“Eng yaxshi startap g'oyasi” tanlovi o'tkaziladi

01.04.2026

“Eng yaxshi startap g'oyasi” tanlovi o'tkaziladi

 

“Startaplarni qo'llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qabul qilindi.

·      Qarorga ko'ra, 2026/2027-o'quv yilidan bosqichma-bosqich o'rta maxsus va kasbiy ta'lim tashkilotlari o'quvchilari hamda umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining 9–11-sinf o'quvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap g'oyalarni yaratishga o'rgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari o'tkazilishi yo'lga qo'yiladi. Bunda:

·      o'quvchilar o'rtasida “Eng yaxshi startap g'oyasi” tanlovi o'tkaziladi, tuman darajasidagi g'oliblarga 5 mln so'mgacha, viloyat darajasida – 10 mln so'mgacha miqdorda mukofot beriladi;

·      loyihalar har chorakda o'quvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;

·      marketpleyslar bilan hamkorlik o'rnatib, ta'lim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yo'lga qo'yiladi.

 

2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

 

·      davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar o'z sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar bo'yicha:

 

·      kraudsorsing elektron platformasida e'lon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi;

 

·      har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) o'tkazadi.

 

''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame