“Aqlli suv yechimlari” STARTAP TANLOVI BOSHLANDI!
25.02.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “TashkentWaterWeek” doirasida Butunjahon suv kuniga bag‘ishlab startap tanlovini e’lon qiladi!
Tanlov suv
xo‘jaligi, irrigatsiya, ekologiya va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida
amaliy va tijoratlashtirish imkoniyatiga ega tayyor startap loyihalarni
aniqlashga qaratilgan.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Talabalar,
magistrantlar, doktorantlar;
Yosh
olimlar va startap jamoalari;
Yakka
tartibda yoki 2–5 kishilik jamoa bilan.
Yo‘nalishlar:
- Smart
Water Monitoring (IoT, sensorlar);
- Suv
tejovchi texnologiyalar;
- AI,
Big Data va raqamli modellashtirish;
- Suvni
tozalash va qayta foydalanish;
- Ekologik
barqarorlik va iqlim yechimlari.
Tanlov formati:
Bir
bosqichli Startup Call;
Faqat MVP,
texnik kontseptsiya yoki pilot rejasi mavjud loyihalar qabul qilinadi.
Tanlov g'oliblari:
1-o'rin, 5
mln so'm;
2-o'rin, 4
mln so'm;
3-o'rin, 3
mln so'm pul mukofoti va sertifikat bilan rag'batlantiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola (https://forms.gle/jYS6HcqVKPxsDWPQ7) orqali ro'yxatdan o'ting.
Ro'yxatdan
o'tish 20-martga qadar amalga oshiriladi: https://forms.gle/jYS6HcqVKPxsDWPQ7
Kelajak suvni boshqarish – sizning qo‘lingizda!
Jamoangizni
shakllantiring va ishtirok eting!