Elektrotexnika sanoati mahsulotlarining kelgusi yil uchun xarid rejasi to'g'risida
24.11.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-sentabrdagi "Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-325-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "TIQXMMI" MTU universitetining kelgusi yil uchun xarid rejasiga kiritilgan elektrotexnika sanoati mahsulotlari to‘g‘risidagi ma'lumot universitetning rasmiy veb-saytiga hamda maxsus axborot portali xarid.icppa.uz saytiga joylashtirildi.
Mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, ushbu mahsulotlarni yetkazib berishga qiziqqan tadbirkorlik subyektlari ma'lumot bilan tanishib chiqishlari va hamkorlik yuzasidan takliflarini bildirishlari mumkin.
Batafsil ma'lumot olish uchun universitetning veb-saytiga yoki xarid.icppa.uz portaliga murojaat qilishingiz mumkin.
https://cdn.tiiame.uz/assets/uploads/f18ad474af9d4339b5dbc870aa69cebb.pdf