“Ijtimoiy faollik indeksi” doirasidagi asarlar ro‘yxatini bilasizmi?

16.10.2025

  2025-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarning “Ijtimoiy faollik indeksi”ni joriy etish to‘g‘risida”gi 186-son buyrug‘i chiqarilgan edi.

  “Ijtimoiy faollik indeksi”ni birinchi mezoni — “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha talabalar 100 ta test savollaridan maksimal 20 ballik tizimda quyidagi kitoblardan baholanadi:

  1. "Jimjitlik" (Said Ahmad)
  2. "Oltin zanglamas" (Shuhrat)
  3. "Yulduzli tunlar" (Pirimqul Qodirov)
  4. "O‘tkan kunlar" (Abdulla Qodiriy)
  5. "Kecha va Kunduz" (Abdulhamid Cho‘lpon)
  6. "Ikki eshik orasi" (O‘tkir Hoshimov)
  7. "Tushda kechgan umrlar", "Nur borki, soya bor" (O‘tkir Hoshimov)
  8. "Sohibqiron" dramasi (Abdulla Oripov)
  9. "Ulug‘bek xazinasi" (Odil Yoqubov)
  10. "Alpomish" (O‘zbek xalq dostoni)