Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

15.10.2025

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan.

Ajratilgan grant o‘rinlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti hamda grant o‘rinlariga tanlov o‘tkazish bo‘yicha muvaqqat tartib O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining 2024-yil 16-avgustdagi 72-4-son bayoni bilan tasdiqlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, tanlovni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida:

·       ushbu tanlov, uni o‘tkazish tartibi va muddatlari, mazmun-mohiyati to'grisida oliy ta'lim tashkilotining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda elonlar berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish;

·       amalga oshirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha axborot hamda oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda berilgan e’lonlarning havolasini besh kun muddatda Vazirlikka elektron pochtasi orqali taqdim etish;

·       vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan 2025-yil 16-oktabr kuniga qadar arizalarni qabul qilish;

·       arizalari qabul qilingan talabgorlar ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (fuqaroligi, pasporti yoki ID nusxasi, tanlangan oliy ta’lim tashkiloti, ta’lim yo‘nalishi nomi va boshqalar) 2025-yil 15-oktabrga qadar Vazirlikka taqdim etilishini ta’minlashingiz so‘raladi.

Ushbu tanlov boyicha Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.