WIPO Global Awards 2026: startaplar va innovatsion korxonalar uchun xalqaro imkoniyat
30.01.2026
Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) shafeligida 194 nafar a’zo davlatlar uchun mo‘ljallangan WIPO Global Awards 2026 xalqaro mukofotlar dasturi e’lon qilindi.
Mazkur dastur 2026-yil 15-yanvardan 31-martigacha bo‘lib o‘tadi hamda kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari, startap loyihalar va innovatsion hamda ijodiy korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ma’lumot uchun:
“WIPO Global Awards” dasturi 2022-yildan buyon BIMT tomonidan har yili o‘tkazilib, intellektual mulkdan (IM) samarali foydalangan holda:
- - biznesni rivojlantirayotgan;
- - innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirayotgan;
- - jamiyat va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan;
korxonalar va startaplarni e’tirof etishga xizmat qiladi.
Dastur doirasida intellektual mulkni bozorga chiqarish, innovatsion mahsulot va xizmatlarni yaratish, daromad olish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qodir loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.
Shu munosabat bilan, tijoratlashtirishga tayyor loyihalar egalari, startap tashabbuskorlari hamda texnoparklar vakillari BIMTning rasmiy veb-sayti orqali dastur haqida batafsil ma’lumot olishlari va ishtirok etishlari mumkin.
Rasmiy sayt: https://www.wipo.int/ru/web/awards/global