Sirojul Haqning e’lon qilingan ilmiy ishlari asosida dissertatsiyasiz kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan taqdimnomasi himoyasi to‘g‘risida
08.10.2026
Sirojul Haqning 02.00.04 – “Fizik kimyo” (kimyo fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadlari uchun bir komponentli metall oksidlar asosida funksionallashtirilgan ko‘p komponentli nanomateriallar platformasi” mavzusida e’lon qilingan ilmiy ishlari asosida dissertatsiyasiz kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan taqdimnoma himoyasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/06.11.2025.K/FM.10.09 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 21-oktyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent sh, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39A-uy.
Tel.: (+99871) 237-19-31; Faks: (+99871)237-38-79
e-mail: ifar@tiiame.uz