Huquqiy axborotni tayyorlaş va tarqatiş faoliyatini yangi uslubiy yondaşuvlar asosida taşkil etiş töğrisida
25.11.2026

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligidan kelib tuşgan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş, şuningdek, davlat organlari va ta’lim taşkilotlarida huquqiy axborotni tayyorlaş, tarqatiş va aholiga manzilli yetkaziş işlarini takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Huquqiy axborotni tayyorlaş, tarqatiş va manzilli yetkaziş böyiça” uslubiy qöllanma universitet professor-öqituvçilari, fakultetlar, kafedralar va tegişli tarkibiy tuzilmalar e’tiboriga havola etiladi.
Mazkur uslubiy qöllanma huquqiy tarğibot işlarini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, qonunçilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka sodda, tuşunarli va ta’sirçan şaklda yetkazişga qaratilgan.
Şu munosabat bilan universitetning barça fakultetlari, kafedralari, tarkibiy bölinmalari, professor-öqituvçilari, tyutorlari hamda mas’ul xodimlaridan quyidagi vazifalarni amalga oşiriş söraladi:
1. Uslubiy qöllanmani örganiş.
- Uslubiy qöllanma mazmuni bilan batafsil tanişiş;
- unda belgilangan huquqiy axborotni tayyorlaş, tarqatiş va manzilli yetkaziş tartiblariga amal qiliş;
- öz faoliyat yönalişidan kelib çiqib, qöllanmadagi tavsiya va talablarni amaliyotga tatbiq etiş.
2. Huquqiy tarğibot va ma’rifat işlarini kuçaytiriş.
- Talabalar, professor-öqituvçilar va universitet xodimlari uçun dolzarb huquqiy mavzularda tuşuntiriş materiallarini tayyorlaş;
- mamlakatimizda amalga oşirilayotgan huquqiy islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunçilik hujjatlari hamda ularning mazmun-mohiyatini keng yoritiş;
- ta’lim jarayoni, mehnat munosabatlari, akademik huquq va majburiyatlar, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, raqamli xavfsizlik, ekologik va boşqa dolzarb masalalar böyiça huquqiy axborotlarni muntazam yetkazib boriş.
3. Huquqiy kontentlarni sifatli tayyorlaş va tarqatiş.
- Huquqiy axborot materiallarini rasmiy va işonçli manbalarga, xususan, Lex.uz milliy qonunçilik bazasiga tayangan holda tayyorlaş;
- murakkab yuridik atamalar va normalarni keng jamoatçilik uçun sodda, ravon va tuşunarli tilda bayon etiş;
- infografika, videorolik, qisqa izoh, savol-javob, maqola va boşqa zamonaviy axborot formatlaridan samarali foydalaniş;
- tayyorlanayotgan materiallarning maqsadli auditoriyasi, mazmuni, tarqatiş şakli va kutilayotgan natijasini oldindan belgilaş.
4. Ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy axborot tarqatiş samaradorligini oşiriş.
- Universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida huquqiy mazmundagi materiallarni muntazam yoritib borish;
- fakultet va kafedralarning faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, dolzarb huquqiy mavzularda axborot materiallarini tayyorlash;
- tarqatilayotgan materiallarning mazmuni, huquqiy aniqligi, dolzarbligi va sifatiga alohida e’tibor qaratish;
- huquqiy targ‘ibot ishlarining natijadorligini faqat tadbirlar soni bilan emas, balki auditoriya qamrovi va axborotning amaliy ta’siri bilan baholash.
5. Talabalar örtasida huquqiy savodxonlikni oşiriş.
- Talabalarning yoşi, ta’lim yönalişi va ehtiyojlaridan kelib çiqib huquqiy axborot yetkaziş;
- huquqiy mavzularda davra suhbatlari, seminarlar, oçiq muloqotlar, viktorinalar va interaktiv tadbirlarni taşkil etiş;
- talabalarni qonunçilikdagi yangiliklarni mustaqil örganiş va huquqiy axborot manbalaridan töğri foydalanişga keng jalb etiş.
Hurmatli professor-öqituvçilar va mas’ul xodimlar!
Huquqiy axborotni aholiga, xususan, yoş avlodga öz vaqtida, işonçli va tuşunarli şaklda yetkaziş har bir ta’lim muassasasining muhim vazifalaridan biridir.
Şu bois, barçangizdan mazkur uslubiy qöllanmani puxta örganiş, undagi tavsiyalarni kundalik faoliyatingizga tatbiq etiş hamda universitetda huquqiy tarğibot va ma’rifat işlarini yangi sifat bosqiçiga olib çiqişda faol iştirok etişingiz söraladi.
Uslubiy qöllanma bilan quyidagi biriktirilgan fayl orqali tanişişingiz mumkin.