosalar
Originallik
Taqdim etilgan maqolalar mualliflarning o'z so'zlari bilan ifodalangan ishi bo'lishi kerak. Plagiat boshqalarning g'oyalarini havolasiz ishlatishdan tortib, matn qismlarini boshqa manbalardan nusxalash (yetarlicha atributsiz yoki qo'shtirnoqsiz) va "yangi" mualliflik ostida to'liq maqola taqdim etishgacha hisoblanad. O'xshashlik darajasi 30 foizdan yuqori bo'lgan maqolalar rad etiladi.
TAQRIZDAN O’TKAZISH JARAYONI
Taqrizdan soʻng qabul qilingan va konferensiyada taqdimot qilingan maqolalar nashr qilish uchun Xalqaro materiallar jurnaliga yuboriladi.
Tashkiliy qo'mita har bir maqolani mustaqil taqrizchiga, maqola mavzusi bo’yicha tegishli ekspertga yuboradi.
Shunday qilib, har bir maqola mustaqil ekspert tomonidan quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
- Konferensiya yo‘nalishlari bilan bog‘liqligi.
- Ilmiy-texnik originallik, potensial ta'sir va o’quvchilar uchun qiziq bo’lishi.
- Ilmiy-texnik mazmuni, yangiligi va ahamiyati.
- Taqdimot sifati, mazmunining ravshanligi.
- Barcha mualliflar uchun sharhlar taqrizchilar tomonidan beriladi.
- Taqrizchilar maqola mavzusi bilan tanishligini ko'rsatadilar, maqolani yuqorida ko'rsatilgan mezonlar bo'yicha baholaydilar. Tashkiliy qo'mita qaysi maqolalar qabul qilinishini hal qiladi. Ammo yakuniy qarorni nashriyotchi qabul qiladi.
MAQOLALARNI YUBORISH
- Iltimos, maqolangizni (5-15 bet) IMRAD strukturasi bo’yicha berilgan namuna asosida professional ingliz tilida (Proofreading qilingan holda) tayyorlang.
- Maqolangizni quyidagi manzilga yuboring: giconferences2022@gmail.com
- Konferensiya kengashi tasdiqini kuting.
Taqdim etilgan maqolalar maxsus plagiat dasturida tekshiriladi va har qanday etik qoidabuzarlik jiddiy ko'rib chiqiladi. O'xshashlik darajasi 30 foizdan yuqori bo'lgan maqolalar rad etiladi.
TASHKILIY TO’LOV
Talabalar uchun tashkiliy to'lov jurnalda bitta maqola chop etishni o'z ichiga oladi. Bunday holda, barcha mualliflar BSc/MSc va/yoki PhD talabalari bo'lishi shart. | 175 AQSH dollari |
Boshqalar uchun tashkiliy to'lov jurnalda bitta maqolani nashr etishni o'z ichiga oladi. | 200 AQSH dollari |
Ro'yxatdan o'tish, to’lovlarni amalga oshirish, konferensiya dasturi va vizaga murojaat qilish tartib-qoidalari bo’yicha ma’lumotlar zarur bo’lsa, konferensiya tashkiliy qo’mitasiga murojaat qiling.
Sizni Xalqaro konferensiyada kutib qolamiz!
Konferensiya koordinatori:
Ilhom Abdurahmanov, giconferences2022@gmail.com
Konferensiya kotibi:
Dilshoda Norboyeva, giconferences2022@gmail.com Tel .: +998946649094 (telegram mavjud)
Shohjahon Hamidullayev, giconferences2022@gmail.com Теl.: +998903333405 (telegram mavjud)
Manzil: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU). Qori Niyoziy 39, Toshkent 100000, O’ZBEKISTON