1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish 2025-yil 25-avgustdan boshlanadi
22.08.2025
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti universiteti 2025-2026-o‘quv yilida 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish 2025-yil 25-avgustdan boshlanadi.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat asli (ID yoki pasport) propiskasi bilan ko’rsatiladi va nusxasi;
2. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asli (Texnikum, Litsey yoki kollej diplom va ilovasi asli);
3. Abituriyent javoblar varaqasi;
4. Abituriyent qayd varaqasi;
5. Rasm 6 dona 3.5/4.5 hajmda;
6. To’lov-kontrakt shartnomasi va to’lov kvitansiyasi nusxalari (kontrakt asosida o’qishga kirganlar uchun);
7. Til sertifikati (mavjud bo‘lsa);
8. Fanlardan sertifikat (mavjud bo‘lsa);
9. Mavjud: Foydalangan Imtiyozlar (agar bo‘lsa)
-Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun taqdim etilgan tavsiyanoma;
-Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasini bitirganligi haqida ma’lumot;
-Nogironligi bo‘yicha (nusxasi);
-Xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma;
- Tavsiyanoma (DXX, IIV, Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlari farzandlari, Muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan taqdim etilgan tavsiyanoma).
Qabul komissiyasidan beriladi:
1.Ariza;
2.Hujjatlar papkasi.
Hujjatlar har bir fakultetda qabul komissiyasi mas'ullariga topshiriladi.