“UNIVERSITET KENGASHI” STIPENDIYASI TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!
16.10.2025
Hurmatli talabalar magistrantlar!
Universitetimizda eng iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Universitet Kengashi” stipendiyasi uchun tanlov e’lon qilinadi! 🌟
Tanlovda;
📘 Bakalavriatning 2–3-bosqich talabalari;
🎓 Magistratura 1-bosqich bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlarga qo'yilgan talablar:
✅ Reyting ko‘rsatkichi a’lo
✅ Kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezis
✅ B2 / IELTS 5.5 yoki unga teng sertifikat
✅ Ijtimoiy va madaniy hayotda faol
✅ O‘zini ijobiy fazilatlari bilan namoyon etgan iqtidorli talaba
Tanlov quyidagi bosqichlarda;
1️⃣ Fakultet bosqichi – dekan farmoyishiga asosan;
2️⃣ Universitet bosqichi – rektor buyrug‘iga asosan.
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
📄 Fakultet kengashi bayonnomasi
📘 Reyting daftarchasi nusxasi
🧾 Ilmiy ishlari ro‘yxati va annotatsiyasi
📚 Maqolalar nusxalari
🧑🏫 Ilmiy rahbar va kafedra xulosasi
🪪 Pasport nusxasi
📝 Ma’lumotnoma
🏅 Sertifikat/diplomlar nusxasi
📌 Hujjatlar davlat tilida, belgilangan tartibda jildga tikilgan shaklda Iqtidorli talabalar bo'limiga topshiriladi.
📅 Hujjatlar joriy yil 25-oktyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
📞 Qo'shimcha ma'lumotlarni +998939589339 raqami orqali olishingiz mumkin.
Universitet Kengashi stipendiyasi — sizning mehnatingiz, iqtidoringiz va tashabbuskorligingiz e’tirofi!