DIQQAT, XALQARO TALABALAR!
21.09.2026
Universitetda tahsil olayotgan xalqaro talabalar o‘rtasida o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash, o‘zbek tili va milliy-madaniy qadriyatlarga qiziqishni oshirish hamda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbek tili bo‘yicha olimpiada tashkil etilmoqda.
🏆 OLIMPIADA 2 BOSQICHDA O‘TKAZILADI:
1️⃣ I BOSQICH — UNIVERSITET BOSQICHI
Ushbu bosqichda universitetda tahsil olayotgan xalqaro talabalar ishtirok etishlari mumkin.
🥇 1-o‘rin 🥈 2-o‘rin 🥉 3-o‘rin
sohiblari olimpiadaning II bosqichi — Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
2️⃣ II BOSQICH — RESPUBLIKA BOSQICHI
Olimpiada I bosqich g‘oliblari o‘rtasida Vazirlik tomonidan belgilangan oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
✍️ OLIMPIADA YO‘NALISHLARI:
📚 Tinglab tushunish— o‘zbek tilidagi matn yoki suhbatni tinglab tushunish;
📖 O‘qib tushunish — yozma matn mazmunini tahlil qilish;
📝 Leksik-grammatik test — o‘zbek tilidagi so‘z va grammatik birliklardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash;
✍️ Yozma nutq — erkin yoki berilgan mavzu asosida insho (esse) yozish;
🎤 Og‘zaki nutq— erkin mavzuda so‘zlashish va suhbat;
Milliy-madaniy bilimlar — O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, urf-odatlari va milliy qadriyatlariga oid bilimlarni namoyish etish.
🌟 SIZ HAM O‘ZBEK TILIDAGI BILIM VA IQTIDORINGIZNI NAMOYISH ETING!
Olimpiadada faol ishtirok eting, I bosqich g‘oliblaridan biri bo‘ling va Respublika bosqichida universitetingiz sharafini himoya qiling!
📌 Ishtirok etish uchun 27-sentyabrgacha quyidagi link orali ro‘yxatdan o‘ting.
Ro‘yxatdan o'tish - https://forms.yandex.ru/cloud/6ab0d921d046889e26d1b55e