9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan umumiy sovrin jamg‘armasi 13 500 000 so‘m bo‘lgan ko‘rik-tanlov e’lon qilinmoqda.
25.11.2026
Yoshlarning korrupsiya holatlariga qarshi bilim va malakalarini oshirish hamda universitetda adolat va shaffoflikni yanada oshirish maqsadida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida quyidagi tanlovlar tashkil etilmoqda:
- “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rik-tanlovi
- Talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi
- “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” ko‘rik-tanlovi
Tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan talabalar universitet tomonidan maxsus sertifikatlar va umumiy sovrin jamg‘armasi 13 500 000 so‘m bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Pul mukofotlari (har bir tanlov bo‘yicha):
1-o‘rin: 2 000 000 so‘m (ikki million)
2-o‘rin: 1 500 000 so‘m (bir million besh yuz ming)
3-o‘rin: 1 000 000 so‘m (bir million)
Murojaat uchun:
1. “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi
Ma’sul: Adhamjon Urishev, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti
Telegram: @adhamjon121
Tel: +998935725069
Rasmlar 5-dekabr kunigacha B-bino 402-xonaga topshiriladi.
2. “Eng yaxshi videoroliklar” ko‘rik-tanlovi
Ma’sul: Shodmonov Shodiyor
Telegram: @TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot
Tel: +998945764787
Videoroliklar 5-dekabr kunigacha yuqoridagi botga topshiriladi.
3. Insholar tanlovi
Ma’sul: O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi, Maloxat Koshnazarova
Telegram: @Koshnazarova_Maloxat
Tel: +998920105642
O‘tkazilish joyi: B-bino, 108-xona
O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 4-dekabr, soat 13:00
Tanlov nizomlari:
- “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida“ Eng yaxshi rasmlar” tanlovi nizomi: https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/53c9167461bf41f7ab8964dffee6d217.pdf
- Talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi nizomi: https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/a9b0d8a49e29459087063096d6b7e5ac.pdf
- “Eng yaxshi videoroliklar” ko‘rik-tanlov nizomi: https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/61914d12b697423687af36b7b16ec52e.pdf