Akbarov Dilmurod Maxammad o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi.

01.07.2026

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning 2026-yil 7-iyul kuni V-509 xonada soat 10:00 dagi navbatdagi yig‘ilishi.

 

KUN TARTIBI:

Akbarov Dilmurod Maxammad o‘g‘lining 05.05.07 - “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi boʻyicha “Qishloq xo‘jaligi asinxron elektr motorlarini anormal rejimlardan himoya qilishning kombinatsion usuli va qurilmasini ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi.