TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti hamda ERGO Analytics o'rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etilgan "Ijtimoiy va inson kapitalini o‘rganish laboratoriyasi"ni amalga oshirish doirasida ijtimoiy fanlar yo'nalishida ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha "SUMMER SCHOOL" tashkil etilmoqda

18.05.2026

"SUMMER SCHOOL" 2026-yil 8-iyundan 12-iyunga qadar "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida tashkil etiladi. Asosiy maqsad "Ilmiy maqola yozish, nufuzli jurnallarni tanlash va xalqaro nashrlarda muvaffaqiyatli chop etish" bo‘yicha zarur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Ushbu "SUMMER SCHOOL" universitetimiz professor-o'qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari hamda talabalari uchun tashkil etiladi.

"SUMMER SCHOOL" quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi:

1. Ishtirokchilarga ijtimoiy fanlar bo‘yicha maqolalar chop etish uchun tegishli, nufuzli va sifatli ilmiy jurnallarni tanlashni o‘rgatish.

2. Tadqiqot savoli, gipotezalar, ilmiy yangilik va maqola tuzilmasini to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

3. Ingliz tilidagi akademik yozish malakasini takomillashtirish.

4. Ekonometrik tahlilning amaliy ko‘nikmalarini kuchaytirish.

5. Ishtirokchilarga ilmiy maqolani tayyorlash va topshirish bo‘yicha individual rejani ishlab chiqishga yordam berish.

6. Qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va turmush sifati bilan bog‘liq mavzular atrofida ilmiy hamjamiyatni shakllantirish.

Ishtirok etish uchun Google Formani to‘ldiring:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeBiDhc4OKFONYlsPa_3Y1hORqNeMehhCWhKL-5xBl-OpMQLg/viewform?usp=dialog