“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali o‘tkaziladi!
20.10.2025
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalarini ijodiy faoliyatga jalb etish, ularning iqtidorini namoyon etish hamda madaniy-ma’naviy muhitini yanada boyitish maqsadida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali o‘tkaziladi! 🎭
Festival doirasida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, yumoristik sahna yoki drama yo‘nalishidagi mini-spektakllar namoyish etiladi.
🔹 Maqsad: Yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, sahna madaniyatini oshirish va ularda jamoaviy ishlash ko‘nikmasini shakllantirish.
🔹 Qatnashchilar: Barcha fakultet va yo‘nalish talabalari.
🔹 Arizalar qabul qilinishi: 04–07 noyabr 2025 yil
🔹 Tadbir o‘tkazilish sanasi: 9 noyabr kuni Madaniyat saroyi
Barcha ijodkor talabalarni ushbu festivalda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📍 Manzil: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
📞 Batafsil ma’lumot uchun: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi. Тел: 71 237 09 96