Ekologik texnologiyalar va barqaror rivojlanish uchun muhandislik

13.10.2022

Tashkent, Uzbekistan

«Ekologik texnologiyalar va barqaror rivojlanish uchun muhandislik (ETESD-2022)» halqaro konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risida

(Toshkent, 2022 yil 13-15 oktyabr)

     “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Termiz davlat universiteti birgalikda Oxayo shtati universiteti va Shimoliy Dakota shtati universiteti (AQSh), Xarper Adams universiteti (Angliya), Ekologik qishloq xo‘jaligini tashkil etish assotsiatsiyasi (Turkiya), Angel Kinchev nomidagi Rusen universiteti (Bolgariya), Bangladesh qishloq xo‘jaligi universiteti (Bangladesh), Seyfulin nomidagi Qozog‘iston agrar-texnika universiteti va Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston) olimlari bilan hamkorlikda 2022 yil 13-15 oktyabr kunlari «Ekologik texnologiyalar va barqaror rivojlanish uchun muhandislik (ETESD-2022)» halqaro konferensiyasini o‘tkazadi.

Konferensiyaning yo‘nalishlari:

1 -  Tabiiy resurslar va atrof-muhit muhofazasi, bioxilma-xillikni saqlab qolish

2 -  Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalari

3 - Atrof-muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirish uchun texnika va texnologiyalar hamda chiqindilarni bartaraf qilish

4 -  Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va konservatsiya qilish texnologiyalari va texnika vositalari

5 -  Tuproqni himoyalash texnologiyalari va tuproqqa ishlov berish texnologiyalari

6 -  Suv resurslari va suvtejamkor texnologiyalar

7 – Energetika va neft-gaz sektori uchun ekologik texnologiyalar va texnikalar

8 – Fuqarolik ob’ektlari qurilishi va ekologik tadqiqotlari

9 – Yerni kosmik zondlash tizimlari

Asosiy sanalar:

Maqolalarni qabul qilish – 2022 yil  10 oktyabrgacha.

Maqola qabul qilinganligini tasdiqlash – 2022 yil 13 oktyabrgacha.

Tashkiliy badalni to‘lash – 2022 yil 15 oktyabrgacha.

Konferensiyani o‘tkazish – 2022 yil 13-15 oktyabr.

 

Maqolalarni yozish va rasmiylashtirishga talablar:

Konferensiyada ishtirok etish uchun tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida ingliz tilida ravon yozilgan va quyida ko‘rsatilgan talablarga mos keladigan maqolalar qabul qilinadi. Taqdim etilgan materiallar original va konferensiyaning yo‘nalishlariga mos bo‘lishi kerak.

  • maqolalar tanlangan nashriyot tomonidan taqdim etilgan namuna bo‘yicha va talablarga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishi kerak;
  • maqolalar ingliz tilida ravon yozilgan bo‘lishi kerak (xato va g‘aliz tarjima qilingan maqolalar chetlashtiriladi);
  • maqola hajmi 4-6 bet oralig‘ida bo‘lishi kerak (kamida to‘liq 4 bet).
  • maqolada quyidagi bo‘limlar bo‘lishi kerak: Abstract, Introduction, Methods, Results and Discussion, Conclusion va h.k.
  • havolalar nashriyot talablariga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishi kerak (konferensiya saytidagi namunalarga qarang), indeksatsiyalanadigan halqaro bazalardagi chop etilgan ishlarga  havolalar qilish tavsiya etiladi;
  • o‘lchov birliklarini ko‘rsatishda halqaro standart o‘lchov birliklardan, o‘nli kasrlarni ko‘rsatishda esa nuqtadan foydalaning (masalan, 0.002);
  • foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida mualliflar ko‘pi bilan 2 ta o‘z maqolalariga havolalar qilishiga ruxsat etiladi.

         Barcha maqolalar taqrizdan o‘tkazilib, ko‘chirmachilik (plagiat) va ortiqcha o‘ziga-o‘zi havola berish hamda rasmiylashtirishga mosligi va originalligi bo‘yicha tekshiriladi. Taqrizdan o‘tgan maqolalar Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallardan birida chop etish uchun qabul qilinadi. Ko‘chirmachilik (plagiat)ga tekshirish yakuniy bosqichda to‘lov qilingandan so‘ng jurnal muharrirlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli ko‘chirmachilik (plagiat) aniqlanib chetlashtirilgan maqolalarning badal pullari mualliflarga qaytarilmaydi. Chop etishga yuborilgan maqolalarni yozishning rasmiy tili – ingliz tili.

        Konferensiya yakuni bo‘yicha maqolalar yo‘nalishiga qarab Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan IOP Conference Series:Earth and Environmental Science jurnalida chop etiladi. Konferensiyada bevosita va sirtdan ishtirok etadigan barcha ishtirokchilar jurnalda chop etish uchun maqolalarini dastlab Word shaklida taqdim etishlari so‘raladi.

Tashkiliy badal:

Jurnalda bitta maqolani chop etish uchun

tashkiliy badal:

bevosita qatnashish

sirtdan qatnashish

Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnalda bitta maqola

17$

170 $

Maqolalar qabul qilingandan so‘ng, maqola yuborilgan elektron pochtalarga tashkiliy badalni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari jo‘natiladi. To‘lov summasi bank xizmatlarini xisobga olgan holda milliy valyutada 1850000 (bir million sakkiz yuz ellik ming) so‘mni tashkil etadi. Pul mablag‘lari 8600 5704 9517 8526 plastik kartasiga tashlab beriladi (Atham Borotov nomida) va keyin +998977266465 raqamiga Telegramm orqali yoki atxamborotov@mail.ru elektron pochta orqali to‘lov kvitansiyasi, maqola rakami va nomini jo‘natish kerak.

 

    Nashr ishlari bo‘yicha xorijiy yetakchi mutaxassislar tomonidan maqolalarni ingliz tiliga tarjima xizmati ko‘rsatiladi. Tarjima xizmati uchun to‘lov maqolalar hajmidan kelib chiqib belgilanadi. Buning uchun maqolani mas’ullarga yuborish so‘raladi va sizga tarjima xizmati bo‘yicha xabar jo‘natiladi.

Tashkilotchilar manzillari:

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”  milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU), 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy;

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (QarMII), 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy;

Termiz davlat universiteti (TerDU), 190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy.

Mas’ullar:

    “TIQXMMI” MTUdan – Astanaqulov Komil Dullievich, “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” kafedrasi mudiri, tel.: +99871-237-19-07; mob.: +99897-130-45-74. e-mail: k.astanakulov@tiiame.uzkomiljon.astanaqulov@gmail.com

 

     QarMIIdan – Mamatov Farmon Murtozevich, Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsiyalar markazi rahbari, tel.:+99890-667-50-85; e-mail: fmamatov50@mail.ru

      TerDUdan – Shomirzaev Maxmatmurod Xurramovich, “Texnologik ta’lim” kafedrasi mudiri, tel.: +99891-576-59-37; e-mail: terdu.shomirzayev@mail.ru 

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti va Termiz davlat universiteti birgalikda 2022 yil 13-15 oktyabr kunlari «Ekologik texnologiyalar va barqaror rivojlanish uchun muhandislik (ETESD-2022)» halqaro konferensiyasini o‘tkazadi. Taqrizdan o‘tgan maqolalar Scopus bazasida indeksatsiyalanadigan jurnallardan birida chop etish uchun qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotlar axborot xatida berilgan.