QS Impact loyihasining yetakchi eksperti va rahbari Zoya Zayseva rasmiy tashrif buyuradi va maxsus seminar o‘tkaziladi.
22.11.2025
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va aziz talabalar!
Sizlarga ma’lumki, bizning universitetimiz Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib QS ImpACT Konsulstvosini ochgan, va ushbu Konsulstvoning prezidenti etib universitetimiz dotsenti — E’zozbek Ozodov saylangan.
Shuningdek, faxr bilan ma’lum qilamizki, universitetimiz Markaziy Osiyodan birinchi bo‘lib Future17 konsorsiumiga a’zo sifatida qabul qilindi. Bu yutuq universitetimiz nufuzi, global faolligi va strategiyaviy rivojlanishining fenomenal o‘sishini yana bir bor tasdiqlaydi.
Aynan shu natijalar munosabati bilan 26 noyabr kuni universitetimizga QS Impact loyihasining yetakchi eksperti va rahbari Zoya Zayseva rasmiy tashrif buyuradi va maxsus seminar o‘tkaziladi.
Seminar davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi:
• Future17 konsorsiumi taqdim etadigan imkoniyatlar
• xalqaro grant dasturlari va global hamkorlik mexanizmlari
• SDG — Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo‘yicha loyihalarni rivojlantirish yo‘llari
• QS ImpACT stipendiyasini olish imkoniyatlari
• ilmiy va startap tashabbuslarini xalqaro darajada ilgari surish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
Uchrashuvda universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari va talabalari ishtirok etishi mumkin.
📌 Seminar ingliz tilida o‘tkaziladi.
🗓 Sana: 26 noyabr
🕑 Vaqt: 14:00
📍 Joy: Universitet IT markazining majlislar zali
👉 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://forms.gle/kLKnaNPQUjxHpZ1R8
Barchangizni ushbu nufuzli va amaliyotga boy tadbirda ishtirok etishga chorlayman.
Bu — xalqaro tajriba, yangi bilimlar va o‘z g‘oyalaringizni dunyo miqyosiga olib chiqish uchun noyob imkoniyatdir.
Hurmat bilan,
Baxodir Mirzayev
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori