“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tayanch doktoranti Ozodov E’zozbek
Ozodov E’zozbek Oybek o‘g’li 2019 yilda TIQXMMIning "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish" ixtisosligi bo’yicha bakalavr va magistr darajalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 60dan ortiq korik tanlov,xalqaro forumlar ishtirokchisi va g’olibi.
2018-2019 o‘quv yili uchun magistorlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori
2021-2022 o‘quv yili uchun tayanch doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori.
2021- yil "Suv xo’jaligi a'lochisi ko’krak nishoni sohibi"
C.A.T science accelerator 2.0 (Markaziy Osiyoning ilmiy tezlatuvchisi), Climate Launchpad 2020 (Evropa Ittifoqining Xalqaro Taraqqiyot Dasturi), AIM (Islom Taraqqiyot Banki Ilmiy Boshlang’ich Loyihalarini Rivojlantirish Dasturi) kabi ko‘plab tanlovlar va ko‘rgazmalar g’olibi. 2020 yil o’tkazilgan xalqaro WIF (World innovation forum) ko’rik tanlovi 1 o’rin va 30 mln som miqdoridagi grand sovrindori, Tashkent-2021 Ideathon:project korik tanlovi 1 o’rin va 20 mln som miqdoridagi grand sovrindori.
"Eng yaxshi ilmiy g'oya" korik tanlovo g'olibi va 37 mln sõm miqdoridagi ilmiy ishlanma yaratish uchun rag'batlantirish mablag'i sohibi.
Suv muammolari bo’yicha birinchi xalqaro mukofoti - Smart Technology 2019 g’olibi. "Eng yaxshi yoshlar innovatsion loyihasi" yo’nalishi bo’yicha FORUM-2019 oltin medali sovrindori. Ilmiy rivojlanish yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "Yoshlar Parlamenti" loyihasi deputati. U ingliz va rus tillarini yaxshi biladi va erkin sozlasha oladi. Festo Didactic SE – (Germaniya) xalqaro sertifikat va Evropa Ittifoqining o’quv dasturlari va jihozlarida o’qitish huquqiga ega. Xalqaro ingliz tili test tizmi EFset boyicha C1 darajasiga ega. 42 ilmiy maqollalar va 4 EXM uchun dasturlar muallifi.
Hozirgi vaqtda u Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi assistenti, TIQXMMI "A&B engineering" ilmiy-innovatsion laboratoriyasining kichik ilmiy xodimi. U "Orol dengizi ekologik hududida individual nasos stantsiyalarining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish usullari va vositalarini takomillashtirish" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.