BUTUNJAHON SUV KUNI 2026

21.03.2026

Butunjahon suv kuni 2026 — suv resurslarini boshqarish bo‘yicha global va mintaqaviy muammolarni ilm-fan, siyosat va amaliyot integratsiyasi asosida hal etishga qaratilgan xalqaro ilmiy va innovatsion platforma bo‘lib, u Tashkent Water Week 2026 doirasida tashkil etiladi. Tadbirda olimlar, tadqiqotchilar, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari, sanoat mutaxassislari hamda yosh innovatorlar ishtirok etadi. Platforma suvdan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror boshqaruvni ta’minlash, innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Asosiy tadbirlar:

Toshkent suv xavfsizligi forumi

Ilmiy bilimlarni amaliy siyosiy qarorlar bilan bog‘lashga qaratilgan yuqori darajadagi forum bo‘lib, unda suv xavfsizligi, transchegaraviy suv resurslari va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Ayollar Suv Haftaligi 

Suv sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan platforma.

Butunjahon suv olimpiadasi

Talabalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan xalqaro olimpiada bo‘lib, ularning nazariy bilimlari, tahliliy fikrlash va muammo yechish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Aqlli suv yechimlari startap tanlovi

Suv resurslarini boshqarish sohasida innovatsion va amaliy yechimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan startap tanlovi.

Batafsil ma’lumot: water-day.tiiame.uz