Korxonangizda elektr energiyasi xarajatlari yuqorimi?
08.06.2026

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakultetining tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan korxona va tashkilotlar uchun energiya auditi xizmatlari hamda malaka oshirish kurslari taklif etiladi. Energiya auditi orqali energiya yo‘qotishlari aniqlanadi, xarajatlar kamaytiriladi va ishlab chiqarish samaradorligi oshiriladi.
Biz quyidagi xizmatlarni taklif etamiz:
- Elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish;
- Quyosh elektr stansiyalari samaradorligini oshirish;
- Energiya yo‘qotishlarini aniqlash va bartaraf etish;
- Korxonalarda kompleks energiya auditi o‘tkazish;
- Mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Energiya samaradorligi — xarajatlarni kamaytirish, resurslarni tejash va barqaror kelajak sari muhim qadam!
Murojaat uchun:
Davirov Alisher — +998 90 002 91 71
Mamadiyev Xumoyun — +998 99 709 54 96