Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
15.10.2025
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Davlat oliy ta’lim
tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari
tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan o‘zbek
tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida
o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun
30 ta davlat granti ajratilgan.
Ajratilgan grant o‘rinlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi
taqsimoti hamda grant o‘rinlariga tanlov o‘tkazish bo‘yicha muvaqqat tartib
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat
komissiyasi majlisining 2024-yil 16-avgustdagi 72-4-son bayoni bilan
tasdiqlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, tanlovni yuqori saviyada tashkil etish
maqsadida:
· ushbu tanlov, uni o‘tkazish tartibi
va muddatlari, mazmun-mohiyati to'grisida oliy ta'lim tashkilotining rasmiy
veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda elonlar berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini
tashkil qilish;
· amalga oshirilgan
targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha axborot hamda oliy ta’lim tashkilotining
rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda berilgan e’lonlarning
havolasini besh kun muddatda Vazirlikka elektron pochtasi orqali taqdim etish;
· vatandoshlar uchun taqdim etiladigan
davlat grantlariga talabgorlardan 2025-yil 16-oktabr kuniga qadar arizalarni
qabul qilish;
· arizalari qabul qilingan talabgorlar
ro‘yxati va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (fuqaroligi, pasporti yoki ID
nusxasi, tanlangan oliy ta’lim tashkiloti, ta’lim yo‘nalishi nomi va boshqalar)
2025-yil 15-oktabrga qadar Vazirlikka taqdim etilishini ta’minlashingiz
so‘raladi.
Ushbu tanlov bo’yicha Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.