Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
30.01.2026
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi.
Ushbu imtiyozdan "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. To‘lovlar talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
batafsil: https://t.me/ilovetiiame/34160