“Suv xo‘jaligi tizimida Gender konsepsiyasini amalga oshirishdagi harakatlar” tanlovini o‘tkazish QOIDALARI
12.02.2026
“Suv xo‘jaligi tizimida Gender konsepsiyasini amalga oshirishdagi harakatlar” tanlovini o‘tkazish QOIDALARI
1. UMUMIY
QOIDALAR
1.1. Ushbu
Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining suv xo‘jaligi tashkilotlarida faoliyat
yuritayotgan ayol xodimlar, shuningdek irrigatsiya sohasidagi oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan
tanlovning maqsadi, vazifalari, tashkil etish va o‘tkazish tartibini
belgilaydi.
1.2. Tanlov
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi sohasining 2025–2030 yillarga
mo‘ljallangan Gender kontseptsiyasini keng targ‘ib qilish strategiyasi
doirasida o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda — Gender kontseptsiyasi).
1.3. Tanlov
Shveytsariya Konfederatsiyasi hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan
Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Suv xo‘jaligi vazirligi o‘zaro hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekistonda
Suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida o‘tkaziladi.
2.
TANLOVNING MAQSADI VA VAZIFALARI
2.1.
Tanlovning maqsadi
Suv
xo‘jaligi sohasining 2025–2030 yillarga mo‘ljallangan Gender kontseptsiyasi
to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, shuningdek, uni amalga oshirishga ayol
mutaxassislarning qo‘shayotgan hissalarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirish, ayollarning liderligi, ustozlik (mentorlik) ko‘nikmalari
va ish joylarida inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirish.
2.2. Tanlovning
vazifalari
• suv
xo‘jaligi sohasida ayollarning ishtirokini ifodalovchi ijobiy tajribalarni
ommalashtirish;
•
ayol-liderlar va istiqbolli yosh mutaxassisalarni aniqlash;
• avlodlar
o‘rtasida bilim va tajriba almashishga qaratilgan ustozlikni rag‘batlantirish;
• suv
xo‘jaligi sohasida ayollar kasbiy (professional) hamjamiyatini shakllantirish.
3. TANLOV
ISHTIROKCHILARI
3.1.
Tanlovda quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin:
•
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimi va uning tasarrufidagi
tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ayol xodimlar;
• suv
xo‘jaligi va irrigatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa tashkilotlarda
ishlovchi ayol mutaxassislar;
•
irrigatsiya va suv xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining
bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olayotgan
talaba-qizlar.
3.2.
Tanlovda ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklovlar belgilanmaydi.
3.3. Har bir
ishtirokchi tanlovga faqat bitta ish taqdim etishi mumkin.
4. TANLOV
NOMINATSIYALARI
Tanlov
quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. “SUV
XO‘JALIGIDA AYOL-LIDER” MAVZUSIDAGI ENG YAXSHI FOTOHIKOYa
2.
"GENDER KONTSEPTSIYASI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSAM" MAVZUSIDAGI ENG
YAXSHI VIDEO MUROJAAT
3. SUV
XO‘JALIGIDA YOSh AYOL-LIDER MAVZUSIDAGI POWER POINT PREZENTATSIYASI (FAQAT
TALABALAR VA OLIY TAʹLIM MUASSASALARIDA TAHSIL OLAYOTGAN YOSh MUTAXASSISLAR
UCHUN)
5. TANLOV
ISHLARINING SHAKLI VA TALABLARI
5.1. Tanlov
ishlari quyidagi shakllardan biri orqali taqdim etilishi mumkin:
1.
NOMINATSIYAGA: “SUV XO‘JALIGIDA AYOL-LIDER” mavzusidagi eng yaxshi
fotohikoya
Formati: 5–7
ta fotosurat + sarlavhalar (1–2 ta gap)
Fotosuratlar:
• SXV
tizimidagi kundalik ish;
• qaror
qabul qilishda ishtirok etish;
• hamkasblar
va jamoatchilik bilan o‘zaro aloqa;
• professional
ayol etakchilik namunasi va shunga o‘hshash lahzalarni ko‘rsatish kerak.
Suratlar haqiqiy ish faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lishi kerak. Sarlavhalar ketma-ketligi hikoyani to‘liq
tashkil qilishi kerak.
2
NOMINATSIYAGA:
"Gender
kontseptsiyasi rivojiga qo‘shgan hissam" mavzusidagi eng yaxshi video
murojaat
Formati:
Davomiyligi 2 daqiqagacha bo‘lgan videorolik
Tavsiya
etilgan tuzilma:
• siz kimsiz
va SXV tizimida qaysi tashkilotda ishlaysiz;
• gender
tengligini rivojlantirish uchun shaxsan nima ishlar qilasiz;
• bugungi
kunda qanday o‘zgarishlarni ko‘ryapsiz;
• tizimdagi
boshqa ayollarga qisqa murojaat.
3
NOMINATSIYAGA:
Suv
xo‘jaligida yosh ayol-lider mavzusidagi eng yaxshi POWER
POINT prezentatsiyasi
Formati: 3–5
slayddan iborat POWER POINT prezentatsiyasi + sarlavhalar
5.2. Tanlov
ishlarining mavzusi tanlov g‘oyasiga mos bo‘lishi lozim
5.3. Asosiy
talablar:
• ishning
originalligi va muallifligi;
• amaliy
ahamiyatga egaligi;
• tanlov
maqsad va vazifalariga muvofiqligi;
• kasbiy
etika qoidalariga rioya etilishi.
Taqdim etish
talablari
• Suratlar
ishtirokchi tomonidan shaxsan olingan bo‘lishi kerak.
• Suratlar
haqiqiy ish kunini aks ettirishi kerak: ish jarayoni, joylarga tashriflar,
hamkasblar bilan muloqot, trening, monitoring, uchrashuvlar va boshqalarni
ifodalashi kerak.
• Rasmlar
axloq doirasida bo‘lishi, xavfsizlik yoki rasmiy maxfiylikni buzmasligi kerak.
• Taqdim
etilgan materiallar kanal ko‘rsatmalariga muvofiq tanlov adminiga yuborilishi
kerak.
5.4. Tanlov
ishlari o‘zbek tilida taqdim etiladi.
6. TANLOVDA
QATNASHISH TARTIBI
1-qadam - Agar
TOMCHI telegram
kanaliga a’zo bo‘lmasangiz, albatta unga a’zo bo‘lishingiz talab qilinadi.
2-qadam –
O‘zingizga to‘g‘ri keladigan nominatsiyani tanlang va jo‘natadigan
materiallaringizni tayyorlang.
3-qadam –
tayyorlagan materialingizni @gender_konsepsiya_tanlov_admin
TG manziliga yuboring va administratordan javob kuting .
4-qadam Administratorning
ko‘rsatmalariga amal qiling va u yuborgan havolani iloji boricha ko‘proq
do‘stlarga yuborib ulardan sizga ovoz berishlarini so‘rang.
· 6.1.G'oliblarni
aniqlash
• Tanlov
g‘oliblari har bir nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi.
• Tanlov
natijalariga ko‘ra 3 g‘olib va 6 sovrindor aniqlanadi (har bir nominatsiyada
alohida 1,2,3 o‘rinlar egalari aniqlanadi).
• Tanlovga
taqdim qilingan ishlar sharhlanmaydi va qaytarilmaydi.
• Tanlovda
ishtirok etish va uning natijalari bo‘yicha murojaatlar qabul qilinmaydi.
• Eng yaxshi
tanlov ishlari telegrammdagi TOMCHI kanali va loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi
sahifalarida e’lon qilinadi .
O‘Z
NOMINATSIYASI DOIRASIDA ENG KO‘P OVOZ TO‘PLAGAN ISHTIROKCHI G‘OLIB DEB TOPILADI
ALBATTA:
tanlovda ishtirok etish uchun ariza shakli ilova qilinadi
ARIZA SHAKLI
Ishtirokchining
ismi sharifi
Ish/o‘qish
joyi (tashkilot nomi, manzili)
Telefon
raqamlari
7. TANLOV
SOVRINLARI
1-o‘rin –
Planshet (3 ta sovrin, uchta nominatsiyada bittadan)
2-o‘rin –
Smartfon (3 ta sovrin, uchta nominatsiyada bittadan)
3-o‘rin –
Smartwatch (3 ta sovrin, uchta nominatsiyada bittadan)
8. TANLOVNI
O‘TKAZILISH MUDDATI
Tanlov 2026
yilning 12 FEVRALIDAN 12 MARTIGACHA bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.
12-FEVRAL
kuni tanlov bo‘yicha e’lonlar Loyiha va Suv xo‘jaligi vazirligining ijtimoiy
tarmoqlari va veb-resurslarida, shuningdek, suv resurslarini boshqarish bilan
bog‘lik mutaxassisliklarni o‘qitadigan oliy ta’lim muassasalarining resusrslarida
joylashtiriladi.
Ishlarni
qabul qilish 12 MART SOAT 18:00 DA YOPILADI!
13 MART SOAT
09:00 DA OVOZ BERISH BOShLANADI!
Ovoz berish
17 MART KUNI SOAT 18:00 DA YOPILADI!
21 MARTDA
Tanlov natijalari e’lon qilinadi va Loyiha resurslarida joylashtiriladi.
G‘oliblarga
sovrinlar 25 MART KUNI boshlanadigan Suv Haftasi kuniga bag‘ishlangan tadbirlar
doirasida topshiriladi
9. YAKUNIY
QOIDALAR
9.1.
Tanlovda ishtirok etish mazkur Qoidalarga to‘liq amal qilishga rozilik
bildirishni anglatadi.
9.2.
Tashkilotchi tanlov materiallaridan mualliflik ko‘rsatilgan holda notijorat
axborot va ta’limiy maqsadlarda foydalanish huquqini saqlab qoladi.
9.3. Ushbu
Qoidalarda nazarda tutilmagan masalalar Tanlov tashkilotchisi tomonidan hal
etiladi.