“WORLD WATER OLYMPIAD 2026” XALQARO TALABALAR OLIMPIADASI E’LON QILINADI!

25.02.2026

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “TashkentWaterWeek” doirasida Butunjahon suv kuniga bag‘ishlab “World Water Olympiad 2026” xalqaro talabalar olimpiadasi tashkil etilmoqda!

Bu – suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va samarali foydalanish sohasida bilim, tahliliy fikrlash va innovatsion yondashuvlarni sinovdan o‘tkazadigan fanlararo intellektual musobaqa.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston va xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura talabalari.

Yo‘nalishlar:

- Suv resurslarini boshqarish va rejalashtirish

- Gidrotexnika inshootlari va irrigatsiya

- Melioratsiya va suvdan samarali foydalanish

- Suv va ekologiya, iqlim o‘zgarishi

- Suv va energetika integratsiyasi

- Raqamli texnologiyalar, GIS, modellashtirish, Smart Water

- Suv resurslari iqtisodiyoti va boshqaruvi

Olimpiada bir bosqichda yozma ish savol javob tarzida bo‘lib o'tadi.

Baholash mezonlari:

- Bilim darajasi

- Muammoni tahlil qilish

- Amaliy va innovatsion yechimlar

- Ekologik va barqarorlik jihatlari

 G‘oliblar:

1-o‘rin, Notbuk;

2-o‘rin, Planshet;

3-o‘rin, Smartfon va diplom bilan taqdirlanadi. 

Ishchi tillar: o‘zbek, rus, ingliz.

Ishtirok etish faqat yakka tartibda.

Olimpiadada ishtirok etish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/i4JrSBKRLFHY7a9n7) orqali ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tish 20-martga qadar amalga oshiriladi: https://forms.gle/i4JrSBKRLFHY7a9n7

Suv kelajagi – sizning qo‘lingizda! 

Hoziroq tayyorgarlik boshlang va xalqaro maydonda o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!