Elektrotexnika sanoati mahsulotlarining kelgusi yil uchun xarid rejasi to'g'risida
27.11.2026
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2026-yil 12-sentabrdagi "Elektrotexnika sanoatini
rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
PQ-325-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish taqmoq markazining kelgusi
yil uchun xarid rejasiga kiritilgan elektrotexnika sanoati mahsulotlari to‘g‘risidagi
ma'lumot universitetning rasmiy veb-saytiga hamda maxsus axborot portali xarid.icppa.uz
saytiga joylashtirildi.
Mahalliy elektrotexnika
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, ushbu mahsulotlarni yetkazib
berishga qiziqqan tadbirkorlik subyektlari ma'lumot bilan tanishib chiqishlari
va hamkorlik yuzasidan takliflarini bildirishlari mumkin.
Batafsil ma'lumot olish uchun universitetning
veb-saytiga yoki xarid.icppa.uz portaliga murojaat qilishingiz mumkin.