“WORLD WATER OLYMPIAD 2026” XALQARO TALABALAR OLIMPIADASI E’LON QILINADI!
25.02.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “TashkentWaterWeek” doirasida Butunjahon suv kuniga bag‘ishlab “World Water Olympiad 2026” xalqaro talabalar olimpiadasi tashkil etilmoqda!
Bu – suv
resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va samarali foydalanish sohasida
bilim, tahliliy fikrlash va innovatsion yondashuvlarni sinovdan o‘tkazadigan
fanlararo intellektual musobaqa.
Kimlar
ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston
va xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura
talabalari.
Yo‘nalishlar:
- Suv
resurslarini boshqarish va rejalashtirish
-
Gidrotexnika inshootlari va irrigatsiya
- Melioratsiya
va suvdan samarali foydalanish
- Suv va
ekologiya, iqlim o‘zgarishi
- Suv va
energetika integratsiyasi
- Raqamli
texnologiyalar, GIS, modellashtirish, Smart Water
- Suv
resurslari iqtisodiyoti va boshqaruvi
Olimpiada
bir bosqichda yozma ish savol javob tarzida bo‘lib o'tadi.
Baholash
mezonlari:
- Bilim
darajasi
- Muammoni
tahlil qilish
- Amaliy va
innovatsion yechimlar
- Ekologik
va barqarorlik jihatlari
G‘oliblar:
1-o‘rin,
Notbuk;
2-o‘rin,
Planshet;
3-o‘rin,
Smartfon va diplom bilan taqdirlanadi.
Ishchi
tillar: o‘zbek, rus, ingliz.
Ishtirok
etish faqat yakka tartibda.
Olimpiadada
ishtirok etish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/i4JrSBKRLFHY7a9n7)
orqali ro'yxatdan o'ting.
Ro'yxatdan
o'tish 20-martga qadar amalga oshiriladi: https://forms.gle/i4JrSBKRLFHY7a9n7
Suv
kelajagi – sizning qo‘lingizda!
Hoziroq
tayyorgarlik boshlang va xalqaro maydonda o‘z bilimingizni sinab ko‘ring!